TerDPI rasmiy telegram sahifasi
Ir al canal en Telegram
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz! https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich https://instagram.com/terdpi_rasmiy Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
Mostrar más8 069
Suscriptores
+2824 horas
+1577 días
+28930 días
Archivo de publicaciones
Repost from Edu.uz
+9
Yoshlarni milliy gʻurur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy gʻurur – insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuch-gʻayratga toʻldiradigan qudratli kuch. Milliy gʻururi bor odam hech qachon yengilmaydi – Shavkat MirziyoyevPrezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda hayot va kelajakni bilim hamda maʼrifat asosida qurish, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan doʻstona hamkorlik qilish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim sharti ekani taʼkidlandi. Buyuk jadid bobolarimiz bejiz millatni uygʻoqlikka, bilim va maʼrifatga chaqirmagan. Ularning kurash va maʼrifat maktabi bugun ham gʻoyat dolzarb ahamiyatga ega. Shu bois, yoshlarning sifatli taʼlim olishi, vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi oʻn yilda oliygohlar soni 77 tadan 205 taga yetkazildi, qabul kvotalari muntazam oshirib borildi. Jahondagi TOP-100 talikka kiradigan oliygohlarda 3 ming 500 dan ziyod farzandimiz taʼlim olmoqda. Maktab va maktabgacha taʼlim tizimlarida ham muhim oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi besh yilda jadid bobolarimiz merosini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Mustabid tuzumda nohaq qurbon boʻlgan vatandoshlarimizning nomlari aniqlanib, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosi oʻrganilmoqda. Yuzlab, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz haqidagi maʼlumotlar kitoblar, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
#Mustaqillik35
#Sport
🇺🇿 “MUSTAQILLIK KUBOGI” SOHIBLARI ANIQLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
🏐 Ayollar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti
🥈 2-o‘rin — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
🥉 3-o‘rin — Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
🏐 Erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti
🥈 2-o‘rin — Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
🥉 3-o‘rin — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
🏆 G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.
Mazkur musobaqa jamoada sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda Mustaqillik bayrami shukuhini yanada oshirishga xizmat qildi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
#Mustaqillik35
#Sport
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari davom etmoqda.
⚽️ Navbatdagi bellashuvlarda sportning mini futbol turi bo‘yicha jamoalar o‘zaro kuch sinashadi. Musobaqa ishtirokchilari maydonda chaqqonlik, mahorat, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.
📅 28-avgust
⏰ 16:30
📍 Termiz davlat pedagogika institutining mini stadionida
Barchangizni “Mustaqillik kubogi” doirasidagi mini futbol musobaqasiga taklif etamiz!
🏆 G‘oliblar munosib taqdirlanadi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti raisi va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Uchrashuvlar davomida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlar muhokama qilindi. Shuningdek, global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida to‘xtalib o‘tildi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
#Huquqiy_axborot ⚡️Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxati
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/docs/-8405413 14.08.2026 O‘RQ-1166-son 2. Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/docs/-8420999 19.08.2026 O‘RQ-1169-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari 3. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/docs/-8371196 03.08.2026 PF-146-son 4. “Odil sudlov-2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/docs/-8406903 14.08.2026 PF-160-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
5. Texnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash va bitiruvchilar bandligini taʼminlashda buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/docs/-8423638 20.08.2026 449-son 6. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/docs/-8421884 20.08.2026 450-son 7. Kasbiy taʼlim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/docs/-8421889 20.08.2026 451-son✍️️ TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
+5
#Qogʻozsiz_bir_kun
#Ekoaksiya
🌿Termiz davlat pedagogika institutida “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkazildi
♻️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat pedagogika institutida “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi tashkil etildi.
📑 Aksiya doirasida institutning barcha tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar almashinuvi va xizmat yozishmalari imkon qadar elektron shaklda amalga oshirildi. Shuningdek, qog‘oz sarfini qisqartirish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
🌱Mazkur tashabbus orqali qog‘ozdan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni asrash, ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi mas’uliyatni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
#TAYINLOV
🤩 Termiz davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Rayimov Begali Urolovich Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakultetining Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Rayimov Begali Urolovich 1989-yilda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
📃 Tayinlovga qadar Termiz davlat pedagogika institutining Maktabgacha ta'limda tarbiyani tashkil etish kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
🎉 Begali Urolovichni mazkur lavozim bilan muborakbod etib, mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
#TAYINLOV
🤩 Termiz davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Xoliqnazarov Azamat Begaliyevich Jismoniy madaniyat va san’at fakultetining Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
📚 Xoliqnazarov Azamat Begaliyevich 1982-yilda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan.
Tayinlovga qadar Termiz davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
🎉 Azamat Begaliyevichni yangi lavozim bilan muborakbod etib, mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
📝 Kasbiy ta'lim tashkil️otlarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash tartibi qanday?
2026-yil 20-avgustdagi 450-son Hukumat qarori bilan kasbiy ta'lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash tartibi belgilandi.
“Kasbiy ta'lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish” tartibi tasdiqlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
#Dolzarb_40_kun
#Monitoring
#Yangi_óquv_yili
📚 Termiz davlat pedagogika institutida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🔷 O‘rganish jarayonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi bosh mutaxassisi K.Abdullayev va Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi yetakchi mutaxassisi D.Nodirbekovlar ishtirok etdi.
📝 Monitoring davomida institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqildi.
Jumladan, o‘quv auditoriyalari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulot xonalari, laboratoriyalar, kompyuter xonalari hamda boshqa ta’lim obyektlarining holati o‘rganildi. hamda xonalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, jihozlarning sozligi, mebel va texnik vositalar bilan ta’minlanganligi tahlil qilindi.
👨🎓 Bundan tashqari, institutning mavjud moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonida foydalaniladigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va talabalar uchun yaratilgan akademik imkoniyatlarga ham alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish jarayonida talabalarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bilan ta’minlash, mavjud turar joylar zaxirasidan oqilona va samarali foydalanish, ehtiyojmand talabalarni aniqlash, ularni joylashtirish jarayonlarini tezkor hamda tizimli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🎓 Asosiy maqsad — yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik asosida boshlash, ta’lim jarayoni sifatini ta’minlash hamda talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
#Mustaqillik35
#Istiqlol35
#Dolzarb90Kun
🇺🇿 MUSTAQILLIK BONGI — QALBLARDA AKS-SADO!
Yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika institutida istiqlol g‘oyalarini keng targ‘ib etish, xalqimizning mustaqillik haqidagi qarashlarini namoyon etish va Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga qaratilgan ijodiy tashabbuslar davom etmoqda.
🎙️ Amaliy matematika yo‘nalishi 2-kurs talabasi Kiyamova Jasminaxon “Mustaqillik bongi” chellenji doirasida yurtdoshlarimizga Istiqlol, Vatan, ozodlik va Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni bilan bog‘liq turli savollar bilan murojaat qildi.
🇺🇿 Samimiy suhbatlar davomida yurtdoshlarimizning Mustaqillik haqidagi fikrlari, Istiqlolga bergan bahosi va Vatan ravnaqiga bo‘lgan munosabati o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ldi.
🔔 Mustaqillik bongi — bu shunchaki jarang emas. Bu — qalblarda aks-sado berayotgan ozodlik, tinchlik, milliy g‘urur va kelajakka ishonchning bongidir.
✨ 35 yillik Istiqlol — tariximizning sharafli sahifasi, bugunimizning bebaho qadriyati va kelajakka chorlayotgan buyuk bongdir!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
#korrupsiya
🗣Korrupsiya – mansab yoki vakolatdan shaxsiy manfaat uchun noqonuniy foydalanishdir.
↪️Korrupsiya jamiyatda ishonchni kamaytiradi, iqtisodiy rivojlanishga zarar yetkazadi va tengsizlikni kuchaytiradi.
➡️Ushbu videorolik Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Xudoyqulov Sunnat tomonidan tayyorlandi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#Mustaqillik_35
🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK IMKONIYATLAR VA PORLOQ KELAJAK POYDEVORI!
🤩 Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti, Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Omonov Jahongir Orzumurod o‘g‘li Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan erishgan yutuqlari hamda o‘zining istiqlol haqidagi fikrlarini bildirdi.
🇺🇿 35 yillik Istiqlol — bugungi yutuqlarimiz, ertangi orzularimiz va yosh avlodning porloq kelajagi uchun mustahkam poydevordir!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Repost from Oliy ta’limga oid xabarlar
⚡️ Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot
1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?
➖ yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi;
➖ o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak;
➖ davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi;
➖ O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi;
➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi;
➖ ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin;
➖ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi.
2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi?
Har oy uchun:
➖ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m);
➖ Boshqa hududlarda — yarim baravar (206 ming so‘m).
3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart
Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi.
Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.
4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi?
— Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar;
— o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi.
❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin.
5️⃣ Ariza qanday beriladi?
Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun:
➖ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
➖ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
➖ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
6️⃣ Rad etish asoslari
Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa — rad etiladi.
Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin.
Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin.
7️⃣ Tugatilishi shartlari
Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa — to‘lov to‘xtatiladi.
Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak.
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
Repost from Edu.uz
Prezident Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlari topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
“35 000 tashabbus” — yoshlar g‘oyalarini kelajak loyihalariga aylantiramiz!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tashabbusi bilan “35 000 tashabbus” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat. 💡 Har bir g‘oya — yangi imkoniyat. 🚀 Har bir tashabbus — taraqqiyot sari qadam. 🇺🇿 35 000 tashabbus — yagona maqsad, buyuk kelajak! O‘z tashabbusingizni bildiring va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing! 📲Tashabbusingizni qoldiring: ➡️tashabbus.yito.uz 🚀 Sizning g‘oyangiz — katta o‘zgarishlarning boshlanishi! #35000Tashabbus #Yoshlar #Innovatsiya #Tashabbus Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#mustaqilyurt
#istiqlol35
#Mustaqillik35
🇺🇿 Mustaqillik — qalblarda yashaydigan tuyg‘u, dillarda jaranglaydigan ifodadir!
Yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Termiz davlat pedagogika institutida istiqlol g‘oyalarini yoshlar qalbiga yanada chuqur singdirish, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar davom etmoqda.
🎤 Chellenj doirasida institutimizning Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 2-bosqich faol talabasi Gulmatov Jonibek tomonidan Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va istiqlol ne’matlarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq ijro etildi.
🇺🇿 Mustaqillik — bu xalqimizning bebaho boyligi, birlik va hamjihatlik timsoli, buyuk kelajak sari ishonchli qadamdir. Bugun Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va vatanparvarligi har qachongidan ham muhimdir.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
