uz
Feedback
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY

Kanalga Telegram’da o‘tish
5 944
Obunachilar
-524 soatlar
-107 kun
+57230 kun
Postlar arxiv
#Tadbirkorlik #TalabaQizlar #KelajakkaQadam Bitiruvchi talaba qizlar uchun oilaviy tadbirkorlik darslari ​Samarqand davlat ve
+9
#Tadbirkorlik #TalabaQizlar #KelajakkaQadam Bitiruvchi talaba qizlar uchun oilaviy tadbirkorlik darslari ​Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi V. J. Jamoliddinova tashabbusi bilan “Bitiruvchi talaba qizlarga oilaviy tadbirkorlikni o‘rgatish” mavzusida amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi. ▶️​Tadbirda “O‘zmilliybank” Samarqand viloyat boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi menejerlari S. Sirojiddinov va Sh. Xakimova, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi Z. Kazakova hamda Universitet karera markazi boshlig‘i N. A. Rajabovlar ishtirok etishdi. 📱 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Talaba qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularga o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, bozor talabini o‘rganish, biznes-reja tuzish hamda moliyaviy hisob-kitoblarni yuritish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni berishdan iborat bo‘ldi. 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati                                 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

#Sport_kuni #Voleybol #Shaxmat 🏆 “CHORSHANBA — SPORT KUNI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI! ✅Samarqand davlat veteri
+9
#Sport_kuni #Voleybol #Shaxmat 🏆 “CHORSHANBA — SPORT KUNI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI! ✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida “Chorshanba — Sport kuni” doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. 🏐 Voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada talabalar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviyligi va sport mahoratini namoyish etdilar. ♟️ Shaxmat musobaqasida esa ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar. 🔥 Musobaqalar ko‘tarinki ruhda, qizg‘in va do‘stona muhitda o‘tdi. 🏆 Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari darajali diplomlar bilan taqdirlandi. 👏 Barcha ishtirokchilarni faol qatnashgani bilan tabriklaymiz! 💪 Sport — sog‘lom hayot, kuchli iroda va yuksak maqsadlar sari yo‘l! 🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🌐|Telegram | Instagram | Facebook |

#Yotoqxonagatashrif 🏫Veterinariya diagnostika va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologi
+4
#Yotoqxonagatashrif 🏫Veterinariya diagnostika va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi o‘qituvchilari Z. J.Shapulatova, O.P.Islomova va U.X.Ruzikulovalar tomonidan 4-son DXSHga tashrif tashkil etilib, fakultetning talaba qizlari bilan tozalik , sog‘lom turmush tarzi , kiyinish madaniyati hamda odob-axloq mavzularida suhbat o‘tkazildi. ✅Suhbat davomida yotoqxonalarda tozalik va ozodalikka rioya qilish , xonalarni sarishta saqlash , umumiy foydalanish joylariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilishning ahamiyati ta’kidlandi . ✅Shuningdek, talaba qizlarning kiyinish madaniyati , muomala madaniyati va jamoat joylarida o‘zini tutish odobi haqida fikr almashildi. Tashqi ko‘rinishdagi ozodalik, saranjomlik va vazminlik bilan bir qatorda, insonning ichki madaniyati , kattalarga hurmat , tengdoshlariga ehtirom va o‘zaro xushmuomalalik ham muhim qadriyat ekani qayd etildi. 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

🌿 MUSHOIRA KLUBI — BIZNI YAXSHIROQ TANISHNI ISTAYSIZMI? 📖 Ijod, fikr, kitob va yangi g‘oyalar bir maskanda! 🎬 Mushoira klubi haqida qisqacha videoni tomosha qiling va biz bilan tanishing. ✍🏼Qo‘shilish uchun A’zolik formasini to‘ldiring!!! ✨ Mushoira — ilhom va ijod maskani! https://t.me/SamDVMCHBU_Mushoira_klubi

#SportKuni #SoglomTurmushTarzi 🌿 HAR BIR QADAM — SALOMATLIK SARI! 🏃‍♂️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida “Sport kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida mazmunli sport tadbiri tashkil etildi. ☀️ Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari hamda ommaviy yurish marafoni ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida yoshlar faol ishtirok etib, jismoniy chiniqish va sog‘lom hayot tarzining ahamiyatini yana bir bor namoyon etdilar. 💪 Bunday tadbirlar yoshlar orasida sport madaniyatini rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qiladi. ❤️ Sport — kuch, salomatlik va yaxshi kayfiyat manbai! 🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

#Teatrga_tashrif #Tyutor_faoliyati 🎭 "VAVILONNING ENG BOY ODAMI" ✅Joriy yilning 21-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinari
+4
#Teatrga_tashrif #Tyutor_faoliyati 🎭 "VAVILONNING ENG BOY ODAMI" ✅Joriy yilning 21-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutori D.Ikromov boshchiligida 1-bosqich talabalari bilan viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar. ✅Ushbu tashrif yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni san’atga yanada yaqinlashtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etildi. ✅Tashrif davomida ishtirokchilar hayotiy qadriyatlar, insoniy fazilatlar hamda jinoyatning salbiy oqibatlari keng yoritilgan “Halollik vaksinasi” nomli teatr tomoshasini tomosha qildilar. ✅Mazkur sahna asari o‘zining dolzarbligi, ta’sirchan sahnalari va chuqur ma’naviy mazmuni bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

Prezidentimiz Andijonga kelib, aeroport rekonstruksiyasining borishi bilan tanishdi. — Президент нашей страны прибыл в Андижан и ознакомился с ходом реконструкции аэропорта. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Andijon xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik i
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Andijon xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi. — Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Андижанскую область началась с ознакомления с созидательной работой в международном аэропорту Андижана. #Mirziyoyev #tashrif #Andijon #aeroport Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from VETLEGNEWS
❌🎣 Ўзбекистонда балиқ овлаш таъқиқланади — энди балиқ овлаш жойлари олдиндан банд қилиниши ва тўлови қилиниши керак бўлади!
❌🎣 Ўзбекистонда балиқ овлаш таъқиқланади — энди балиқ овлаш жойлари олдиндан банд қилиниши ва тўлови қилиниши керак бўлади! Ўзбекистон дам олиш учун балиқ овлаш учун рақамли “Балиқчи картаси“ тизимини яратади. Бу одамларга балиқ овлаш лицензиясига ариза бериш ва тўлаш, сув ҳавзасида жой танлаш ва банд қилиш имконини беради. ⚠️ Тўловдан сўнг балиқчилар рақамли QR-кодини оладилар. Бу шуни англатадики, улар энди сув ҳавзасида бирон бир жойни ўзбошимчалик билан эгаллай олмайдилар; қоидабузарлар жаримага тортиладилар. 👉 Бизга обуна бўлинг – @VeterinariansUzbekistan

❌🎣 Ўзбекистонда балиқ овлаш таъқиқланади — энди балиқ овлаш жойлари олдиндан банд қилиниши ва тўлови қилиниши керак бўлади!
❌🎣 Ўзбекистонда балиқ овлаш таъқиқланади — энди балиқ овлаш жойлари олдиндан банд қилиниши ва тўлови қилиниши керак бўлади! Ўзбекистон дам олиш учун балиқ овлаш учун рақамли “Балиқчи картаси“ тизимини яратади. Бу одамларга балиқ овлаш лицензиясига ариза бериш ва тўлаш, сув ҳавзасида жой танлаш ва банд қилиш имконини беради. ⚠️ Тўловдан сўнг балиқчилар рақамли QR-кодини оладилар. Бу шуни англатадики, улар энди сув ҳавзасида бирон бир жойни ўзбошимчалик билан эгаллай олмайдилар; қоидабузарлар жаримага тортиладилар. 👉 Бизга обуна бўлинг – @VeterinariansUzbekistan

DOLZARB ILMIY TADQIQOT APROBATSIYASI: PARRANDACHILIKDA IMMUN TIZIMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI ⚡️Samarqand davlat vet
DOLZARB ILMIY TADQIQOT APROBATSIYASI: PARRANDACHILIKDA IMMUN TIZIMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI ⚡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatining amaliy samaradorligini oshirish hamda sohadagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. ✅Shu kabi izlanishlar davomi sifatida, universitetimiz tayanch doktoranti Mamasova Feruza Axmatovnaning 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi aprobatsiyasi bo‘lib o‘tadi. 🔬 Dissertatsiya mavzusi: “Zarafshon vohasi arid zonasida tovuqlarning immunitet tanqisligi holatlarini korreksiyalashning biologik asoslanishi va samaradorligi” Ushbu ilmiy ish Zarafshon vohasining o‘ziga xos iqlim sharoitida parrandachilik xo‘jaliklarida uchraydigan immun tanqisligi muammolarini ilmiy va biologik jihatdan bartaraf etish hamda mahsuldorlikni oshirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 📅 O‘tkazilish sanasi: 26-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqti: Soat 12:00 O‘tkazilish manzili: Universitet Ilmiy-innovatsion markazi (Vivariy) Ushbu ilmiy muhokamada barcha aprobatsiya hay’ati a’zolari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda yosh ilmiy tadqiqotchilarni faol ishtirok etishga taklif etamiz! 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

DOLZARB ILMIY TADQIQOT APROBATSIYASI: PARRANDACHILIKDA IMMUN TIZIMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI ⚡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatining amaliy samaradorligini oshirish hamda sohadagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. ✅Shu kabi izlanishlar davomi sifatida, universitetimiz tayanch doktoranti Mamasova Feruza Axmatovnaning 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi aprobatsiyasi bo‘lib o‘tadi. 🔬 Dissertatsiya mavzusi: “Zarafshon vohasi arid zonasida tovuqlarning immunitet tanqisligi holatlarini korreksiyalashning biologik asoslanishi va samaradorligi” Ushbu ilmiy ish Zarafshon vohasining o‘ziga xos iqlim sharoitida parrandachilik xo‘jaliklarida uchraydigan immun tanqisligi muammolarini ilmiy va biologik jihatdan bartaraf etish hamda mahsuldorlikni oshirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 📅 O‘tkazilish sanasi: 26-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqti: Soat 12:00 O‘tkazilish manzili: Universitet Ilmiy-innovatsion markazi (Vivariy) Ushbu ilmiy muhokamada barcha aprobatsiya hay’ati a’zolari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda yosh ilmiy tadqiqotchilarni faol ishtirok etishga taklif etamiz! 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

#Sport_kuni_Yurish_marafoni 🏃‍♂️ CHORSHANBA — SPORT KUNI! 🏃‍♀️“Sog‘lom hayot sari” shiori ostida Samarqand davlat veterinar
+8
#Sport_kuni_Yurish_marafoni 🏃‍♂️ CHORSHANBA — SPORT KUNI! 🏃‍♀️“Sog‘lom hayot sari” shiori ostida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida Universitet hovlisida ommaviy “Yurish marafoni” hamda Universitet ochiq sport maydonida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. ✨ Mazkur tadbirlar ishtirokchilarga kunni tetik va yaxshi kayfiyatda boshlash, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi. 💚 Sog‘lom tana — sog‘lom hayot garovi! 🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🌐|Telegram | Instagram | Facebook |

Bugun, 23 sentabr 🌧 +32°...+21°, Yomg'ir Hozir: ☁️ +22°, ⬅️ 1 m/s Tong: ☁️ +25° Kun: ☁️ +31° Oqshom: ☀️ +28° Namlik: 14% Sha
Bugun, 23 sentabr 🌧 +32°...+21°, Yomg'ir Hozir: ☁️ +22°, ⬅️ 1 m/s Tong: ☁️ +25° Kun: ☁️ +31° Oqshom: ☀️ +28° Namlik: 14% Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 5.5 m/s Bosim: 760 mm sim. ust. Oy: Yosh oy Quyosh chiqishi: 06:20 Quyosh botishi: 18:29 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

🚫GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARNI OLDINI OLISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ! 🌱 Sog‘lom kelajak — bizning tanlovimiz! Samarqan
+8
🚫GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARNI OLDINI OLISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ! 🌱 Sog‘lom kelajak — bizning tanlovimiz! Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash maqsadida “Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 📌Tadbirda Samarqand shahar jamoat tartibini saqlash boʻlimi boshligʻi N.Soliyev, universitet profilaktika inspektori, mayor Oʻ.Toxirov hamda universitet psixologi Oʻ.Gʻulommamedovalar soʻzga chiqib, giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berilib, yoshlarni hushyorlikka, sog‘lom hayot tarziga va kelajak uchun mas’uliyatli bo‘lishga chaqirildi. 🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🌐|Telegram | Instagram | Facebook |

Repost from Edu.uz
#XalqaroAvtomobilsizKun 22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” 22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#7_MilliyDastur Mustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyati Kimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi. 🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz. 🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🔬Международный научный съезд паразитологов: лекция ведущего учёного ➡️В рамках работы Международного научного съезда паразит
+3
🔬Международный научный съезд паразитологов: лекция ведущего учёного ➡️В рамках работы Международного научного съезда паразитологов «Паразитоценозы и ассоциативные болезни животных» состоялась лекция ведущего учёного по теме «Трематоды и трематодозы животных»
👤 Лектор: Даминов А. С., заведующий кафедрой паразитологии Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий, доктор ветеринарных наук, профессор.
Обмен опытом и знаниями на международном уровне — важный шаг в развитии ветеринарной науки.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali mul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым. #Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Teatr_ibratxonadur ✅ Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti yoshlari teatrga tashrif buyurdi Samarqand musiqali d
+4
#Teatr_ibratxonadur Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti yoshlari teatrga tashrif buyurdi Samarqand musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan qardosh xalq Qoraqalpoq ijodkorlari ishtirok etgan spektaklga fakultet tyutori va 1- bosqich talabalari tashrif buyurishdi. Darhaqiqat, spektakl shunday ishlanganki, voqealar jarayonida tomoshabin spektaklning bosh qahramoni bilan birga iztirob chekadi, qaygʻuga botadi, uning zafar qozonishiga xayrixoh boʻladi. Yurtning tahdid va xatarlardan xoli ekani, hurligi, ozodligi, maʼmur, tinch va farovonligi eng ulugʻ neʼmat ekaniga, bu bebaho boylikni asrash shu tabarruk Vatanning har bir farzandining chinakam burchi ekanini yana bir bor dildan anglaydi. 🏛 Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube