fa
Feedback
TerDPI rasmiy telegram sahifasi

TerDPI rasmiy telegram sahifasi

رفتن به کانال در Telegram

Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz! https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich https://instagram.com/terdpi_rasmiy Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot

نمایش بیشتر
9 016
مشترکین
-524 ساعت
-447 روز
+96430 روز
آرشیو پست ها
#Olga_shaxmatchilar ♟Surxondaryo viloyati hokimi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda talaba yoshlar birgalikda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasiga omad va zafarlar tiladi! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

✨✨✨✨✨ 🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬 🎥 Ochiq muloqot va sayyor qabul— videolavha 🔔 Termiz davlat pedagogika instituti rektori Xasanov Azizbek Baxtiyarovich ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot va sayyor qabuldan videolavha. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ◾️ Payshanba — yoshlar kuni doirasida Surxondaryo viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov ishtirokida, Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o'rinli talabalar turar joyiga tamal toshi qo'yish marosimi hamda “Surxon yulduzi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash bo'lib o'tdi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

📝 Termiz davlat pedagogika instituti rektori ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi ➡️ Termiz davlat pedagogika instituti rekto
+9
📝 Termiz davlat pedagogika instituti rektori ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi ➡️ Termiz davlat pedagogika instituti rektori Xasanov Azizbek Baxtiyarovich hamda institut rahbariyati vakillari ishtirokida Termiz shahri va tumanlari, shuningdek, Angor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul tashkil etildi. ✔️ Uchrashuv davomida pedagoglarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi. 🗣 Ochiq muloqotda, xususan, “1+5” dual ta’lim tizimi, oliy ta’lim olish imkoniyatlari, ta’lim jarayonini tashkil etish, pedagoglarning malakasini oshirish va boshqa dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. ✍️ Sayyor qabul davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan institut rektori va mas’ul rahbarlarga bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. 🔵 Bildirilgan taklif va murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berilib, nazoratga olindi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

🏆 KURASH BO‘YICHA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI! 🥋 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat p
+9
🏆 KURASH BO‘YICHA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI! 🥋 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalari doirasida kurash turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. 💪 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch-g‘ayrati, chaqqonligi va matonatini namoyon etib, g‘alaba uchun murosasiz bahslarda kuch sinashdilar. ➡️G'oliblar bilan tanishing:
🥇 73 kg vazn toifasi: - 1-o‘rin: Eshboyev Umid Shuxratovich — Registrator ofisi; - 2-o‘rin: Toshtemirov Bekzod Faxriddin o‘g‘li — Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti; - 3-o‘rin: Mixliyev Otabek Alisher o‘g‘li — Buxgalteriya bo‘limi. 🥇 81 kg vazn toifasi: - 1-o‘rin: Ortiqov Bekruh Bahodir o‘g‘li — Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti; - 2-o‘rin: Esanov Rashid Raxmadovich — Tabiiy va aniq fanlar fakulteti; - 3-o‘rin: Urolov Sardor Abdulla o‘g‘li — Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti; - 3-o‘rin: Hamrayev Bobomurod Shodavlatovich — Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti. 📑 Mutlaq vazn toifasida quyidagi ishtirokchilar bellashuvlarda qatnashdi: - Turamuratov Ulug‘bek Urakovich — Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor; - Ibragimov Qobil To‘xtamishovich — Tabiiy va aniq fanlar fakulteti; - Choriyev Sirojiddin Tag‘aynazarovich — “Ziyo” sport klubi.
🤼‍♂️ Milliy sport turlarimizdan biri bo‘lgan kurash bo‘yicha tashkil etilgan mazkur bellashuvlar ishtirokchilarda sog‘lom raqobat ruhini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoada faol va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

📢📢📢📢📢 🔔 “MUNOZARA” RESPUBLIKA TANLOVINING INSTITUT BOSQICHIGA START BERILDI! 🗣Sana: 28-sentabr ⏱Vaqti: 15:00 da ⏺Manzi
📢📢📢📢📢 🔔 “MUNOZARA” RESPUBLIKA TANLOVINING INSTITUT BOSQICHIGA START BERILDI! 🗣Sana: 28-sentabr ⏱Vaqti: 15:00 da ⏺Manzil : Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti 107- xona 📌Tanlovda institutimizning barcha fakultetlaridan 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin. 📌Ma'lumot uchun: @NormamatovaSevinch 📂 Tanlov nizomi bilan tanishing 📣 Fakultetingiz sharafini himoya qilishga tayyormisiz? Unda o‘z jamoangizni tuzing va “MUNOZARA”da ishtirok eting! ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 📝 Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi belgilandi. Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 499-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Matnli o‘qish Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🏆 KURASH BO‘YICHA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI! 🥋 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat p
+9
🏆 KURASH BO‘YICHA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI! 🥋 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalari doirasida kurash turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. 💪 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch-g‘ayrati, chaqqonligi va matonatini namoyon etib, g‘alaba uchun murosasiz bahslarda kuch sinashdilar. 🤼‍♂️ Milliy sport turlarimizdan biri bo‘lgan kurash bo‘yicha tashkil etilgan mazkur bellashuvlar ishtirokchilarda sog‘lom raqobat ruhini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoada faol va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

✨✨✨✨✨ 🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬 🔔Bilasizmi, institutdagi forma — bu shunchaki kiyim emas? Bu tartib, mas’uliyat va talabalik madaniyatining bir qismi.
Quyidagi videoda Termiz davlat pedagogika instituti ichki tartib-qoidalariga ko‘ra: - forma kiyish talablari - ozoda va saranjom yurish tamoyillari - universitet muhitiga hurmat bilan munosabat oddiy va tushunarli tilda yoritildi.
✔️ Talabalik - erkinlik bilan birga mas’uliyat hamdir. Tartibga amal qilaylik, Termiz davlat pedagogika institutini birga yanada obro‘li qilaylik. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

📣📣📣📣📣 🤩 Termiz davlat pedagogika institutida maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablari uchun quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi:
🗣 Logopediya — duduqlanish, til rivojlanmaganligi, o'qish-yozishda nuqsoni bo'lgan bolalar bilan ishlash — "Umumta'lim maktabi logopedi huquqini berish bo'yicha" yo'nalishi maktablarda logoped mutaxassisi va "Maktabgacha ta'lim tashkiloti logopedi huquqini berish bo'yicha" Maktabgacha ta'lim tashkiloti logoped mutaxassisi yo'nalishlari ✅ Surdopedagogika — eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan ishlash (imo-ishora tili, barmoq nutqi) 🧩 Oligofrenopedagogika — aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar bilan ishlash 👁 Tiflopedagogika — ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan ishlash (Brayl shrifti, taktil materiallar)
📌 Kimlar jalb etiladi? 📚 Bakalavriat yoki magistratura bosqichi bo'yicha oliy ma'lumotga ega, kasbiy salohiyatini oshirmoqchi bo'lgan Respublikamizdagi mutaxassislar. 🎓 Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga davlat namunasidagi diplom topshiriladi. ⚖️ Kurslar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarorlari hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2025-yil 30-sentabrdagi 367-son buyrug'iga muvofiq tashkil etilmoqda. ◾️Yuqoridagi video qo‘llanmada retrain.uzedu.uz tizimi orqali qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish uchun ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.
🔵 Video qo‘llanma orqali nomzodlar: 🔵 Tizimga kirish va profil ma’lumotlarini ko‘rib chiqish; 🔵 Shaxsiy ma’lumotlarni tekshirish; 🔵 Ta’lim ma’lumotlarini ko‘rish va to‘ldirish; 🔵 Mavjud qayta tayyorlash kurslarini ko‘rib chiqish; 🔵 O‘ziga mos kursni tanlash; 🔵 Qayta tayyorlash kursida ishtirok etish uchun ariza yuborish; 🔵 Ariza yuborilgandan keyingi jarayon bilan tanishishlari mumkin.
📞 Tizimdan foydalanish yoki ariza topshirish jarayonida savollar yuzaga kelgan taqdirda, mas’ul xodimlarga murojaat qilishingiz mumkin +998-93-799-03-05, +998-97-786-46-37 ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

🇺🇿 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni Yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va barqarorligini ta’minlash, milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin! ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

🧠“ZAKOVAT” — TALABALAR LIGASI: KUZGI MAVSUMNING 2-TURI O‘TKAZILDI! 📚Termiz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning
+6
🧠“ZAKOVAT” — TALABALAR LIGASI: KUZGI MAVSUMNING 2-TURI O‘TKAZILDI! 📚Termiz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 2-turi bo‘lib o‘tdi. 🤔Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarga oid savollar orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Jamoalar savollarni tahlil qilish, jamoaviy fikr almashish va qisqa vaqt ichida to‘g‘ri javob topish uchun o‘zaro bellashdilar. 🧢Har bir savol jamoalardan nafaqat bilim, balki diqqat, topqirlik, mantiqiy mushohada va hamjihatlikni talab etdi. Qizg‘in kechgan bahslar talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yana bir bor namoyon qildi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

🏢 XORIJIY TILLAR FAN OLIMPIADASINING INSTITUT BOSQICHI 🤩 Termiz davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida ingliz va
🏢 XORIJIY TILLAR FAN OLIMPIADASINING INSTITUT BOSQICHI 🤩 Termiz davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida ingliz va nemis tillari bo‘yicha xorijiy tillar fan olimpiadasining institut bosqichi o‘tkaziladi. 👨‍🎓 Olimpiada talabalarga til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish imkonini beradi. Institut bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan talabalar respublika bosqichida institutimiz sharafini himoya qilish uchun saralanadi. 📅 28-sentabr 2026-yil 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Ingliz tili: 10:00 da Nemis tili: 11:00 da 🇩🇪Joylashuv: Tillar fakulteti ➡️ Ingliz va nemis tillariga qiziquvchi talabalarni olimpiadada faol ishtirok etishga taklif qilamiz. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

🎓 Oliy ta’limdan keyingi ta’limning tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) shakllari uchun arizalar qabuli davo
🎓 Oliy ta’limdan keyingi ta’limning tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) shakllari uchun arizalar qabuli davom etmoqda 📄 KERAKLI HUJJATLAR: 👩‍🎓 Tayanch doktorantura (PhD) uchun: ✅ Shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka); ✅ Oliy ta’limning bakalavr, magistratura bosqichlari diplomi va ilovasi (Elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda); ✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (Ixtisoslikga mos kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis. URL manzili bilan); ✅ Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat; ✅ Ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti (Ustuvor ilmiy ixtisosliklar uchun) 🎓 Doktorantura (DSc) uchun: ✅ Shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka); ✅ Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi; ✅ Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi; ✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (Ixtisoslikga mos kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis. URL manzili bilan); ✅ Fan nomzodi (PhD) diplom nusxasi; ✅ Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat ✅ Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiy tan olinganlik guvohnomasi bilan birga yuklanadi. 🎓 Termiz davlat pedagogika institutida mavjud ixtisosliklar: 👩‍🎓 Tayanch doktorantura (PhD) ✅ 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi; ✅ 10.00.02 – O‘zbek mumtoz adabiyoti; ✅ 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; ✅ 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi; ✅ 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha); ✅ 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya psixologiya; ✅ 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi 🎓 Doktorantura (DSc) ✅ 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi; ✅ 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha); 📝 Arizalar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar Yagona elektron tizim (http://daraja.ilmiy.uz/) orqali qabul qilinadi.   📝 Ariza topshirish yoʻriqnomasi   🎓 Ajratilgan kvotalar haqida ma'lumot 📖 Kirish imtihonlari va suhbatlar dasturlari hamda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga qo‘yiladigan talablar 🎓 Doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati 📊 Ariza topshirgan talabgorlar soni tashkilotlar va ixtisosliklar kesimida 📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998945150880 +998937649494 Telegram ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

📢📢📢📢📢 🗣 2026-yil 26-sentabr kuni soat 12:00 da Termiz davlat pedagogika instituti rektori Xasanov Azizbek Baxtiyarovich
📢📢📢📢📢 🗣 2026-yil 26-sentabr kuni soat 12:00 da Termiz davlat pedagogika instituti rektori Xasanov Azizbek Baxtiyarovich hamda Institut rahbariyati vakillari ishtirokida Termiz shahar va tuman, Angor tumani MTTda faoliyat yuritayotgan o'rta maxsus ma'lumotga ega pedagog kadrlar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkaziladi. 📍 Manzil: Termiz tumani, Otchopar mahallasi, 1-A-uy. ✍️ Qabul davomida MTTda faoliyat yuritayotgan o'rta maxsus ma'lumotga ega pedagog kadrlarning 1+5 dual ta'lim va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqiladi. 🔔 Hurmatli, MTTda faoliyat yuritayotgan Termiz davlat pedagogika institutiga 1+5 dual ta'lim asosida tavsiya etilgan o'rta maxsus ma'lumotga ega pedagog kadrlar! 🔵 Mazkur ochiq muloqot va sayyor qabulda ishtirok etish hamda o‘z murojaatlaringizni bevosita yetkazish uchun belgilangan vaqtda tashrif buyurishingizni so‘raymiz. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

🇺🇿 “TINCHLIK — ENG OLIY NE’MAT, JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” 🤩 Termiz davlat pedagogika institutida talaba-y
+9
🇺🇿 “TINCHLIK — ENG OLIY NE’MAT, JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” 🤩 Termiz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni tinchlik va osoyishtalikni qadrlashga undash, turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✔️ Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mas’uli S.Saidov, Surxondaryo viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i I.Suyunov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori U.Turamuratov, professor-o‘qituvchilar, institut xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. 💬 Tadbir davomida jaholat, befarqlik va turli yot mafkuralarga qarshi kurashishda bilim, ma’rifat va sog‘lom dunyoqarashning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram

Repost from Edu.uz
#TTJ #DXSh Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi Termiz davlat pedagogik
+3
#TTJ #DXSh Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi Termiz davlat pedagogika instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladigan 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, institut rektori Azizbek Hasanov, muassasa mas’ullari, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Marosim davomida mazkur loyihaning bosh rejasi, asosiy maqsadi, quvvati va talabalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Batafsil: https://www.terdpi.uz/news/view/3431 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#TTJ #DXSh Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi Termiz davlat pedagogik
+3
#TTJ #DXSh Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi Termiz davlat pedagogika instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladigan 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, institut rektori Azizbek Hasanov, muassasa mas’ullari, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Marosim davomida mazkur loyihaning bosh rejasi, asosiy maqsadi, quvvati va talabalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Batafsil: https://www.terdpi.uz/news/view/3431 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#TTJ #DXSh Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi Termiz davlat pedagogik
+3
#TTJ #DXSh Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi Termiz davlat pedagogika instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladigan 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, institut rektori Aziz Hasanov, muassasa mas’ullari, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Marosim davomida mazkur loyihaning bosh rejasi, asosiy maqsadi, quvvati va talabalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Batafsil: https://www.terdpi.uz/news/view/3431 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Deputat_va_fuqaro_uchrashuvi 🏢 Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Xasanov tomonidan Sho‘rchi tumanining “Tamaddun” ha
+3
#Deputat_va_fuqaro_uchrashuvi 🏢 Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Xasanov tomonidan Sho‘rchi tumanining “Tamaddun” hamda "Oftobmakon" mahallalari fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. 🗣 Uchrashuv avvalida deputat tomonidan joriy yilning shu davriga qadar amalga oshirilgan ishlar, okrug hududida bajarilgan loyihalar hamda fuqarolar murojaatlari ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi. ✔️ Uchrashuv davomida xalqni qiynab kelayotgan muammoli masalalarning ayrimlari yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda tegishli choralar ko‘rishni talab etuvchi masalalar deputat nazoratiga olinib, ular bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi. 🔵 Murojaatlarni o‘z vaqtida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash fuqarolarning turmush tarzini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi ✍️  TerDPI matbuot xizmati ✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram