es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Bek Olimjon

Bek Olimjon

Ir al canal en Telegram

Balki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍Norvegiya

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Bek Olimjon

El canal Bek Olimjon (@drbekolimjon) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 29 103 suscriptores, ocupando la posición 717 en la categoría Medicina y el puesto 2 774 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 29 103 suscriptores.

Según los últimos datos del 18 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 316, y en las últimas 24 horas de -12, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 93.05%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 37.65% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 27 038 visualizaciones. En el primer día suele acumular 10 940 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 0.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Balki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍Norvegiya”

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 19 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Medicina.

29 103
Suscriptores
-1224 horas
-227 días
+31630 días
Archivo de publicaciones
Marhamat, yakshanbada yana bitta! https://youtu.be/uG6-4v8WkYA

Moliyaviy erkinlik bo’yicha darslar navbatdagi soni. Kuttirganimiz uchun uzr. https://youtu.be/NIaDpvHWqko?si=1MvOR85VS2i4STjp

Moliyaviy erkinlik bo’yicha darslar navbatdagi soni. Kuttirganimiz uchun uzr. https://youtu.be/NIaDpvHWqko?is=N8gbQX_UmZReUawx

vatanga borganda farzandlarga kitob qidirdim. tanlov hali ham ko'p emas, ammo avvalgidan ancha yaxshi. do'stlarimiz yuqoridag
+2
vatanga borganda farzandlarga kitob qidirdim. tanlov hali ham ko'p emas, ammo avvalgidan ancha yaxshi. do'stlarimiz yuqoridagi kitobni tavsiya etishdi va yetkazib berishdi. qiziq formatda ishlangan kitob. bizga ingliz tilidagi "Little People Big Dreams" kitoblar to'plamini eslatdi. mashhur insonlar hayoti qisqa qilib, bola tilida yozilgan. to'rt yoshli uchun zerikarli bo'ldi. maktab yoshidagilar uchun ko'proq mos kelar ekan. Qamar do'konida ko'rdim. boshqa kitob do'konlarida ham bor ekan. Bek Olimjon 17.10.26 Norvegiya

qanday qilib optimist bo’lmaslik mumkin. kecha ommaga namoyish etilgan yangi Tesla mashinasi. https://youtube.com/shorts/JgBP9i5pQws?is=U1twAYUKXzLEpUYh

hozir qabulimdan 10 yoshli bola chiqib ketdi. shikoyati boshi og'riydi, ko'zi qizaradi, narsalar ikkita ko'rinadi ba'zan onasi aytishiga ko'ra bola asabiyroq. tekshiruvlarim bola ko'zi sog'lom ko'rsatyapti. yaqinroqdan surishtirdim. kuniga faqat 2 soatgina kompyuter o'ynar ekan. yana yaqinroq surishtirdim. Youtubeda Fortnite stream ham ko'rar ekan, 1-2 soat yana yaqinroq surishtirdim. Tik-tok ham ko'rar ekan, ba'zan, 1-2 soat yana surishtirdim. maktabida iPadda dars o'tishar ekan. onasi bilan hisoblab chiqdik. kuniga 9 soat ekranda ekan bola. bola 10 yosh... Bek Olimjon 16.10.26 Norvegiya

Repost from Temurbek Adhamov
Sun'iy intellektga ba'zilar qo'rquv bilan qaraydi hozirgacha, men ne'mat sifatida qarayman. Butun dunyo ma'lumotlari, ularni qayta ishlash, dunyo ma'lumotlarini til to'siqlarisiz o'rganish bu chinakam dinamik sakrash, biz shu davrga to'g'ri keldik. Esimizni tanigan chog'imizda kompyuter savodxonligi hamma uchun qay darajada kerak bo'lgan bo'lsa, hozir sun'iy intellektdan to'g'ri va samarali foydalanish hamma uchun birdek foydali. Tez va samarali moslasha olgan har kim yutadi. Siz va raqobatchingiz o'rtasidagi farq AI'dan qay darajada to'g'ri va jamoaviy foydalanishga ko'ra farq qiladi.

Men AI dan qanday foydalanmoqdaman Claude, ChatGPT, Gemini, Grok kabilarni ishlatib ko'rdim. Pullik versiyasini. Klinikam uchun kichik dasturlar tuzishda foydalandim boshida. Hozir esa biror narsa yaratish uchun foydalanganim yo'q. Foydalanishimda asosiy vazifa ikki turga bo'linadi: 1) qidiruv xizmati sifatida 2) tanqidiy suhbatdosh sifatida Qidiruv sifatidagisi tushunarli. Oldin Google ishlatgan bo'lsak, endi shu Gemini + Google bo'ldi. *** Menga katta yordam bergan qismi bu tanqidiy suhbatdosh (thinking partner) bo'lmoqda. U qanday ishlaydi? - aytaylik bir shaxsiy insho yozdim, kanalda chiqmaydigan. Shuni berib, yaxshilab tanqid qilishini so'rayman. Men ko'rmagan joylarini (blindspot) topishini so'rayman. - bir kitob o'qidim. Undan olgan fikr va xulosalarni AI bilan suhbatlashaman. Muallif fikrlarini tanqid qilamiz birgalikda. - bir biznes g'oyasi bor. Biznes strukturasini tuzishda diskussiya qilaman. - biror bir murakkab mavzu bo'lsa, uni soddalashtirib tushuntirib berishini so'rayman. - biror mavzuni o'rganmoqchi bo'lsam, undan "shu mavzu mohiyatini tushunmagunimcha mendan savol berishdan to'xtama" deb "qiynayman" uni. *** Bu yondashuvimdagi men sezgan jiddiy muammolar: Sycophancy - AI ni foydalanuvchiga yoqishga harakat qilishi Cognitive looping - bir fikrni turli ohangda takrorlayveradi Regression to the mean - fikrlar qanchalik qutbli bo'lmasin, neytrallashtirishga harakat qilaveradi. Bu muammolarga uchramaslik uchun AI ni qamchilab turish kerak bo'ladi. *** Ayni vaqtda Grok ishlatyapman. Sababi u avtomashinaga ulangan. Ishga kelib-ketish uchun vaqt sarflayman. Mana shu vaqtda suhbatlashaman u bilan. Bek Olimjon 15.10.26 Norvegiya

Men ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanyapman? Asosiy tamoyillar: 1. menga kerakli ma'lumotni o'zim qidirib topishim kerak. 2. meni bilishim kerak bo'lgan yangilik men harakat qilmasam ham menga yetib keladi. *** Instagram: telefonga o'rnatilmagan. Kompdan kirmayman. Profilim bor. Ma'lumot berish uchun qilingan. Hech kimni kuzatmayman. Kelajakda content chiqarib faol bo'lishim mumkin. Ammo o'zim iste'mol qilmayman. Youtube: ko'rish tarixi o'chirilgan. Kerak ma'lumotni o'zim qidirib topaman. 3 ta profildan foydalanaman. Almashtirib turaman. Maqsad algoritm ta'siridan qisman bo'lsada qochish. Facebook: Telefonda yo'q. Profilim bor. Home scholing, sport va mahalla guruhlari bo'lgani uchun qo'shilganman. Ba'zan kompdan kirib ma'lumotlarni o'qiyman. Tik-Tok: foydalanmayman Snapchat: foydalanmayman Whatsapp: Telefonda bor. Faqat 4-5 kishi bilan aloqa qilish uchun ishlataman. Substack: faqat kompda. O'zim yozaman. O'qiydigan bloglarim ko'p emas. Ba'zan o'qib fikr bildirib ketaman. Telegram: doim kuzatadigan kanallarim yo'q. Borlari 2-3 ta, faol kuzatmayman. Telegram asosan aloqa vositasi sifatida. *** Nega bunchalik deyish mumkin. Sababi men odatda bitta maqsad ustida 3-5 yil ishlayman ekan. Menga ish beradigani bitta maqsadni aniqlab olib, qolgan barcha shovqinlarni o'chirib qo'yib, to'liq fokus qilish ekan. Shunday bo'lsada, ba'zan nafs ustun keladi va behuda vaqt o'tkazib qo'yaman. Bek Olimjon 13.10.26 Norvegiya

oxirgi postda suhbatlarda qanday mavzular ma'n etilgani haqida yozgan edim. o'sha post davomi... bunday davrada tabiiyki unda
oxirgi postda suhbatlarda qanday mavzular ma'n etilgani haqida yozgan edim. o'sha post davomi... bunday davrada tabiiyki unday mavzularda suhbat bo'lmaydi. bunday insonlar bilan orzular, ishonchlar, g'oyalar va kelajak haqida suhbatlar bo'ladi. rivojlangan insonlar davrasida rivojlanmaslik uchun odam qattiq chiranishi kerak. Bek Olimjon Burchmulla 11.10.26

hozir vatandaman. ayrim do'stlar davrasida quyidagi mavzularda gaplashishga ta’qiq qo’ydik 😁 - avtomashina - siyosat - futbol, MMA - gadjetlar vaqtga baraka kirar ekan... Bek Olimjon 07.10.26 Andijon

Aytaylik yoshim 30 da. Aytaylik men ustoz qidiryapman. Ustozim tanilgan tadbirkorlardan bo'lishini xohlayman. Ular suhbatlarini youtubeda soatlab ko'raman. Ammo ular bilan qanday bog'lanishni bilmayman. Ularga beradigan qiymatim yo'qdek. Bek Olimjon nima qilgan bo'lar edi? Podcast olayotgan kamera orqasidagi 22 yoshli bola bor. Balki 23. Men shunga shogird tushar edim, kerak bo'lsa tekinga. Unga beradigan qiymatim... hech bo'lmasa 90 kiloli kranini ko'tarib 3-qavatga olib chiqa olamanku... O'sha 22 yoshli bola kamerasi katta ehtimol bilan jami taniqli tadbirkorlarni kamida 80% qismini ko'rgan. Kuniga 3-4 tasini ko'radi. Keyin men diqqat bilan kuzatar edim. Kunlar, haftalar... Har bir ish kunidan keyin qaydlar yozar edim. Tahlil qilaman. Qayeri "yedi", nima "portlatdi", qaysi savol "go'shtli" bo'ldi va hok... Bir kuni odatdagi podcastdan keyin mehmon bilan hamma selfie tushayotgan bir vaqtda men 10 soatlik materiallarni tahlil qilgan odam sifatida, 2 dona tanqidiy savolimni bergan bo'lar edim. *** Kamera oldidagi tadbirkolar ko'pini tanigan inson sifatida aytaman. Aksari o'rganishni xohlaydi, ayniqsa ijobiy tandiqlardan. 22 yoshli bolani tanigan inson sifatida aytaman. U ko'proq kechki paytlari oladi podcastlarni. Tekinga ishlayman deb kelgan 30 yoshli shogirdlari juda kam. Seek high leverage with less friction. Bek Olimjon 04.10.26 Uzbekistan

Uzoq parvoz odamni juda charchatadi. Aeroportdagi navbatlar, samolyot ichidagi quruq havo, tor o'rindiq, shovqin, ekranlar nu
Uzoq parvoz odamni juda charchatadi. Aeroportdagi navbatlar, samolyot ichidagi quruq havo, tor o'rindiq, shovqin, ekranlar nuri, past bosim kabi omillar birga kelishi charchoq kafolati. Men 16 yildan beri xalqaro parvozlardaman. Shu vaqt davomida charchoq oldini olishni o'zim uchun topgandekman. ● suv: safar davomida albatta suv ichish. Oddiy emas, balki elektrolitlar bilan ichish. Sababi quruq havo suyuqlik tez yo'qolishiga sabab bo'ladi. Oddiy elektrolit yoki regidron tablekta yetarli. ● shovqin: shovqinni kamaytirish uchun men "ikki qavat quloqchin" ishlataman. Ikkisida ham shovqin yo'qotuvchi (active noise cancellation). Safardan oldin eshitmoqchi bo'lgan podcastlarni tortib olaman. Tashqaridagi tovushlar eshitilmaydi. ● kitob: ikki qavat quloqchin bilan kitob o'qish ham ancha samarali. Tashqaridagi shovqinlar, ayniqsa samolyotdagi g'uvullagan shovqin eshitilmaydi. Kitob tanlashda mazmunan yengilroq kitob tanlayman. Sababi bortda kislorod "kam" bo'ladi, miya murakkab ishlarni qilgisi kelmaydi. ● harakat: aeroportda ko'proq yurishga harakat qilaman agar vaqt bo'lsa. Ayniqsa samolyotga chiqishdan oldin. ● kiyim: Keng kiyim muhim. Beli tor kiyim kiymaslik kerak. Samolyotdagi past bosim sabab ichakdagi gazlar kengayadi. Gazli ichimlik ichmayman! ● yana kiyim: Merino yoki paxta futbolka va yengil fleece olaman. Samolyot bir sovib, bir isishi bilan mashxur. ● quloq: saqich quloq bitishiga yordam beradi. ● yana harakat: o'tirganda oyoqlarni almashtirmaslik tromb ehtimolini kamaytiradi. ● uyqu: Imkon qadar kunduzi uxlamaslikka, kechasidagi uyquni saqlab qolishga o'zimni majburlab harakat qilaman. Agar manzilga kechasi borsam, soat farqiga qaramay ertalab doim turadigan vaqtda turishga harakat qilaman. Bir kecha uyqu yomon bo'ladi, ammo jet-lag tez yo'qoladi. ● qahva: ichgim kelsa parvozdan oldin ichaman. Parvoz vaqtida emas. a) ta'mi juda yomon b) uyqu rejimini buzadi ● styuardessalarga tabassum qilaman, ammo gaplashmayman. O'zi shundoq ham ishi juda ko'p ularni. Bek Olimjon 02.10.26 Riga

Bu post navbatdagi teskari fikrlarimdan biri "Kitobni bir boshidan o'qish shart emas. Bolalar ham, kattalar ham." Nega unday
Bu post navbatdagi teskari fikrlarimdan biri "Kitobni bir boshidan o'qish shart emas. Bolalar ham, kattalar ham." Nega unday ekanligini avval bola misolida, keyin kattalar misolida ko'rib chiqamiz. *** Rasmda qizimning (9) matematika darsligi. Rangli qog'ozchalar bilan belgilangan joylari u tashlab o'tib ketgan misollar. Men qizimga darsliklarni xohlagan joyidan o'qishiga ruhsat beraman. Xohlaganicha tashlab o'tib ketishi mumkin. Xohlasa 4-sinfni tashlab, 5-sinf darsligini qilishi ham mumkin. Xohlasa kitobni orqasidan boshlasin. Farqi yo'q. Nega tashlab o'tib ketganligi ahamiyatsiz. Balki zerikarli misoldir, balki yecha olmagandir. Bu ahamiyatsiz. Kecha ayolim o'tirib tashlab ketilgan misollarni belgilab chiqdi. Butun boshli 5-sinf uchun 35 ta misol tashlab ketgan. Bu juda zo'r ko'rsatkich. Yondashuvim noto'g'ridek tuyuladi. Fikrimcha to'g'ri. Kundalik darslariga odatda ko'p aralashmaymiz. Matematikasi uchun kuniga 10 minut ham sarflamaymiz ekan. Agar "bir boshdan qilishing shart" degan fikrni qo'ysak, boladagi mustaqil qaror qabul qilishni (avtonomiyani) olib qo'yishimiz xavfi yuqori. Bu bola kelajagi uchun salbiy zarar qiladi. 5-sinf matematikasini "tugatdi", endi boshida yecha olmagan misollari oson bo'ladi. Meni fikrim keyingi sinfga o'tishi uchun tashlab ketganlarni yechishi shart emas. Mantiqiy argument "bilimda bo'shliqlar bo'lib qoladi" Men uchun bilimda bo'shliqlar bo'lishi avtonomiyadan ustun emas. Avtonomiyasi bor bola ertaga bo'shliq sabab peshonasi urilsa o'zi o'rganib oladi. *** Men avvallari (20 yilcha oldin) bir kitobni boshidan oxirigacha o'qishim kerak degan fikrda edim. Keyinchalik kitoblarni "sakrab-sakrab" o'qiydigan bo'lganman. Sababi juda ko'p kitoblar mag'zini tushunish uchun uni boshidan oxirigacha o'qish shart emasdek. Ko'p 200-300 betli "bestseller" kitoblar mag'zini 5-10 betga sig'dirsa bo'ladi. Juda ko'p kitoblardagi asosiy mazmun takrorlanadi. Shuning uchun men "sakrab o'qisa mayli, agar shu bilan o'zi xohlab, o'zi tanlab ko'proq kitob o'qisa" degan fikrdaman. Bek Olimjon 01.10.26 Norvegiya

Ko'p uchraydigan savol: Erta yoshdagi bola yaxshi rivojlanishi qaysi ilovadan foydalanish kerak? Muhimroq savol: Nega birorta ilovadan foydalanish kerak? Fundamental ko'nikmalarni - o'qish, yozish, oddiy arifmetika - o'rganish uchun hech qanday ilova kerak emas. Hattoki chet tilini o'rganish uchun ham. O'zi fundamental ko'nikmalar o'rganishi kerak bo'lgan bola, chet tili o'rganish aslo shart emas. Bek Olimjon 29.09.26 Norvegiya

Murabbiy bilan ishlayotganimga 1 yil bo'ldi. O'tgan yili 1-oktyabrdan boshalgan edik. Dastlab haftasiga 12 soatdan mashg'ulot
Murabbiy bilan ishlayotganimga 1 yil bo'ldi. O'tgan yili 1-oktyabrdan boshalgan edik. Dastlab haftasiga 12 soatdan mashg'ulotlar qilgan bo'lsam, yozga kelib bu 15 soatga ko'tarildi. Oxirgi 2 oyda haftalik hajm 14 soat bo'lishiga harakat qildik. Rasm mening oxirgi 365 kundagi mashg'ulotlarim jamlanmasi. Haftasiga o'rtacha 11,5 soatdan to'g'ri kelgan. E'tibor bersak 2 ta joyda, yanvar boshida va aprelda, keskin pasayish bor. 1. yanvarda sayohatda grip bo'lib 2 hafta yotdim 2. aprelda, Uzbda latokka tushib ketib, tizzam shikastlanib 2 hafta jiddiy shug'ullana olmadim Qolgan vaqt esa juda yaxshi ko'rinishda. Ya'ni muntazamlik ushlab turilgan. Bunday muntazamlik ushlab turishga eng katta yordam bergan omillar quyidagilar: - oila va ish tartibga solingan. Vaqt oladigan hech qanday syurprizlar yo'q - oshiqcha qisqa muddatli loyihalar yo'q - turli sportlar (suzish, velik, yugurish, kuch) aralashmasi bo'lgani uchun jarohat xavfi pastroq - mashg'ulotlar barchasi oson va juda oson tempda. Ya'ni zona 1 va 2 da. Sekin velik, sekin suzish, sekin yugurish. Oxirgi 1 yilda biror marta interval yugurganim yo'q. Bunday yondashuv muntazamlikni ta'minlaydi. Uzoq muddatli rivojlanishda esa eng muhimi - muntazamlik. Bek Olimjon 28.09.26 Norvegiya

Oxirgi yozilgan, 4 yoshli o'g'limga kitob o'qib berish haqidagi postni sal kengaytirilgan shakli. Bolani kitobga qiziqtirish bo'yicha bir-ikki fikr va tavsiyalar https://telegra.ph/Bola-kitob-va-Minecraft-09-27

Hozir 4 yoshli o'g'lim o'qib bering deb kitoblarini ko'tarib keldi. Ham norvegcha, ham o'zbekcha. Har safar meni hayron qoldi
+1
Hozir 4 yoshli o'g'lim o'qib bering deb kitoblarini ko'tarib keldi. Ham norvegcha, ham o'zbekcha. Har safar meni hayron qoldiradigan narsa bu ikki tildagi yozilish usulidagi farq. Hattoki ona tilim o'zbek tili bo'lgan menga ham bu ikki kitobdan norveg tilidagisini o'qish osonroq. E'tibor bersak, norveg tilidagi kitobda bitta gap 5-6 so'zdan ko'p emas. Shu kitoblarini qo'ymaydi. Doim o'qishni xohlaydi. *** Yozishda, ayniqsa bolalar uchun, gaplar imkon qadar qisqa va sodda bo'lishi kerak. Murakkab so'zlar ishlatilmasligi muhim. Bola uchun tanish bo'lgan so'zlargina ishlatilishi kerak. Iboralar ishlatilmasligi kerak. Kundalik ishlatiladigan gaplar bilan yozish muhim. Bola kitob bilan bog'liqlik hosil qilishi uchun uni tushunishi juda muhim. Bola tushunmadimi, kitobdan voz kechadi. Buni ikkita farzand katta qilayotgan ota sifatida tajribamdan aytishim mumkin. Shunday bo'lsada, o'zbek tilida shunday rasmli kitoblar borligini o'zi quvonarli. Rivojlanish bor. Bu post customer feedback xolos 😊 Bek Olimjon 27.09.26 Norvegiya

Oxirgi postni yozganimdan keyin sal kengaytiribroq yozishga ehtiyoj borligini sezdim. Quyida ana shunday kengroq tushuntirilgan versiyasi https://telegra.ph/Universitet-kerakmi-09-26

Universitetda o’qish kerakmi? Agar universitet o’rniga maqsadingiz aniq bo’lsa, u maqsadga erishish bo’yicha reja detallarigacha yuqori darajada aniq bo’lsa, balki universitetni kechroqqa surish yaxshiroq variantdir. Agar siz allaqachon jamiyatdagi jiddiy muammoga yechim berayotgan bo’lsangiz, balki univer sizga emasdir. Aks holda siz uchun universitetda o’qish foydaliroq bo’lishi ehtimoli yuqori. Boshqarishdan boshqarilish osonroq. Kira olmasachi? Universitet darajasidagi bilimlarni olish uchun universitetda o’qish shart emas. Bek Olimjon 26.09.26 Norvegiya