Bek Olimjon
前往频道在 Telegram
Balki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍Norvegiya
显示更多📈 Telegram 频道 Bek Olimjon 的分析概览
频道 Bek Olimjon (@drbekolimjon) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 29 390 名订阅者,在 医学 类别中位列第 704,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 701 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 29 390 名订阅者。
根据 10 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 312,过去 24 小时变化为 36,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 87.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 31.54% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 25 646 次浏览,首日通常累积 9 271 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Balki foydasi tegar…
40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor
📍Norvegiya”
凭借高频更新(最新数据采集于 11 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 医学 类别中的关键影响点。
29 390
订阅者
+3624 小时
+667 天
+31230 天
帖子存档
29 391
Germaniyaga keladigan juda ko'p shifokorlar qiladigan xato
Bir amallab til topshirib, yordamchi lavozimida ish topishadi, viza oladi va kelib ish boshlaydi.
Aslida oladigan oyligi ancha past, ammo hozirga qadar buncha oylik olmagan. Shu sabab juda ko'pdek tuyuladi.
Shunda ular nima qilishadi?
Shart O'zbekistonda kreditga uy olishadi.
Katta xato.
Kredit bu kishan.
O'sha odam Germaniyada shifokor bo'lishi uchun hali bir nechta imtihonlardan o'tishi kerak. Ishlarga topshirishi kerak. Uzun mashaqqatli yo'l turipti hali. Bu imtihonlarga tayyorlanish uchun vaqt kerak.
Vaqt orttiraman desa ishni kamaytirishi kerak.
Ishni kamaytiray desa kredit bor. Yoki uyiga pul yuborishi kerak.
Shu zayilda yillar o'tib ketadi. Na imtihon topshira oladi, na shifokor bo'la oladi.
Aslida shimni qo'yib tayyorlansa 6 oyga qolmasdan topshirsa bo'ladigan imithonlar ular. Yillar ketadi. Chunki tayyorlana olmaydi.
To'liq shifokorlik litsenziyasini olsa, yaxshigina oylikka ishlashni boshlaydi.
Yo'q, bunday uzoqni o'ylab ish tutmaydi ko'pchilik, ming afsuslar bo'lsin.
Shuning uchun azizlar, kredit olishga shoshilmang.
Imkon qadar tezroq shifokor degan maqomni oling.
Uni beradigan maoshi sizga kreditsiz ham uy olish imkonini beradi.
Agar mutaxassis degan maqomni olsangiz, sizga 3 ta uy olish imkonini beradi.
Uydagilarga sabr qilishni tushuntiring azizlar.
Bitta uyni kreditini yopaman deb 4-5 yil umringizni sarflab qo'ymang.
Yanada achinarlisi, o'sha umr vaqtida ko'pchilikda yosh bolasi ham bo'ladi.
Unga ham vaqt yo'q. Ayoliga ham vaqt yo'q.
Muammolar domino effekti bo'ladi keyin.
Bu fikrlar yakka voqealar emas, men qayta-qayta guvohi bo'layotgan voqea.
Bek Olimjon
08.11.2026
Norvegiya
29 391
Germaniyaga keladigan juda ko'p shifokorlar qiladigan xato
Bir amallab til topshirib, yordamchi lavozimida ish topishadi, viza oladi va kelib ish boshlaydi.
Aslida oladigan oyligi ancha past, ammo hozirga qadar buncha oylik olmagan. Shu sabab juda ko'pdek tuyuladi.
Shunda ular nima qilishadi?
Shart O'zbekistonda kreditga uy olishadi.
Katta xato.
Kredit bu kishan.
O'sha odam Germaniyada shifokor bo'lishi uchun hali bir nechta imtihonlardan o'tishi kerak. Ishlarga topshirishi kerak. Uzun mashaqqatli yo'l turipti hali. Bu imtihonlarga tayyorlanish uchun vaqt kerak.
Vaqt orttiraman desa ishni kamaytirishi kerak.
Ishni kamaytiray desa kredit bor. Yoki uyiga pul yuborishi kerak.
Shu zayilda yillar o'tib ketadi. Na imtihon topshira oladi, na shifokor bo'la oladi.
Aslida shimni qo'yib tayyorlansa 6 oyga qolmasdan topshirsa bo'ladigan imithonlar ular. Yillar ketadi. Chunki tayyorlana olmaydi.
To'liq shifokorlik litsenziyasini olsa, yaxshigina oylikka ishlashni boshlaydi.
Yo'q, bunday uzoqni o'ylab ish tutmaydi ko'pchilik, ming afsuslar bo'lsin.
Shuning uchun azizlar, kredit olishga shoshilmang.
Imkon qadar tezroq shifokor degan maqomni oling.
Uni beradigan maoshi sizga kreditsiz ham uy olish imkonini beradi.
Agar mutaxassis degan maqomni olsangiz, sizga 3 ta uy olish imkonini beradi.
Uydagilarga sabr qilishni tushuntiring azizlar.
Bitta uyni kreditini yopaman deb 4-5 yil umringizni sarflab qo'ymang.
Yanada achinarlisi, o'sha umr vaqtida ko'pchilikda yosh bolasi ham bo'ladi.
Unga ham vaqt yo'q. Ayoliga ham vaqt yo'q.
Muammolar domino effekti bo'ladi keyin.
Bu fikrlar yakka voqealar emas, men qayta-qayta guvohi bo'layotgan voqea.
Bek Olimjon
08.11.2026
Norvegiya
29 391
Oftalmologiya sohasida ishlayotgan va ishlamoqchi bo'lganlar uchun
Bundan 3 yilcha oldin oftalmologiyada ultratovush tekshiruvini ishlatish mavzusida videodarslar qilgan edim.
Men shu darslarni internetga joylab qo'yganman deb o'ylagan edim, ammo qarasam unday emas ekan.
Shuni joylab qo'ydik.
Qiziquvchilar bo'lsa, marhamat.
Unda ultratovush qanday ishlashi, A va B skanni ishlatish va B skanda turli xil kasalliklar qanday ko'rish haqida.
Darslar mana bu linkda
Balki foydasi tegar...
29 391
Moliyaviy erkinlik bo’yicha qolgan 3-4 ta darslarni noma’lum vaqtga to’xtatishga qaror qildim.
Kelajakda qaytarmiz balki.
Hozirgacha chiqqan qismlari foydali bo’ldi va kelajakda ham foydali bo’ladi degan umiddamiz.
29 391
Bir narsani kuzatdim.
Substackda o’zbek tilida yozilgan maqolalarni o’qib qolaman ba’zan. Qarasam asosan 20-25 atrofidagilar.
Telegramda ham ba’zan yozayotgan yosh avlod kanallarini ko’rib qolaman.
Fikr va mulohazalar orasida o’xshashlik (pattern) bor.
O’xshashlik shuki, o’qiganlarimda qandaydir nolish hissi bor. Mualliflar negadir xafaroq vibe beradi.
Nolish yoki norozilik hissi aslida bu juda yomon belgi emas.
Norozilik hissi bo’lsa, demak muammo bor, demak yechim qidirishga harakat bor.
Meni esa shu nolishlar bilan bir qatorda optimizmni ko’rgim keladi.
Imkoniyatlar shu qadar ko’pki, e’tibor va harakat qilganlarni qidirib yuripti.
O’ylab qoldim, balki bunday nolanomalar yozilishiga men va men kabilar ham hissa qo’shayotgandir. Pozitivroq ohangda yozishimiz kerak shekilli.
Bek Olimjon
28.10.26
Norvegiya
29 391
Moliyaviy erkinlik bo'yicha dars navbatdagisi
Compounding effect haqida.
Link:
https://www.youtube.com/watch?v=IqYd1J0LwTs
29 391
Metakognitsiya - fikrlash haqida fikrlash (yohud juft bilan suhbat)
Metakognitsiya - bu odam o'z fikrlash jarayonini kuzatishi, baholashi va ongli ravishda o'z fikrlarini boshqarish qobiliyati.
Osonroq aytadigan bo'lsak - qanday fikrlayotganimiz haqida fikrlash.
Aytaylik kimdir kitob tavsiya qildi. Uni o'qidik. Tushungandek bo'ldik. Ammo negadir tadbiq qila olmaymiz. Bu yerda o'sha eski "o'qish bilan uqish boshqa-boshqa" degan gapni eslaymiz.
O'qish bu tanishish, uqish esa anglab yetish degani. Metakognitsiya bu biror mavzuni anglab yetishimizga yordam beradi.
Inson biror narsani o'rgansa o'ziga ishonchi ortadi, men buni bilaman degan xulosaga keladi. Metakognitsiya esa men haq ekanligimni qayerdan bilaman degan savol berishga undaydi.
Shu sabab ko'p insonlar o'z fikrlariga qarshi fikrlar, tanqidlar qidirib yurishadi. Maqsad o'z fikrlarini yaxshilab taftish qilish. Chunki odam o'z miyasiga ishonsa u o'z-o'ziga qarsak chalishga usta.
Shuning uchun atroflicha fikrlash muhim. O'z fikrlarimizni kuzatishimiz juda muhim.
O'z fikrlarimizni kuzatishdagi muammo bu fikrlarimiz juda tezligi. Bir soniyada bir nechta fikrlar keladi, aralashib ketadi va emotsional holatimizdan kelib chiqib tez xulosaga borib qolamiz.
Fikrlarni kuzatishimiz uchun yozish foydali deymiz. Bir usuli bu bloknot yozish. Yozish haqiqatdan ham odam o'z fikrini turli tomondan ko'rishga yordam beradi. Bu uchun uzun-uzun insholar yozish shart emas. Qisqa bo'lsada "balki bunday emasdir" degan yondashuv bilan qarab ko'rish va fikrlarni shunchaki yozib qo'yish ham yordam beradi.
Bloknot albatta yaxshi. Ammo undanda yaxshiroq usul bor.
Bloknot yozishdagi muammo shuki biz fikrga qanchalik atroflicha qarashga harakat qilmaylik, baribir o'z aql-idrokimizdan tashqariga chiqib fikrlay olmaymiz. O'sha avvalgi bilimlarimiz atrofida aylanib fikrlayveramiz. Yozuvchi ham o'zimiz, o'quvchi ham.
Metakognitsiya rivojlantirishda bloknotdan yaxshiroq usul bu o'z jufti bilan suhbatlashish.
Nega unday? Chunki bloknotdagi gaplar bizga juftimiz beradigan savollarni bermaydi. Juft bilan suhbat biror fikr bildirganimizda mantiqdagi bo'shliqlarni, ko'r nuqtalarni (blindspots) yaqqolroq yuzaga kelishiga yordam beradi.
Undan tashqari inson suhbat davomida fikrini teranroq tushuntirishga harakat qiladi. Sababi suhbat davomida yuz ifodalari, hissiyotlar qorishgan bo'ladi.
Yana bir foydali tomoni "birgalikda fikrlash" imkonini beradi. Bitta kalladan, ikkita kalla yaxshi...
Bloknot bu yolg'izlikdagi tafakkur bo'lsa, juft bilan suhbat birgalikda bo'ladi. Feedback olishimiz uchun yozganimizni qayta o'qishimiz kerak, juft bilan esa feedback o'sha zahoti bo'ladi.
Juft bo'lishi shartmi? Bo'lmasa nima ham qilar edik.
Bo'ydoqlarga bloknot ham yaxshi albatta.
Do'st bo'lsa ham bo'ladimi? Ha, bo'ladi albatta. Ammo o'zga jins vakilida fikrlarga biz ko'rmaydigan tomondan qarash xislati berilgan. Do'stimiz gormonlari biznikiga o'xshash bo'lgani uchun, miyasi ham biznikiga yaqinroq bo'ladi.
Endi farq faqat gormon bilangina o'lchanmasligi aniq. Undan tashqari rostgo'ylik, adolat, hammaqsadlilik, tanqidni qabul qila olish kabi ijobiy xislatlar bo'lishi ham muhim. Boshqa yana bir qator ijobiy xislatlar bilan birgalikda.
Shunday ekan azizlar, juft tanlashda bizni fikrlashimizni challenge qila oladigan, bizni "yo'lga soladigani" bo'lishiga e'tibor beramiz? 😁 Shu bilan birga o'zimiz ham shunday bo'lishga harakat qilamiz.
Juda qiyin qivordima?! 😁
Bek Olimjon
24.10.26
Norvegiya
29 391
Hozir qabulimdan bir 70 yoshli bemor chiqib ketdi
Shikoyati ko'zlari qizarishi va qurishi
Surishtirsam kuniga 6-7 soat telefonda vaqt sarflar ekan
Asosan facebook va youtubeda.
Nimalar ko'rasiz desam, aniq bir mavzuni aytib bera olmadi.
***
Biz bolalarni ekrandan himoya qilish haqida ko'p gapiramiz.
Aslida qariyalarimiz ham bu addiksiyadan chetda qolishmagan.
Algoritmga farqi yo'q: yoshu-qarini ayamaydi.
Yanada katta muammo shuki ular ma'lumotlarni yaxshi filterlay olishmaydi.
Spamni aniqlashda qiynalishadi. Shu sabab ham spam qurboni aksari yoshi kattalar bo'ladi.
Ular keraksiz narsani bloklashni bilishmaydi.
Farzandlarimiz qo'lidan telefonni tortib olib qo'ya olarmiz...
Ota-onamizdanchi?
Bek Olimjon
23.10.26
Norvegiya
29 391
Bolaga erkinlik berish yohud
bizning uydagi
Homeschoolingdan bir kun…
Rasmda qizimni(9) kecha bir hafta uchun o’zi tuzgan dars jadvali.
Dars jadvalini o’zi tuzadi, o’sha darslarni qilishga amal qiladi. Bizning aralashuvimissiz.
Qilgim kelmayapti desa, o’zingiz tuzgansiz, o’zingizga va’da bergansiz, bizga kerak emas dars, biz o’rganib bo’lganmiz deymiz.
Shu sabab ham, minimum qilib tuzib olgan.
Jamiyatshunoslik va tabiatshunoslikni bir kunga qo’yib olgan. Sababi Ikkisini ham yoqtirmaydi. Eng minimumini qilib tez tugatishga harakat qiladi. Bizga farqi yo’q.
Jadvaldagi darsdan tashqari, har kuni kitob o’qish va matem qiladi.
Sababi matem yoki ingliz tilidan 1 sahifa uchun 10 minut Zelda o’ynashga kelishib olgan o’zi bilan.
6 sahifa matem = 1 soat Zelda. Qarzga o’ynash yo’q. O’yin soati chegarasi yo’q.
«Self-limiting, closed loop system»
Darslari uchun ota-ona kuniga 10 daqiqacha vaqt sarflaymiz. Faqat tushunmagan joyini so’raganida.
Dars sabab asabiylashish yo’qligi biz uchun mazza.
Asosiy mezon: oilamizda maktab darslari eng muhim narsa emas. (beshtakam professorni gapi yana bu 😀)
Biz uchun muhimi bu yerda boladagi agency saqlanib qolishi, darsni bajarishi emas.
Bek Olimjon
20.10.26
Norvegiya
29 391
Moliyaviy erkinlik bo’yicha darslar navbatdagi soni.
Kuttirganimiz uchun uzr.
https://youtu.be/NIaDpvHWqko?si=1MvOR85VS2i4STjp
29 391
Moliyaviy erkinlik bo’yicha darslar navbatdagi soni.
Kuttirganimiz uchun uzr.
https://youtu.be/NIaDpvHWqko?is=N8gbQX_UmZReUawx
29 391
+2
vatanga borganda farzandlarga kitob qidirdim.
tanlov hali ham ko'p emas, ammo avvalgidan ancha yaxshi.
do'stlarimiz yuqoridagi kitobni tavsiya etishdi va yetkazib berishdi.
qiziq formatda ishlangan kitob.
bizga ingliz tilidagi "Little People Big Dreams" kitoblar to'plamini eslatdi.
mashhur insonlar hayoti qisqa qilib, bola tilida yozilgan.
to'rt yoshli uchun zerikarli bo'ldi.
maktab yoshidagilar uchun ko'proq mos kelar ekan.
Qamar do'konida ko'rdim.
boshqa kitob do'konlarida ham bor ekan.
Bek Olimjon
17.10.26
Norvegiya
29 391
qanday qilib optimist bo’lmaslik mumkin.
kecha ommaga namoyish etilgan yangi Tesla mashinasi.
https://youtube.com/shorts/JgBP9i5pQws?is=U1twAYUKXzLEpUYh
29 391
hozir qabulimdan 10 yoshli bola chiqib ketdi.
shikoyati boshi og'riydi, ko'zi qizaradi, narsalar ikkita ko'rinadi ba'zan
onasi aytishiga ko'ra bola asabiyroq.
tekshiruvlarim bola ko'zi sog'lom ko'rsatyapti.
yaqinroqdan surishtirdim.
kuniga faqat 2 soatgina kompyuter o'ynar ekan.
yana yaqinroq surishtirdim.
Youtubeda Fortnite stream ham ko'rar ekan, 1-2 soat
yana yaqinroq surishtirdim.
Tik-tok ham ko'rar ekan, ba'zan, 1-2 soat
yana surishtirdim.
maktabida iPadda dars o'tishar ekan.
onasi bilan hisoblab chiqdik.
kuniga 9 soat ekranda ekan bola.
bola 10 yosh...
Bek Olimjon
16.10.26
Norvegiya
29 391
Repost from Temurbek Adhamov
Sun'iy intellektga ba'zilar qo'rquv bilan qaraydi hozirgacha, men ne'mat sifatida qarayman. Butun dunyo ma'lumotlari, ularni qayta ishlash, dunyo ma'lumotlarini til to'siqlarisiz o'rganish bu chinakam dinamik sakrash, biz shu davrga to'g'ri keldik.
Esimizni tanigan chog'imizda kompyuter savodxonligi hamma uchun qay darajada kerak bo'lgan bo'lsa, hozir sun'iy intellektdan to'g'ri va samarali foydalanish hamma uchun birdek foydali. Tez va samarali moslasha olgan har kim yutadi.
Siz va raqobatchingiz o'rtasidagi farq AI'dan qay darajada to'g'ri va jamoaviy foydalanishga ko'ra farq qiladi.
29 391
Men AI dan qanday foydalanmoqdaman
Claude, ChatGPT, Gemini, Grok kabilarni ishlatib ko'rdim. Pullik versiyasini.
Klinikam uchun kichik dasturlar tuzishda foydalandim boshida. Hozir esa biror narsa yaratish uchun foydalanganim yo'q.
Foydalanishimda asosiy vazifa ikki turga bo'linadi:
1) qidiruv xizmati sifatida
2) tanqidiy suhbatdosh sifatida
Qidiruv sifatidagisi tushunarli. Oldin Google ishlatgan bo'lsak, endi shu Gemini + Google bo'ldi.
***
Menga katta yordam bergan qismi bu tanqidiy suhbatdosh (thinking partner) bo'lmoqda.
U qanday ishlaydi?
- aytaylik bir shaxsiy insho yozdim, kanalda chiqmaydigan. Shuni berib, yaxshilab tanqid qilishini so'rayman. Men ko'rmagan joylarini (blindspot) topishini so'rayman.
- bir kitob o'qidim. Undan olgan fikr va xulosalarni AI bilan suhbatlashaman. Muallif fikrlarini tanqid qilamiz birgalikda.
- bir biznes g'oyasi bor. Biznes strukturasini tuzishda diskussiya qilaman.
- biror bir murakkab mavzu bo'lsa, uni soddalashtirib tushuntirib berishini so'rayman.
- biror mavzuni o'rganmoqchi bo'lsam, undan "shu mavzu mohiyatini tushunmagunimcha mendan savol berishdan to'xtama" deb "qiynayman" uni.
***
Bu yondashuvimdagi men sezgan jiddiy muammolar:
Sycophancy - AI ni foydalanuvchiga yoqishga harakat qilishi
Cognitive looping - bir fikrni turli ohangda takrorlayveradi
Regression to the mean - fikrlar qanchalik qutbli bo'lmasin, neytrallashtirishga harakat qilaveradi.
Bu muammolarga uchramaslik uchun AI ni qamchilab turish kerak bo'ladi.
***
Ayni vaqtda Grok ishlatyapman. Sababi u avtomashinaga ulangan. Ishga kelib-ketish uchun vaqt sarflayman. Mana shu vaqtda suhbatlashaman u bilan.
Bek Olimjon
15.10.26
Norvegiya
29 391
Men ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanyapman?
Asosiy tamoyillar:
1. menga kerakli ma'lumotni o'zim qidirib topishim kerak.
2. meni bilishim kerak bo'lgan yangilik men harakat qilmasam ham menga yetib keladi.
***
Instagram: telefonga o'rnatilmagan. Kompdan kirmayman. Profilim bor. Ma'lumot berish uchun qilingan. Hech kimni kuzatmayman. Kelajakda content chiqarib faol bo'lishim mumkin. Ammo o'zim iste'mol qilmayman.
Youtube: ko'rish tarixi o'chirilgan. Kerak ma'lumotni o'zim qidirib topaman. 3 ta profildan foydalanaman. Almashtirib turaman. Maqsad algoritm ta'siridan qisman bo'lsada qochish.
Facebook: Telefonda yo'q. Profilim bor. Home scholing, sport va mahalla guruhlari bo'lgani uchun qo'shilganman. Ba'zan kompdan kirib ma'lumotlarni o'qiyman.
Tik-Tok: foydalanmayman
Snapchat: foydalanmayman
Whatsapp: Telefonda bor. Faqat 4-5 kishi bilan aloqa qilish uchun ishlataman.
Substack: faqat kompda. O'zim yozaman. O'qiydigan bloglarim ko'p emas. Ba'zan o'qib fikr bildirib ketaman.
Telegram: doim kuzatadigan kanallarim yo'q. Borlari 2-3 ta, faol kuzatmayman. Telegram asosan aloqa vositasi sifatida.
***
Nega bunchalik deyish mumkin.
Sababi men odatda bitta maqsad ustida 3-5 yil ishlayman ekan. Menga ish beradigani bitta maqsadni aniqlab olib, qolgan barcha shovqinlarni o'chirib qo'yib, to'liq fokus qilish ekan.
Shunday bo'lsada, ba'zan nafs ustun keladi va behuda vaqt o'tkazib qo'yaman.
Bek Olimjon
13.10.26
Norvegiya
29 391
oxirgi postda suhbatlarda qanday mavzular ma'n etilgani haqida yozgan edim.
o'sha post davomi...
bunday davrada tabiiyki unday mavzularda suhbat bo'lmaydi.
bunday insonlar bilan orzular, ishonchlar, g'oyalar va kelajak haqida suhbatlar bo'ladi.
rivojlangan insonlar davrasida rivojlanmaslik uchun odam qattiq chiranishi kerak.
Bek Olimjon
Burchmulla
11.10.26
29 391
hozir vatandaman.
ayrim do'stlar davrasida quyidagi mavzularda gaplashishga ta’qiq qo’ydik 😁
- avtomashina
- siyosat
- futbol, MMA
- gadjetlar
vaqtga baraka kirar ekan...
Bek Olimjon
07.10.26
Andijon
