Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
الذهاب إلى القناة على Telegram
5 314
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-117 أيام
-9330 أيام
أرشيف المشاركات
Hurmatli abituriyentlar!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti sizni qabul jarayoni yaqinlashayotgani haqida ogohlantirib qoymoqchi.
Bakalavriat, Magistratura, Qoshma talim dasturi, Texnikum, Ikkinchi talim, Masofaviy talim, Kechgi talim, 5 yillik ish staj, Videoroliklar, Litsey, Shartnoma miqdori haqidagi malumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
https://ssuv.uz/uz/menu-page/view/11
Batafsil malumot: 557077686 (1020)
Sizni universitetimizda kutib qolamiz!
Repost from Edu.uz
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang!
🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali:
✅ oliy taʼlim tashkiloti;
✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart.
📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin.
⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi.
📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
⚡️Rasman: Yo‘nalish tanlash boshlandi. 8-avgustgacha vaqt berildi!
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
↪️Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ↪️Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ↪️Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. ↪️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Bugun, 25 - iyul kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☀️ +36°...+23°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +23°, ↖️ 2 m/s
Tong: ☀️ +28°
Kun: ☀️ +35°
Oqshom: ☀️ +34°
Namlik: 20%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 6.9 m/s
Bosim: 754 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:24
Quyosh botishi: 19:52
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.
Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:
➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;
➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;
➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.
Hurmatli ish beruvchilar!
So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.
Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+1
#Xalqaro_hamkorlik
✅Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda
✅Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga Rossiya Federatsiyasining K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti professori, biologiya fanlari doktori Tursimbay Sattimbayevich Kubatbekov tashrif buyurdi.
✅Tashrif doirasida mehmon universitet rektori, professor X. Yunusov qabulida bo‘ldi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma ta'lim dasturlari hamda veterinariya va biotexnologiya yo‘nalishlarida istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
✅Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
✅Mazkur tashrif universitetimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
✅SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Repost from Edu.uz
#Qabul2026
❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash!Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Hurmatli Prezident!
Mamlakatimiz taraqqiyotini ilm-fan, taʼlim va inson kapitali bilan bogʻlagan yuksak ishonchingiz bugun Yangi Oʻzbekistonning mustahkam kelajagini barpo etmoqda. Yoshlarning bilim olishi, ilm bilan shugʻullanishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar har birimizga yuksak masʼuliyat va ilhom bagʻishlaydi.
Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#TAVALLUD_MUBORAK
💥Bugun SamDVMCHBU Veterinariya sanitariya ekspertizasi kafedrasi mudiri, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent Furqat Bo‘riyevich Ibragimovning tavallud topgan kuni!
💐Hurmatli Furqat Bo‘riyevich, Sizga ushbu ajoyib kun munosabati bilan kafedra va universitet jamoasi nomidan uzoq umr, mustahkam sog'lik, sharafli ishingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
💐Oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz baxtiga doimo sog'-salomat bo'lib yuring. Kelgusidagi ishlaringizda omad yor bo'lsin!
💥YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
✅SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
+9
🇺🇿 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vakillari xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda
✅Joriy yilning 19-iyuldan 2-avgustga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Liaocheng universitetida “O‘txo‘r hayvonlarni samarali oziqlantirish va ko‘paytirish texnologiyalari” mavzusida xalqaro o‘quv-amaliy kursi tashkil etildi.
🔵Mazkur trening Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
💎Kurs ishtirokchilari:
• Liaocheng universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi);
• S. Seifullin nomidagi Qozoq agrotexnika tadqiqot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi);
• Jangirxon nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston agrar-texnika universiteti (Qozog‘iston Respublikasi);
• Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (O‘zbekiston Respublikasi).
🔹➡️Universitetimizdan ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar:
🌟Biotexnologiya va ekologiya fakulteti, Biotexnologiya kafedrasi – Jo‘raqulov Qobil;
🌟Veterinariya farmatsevtikasi, farmakologiya va toksikologiya kafedrasi – Quldoshev G‘ulom, Aripova Madina, Omonov Shohzod;
🌟Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, Epizootologiya va infeksion kasalliklar kafedrasi – Nishonov Dilshod;
🌟Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktor o‘rinbosari – Ruziqulov Nuriddin.✅Trening davomida ishtirokchilar o‘txo‘r hayvonlarni oziqlantirishning zamonaviy usullari, naslchilik texnologiyalari, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, hayvonlarni parvarishlash va boshqarishning ilg‘or yondashuvlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi innovatsion tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda. ✅Mazkur xalqaro malaka oshirish kursi O‘zbekiston, Xitoy va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. ✅SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !! 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
#BizningPrezident
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from VETLEGNEWS
Ветеринария назоратини такомиллаштириш ҳамда истеъмолчилар ҳуқуқлари ҳимоясини кучайтиришга оид қонунлар муҳокама қилинди
Сенатнинг Аграр, сув хўжалиги масалалари ва экология қўмитаси мажлисида ветеринария соҳасида давлат назоратини такомиллаштириш, сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини янада ишончли ҳимоя қилишга қаратилган қонунлар дастлабки тарзда муҳокама қилинди.
Хусусан, “Давлат ветеринария назорати такомиллаштирилиши муносабати билан “Ветеринария тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш ҳақида”ги Қонун давлат ветеринария назорати тизимини янада такомиллаштириш, миллий қонунчиликни Жаҳон савдо ташкилотининг Санитария ва фитосанитария чоралари тўғрисидаги битими ҳамда Жаҳон ҳайвонлар соғлиги ташкилотининг халқаро кодекслари талабларига уйғунлаштиришга қаратилган.
🤓 @VeterinariansUzbekistan
⚡️ https://www.instagram.com/vetstock.uz/
Repost from N/a
+4
🏢 Veterinariya nazoratini takomillashtirish hamda isteʼmolchilar huquqlari himoyasini kuchaytirishga oid qonunlar muhokama qilindi
✅ Joriy yilning 23-iyul kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi majlisida veterinariya sohasida davlat nazoratini takomillashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va isteʼmolchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
✅ Xususan, “Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun davlat veterinariya nazorati tizimini yanada takomillashtirish, milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralari toʻgʻrisidagi bitimi hamda Jahon hayvonlar sogʻligi tashkilotining xalqaro kodekslari talablariga uygʻunlashtirishga qaratilgan.
✅ Shuningdek, Qonunda veterinariya tadbirlarini amalga oshirishda hayvonlar kasalliklarining oldini olish ustuvorligi, profilaktika choralarining davolash choralariga nisbatan ustuvor qoʻllanilishi hamda veterinariya nazoratidagi tovarlar xavfsizligini taʼminlashga oid normalar mustahkamlanmoqda.
✒️ “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan esa suvlarning davlat hisobini yuritish, suv xoʻjaligi obyektlari va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun huquqbuzarlikni sodir etgan bevosita masʼul shaxslarga nisbatan javobgarlik qoʻllash nazarda tutilmoqda.
🤩Shuningdek, oqova suvlarni chiqarish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalarni oshirish hamda takroran sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun kuchaytirilgan javobgarlik choralarini belgilash taklif etilmoqda.
🟦 “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunda yaroqlilik muddati oʻtgan, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish hamda sotish maqsadida qabul qilish uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
🟠 Senatorlarning fikricha, Qonun qabul qilinishi isteʼmolchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini taʼminlash hamda inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
✔️ Majlis yakunida koʻrilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖️Twitter
Repost from Edu.uz
SUN’IY INTELLEKT MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI!
Tashkent International University sun’iy intellekt sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan talabalarni 12 haftalik intensiv ta’lim dasturiga taklif etadi.
🎓 Dastur 100% grant asosida — mutlaqo bepul!
📚 Asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Microsoft Azure AI Fundamentals
🔹 Generative AI va Prompt Engineering
🔹 MLOps
🔹 AI Convergence va zamonaviy AI yechimlari
🏆 Dastur ishtirokchilariga:
✅ 12 haftalik intensiv va amaliy ta’lim
✅ Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan darslar
✅ Microsoft Azure AI-900 xalqaro imtihonida qatnashish imkoniyati
✅ Xalqaro va universitet sertifikatlari
✅ Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar
✅ Eng faol bitiruvchilar uchun pullik amaliyot imkoniyati
🌏 Dastur Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti ko‘magida, Tashkent International University va Cheju Halla University hamkorligida amalga oshiriladi.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://koica-tiu-azure.halla.ai/register
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦🟦🟦
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan ta’sis etilgan “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 2-soni uchun maqolalar qabuli boshlandi.
📘Jurnal tyutorlik (murabbiylik) instituti faoliyatini ilmiy yondashuv asosida takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Agar siz oliy ta’lim tashkiloti xodimi, tyutor (murabbiy) yoki tadqiqotchi bo‘lsangiz, tyutorlikka oid dolzarb va amaliy ahamiyatga ega maqolangizni yuboring.
⬇️Maqolalar 2026-yil 25-avgust sanasiga qadar @tyutorjurnali_qabul profili orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Repost from VETLEGNEWS
#ҳалқаро_ҳамкорлик
🇧🇾🇺🇿 Беларус ва Ўзбекистон агросаноат ҳамкорлигини кенгайтиради
Беларус ва Ўзбекистон 2026–2027 йилларга мўлжалланган агросаноат ҳамкорлиги режасини тасдиқлади.
Режа бўйича ветеринария, чорва наслчилиги, сутчилик ва озиқ-овқат хавфсизлиги бўйича қўшма лойиҳалар амалга оширилади.
Бизга обуна бўлинг!⬇️
🤓 @VeterinariansUzbekistan
⚡️ https://www.instagram.com/vetstock.uz/
Bugun, 23 - iyul kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☁️ +33°...+24°, Bulutli
Hozir: ☀️ +24°, ↗️ 1.3 m/s
Tong: ☀️ +28°
Kun: ☁️ +32°
Oqshom: ☁️ +32°
Namlik: 20%
Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 4.4 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:22
Quyosh botishi: 19:54
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanishib, Kelajak texnologiyalari markazi va boshqa obyektlar qurilishiga start berdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
