cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
25 392
Obunachilar
-324 soatlar
+1197 kunlar
+17630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriyaning “Agrometal” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Oleg Volovikni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda “Agro Processing Group” MChJ ta’sischisi Ramazon Po‘latov ham ishtirok etdi. Uchrashuvda Vengriya kompaniyasi tomonidan Surxondaryoda qator loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi. Xususan, Arundo (Gigant qamish) o‘simligini yetishtirish, undan yoqilg‘i, chorva mollariga ozuqa hamda cho‘llanishlarni oldini olish maqsadlarida foydalanish, echki junini qayta ishlash, granulalar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvlarni tozalash hamda cho‘l o‘simliklarini ekish loyihalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, Muzrabot tumanida kompaniya bilan hamkorlikda “Pomir agro klaster” MChJ tomonidan qurilayotgan sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Viloyat rahbari muhokama yakunida bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, mas’ullarga kompaniya bilan hamkorlikda ishlarni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. #Surxondaryo #Vengriya #muzokara Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 35🔥 3👏 3
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiya Fanlar akademiyasining madaniy va tabiiy merosni o‘rganish va muhofaza qilish bo‘yicha Ilmiy kengashi a’zosi Aleksey Kylasovni qabul qildi. UNESCOda xalqaro etno sport o‘yinlari va milliy yo‘nalish bo‘yicha ekspert bilan bo‘lgan uchrashuvda milliy madaniy meroslarimizni asrab-avaylash, xususan, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nomoddiy merosi, “Uzundara” yodgorliklaridagi topilmalarni o‘rganish, shuningdek, etnosport sport o‘yinlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazish hamda keng jamoatchilikka tanishtirish masalalari muhokama qilindi. Ekspert viloyatimizga tashrifi davomida qator yodgorliklar hamda majmualar bilan tanishib, katta tassurrotlarga ega bo‘lganligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida Termiz davlat universiteti bilan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi. #Surxondaryo #Rossiya #uchrashuv Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 18🤝 3👏 1😐 1
Surxondaryoda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi Bugungi bayram tadbirlari Termiz shahridagi Xotira maydonida taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. “Vatanparvarlar bog‘i”da Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari, frontdagi voqealar, front ortidagi og‘ir hayotni aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, harbiylashtirilgan chiqishlar hamda qurol-aslahalar namoyish etildi. Shuningdek, viloyatimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, halok bo‘lgan jangchi-faxriylarimizning oila a’zolari, front ortida mehnat qilgan nuroniylarimiz, davlat va jamoat tashkilotlari, harbiylar va yoshlar ishtirokida xotira tadbiri dasturxoni yozildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 23🔥 2 1🕊 1
9-may — Xotira va qadrlash kuni Termiz shahridagi Xotira maydonida joylashgan Motamsaro Ona haykali poyiga harbiy orkestor sadolari ostida gulchambarlar qo‘yildi. Buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlar, Mustaqillik va tinchlik yo‘lida kurashgan o‘g‘lonlar xotirasi yod etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 20👏 3🙏 1
Surxondaryoliklarning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi: ➖ 1941-1945-yillar davomida frontga 53 ming 365 nafar surxondaryolik jo‘natilgan. Ularning 11 ming nafari jangda halok bo‘lgan; ➖ Viloyat urush davrida 210 ming tonna paxta, 15 ming sentr go‘sht, 50 ming sentr guruch, 1 700 dona qorako‘l teri, 360 tonna pilla topshirdi. Shuningdek, 6 ming bosh qoramol, 800 ming tonnadan ortiq bug‘doy va yorma, 20 tonna moy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. Viloyat teatrlari konsertlar qo‘yib, mudofaa uchun mablag‘ yiqqan; ➖ Viloyat aholisi front uchun issiq kiyim, meva, go‘sht, bug‘doy va boshqa mahsulotlarni yig‘ib, yetkazib turdi; ➖ Qizil armiyaga 9 ming juft po‘stin, 64 ming mo‘ynali nimcha, 100 ming juft mo‘ynali junli qo‘lqop, 20 mingdan ko‘proq piyma, million rubl pul yig‘ib yuborilgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 26🔥 2🙏 2
Xotira bor ekan — millat barhayot Surxondaryoda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Bugun erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi. Mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanayotgani zamirida ajdodlar xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini namoyon bo‘lmoqda. #Surxondaryo #9may #Xotiravaqadrlash Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 41🔥 3🎉 2👎 1👏 1
📹 Viloyat hokimining bugungi ish faoliyatidan: ➖ Sport turlari va parasport bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqalariga start berildi; ➖ Sportni rivojlantirish, ommaviy sportni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi; ➖ Shahar va tumanlardagi 53 ta mahalla uchun yangi binolalar foydalanishga topshirildi; ➖ Nuroniylar va frontorti mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi; ➖ Denov tumanida BSK qurilishi hamda Bolalar kutubxonasi loyihasi taqdimoti bilan tanishildi; ➖ Surxondaryolik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigi, pul mukofoti hamda sovg‘alari yetkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 37🔥 3 2👏 2👎 1🎉 1🕊 1😐 1
Surxondaryolik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigi va sovg‘alari yetkazildi Prezidentimizning joriy yil 7-maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida sektor rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar boshliqlari Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Boysun tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylari xonadonida bo‘lishib, ularga Prezidentimizning bayram tabrigi, 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda sovg‘alarni yetkazib berishdi. Faxriy nuroniylarimiz suhbatda o‘zlarining urush yillari xotiralari, o‘tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida so‘zlab berishdi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror takror ta’kidladilar, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirdilar. Nuroniylar va tadbirga jam bo‘lganlar mustaqilligimiz abadiyligi, yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 49 3👏 3
Bugun Surxondaryo viloyatida o‘z binosiga ega bo‘lmagan mahallalarning 54 tasiga yangi bino foydalanishga topshirildi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumani Sebzor mahallasida yangi bino ochilishi tadbirida ishtirok etdi. Shu yerning o‘zidan viloyatimizning shahar va tumanlaridagi mahallalarning yangi binolari ochilishi “Zoom” platformasi orqali onlayn shaklda o‘tkazildi. Tadbirdan so‘ng, viloyatimizda istiqomat qilayotgan frontorti mehnat faxriylari, nuroniylar hamda faollar uchun 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi. O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilindi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2038 #Surxondaryo #mahalla #bino #Xotiravaqadrlash Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 34👏 4🤝 2🙏 1
Po'stilar arxiv