uz
Feedback
TerDPI rasmiy telegram sahifasi

TerDPI rasmiy telegram sahifasi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz! https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich https://instagram.com/terdpi_rasmiy Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot

Ko'proq ko'rsatish
7 764
Obunachilar
+324 soatlar
-197 kunlar
+10030 kunlar
Postlar arxiv
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi 📣
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi 📣 Termiz davlat pedagogika institutida Boshlang‘ich ta’lim, Tarix, Psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat hamda Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi. 🌐 Imtihon natijalarini bilish uchun abituriyentlar quyidagi havola ustiga bosib ko’rishlari mumkin👇 IMTIHON NATIJALARINI KO’RISH 🎓 Barcha abituriyentlarga keyingi bosqichlarda muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz! ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🤩Termiz davlat pedagogika instituti talabalari “Zakovat” intellektual musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
+9
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🤩Termiz davlat pedagogika instituti talabalari “Zakovat” intellektual musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan talaba-yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. 🎓 Mazkur musobaqada Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari institut sharafini munosib himoya qilib, o‘zlarining bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik borasidagi yuqori salohiyatini namoyon etdilar. 🏆 Qizg‘in bahs va munozaralarga boy ruhda o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi; 🥈 2-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi; 🥉 3-o‘rin — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi. 👏Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 🎉 Talabalarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz! ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

🟦🟦🟦 #Qabul_2026 #Imtihon_jarayoni ◾️Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihon jarayonlari tashkil etildi 🤩 Bugun Termiz davlat pedagogika institutida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tashkil etildi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

🟦🟦🟦 ⚡️ 1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌Ilgari tarqoq b
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌Ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda; 📌Murakkab va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda; 📌Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda; 📌Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda; 📌Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur; 📌Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim; 📌Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak; 📌Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi; 📌Gumanitar sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi; 📌Bizning umumiy kuchimiz – birlik, o‘zaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat’iy sadoqatimizda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from N/a
#Xavfsiz_va_sogʻlom_yurt ​📞“Men DXX xodimiman...” degan qo‘ng‘iroqlarga ishonmang!Firibgarlar o‘zlarini davlat idoralari xodimi sifatida tanishtirib, bank kartangiz ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinishlari mumkin.
​⚠️Yodda tuting: 🔹SMS-kod, karta raqami va CVV-kodni hech kimga aytmang. 🔹Shubhali qo‘ng‘iroqni darhol yakunlang. 🔹Ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.
​🛡 Ogohlik — mablag‘laringiz xavfsizligining eng ishonchli kafolati! ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

🟦🟦🟦 #Qabul_2026 #Imtihon_jarayoni ◾️Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihon jarayonlari tashkil etildi 🤩 Bugun Termiz dav
+9
🟦🟦🟦 #Qabul_2026 #Imtihon_jarayoni ◾️Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihon jarayonlari tashkil etildi 🤩 Bugun Termiz davlat pedagogika institutida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tashkil etildi. Jarayonlarda abituriyentlar Boshlang‘ich ta’lim, Tarix hamda Psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat shaklida, Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha esa belgilangan tartib asosida imtihon topshirib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. 📱Imtihonlar amaldagi tartib-talablar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etildi. Abituriyentlarning qulay va erkin ishtirok etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. 🏢 Termiz davlat pedagogika instituti barcha abituriyentlarga kirish sinovlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi! ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #soʻragan_edingiz ❓ Maqsadli qabul nima? 📝 Javob: ayrim sohalar bo‘yicha oliy maʼlumotli kadrlar
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #soʻragan_edingiz
❓ Maqsadli qabul nima?
📝 Javob: ayrim sohalar bo‘yicha oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi. 📕 2026/2027-o‘quv yili uchun maktab ta’limi [1] va sog‘liqni saqlash [2] sohalariga tumanlar kesimida, san’at [3] sohasiga teatrlar kesimida maqsadli kvotalar ajratilgan. 📍 Maqsadli kvota uchun tanlovda faqatgina ushbu hududda doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan) abituriyentlargina qatnasha oladi. 🏆 Maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga davlat granti to‘liq o‘qish davri (4 yil yoki 6 yil) uchun beriladi. ✅ Bunda abituriyentga OTMni tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.
❓Maqsadli qabul qanday amalga oshiriladi?
📝 Javob: maqsadli qabulni tanlagan abituriyent ham maqsadli kvota bo‘yicha, ham umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. 👨‍💻 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi. 📑 Misol uchun, Zomin tumanidan bo‘lgan abituriyent Toshkent davlat tibbiyot universiteti, kunduzgi ta’lim shakli, o‘zbek tili, “Davolash ishi (Zomin tumani)” ta’lim yo‘nalishini tanlasa: 1️⃣ Dastlab Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Zomin tumani uchun Davolash ishi yo‘nalishiga ajratilgan 3 ta maqsadli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. 2️⃣ Agar maqsadli kvotaga bali yetmasa, ushbu ta’lim yo‘nalishiga ajratilgan umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❕ Maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent umumiy tanlovda ishtirok etmaydi.
❓ Maqsadli qabulda ishtirok etish uchun qaysi tanlov ustuvorligini belgilash kerak?
📝 Javob: Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ustuvorligining ahamiyati yo‘q. ✅ Abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlasa ham, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlasa ham maqsadli qabul uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin.
❓ Abituriyent 5 ta yo‘nalishdan nechtasini maqsadlidan tanlashi mumkin?
📝 Javob: maqsadli kvota ajratilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda hech qanday cheklov yo‘q. ✅ Abituriyent 5 ta ta’lim yo‘nalishini ham maqsadli kvota ajratilgan yo‘nalishlardan tanlashi mumkin (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli kvota ajratilgan bo‘lsa).
❓ Abituriyent barcha ta’lim yo‘nalishlarini maqsadli bo‘yicha tanlasa, tanlov qanday amalga oshiriladi?
📝 Javob: maqsadli kvota ajratilgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlarlar har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dastlab maqsadli, soʻngra umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❕ Agar abituriyent maqsadli kvota doirasida talabalikka tavsiya etilsa, umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etmaydi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
#vazir_maqola Oydin kelajakni izlab... “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasining navbatdagi sonida Oliy ta’lim,
#vazir_maqola Oydin kelajakni izlab... “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Oydin kelajakni izlab...” sarlavhali suhbat maqolasi chop etildi. 👉 Maqolani o‘qish Facebook | Instagram | YouTube| Telegram

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🇺🇿 “Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi 📱“Dolzarb 90 kun”
+3
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🇺🇿 “Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi 📱“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida “Vatan bo‘ylab sayohat qil” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 📍Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda yurtimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosiga nisbatan qiziqish va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekistonning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari hamda sayyohlik salohiyati yuksak maskanlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va boy tarixiy merosimizning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida fikr almashildi. 🇺🇿 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalanishiga, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda. ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🏛 "Vatan bo‘ylab sayohat qil" loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi ✍️“Dolzarb 90 kun” l
+6
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🏛 "Vatan bo‘ylab sayohat qil" loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi ✍️“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida "Vatan bo‘ylab sayohat qil" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 📍Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda yurtimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosiga nisbatan qiziqish va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 📱Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekistonning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari hamda sayyohlik salohiyati yuksak maskanlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va boy tarixiy merosimizning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida fikr almashildi. 🇺🇿 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalanishiga, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda. ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

+9
#StudyInUzbekistan | #EDUGATE2026 “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi o‘z yakuniga yetdi Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 28–30-iyul kunlari Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida o‘tkazilgan “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etdi. “Study in Uzbekistan” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada mamlakatimiz oliygohlarining ta’lim dasturlari, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar namoyish etildi. Xalqaro tadbir O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining imkoniyatlarini xorijiy auditoriyaga keng targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va xorijiy talabalarni mamlakatimiz oliygohlariga jalb etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. “EDUGATE 2026” doirasidagi ishtirok O‘zbekistonning ochiq, zamonaviy va raqobatbardosh ta’lim tizimini xalqaro maydonda namoyon etishga xizmat qildi.
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

#Xalqlar_doʻstligi_kuni 🤝 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan harbiy qismda “Doʻstlik” festivali doirasida mil
+7
#Xalqlar_doʻstligi_kuni 🤝 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan harbiy qismda “Doʻstlik” festivali doirasida millatlararo totuvlik, oʻzaro hurmat va bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda turli millat vakillarining urf-odatlari, anʼanalari va milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmalar tashkil etildi. 🌍 Tadbirda Termiz davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi. Dastur davomida yoshlar qalbida doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlash, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash hamda jamiyatda bagʻrikenglik madaniyatini keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratildi. 🎓 Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar talaba-yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularni vatanparvarlik, doʻstlik, hamjihatlik va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fik
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar: 📌 Qirg‘izistonda iqtisodiyot barqaror o‘sib, aholi farovonligi ta’minlanmoqda; 📌 Qirg‘izistonning 2027–2028-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanishi mamlakatning xalqaro nufuzi va Markaziy Osiyo ovozi tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatdi; 📌 O‘zbekiston Qirg‘izistondagi islohotlar dasturini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor; 📌 Bizning yagona ezgu maqsadimiz – ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtirish; 📌 Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnomaning imzolangani tashrifning muhim natijasi bo‘ldi; 📌 Prezidentlar raisligida Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi; 📌 So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash deyarli 10 barobarga oshdi, uni 3 milliard dollarga yetkazish ko‘zlanmoqda; 📌 Energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sohasida yangi loyihalar kelishib olindi; 📌 “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab birgalikda savdo-logistika infratuzilmasini rivojlantiramiz; 📌 Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi; 📌 Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda yangi formatda birinchi Hududlar forumi bo‘lib o‘tadi; 📌 2028-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng nishonlaymiz. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼl
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#brifing Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari bo‘yicha abituriyentlar va ota-onalardan eng ko‘p kelib tushayotgan savollarga javob berdi. 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifingda abituriyentlar va ota-onalarni qiziqtirayotgan eng dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan: 🔹 1-savol. 00:10 — Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun ajratilgan 10 foizlik qo‘shimcha grant kvotalari qanday tartibda taqsimlanadi? 🔹 2-savol. 01:34 — Men o‘tgan o‘quv yilida bakalavriatning 1-kursini davlat granti asosida tamomlaganman. Hozir menda 1440 balllik amaldagӣ SAT sertifikati bor. Agar yangi ta’lim yo‘nalishiga kontrakt asosida qabul qilinsam, SAT imtiyoziga ko‘ra 2-kursdan davlat grantiga avtomatik o‘ta olamanmi? Keyingi kurslar uchun grant ajratiladimi? 🔹 3-savol. 02:47 — Kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan abituriyent ikkinchi marta aynan shu ta’lim bosqichiga hujjat topshirsa, davlat granti uchun tanlovda ishtirok etib, grantga da’vogar bo‘la oladimi? 🔹 4-savol. 03:43 — Ijtimoiy reestr imtiyozi asosida davlat grantiga qabul qilingan talabalar grant asosida butun ta’lim davrida o‘qiydimi yoki grant faqat birinchi o‘quv yili uchun amal qiladimi? 🔹 5-savol. 04:20 — Talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayonida SAT sertifikati ham inobatga olinadimi? 🔹 6-savol. 05:05 — Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida tanlov ustuvorligini qanday mezonlar asosida belgilash tavsiya etiladi? Shuningdek, maqsadli qabul tizimi qanday ishlaydi va uni tanlash abituriyentga qanday imkoniyat hamda majburiyatlarni yuklaydi?
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov
+9
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Jumladan, Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi O‘zbeki
#Qonunchilik_yangiliklari Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi. ✅ Qarorga ko‘ra: 🔹 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi. 🔹 Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi. 🔹 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi. 🔹 Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

‼️ 30-iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni
Odam savdosi transmilliy jinoyat bo‘lib, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida uchraydi. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM) – BMT Migratsiya agentligi barcha aʼzo davlatlarga odam savdosiga qarshi kurashda ko‘maklashadi hamda odam savdosi qurbonlariga gumanitar yordam koʻrsatadi. Yaxshi ish, yuqori maosh, yangi hayot... Bu kabi yolg‘on va’dalar ortida aldash, zo‘ravonlik va erksizlik turgan bo‘lishi ehtimoli katta. Har qanday shubhali taklif — xavf signali. Bunda, eng avvalo chet eldagi ish takliflari jiddiy tekshirilishi, rasmiy hujjatlar talab qilinishi lozim. Yaxshi va’da beruvchi reklama va takliflardan ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi.
🔵Har yili 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul_2026 💬Kelajagingiz sari to‘g‘ri tanlovni Termiz davlat pedagogika insituti bilan boshlang! 💬Termiz davlat pedagogika instituti sizni zamonaviy ta’lim muhiti, xalqaro hamkorliklar, xorijda tahsil olish va amaliyot o‘tash imkoniyatlari, dual ta’lim tizimi hamda istiqbolli ta’lim yo‘nalishlari bilan kutmoqda. Bu kelajakda tajribali pedagog bo'lishingiz uchun yanada ko'plab imkoniyatlarni yaratadi.
Hozirda 5 ta fakultet, 20 ta kafedrada 25 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalish, 22 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida talabalarga 400 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan dars berib kelmoqda.
🏢Termiz davlat pedagogika instituti — bilim, imkoniyat va yorqin kelajak sari ishonchli tanlov! 📌 Tanlovni amalga oshirish: https://t.me/TerDPI 📞 Qabul komissiyasi: +998763633228 +998763633348 +998763633231 +998763633230 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram