uz
Feedback
Bek Olimjon

Bek Olimjon

Kanalga Telegram’da o‘tish

Balki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍Norvegiya

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Bek Olimjon analitikasi

Bek Olimjon (@drbekolimjon) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 28 992 obunachidan iborat bo'lib, Tibbiyot toifasida 702-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 747-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 28 992 obunachiga ega bo‘ldi.

24 Sentabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 719 ga, so‘nggi 24 soatda esa 41 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 82.80% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 36.21% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 23 996 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 10 494 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 0 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Balki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍Norvegiya”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 25 Sentabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Tibbiyot toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

28 992
Obunachilar
+4124 soatlar
+2517 kun
+71930 kun
Postlar arxiv
Dada (39) va qiz (9) suhbatidan *** - Qizim, bola maktab darsini yoqtirmagan fanini ham o’qishi kerakmi? Vazifasini qilishi kerakmi? - Yo’q, yoqtirmasa qilmasligi kerak. - Nega? Darsni qilishi kerakku axir! - Yoqtirmasa baribir chin yurakdan qilmaydida. Qiziqsa yaxshiroq baribir. Majburlab qilishi yaxshimas. Majbur bo’lsa yolg’on bo’lishi mumkinda. - Unda faqat o’zi qiziqqanini qilaversa, qiziqmaganini qilmasa, ko’p narsa o’rgana olmaydiku. Ko’p narsa o’rganish yaxshi emasmi? - Baribir qiziqqanini qilishi yaxshiroqda. - To’g’ri aytasiz qizim. Qiziqqanini qilishi kerak. *** Bek Olimjon 25.09.26 Norvegiya

Befarq bola Agar bola maktabni yomon ko'rsa yoki unga nisbatan befarq bo'lsa... Ammo o'zi qiziqqan biror ish bilan soatlab vaqt sarflay olsa, tunu-kun shu haqida gapiraversa, shu haqida o'qisa, o'rgansa (ha, hatto u kompyuter o'yini bo'lsa ham), bolani bu yo'ldan qaytarishga aslo shoshmasligimiz kerak. Ota-ona yoki maktab bir ishga mukkasidan ketishni o'rgata olmaydi, ammo bu xislatni tez o'ldirib qo'ya oladi. Bek Olimjon 25.09.26 Norvegiya

Hozir ertamanda nonushtadan oldin yozgan insho mohiyati. Biror kun 4-5 varaqli to'liqroq versiyasini ham ulasharman. Bek Olim
Hozir ertamanda nonushtadan oldin yozgan insho mohiyati. Biror kun 4-5 varaqli to'liqroq versiyasini ham ulasharman. Bek Olimjon 24.09.26 Norvegiya

men katta foyda olgan tweetlardan biri. tez-tez qaytib turaman. ba'zan 40 dona so'z 5-10 ta top kitob mazmunidan foydaliroq b
men katta foyda olgan tweetlardan biri. tez-tez qaytib turaman. ba'zan 40 dona so'z 5-10 ta top kitob mazmunidan foydaliroq bo'ladi. bu ana shulardan biri. kichik o'zgartirish kiritgan holda. Bek Olimjon 23.09.26 Norvegiya

Men triatlon bo’yicha dunyodagi top murabbiylardan biri bilan ishlayotganimga 1 yil bo’ldi. Gordo ayni vaqtda dunyodagi o’z yoshi bo’yicha eng tez Ironman. Triatlon bo’yicha AQSh chempioni. * Bir yildan beri haftasiga 12-14 soat sport mashg’ulotlari qilib kelyapman. Murabbiy bilan har hafta video orqali gaplashamiz, haftani tahlil qilamiz, xatolar bo’lsa to’g’rilaymiz. Men ana shu suhbatlarni yozib olaman va ommaga tekinga taqdim etaman. Videolarda top murabbiylar yondashuvi qanday ekanligini bemalol ko’rish mumkin. Qiziqqan odam uchun juda ko’p ma’lumotlar bor suhbatlar ichida. Balki sizga ham foydasi tegar… https://youtube.com/@gordoandbek Bek Olimjon 22.09.26 Norvegiya

Mendan tibbiyot talabalari ko'p maslahat so'rashadi. Qanday soha tanlay? Shogird tushaymi? Chet elga ketaymi? Uylanaymi va hok. Ulardan birinchi so'raydigan savolim: Ingliz tilini bilasizmi? Ko'p hollarda "ha, darajam A2, B1" deyishadi. Bu degani tilni deyarli bilmaydi degani aslida. Keyin men "shimni qo'yib til o'rganish kerak birinchi o'rinda" deyman. Shu bilan maslahat so'ragan odam yo'q bo'lib ketadi. Endi, ayrim injiqroq talabalar ham bor. Argument keltiradigan (ularga hurmatim baland). Ular: "Ana anavi klinika glavrachi til bilmasdan ishlab yuriptiyu. Mana sizni kursdoshingiz falonchi mijozlari ko'p doktorku..." kabi argumentlar keltirishadi. To'g'ri argumentlar. Ammo ular sizdek talabalik paytida ingliz tilini o'rganganlar butun kurs bo'yicha 2-3 ta bo'lgan xolos. O'shalar hozir Uzbda emas. Siz hozir ko'rayotgan ingliz tili bilmaydigan zo'r doktorlar o'z vaqtida bilim olishga yaxshi harakat qilishgan ingliz tili bilmasa ham. Hozirchi, kursingizda nechta odam biladi ingliz tilini? Ana shular bilan raqobat qilasiz ertaga. Ular endi ingliz tili bilish bilan birga yaxshi harakat qilishadi. Kelajakni sal ko'ra olish muhim. Ingliz tili hamma narsani hal qilmaydi, ammo bilim olish sifati va tezligini hal qiladi. Bilim sifati va olish tezligi bozorda qiymat yarata olish bilan bevosita bog'liq. Bek Olimjon 21.09.26 Norvegiya

bir eshikni qoqishdan to'xtamasa, u qachondir baribir ochiladi, avval, nega u eshikdan kirmoqchi ekanligimizni bilishimiz, keyin, ochilganda nima deyishimizni aniq bilishimiz muhim Bek Olimjon 20.09.26 Norvegiya

yosh bola edim eski kvartirada yashar edik dadam devor to’la kitoblarni ko’rsatib: «shular ichiga dollarlarni berkitib qo’yganman» der edi. Bek Olimjon 19.09.26 Arvika, Shvetsiya

Ba'zan meni juda ham optimist odamsiz deyishadi. Qanday qilib optimist bo'lmaslik mumkin azizlar. Ko'rlar uchun ham yechimi bor bu kompaniyani. What a great time to be alive! https://youtu.be/_j806JHhCRo?si=UgNQBAq2slMTY6zS

ota-ona yoki boshliqlarga bizga yoqmagan xabarga jahl qilamiz. atrofimizdagilar bizni yaxshi ko'rishadi. ular bizni himoya qilishmoqchi bo'ladi. jahlimiz chiqishini aslo xohlamaydi. jahl qilsak, o'zlari sezmagan holda haqiqatni berkitishni boshlaydi. natijada biz o'zimizga "aks-sado xonasi" (echo chamber) yaratamiz. bu esa bizni haqiqatdan yanada uzoqlashtiradi. bu uzoq muddatda na o'zimizga, na atrofimizdagilarga foydasi bor... Bek Olimjon 18.09.26 Norvegiya

Oxirgi postni kinoya sifatida yozgan edim kecha. Yuzlab odamlar uni kinoya ekanligini aslo tushunishmadi. Izohlarda 10 daqiqa ichida 200 dan ortiq odamlar qopqonga tushganini bildirib yozishdi. Men havotir olganimdan izohlarni yopib, ularni o'chirib tashladim keyin. Havotirim, yana bir "aqlli" meni nomimdan chiqib kurs sotib yurmasin ularga deb. O'chirib tashlaganimdan keyin menga shaxsiyga ham yozishdi: "Aka, kech qoldim, o'zizga "kinoya" deb izoh qoldirib yozyapman" deb 🤦🏻‍♂️ ***** Meni bir narsa o'ylantirdi. Nahotki shu darajada sodda bo'lsak?! Bu o'zimizni qopqonga topshirish bilan bir xilku. Yana aldoqchilar ko'payib ketgan deb boshqalardan o'pkalaymiz. Aldanamiz, chunki aldanishni o'zimiz xohlaymiz. ***** Paradoks shuki, Bir boy odam sizga boy bo'lish bo'yicha kurs sotyapti. Agar boy bo'lishni yaxshi bilganida sizga boy bo'lish bo'yicha kurs sotmagan bo'lar edi. ***** Bek Olimjon 17.09.26 Norvegiya

Asr kinoyasi "Men boyman. Sizga ham boy bo'lishni o'rgataman. Izohlarda kinoya deb yozib qoldiring. Biz sizga shaxsiyda to'liq ma'lumot beramiz." Bek Olimjon 16.09.26 Norvegiya

ge

Men Yevropada yashayotgan odam sifatida vatanga borganimda bir narsa yaqqol seziladi. Vatanda hayot tempi juda baland. Odamlarda shoshish hissi juda yuqori. Stres balanddek. Buni chetda yashayotgan boshqa do'stlarimiz ham qayd etishadi. Vatandagi jamiyatni bunday hayot kechirishini ko'p hollarda salbiy deb qabul qilishadi do'stlarimiz. Ammo o'ylab ko'rsam, aslo unday emas ekan. Aksincha, bu holat uzoq muddatda jamiyat uchun ijobiy tomonlari ko'p ekan. Har qanday rivojlangan jamiyatlar ortida yuqori energiyaga ega, tinimsiz harakatdagi tadbirkorlar bo'lganligi ma'lum. Ular mavjud muammolarga yechim topish, bozor talablariga takliflar yaratish, yangi bozorlar ochish bilan mashg'ul bo'lishgan va hozir ham shunday. Bu esa vaqt o'tishi bilan butun jamiyatga ijobiy ta'sir qiladi. Bozor, raqobat va shu bilan parallel ravishda bozor ishtirokchilari - odamlarda turli ko'nikmalar rivojlanishiga sabab bo'ladi. Aynan shunday yuqori temp, optimizm, hustle madaniyati men hozir yashayotgan g'arb jamiyatida mavjud emas. Aynan shu sabab ham uzoq muddatda bu jamiyatlar yo o'zgarishga majbur bo'ladi, yo inqirozga yuz tutadi yo kelajagini muhojirlarga topshiradi. Bunday yuqori tempda hayot kechirish shaxs darajasida insonni surunkali stresga olib kelishi bor narsa. Bu kundalik hayotda yoqimsiz va hattoki salomatlik uchun zararli ham bo'lishi mumkin. Ammo bozor shunday bo'lgani uchun unga ta'sir eta olmaymiz. Shaxs sifatida nima qilishimiz mumkin? Bunday yuqori tempdagi jamiyat bizga shaxs sifatida jamiyatdagi yuqori temp momentumidan foydalanib, ko'nikmalar rivojlantirishga, bozorda faol ishtirok etishga va boy bo'lishga yaxshi imkoniyat beradi. Eng qiyin qismi esa, bunday yuqori energiyaga ega jamiyatda status o'yinlaridan boxabar bo'lgan holda, ularda imkon qadar ishtirok etmaslik. Qiyin, ammo ilojsiz emas... Bek Olimjon 15.09.26 Norvegiya

O'tgan kuni suzishdan qaytayotib qizim bilan telefon tutish haqida gaplashdik. Ikkimizni fikrimiz bir joydan chiqqandek bo'ldi. "Telefon tutishni kamida 16 yoshgacha surib turamiz" deb kelishdik. Suhbat negizida "telefon nega kerak?" degan savolga javob berishga harakat qildik. Biz topgan sabablar: - ota-ona bilan aloqada bo'lib turish uchun - do'stlar bilan aloqada bo'lib turish uchun - Uzbdagilar bilan aloqada bo'lish uchun - internet ishlatish uchun - to'lovlar uchun - transport vaqtlarini bilish uchun Keyin har biriga qanchalik ehtiyojimiz borligini ko'rib chiqdik. - qizim uyda, home schoolingda, telefon orqali aloqaga ehtiyoj yo'q - do'stlari bilan ham telefonda aloqada bo'lishga ehtiyoj yo'q. Mahallada o'ynashadi. Uzoqdagi do'sti bilan 1-2 oyda bir ko'rishadi. - Uzbdagilar bilan bizning telefonimiz orqali gaplashadi agar xohlasa - hozircha mobil to'lov va transportga ehtiyoj yo'q - internet uchun esa kompyuteri bor. Keyin bolalarga ijtimoiy tarmoqlar zarari haqida gaplashdik. Eng zararli qismi, agar hozir ijtimoiy tarmoq ishlatsa, mazza qilib kitob o'qiy olmasligini gaplashdik. Xulosa shu bo'ldiki, agar qachondir aloqa qilishga ehtiyoj sezilsa ham internetsiz telefon olishimiz mumkin ekan. Bilmadim bu qancha davom etadi... Bek Olimjon 14.09.26 Norvegiya

Navbatdagi epizod Unda ko'nikmalar haqida suhbatlashdik. Ko'nikmalar zinasi nima? Mana shu markaziy savolga javob berishga harakat qildik Marhamat https://www.youtube.com/watch?v=iN9wr1LA994

"Bolalik travmalari" degan mavzu juda keng tarqalgandek. Hayotdagi muammolar barchasi "bolalik travmalari" bilan bog'liq emas, azizlar. Muammolarimizga bolalik travmalari sabab degan xulosa, bugun o'z hayotimiz uchun mas'uliyatdan qochishdek. O'tmish o'tdi-ketdi, taqdir ekan. O'tmishni tahlil uchun bir chimdim bilim sifatida olinadi, dastlab tafakkur, keyin xulosa qilinadi, keyin esa shukur. Bo'ldi, undan keyin oldinga qarab yuriladi. O'tmish bilan bog'liq "travma xotiralari" og'ushida o'ylanib, qandaydir bog'liqliklarni o'ylab topib, uzoq vaqt sarflab yurish aslo yechim emas. Inson o'zini surunkali baxtsiz his qilishni to'xtatish eng yaxshi usuli uchun quyidagilarni anglashi muhim: 1. "men" ustida ko'p o'ylanish depressiya garovi. Nobody cares! 2. bugun hal eta oladigan eng kichik muammoim nima? (misol stol ustini yig'ishtirish) Shuni qilish kerak. 3. boshqalarga qanday yordam bera olaman? (juda kichik bo'lsa ham) Shuni qilish kerak. Inson o'zini kerakli deb his qilsa, depressiya yo'qoladi. Kap-katta odam o'z hayoti uchun o'zi mas'ul. Bek Olimjon 12.09.26 Norvegiya

boy bo'lishni xohlash kerak, ammo boy ko'rinishni emas. boy bo'lmay turib boy ko'rinishga harakat qilish bu o'zini aldash. boy bo'la turib boy ko'rinishga harakat qilish esa qopqon. boy ko'rinishga harakat qilish tinka-madorni quritadi. boy ko'rinish bu o'yin, uning dajalari bor. Bu o'yinda hech qachon yutib bo'lmaydi. boy ko'rinish o'yini ichki bo'shliqlarga to'la. boy bo'lishni xohlash kerak, talabi "negamizni" bilishimiz. Bek Olimjon 12.09.26 Norvegiya

Har kuni 1 soat sportga sarflash haftalik umrimizni 4% qismini tashkil etadi. Biz shu 4% haqida ko'p narsalarni o'rgangimiz keladi. Intervallar, VO2max, maxsus kiyimlar, protein, kreatin, vitamin va hok. Aslida qolgan 96% qismi muhimroq. U oila, ish, uyqu, ovqat, do'stlar, social media, stres, transport va hokazolardan iborat. Sport qilmoqchi bo'lsak mana shular ustida ko'proq ishlashimiz muhimroq. Hayotni katta qismini optimallashtirish kerak (96%), mayda detallarga (4%) e'tibor berishdan ko'ra. Majoring in the minor is waste of time! 20 kg ozish uchun kuniga 1 soat yugurishdan ko'ra, to'yib uxlash muhimroq. 2kg yengil bo'lgani uchun qimmat karbon velosipeddan ko'ra odam o'zi 2kg ozgani muhimroq. 100g protein kukundan yegandan ko'ra, ultra-ishlangan ovqatlardan voz kechgan muhimroq. Bek Olimjon 11.09.2026 Norvegiya

Kecha menga ayolim sms yozdi. Qizingiz (9 yosh) quloqchin xohlayapti, nima deysiz deb. Mendagi reaksiya chuqur o'ylamagan holda yo'q deyish bo'ldi. Keyin o'zim o'ylab qoldim. Nega yo'q dedim? Sababi nima edi buni? kabi savollarni o'zimga berdim. Bir kun o'ylab yurgandan keyin va bir oz izlanish qilganimdan keyin xulosam to'g'ri ekanligiga yana ishonchim ortdi. Nega bolalar quloqchin taqishi yaxshi emas? - bola eshitish qobiliyati yuqori bo'ladi, kattalarga nisbatan balandroq eshitadi. Bu eshitish a'zosi zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bu ehtimolligi kam muammo. - uzoq taqiladigan bo'lsa quloq kanalidagi tabiiy havo aylanishiga ta'sir qiladi va suv/sariq to'planish ehtimoli ortadi. Bu esa infeksiyaga riskini oshiradi. - diqqatni jamlashga qiynalishi mumkin. Tashqaridagi shovqinni bloklashga o'rganib qolsa, shovqinli joylarda diqqatni jamlay olmaydi. Diqqatni jamlay olish ko'nikmasi eng muhim ko'nikmalardan biri. - ijtimoiylashuv muammosi. Oiladagi munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Muloqotdan cheklangani uchun kundalik ijtimoiy ko'nikmalar rivojlanishiga xalaqit beradi. Misol uchun ota-ona gapirgandagi ohang tusidagi nyuanslarni ilg'amaydi. - quloqchin taqqan bola "meni bezovta qilmang" degan signal beradi tashqariga. Bu esa aloqalarga salbiy ta'sir qiladi. O'zi shundoq ham bolalarimiz bilan kam vaqt sarflaymiz. - ko'p bolalarda, ayniqsa kitob o'qishni sevadigan bolalarda, shovqinni yoqtirmaslik holati tabiiy bo'ladi. Bundaylar quloqchin bilan shovqindan qutulish vositasi deb foydalanadi. Bu muammoni vaqtinchalikka yechishi mumkin, ammo uzoq muddatda tashqi stresdan o'zini olib qochadigan xarakter shakllantiradi. Hayot esa streslarni yengishdan iborat. Bu ham muhim ko'nikma. Shunday ekan, 9 yoshli bolaga quloqchin kerak emas degan xulosaga keldik. Bu xulosani, mana shu post mohiyatini qizimga tushuntiriladi. ******** Menimcha bu fikrlarim bola katta bo'lgunicha ham kerak emas degan holda saqlanib qolsa kerak. Katta bo'lganidan keyin o'zi biladi nima qilishni. Bek Olimjon 10.09.26 Norvegiya