cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Martin Eden

Badiiy va badiiy boʻlmagan kitoblar uchun taqrizlar hamda iqtisodiy mavzularda fikrlarimnini yozib boraman. Kanal kundalik sifatida yuritiladi. Instagram: https://instagram.com/book.and_review?igshid=NzNkNDdiOGI=

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 068
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-207 kunlar
+9730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#shaxsiyfikrlar Xavotirlarim haqida bir-ikki fikrlar Ming yillar davomida davlat rahbarlari xudo sifatida, uning oʻgʻli, yerdagi soyasi va yana allaqanday qarindoshi sifatida, ota sifatida yoki insoniyatning homiysi sifatida koʻrib kelindi. Insonlar hukmdor va xalq oʻrtasida shakllangan mana shunday munosabatni tabiiy jarayondek qabul qilishardi. Hukmdorlar cheklanmagan vakolatga ega edi. Xohlagan paytida yangi soliqlarni joriy qilar va xohlaganicha yigʻib olardi. Oʻrta asrlarga kelib faylasuflar davlat va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar aslida qanday boʻlishi kerakligini savol ostiga oldilar. Natijada minimal davlat va maksimal erkinlik gʻoyasini ilgari suruvchi tamoyil - liberalizm vujudga keldi. Shu gʻoya ustiga iqtisodiy- siyosiy institutlar qurildi. Bunda Jon Lokk, Sharl Lui de Monteskye, Jan Jak Russo, Jon Styuart Mill, Adam Smit va David Rikardolarning hissasi katta. Agar siz oxirgi 200 yilda inson umrining uzayishi, chaqaloqlar oʻlimining kamayishi va global ochlikning tugatilishini iqtisodiy oʻsish tufayli sodir boʻlgan desangiz oʻz oʻrnida liberalizmni ham e’tirof etgan boʻlasiz. Xullas, xavotirlarim ham dunyoda liberalizm va demokratiyaning degloballashuvi jarayon boshlangani bilan bogʻliq. Liberalizm gʻoyasi tufayli rivojlangan, inson huquqlari haqida bong urgan, tolerant boʻlishga chaqirgan davlatlar bugun insoniylikka nisbatan eng yomon xunrezliklarni amalga oshiryapti. Buning natijasida vakolatlari cheklanmasligini istasada oʻzini liberal demokratdek koʻrsatishga harakat qilib kelgan rahbarlarlarda liberal demokratiyani ochiqchasiga tanqid qilib hokimiyatini mustahkamlashga imkoniyat paydo boʻlyapti. Agar shunday boʻlsa, dunyo uchun ( yoki faqat dunyoning sharqiy qutubi uchun) alternativ iqtisodiy-siyosiy gʻoya kerak boʻladi. Bunday gʻoyani jadal rivojlanib kelayotgan Xitoydan olish mumkin. Xitoy paternalizmga ega avtoritar mamlakat. Iqtisodiy modeli ham ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot. Agar Xitoyning iqtisodiy siyosiy rejimi globallashuvi boshlansa, bu yuqorida aytib oʻtganim, oʻzini demokratdek koʻrsatishga majbur boʻlib kelgan potensial avtokratlarga juda qoʻl keladi. Bizdaka mamlakatlarda ham erkinlikdan voz kechilishi va bu afsuski, qullikka yoʻlning qurilishiga olib kelishi mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 4💔 2
Demokratiyaga oʻtish Iqtisodiy oʻsish bilan amalga oshadimi? Bilamizki iqtisodiy oʻsish inson taraqqiyoti ( va inson kapitali ) darajasini oshiradi. Bu esa odamlarning ijtimoiy fanlarni chuqurroq oʻrganishiga va shu tufayli siyosiy ovozga talabni paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Bu demokratiyaga erishishga kerakli boʻlgan ammo yetarli boʻlmagan omil. Sergey Guriyev oʻzining Spin Dictator kitobida demokratiyaga evrilish uchun modernizatsiya kokteyli haqida yozadi. Kokteylning tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Industrial jamiyatlardan Postindustrial jamiyatlarga oʻtish. Bugungi kunda, postindistrial jamiyatlarning koʻpayishi natijasida avtoritar mamlakatlar ham iqtisodiy qoloq mamlakat boʻlib qolmasligi uchun oʻz iqtisodiyotidagi driverlarni tovar ishlab chiqarishdan xizmat ishlab chiqarishga diversifikatsiya qilishga majbur boʻladi. Natijada kreativ soha vakillari, ya’ni aqliy faoliyat bilan shugʻullanuvchilar koʻpayadi. Ammo bu o'z navbatida avtokrat uchun oliy ma'lumotli ishchilarni koʻpaytirishdek rejimga xavf solishi mukin bo'lgan islohotni amalga oshirish kerak degani. 2. Axborot va Iqtisodning glovallashuvi. Internetning arzonlashuvi va keng tarqalishi insonlarning axborot almashinuvini osonlashtiradi. Hamfikr odamlarni jamlaydi, fikr almashinuviga zamin yaratadi. Iqtisodning oʻsishi dunyo kezishga va dunyo qarashni kengaytirishga imkoniyat yaratadi. 3. Liberal tartibotning xalqaro maydonda yuksalishi Liberalizm va Demokratiya gʻoyalarining globallashuvi tolerantlik gʻoyalarini ilgari suruvchi xalqaro tashkilotlarning oʻrnini mustahkamlaydi. Dunyoda bunday tartibotning boʻlishi avtoritar mamlakatlarni rivojlangan demokratik mamlakatlar bilan iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarini imkon qadar rivojlantirmaydi. Natijada avtoritar mamlakatlar demokratiyaga evrilishiga, hukumat vakolatini minimallashuviga hamda tolerantlik gʻoyalarni cheklanmasligiga ragʻbat paydo boʻladi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 3
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora koʻpayib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targʻib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
Hammasini ko'rsatish...
👍 5💔 3
#review Frederik Bastianing “Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma” nomli satirik asari haqida qisqacha Frederik Bastianing ushbu satirasi proteksionistlarning mantigʻini xato ekanligini isbotlashda, mantiqni kinoya sifatida maksimal limitga oshirish orqali ifoda etadi. Shundan koʻrinadiki import tovarlari arzon boʻlgani uchun narxni oshirish maqsadida import bojlarini qoʻllash bizga berilayotgan begʻaraz sovgʻadan voz kechish bilan teng. Satirada dastlab davlat shu paytga qadar importni cheklashining asosiy sababi ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning manfaati iste’molchilarning manfaati bilan toʻqnash kelganda ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning manfaatini oʻylashi ekanligi aytiladi. Import boʻlib kelgan koʻmir, temir, makkajoʻxori va matolar arzon boʻlgani uchun bundan iste’molchilar manfaatdor ekanligi ayon boʻlsada, mahalliy ishlab chiqaruvchilar importni cheklashdan manfaatdor, shunday ekan, davlat har doim boʻlganidek ishlab chiqaruvchilar tomon yon bosishi kerak. Ushbu mantiqdan kelib chiqib sham ishlab chiqaruvchilar davlatdan quyosh nuridan foydalanmaslik uchun derazalarni, tuynuklarni va barcha teshiklarni yopib tashlash toʻgʻrisida qonun qabul qilish kerakligini soʻraydi. Chunki quyosh nuridan iste’molchilar manfaatdor boʻlsada, uni cheklashdan mahalliy sham ishlab chiqaruvchilari manfaatdor. Bundan tashqari sham ishlab chiqaruvchilarining davlatga yozgan murojaatnomasida chet eldan kelgan apelsinlarning arzon ekanligini sababi, ularni yetishtirishda tabiiy sharotining yaxshiligi tufayli inson mehnati kamroq sarflangani aytiladi. Mamlakatning oʻzida esa apelsin tayyor boʻlgunicha toʻliq inson mehnati sarflanadi va shu sababdan narx qimmatalshadi. Negaki mahsulotni ishlab chiqarishda tabiat ishtirok etgan qism begʻarazdir, lekin inson mehnati ishtirok etgan qismi qiymatga ega boʻlib, unga haq toʻlanadi. Shunday ekan, ishlab chiqarish uchun tabiatning roli qanchalik katta boʻlsa, mahsulot narxi shunchalik nolga qarab intiladi. Davlat esa mamlakat ichida ishlab chiqarishda butunlay inson mehnati sarflangan tovarlar qimmatroq boʻlgani va shu sababdan tabiat begʻaraz ishtirok etgan tovarlar bilan raqobat qila olmagani uchun, narxni tenglashtirish maqsadida begʻaraz in’omdan import bojlari orqali voz kechadi. Shunday ekan, sham ishlab chiqaruvchilar quyosh bilan raqobatda yutqazayotgan va kun boʻyi shamlarini sotolmay qiynalidhayotgan bir paytda, yuqoridagi adolatli proteksionistlarning mantigʻiga binoan, xizmatning yarmi emas, hammasi tekin boʻlgan in’omdan voz kechish juda toʻgʻri qaror boʻlar edi. Axir, quyosh nurining narxi boshqa tovarlar kabi nolga intilayotgan emas, allaqachon nolga teng boʻlgan-ku! @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 4💔 3
#nazm #munosabat Zamona zayliga kuy chalar dutor, Zamonin zaylidan or etarlar, or, Forsiylar kelganda erkaklar zoti Unutishdi siynalarga bo‘lganlarin zor!
Lola Yuldoshevani tanqid qilayotganlar, o‘z tarixini unutgan, erkaklari qirg‘in bo‘lgan on, qiz farzandlarning ko‘kraklaridan voz kechib, kamonchi qilib tarbiyalagan massaget xalqining XXI asrdagi isnodidir!
Zamona To‘marislari o‘lmadi, ammo ularni o‘ldirmoq istamoqdalar. Mahinda bir gal Penelopa hayoti, iztiroblari yoritilgan asar revyusini o‘qigan edim. Bunday asar har bir ayol qahramon uchun yozilmog‘i darkor. Bo‘lmasa biz qayerdan bilamiz tul malika To‘marisning farzand dog‘ida yongan onlarida chekkan iztiroblarini. O‘ylab ko‘ring shu haqida ijod ahli. Hurmat ila Nurali Qahramon
Hammasini ko'rsatish...
14👎 6👍 2
https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/democracy/?utm_source=push&utm_medium=twitter Avtoritar tizimda ham rivojlanish mumkindir, ammo avtokratiya yomon ekanligini ta’kidlash uchun ikkita yaxshi diktatorga yuzlab yomon diktatorlar, tiranlarni misol qilishni oʻzi yetarli. Bu haqida oʻylaganimizda yoʻlboshlovchi qanday xususiyatlarga ega boʻlishi kerakligi haqida emas, tizim kerakli xususiyatlarga ega boʻlgan yoʻlboshlovchini saralab olishi haqida bosh qotirishimiz kerak. Yaxshiyamki ushbu boshqotirma allaqachon yechilgan va bizda nima qilmasligimiz kerakligi haqida oʻrgatuvchi tayyor empirik dalillar mavjud. Ha, bu mavzuda empirizmning mavjudligi qarorlarimiz ratsional yoki irratsionalligi haqida boshqotirish yukidan xalos etadi.
Hammasini ko'rsatish...
Demokratiya, qancha qusuri bo‘lsa ham, baribir avtokratiyadan yaxshiroq

Demokratiyaning nima keragi bor? Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun an’anaviy avtokratiya yaxshiroq emasmi? Bu savollarning javobi, FT sharhlovchisi Martin Vulfning qayd etishicha, faqat rivojlanayotgan mamlakatlar aholisinigina qiziqtirayotgani yo‘q.

👍 6 1
Bozor va Erkinlik Har bir insonning shaxsiy hududida qoldirilgan tabiiy erkinliklar, davlat deb atalmish tashkilotga olib berilgan tabiiy erkinliklarning hajmidan qancha katta boʻlsa, mamlakat aholisi shu qadar baxtliroq, farovonroq va boyroq hayot kechiradi. Har bir inson erkinligining hajmi qanchalik kengroq boʻlsa uning xohish istaklarini maksimal darajada qondirish ham shu qadar osonlashadi. Boshqacha qilib aytganda, cheklangan resurslarimizni qayerga yoʻnaltirishni hal qilishdek qiyin va biroz qaygʻuli vazifani bajarishga xojat qolmaydi. Koʻp hollarda, bozor biz insonlarni jamiyat sifatida qaygʻurishimiz kerak boʻlgan va tiriklikni saqlab qolishdek muhim boʻlgan vazifadan ya’ni ogʻir yukdan xalos etadi. Bozor bunday vazifani oʻz zimmasiga olishi uchun nimadir qilish emas balki xalaqit qilmaslik talab etiladi, xolos. Qisqa qilib aytganda, erkinlik zarur! Bozorning sehrli kuchi shundaki, u odamlarga boshqalarning harakatlaridan oladigan manfaatlari toʻgʻrisida hamda, boshqalarning manfaatlari yoʻlida oʻz hatti-harakatlari bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisida axborot beradi. Olinadigan foyda va sarflanadigan xarajatlarning optimalligi vaziyatga qarab, har bir individning tanlovlari orqali belgilanadi. Oʻzingiz oʻylab koʻring: mahsulotni iste’mol qilgan yoki xizmatdan foydalangan odamdan boshqa yana kim olingan foyda qiymatini aniqroq baholay oladi? Hech kim! Avstriya maktabi tarafdorlari shunday fikrni ilgari suradilar: Hech kim hamma narsani bila olmaydi, shuning uchun hammani oʻz holiga qoʻying. Ularning “hech kim hamma narsani bila olmaydi” deb ta’kidlashining boisi, insonlar mutlaq ratsional boʻla olmasligi bilan izohlanadi. Markaziy rejalashtirish va nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, hatto ularda har bir bozor haqidagi ma’lumotlarni yigʻish va hisoblash qudrati boʻlgan taqdirda ham, barcha insonlarning cheksiz xohish istaklari qanday ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga ega boʻla olmaydi. Ha, dunyo juda murakkab va noaniq tuzilgan. Shuning uchun, Avstriya maktabi tarafdorlari juda dono va hamma narsani bilganliklaridan emas balki, hamma narsani bila olmaganliklari sababli bozorning erkin boʻlishi, hamda raqobat natijasida oʻzaro manfaatli savdo bitimlari tuzilishi orqali iqtisodiy oʻsishga erishish mumkinligini aytishadi. Soʻngi soʻz oʻrnida shunday deyman: har bir inson oʻzi uchun nima yaxshi ekanligini va maqsadiga qanday yetishish kerakligini boshqalardan koʻra yaxshiroq biladi. Negaki u, nimadandir voz kechish evaziga qoʻlga kiritgan narsasining qiymatini boshqalardan koʻra yaxshiroq baholay oladi! @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 4
“Ўзимизда ишлаб чиқармасак, валюта четга чиқиб кетади” деган гап нега миф? Айрим блогерлар маҳаллий автосаноатни ҳимоя қилиш кераклигини айтиб чиқиши ортидан ижтимоий тармоқлар яна протекционизм ҳақидаги баҳслар билан тўлиб-тошди. Kun.uz бу борадаги саволларга асосли ва илмий жавоблар олиш учун АҚШда фаолият юритаётган иқтисодчилар Ботир Қобилов ва Беҳзод Ҳошимовга мурожаат қилди. Иқтисодиёт илми мутахассислари суҳбат давомида “валютанинг четга чиқиб кетиши” ҳақидаги хавотирлар нега асоссиз экани, импортга чеклов қўйиш қандай қилиб экспортга ҳам тушов бўлиши, оқилона фискал ва монетар шарт-шароитларда импортнинг экспортдан кўп бўлиши нима учун муаммоли ҳолат эмаслигини тушунтириб беришди. 📹 ИНТЕРВЮНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Hammasini ko'rsatish...
4💔 1
Meni doim o’ylantiradigan narsa, O’zbekiston nihoyatda savdoga yopiq mamlakat bo’lishiga qaramasdan, undan ham yomon ya’ni undan ham yopiqroq bo’lishini xohlaydiganlar bor. Men tepadagi birinchi toifani emas - ya’ni yopiq siyosatdan manfaat oladiganlarni emas, aynan bilmasdan shunday o’ylaydigan qaror qabul qiluvchilar mavjudligiga hayron qolaman. Menimcha, dunyodagi eng yopiq iqtisodlardan ekanligimiz hammaga ayon. 98% dunyo iqtisodiyotlari a’zo bo’lgan JSTni a’zosi ham emasmiz, bojlarimiz ham dunyoda eng balandlardan. Buni ustiga dengizlardan uzoqda joylashaganmiz, ya’ni tabiiy savdo chegaralari ham mavjud, bizga tovarlarni chetdan olib kelishni o’zi bir mushkulot va juda qimmat. Bu narsa baxtimiz emas - omadsizligimiz (proteksionist mantig’iga ko’ra, import kelishi qancha qiyin bo’lsa shuncha yaxshi, absurd mantiq albatta). Bunga ham qo’shib, juda samarasiz va davlatga tegishli bo’lgan logistika: temir yo’llari va havo yo’llari, rivojlanmagan infratuzilma va o’ta sekin ishlaydigan bojxona xizmatlari ham bor. Aytmoqchimanki, shundoq ham dunyodagi erkin savdoga eng yopiq mamlakatlar qatoridamiz, lekin shunda ham, mahalliy samarasiz ishlab chiqaruvchilarni samarasizligini vaj qilib, savdoga cheklovlarni yanada ko’tarmoqchi bo’lamiz. Bu falsafamiz mana 1995 yildan beri ish bermay kelmoqda, lekin qayta qayta shu xatoni qilishni va har gal o’zimizcha yangi argumentlar bilan xato qilishni davom ettirmoqdamiz. Mayli ekan, Singapur yoki Gonkongdek savdoga ochiq mamlakat bo’lganimizda, tushunar edim “sal pal” boj qo’ymoqchi bo’lganlarni hissiyotlarini (xato mantiq bo’lar edi Singapurda ham), eng proteksionist mamlakatlardan birida bo’lib, undan ham qattiq yopilishni xohlaydigan qaror qabul qiluvchilar borligi, meni to’g’risi taajubga soladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 2
Bunday fikr ham bor. Kimdir ahmoq, bilmay zarar keltiradi, kimdir esa atayin qiladi deyaptilar. https://t.me/the_bakiroo/7973
Hammasini ko'rsatish...
bakiroo

"Улар бу ишларидан фахрланишмоқда" Улар қанчалар ярамас ва очкўз монополист эканини очиқ тан олишаётгани йўқ, улар бундан очиқча фахрланишмоқда. Эътибор беринг, ҳеч бир соғлом ўзбекистонлик Ўзбекистонда ишлаб чиқариш тўхтасин, заводлар ёпилсин, деган талаб қўйгани йўқ. Лекин фриклар эркин Рақобат талаби ҳамда тўқиб чиқарилган фейк "ишлаб чиқариш бўлмасин" ўртасида тенглик қўйиш билан овора. Шу маънода саҳнага чиқарилган фриклар билан баҳсга киришиш истеъмолчиларнинг соғлом талабларини емирилишига хизмат қилади. Ўзбекистонликларни танловсиз талашда давом эттиришни истаётганлар биз мана шу фрик ва масхарабозлар билан ўралашиб қолишимизни, қонуний талабларимиздан чалғишимизни исташмоқда.

👍 6