ru
Feedback
5 944
Подписчики
-524 часа
-107 дней
+57230 дней
Архив постов
🚫GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARNI OLDINI OLISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ! 🌱 Sog‘lom kelajak — bizning tanlovimiz! Samarqan
+8
🚫GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARNI OLDINI OLISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ! 🌱 Sog‘lom kelajak — bizning tanlovimiz! Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash maqsadida “Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 📌Tadbirda Samarqand shahar jamoat tartibini saqlash boʻlimi boshligʻi N.Soliyev, universitet profilaktika inspektori, mayor Oʻ.Toxirov hamda universitet psixologi Oʻ.Gʻulommamedovalar soʻzga chiqib, giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berilib, yoshlarni hushyorlikka, sog‘lom hayot tarziga va kelajak uchun mas’uliyatli bo‘lishga chaqirildi. 🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🌐|Telegram | Instagram | Facebook |

Repost from Edu.uz
#XalqaroAvtomobilsizKun 22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” 22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#7_MilliyDastur Mustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyati Kimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi. 🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz. 🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🔬Международный научный съезд паразитологов: лекция ведущего учёного ➡️В рамках работы Международного научного съезда паразит
+3
🔬Международный научный съезд паразитологов: лекция ведущего учёного ➡️В рамках работы Международного научного съезда паразитологов «Паразитоценозы и ассоциативные болезни животных» состоялась лекция ведущего учёного по теме «Трематоды и трематодозы животных»
👤 Лектор: Даминов А. С., заведующий кафедрой паразитологии Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий, доктор ветеринарных наук, профессор.
Обмен опытом и знаниями на международном уровне — важный шаг в развитии ветеринарной науки.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali mul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым. #Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Teatr_ibratxonadur ✅ Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti yoshlari teatrga tashrif buyurdi Samarqand musiqali d
+4
#Teatr_ibratxonadur Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti yoshlari teatrga tashrif buyurdi Samarqand musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan qardosh xalq Qoraqalpoq ijodkorlari ishtirok etgan spektaklga fakultet tyutori va 1- bosqich talabalari tashrif buyurishdi. Darhaqiqat, spektakl shunday ishlanganki, voqealar jarayonida tomoshabin spektaklning bosh qahramoni bilan birga iztirob chekadi, qaygʻuga botadi, uning zafar qozonishiga xayrixoh boʻladi. Yurtning tahdid va xatarlardan xoli ekani, hurligi, ozodligi, maʼmur, tinch va farovonligi eng ulugʻ neʼmat ekaniga, bu bebaho boylikni asrash shu tabarruk Vatanning har bir farzandining chinakam burchi ekanini yana bir bor dildan anglaydi. 🏛 Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

#OAV_biz_haqimizda “Xorazm haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Islombek Tojiddin
#OAV_biz_haqimizda “Xorazm haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Islombek Tojiddinovning intervyusi chop etildi. Islombek oʻqishini Glazgo universitetining magistraturasida veterinariya yoʻnalishi boʻyicha davom ettiradi. U Buyuk Britaniyada olgan bilimlari va xalqaro tajribasini Oʻzbekistonda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishda qoʻllash niyatida. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube

Repost from Zarnews.uz
Сувнинг нархини биласизми? Қадрини-чи? Дунёдаги 1 метр/куб сувнинг нархи энг қиммат бўлган давлатлар: - Данияда 9,70 доллар;
Сувнинг нархини биласизми? Қадрини-чи? Дунёдаги 1 метр/куб сувнинг нархи энг қиммат бўлган давлатлар: - Данияда 9,70 доллар; - Бельгияда 7,54 доллар; - Норвегияда 7,09 доллар; - Аляскада ойига 95 доллар; - Германияда 6,6 доллар. Сувнинг нархи энг арзон давлатлар: - Миср (Қоҳира)да 0,05 доллар; - Куба (Гавана)да 0,04 доллар; - Ўзбекистонда 0,4 доллар; - Покистон (Карачи)да 0,04 доллар; - Индонезия (Жакарта)да 0,03 доллар. Ҳурматли юртдошлар сувнинг қадрига етайлик!!! @Zarnews_uz

Repost from Kun Tarixi
22-sentabr – Butunjahon avtomobilsiz kun. Butunjahon avtomobilsiz kun har yili 22-sentyabr kuni butun dunyo shaharlarida nish
22-sentabr – Butunjahon avtomobilsiz kun. Butunjahon avtomobilsiz kun har yili 22-sentyabr kuni butun dunyo shaharlarida nishonlanadigan tadbirdir. Bu odamlarni muqobil transport turlaridan foydalanishga undash va bir kunlik avtomobillarga bo'lgan ishonchini kamaytirishga qaratilgan. Tadbir barqarorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish va qatnovning sog'lom usullarini targ'ib qiladi Butunjahon avtomobilsiz kunning maqsadi avtomobillarga qaramlikning atrof-muhitga, aholi salomatligiga va shaharlardagi tirbandlikka salbiy ta'siri haqida xabardorlikni oshirishdir Bir kun davomida yo'lda avtomobillar sonini kamaytirish orqali bu kun barqaror transport imkoniyatlarining afzalliklarini ta'kidlashni maqsad qilgan. Bu imtiyozlarga iqlim oʻzgarishiga hissa qoʻshadigan uglerod chiqindilarining kamayishi, transport vositalaridan ifloslanishni kamaytirish orqali shaharlardagi havo sifatini yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish va jismoniy faollikni oshirish orqali jismoniy salomatlikni yaxshilash kiradi. 👉🏻 @Kun_TarixiTG

📣 DIQQAT, E'LON #sport_kuni ✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Vete
📣 DIQQAT, E'LON #sport_kuni ✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida Chorshanba - Sport kuni doirasida quyidagi sport tadbirlari tashkil etiladi. 💥Sport tadbirlari davomida: 👉 07:00 – "Sog'lom hayot sari" shiori ostida universitet hovlisida ommaviy "Yurish marafoni" 👉 07:30 – Universitet ochiq sport maydonida Ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari 👉 14:00 – "Voleybol" bo'yicha fakultet talabalari o'rtasida musobaqa 👉 15:00 – "Shaxmat" bo'yicha fakultet talabalari o'rtasida musobaqa 🏆 Musobaqa g‘olib va sovrindorlari darajali diplomlar bilan taqdirlanadi. ❗️Eslatma: Barcha ishtirokchilar sport formada bo'lishi talab etiladi. SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !! 🌐Sayt  ✅ Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube

Repost from Zarnews.uz
“Йил ўқитувчиси” 616 миллион сўм пул олади   Республикамизда илк бор Президент ташаббуси билан “Йил ўқитувчиси” танлови бўлиб ўтди. Танловда ҳар бир туман (шаҳар)дан бир нафардан ўқитувчи, яъни республика бўйича 208 нафар педагог ғолибликни қўлга киритди. Уларнинг 16 нафари самарқандлик. Танлов ғолибларининг ҳар бири базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 400 баравари миқдорида, яъни 616 миллион сўм пул мукофоти билан тақдирланади. @Zarnews_uz

🅾️2️⃣6️⃣-yilgi mavsumiga start berilmoqda. Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" d
🅾️2️⃣6️⃣-yilgi mavsumiga start berilmoqda. Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida bo'lib o'tadigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishga, bugundan 21-sentabr kunidan start berildi. Barcha talaba-yoshlarimizni ushbu sport musobaqlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Barcha eng so'ngi ma'lumotlarni bizning @sportlashamiz kanalida kuzatib boring. 🇺🇿 Sportlashamiz - “Tezroq, balandroq-birgalikda” 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

Шахматчимиз Нодирбек Ёқуббоев кеча Ҳиндистон устидан қозонилган тарихий ғалаба ва азалий рақиби ҳақида фикрларини билдирди: - Рақибим битта юришда ҳаммасини йўққа чиқарди. Тузоқ қўйгандим тузоққа тушди. @Zarnews_uz

#Akkreditatsiya #TTJ #MilliyAgentlik TA’LIM SIFATINI TA’MINLASH MILLIY AGENTLIGI VAKILLARI TALABALAR TURAR JOYLARIDA BO‘LISHD
+9
#Akkreditatsiya #TTJ #MilliyAgentlik TA’LIM SIFATINI TA’MINLASH MILLIY AGENTLIGI VAKILLARI TALABALAR TURAR JOYLARIDA BO‘LISHDI ✅Universitetimizda ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi akkreditatsiya jarayonlari doirasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya a’zolari Talabalar turar joylarida bo‘lishdi. ✅Tashrif davomida ekspertlar talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy yashash va maishiy sharoitlar, jumladan, shinam xonalar, oshxona, dars qilish hamda ma’naviyat xonalari, kutubxona va xavfsizlik tizimlarining holatini atroflicha o‘rgandilar. ✅Shuningdek, delegatsiya a’zolari talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning oliygohdagi ta’lim jarayoni hamda turar joylardagi imkoniyatlar haqidagi fikr-mulohazalari va takliflarini tinglashdi. ✅Ekspertlar yoshlarning sifatli ta’lim olishi hamda mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadilar. 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

Repost from Edu.uz
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-Y
+3
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bugun, 22 sentabr ☁️ +32°...+20°, Bulutli Hozir: ☀️ +20°, ↖️ 2.9 m/s Tong: ☁️ +25° Kun: ☁️ +32° Oqshom: ☀️ +28° Namlik: 15% S
Bugun, 22 sentabr ☁️ +32°...+20°, Bulutli Hozir: ☀️ +20°, ↖️ 2.9 m/s Tong: ☁️ +25° Kun: ☁️ +32° Oqshom: ☀️ +28° Namlik: 15% Shamol: Sharqiy, 5.2 m/s Bosim: 762 mm sim. ust. Oy: Yosh oy Quyosh chiqishi: 06:19 Quyosh botishi: 18:30 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

#TalabaQizlar_ShaxmatShashka TALABA QIZLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA INTELLEKTUAL SPORT TARG‘IB ETILMOQDA Samarqand
+3
#TalabaQizlar_ShaxmatShashka TALABA QIZLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA INTELLEKTUAL SPORT TARG‘IB ETILMOQDA Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb etish hamda sog‘lom va intellektual muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan tasdiqlangan grafik-reja asosida, Talabalar turar joyida qizlar o‘rtasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha muntazam to‘garak mashg‘ulotlariga start berildi. Intellektual sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan ushbu uchrashuvlar talaba qizlarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, tezkor va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu kabi mashg‘ulotlar TTJda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida samimiy va do‘stona muhitni mustahkamlab, jamoaviylik va faol hayot tarzini keng targ‘ib etmoqda. Oliygohimizda yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni sportga va ilm-fanga keng jalb etishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom ettiriladi. 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube

🌿 MUSHOIRA KLUBIDA OCHIQ MULOQOT! 🌿 📖 Fikrlar. Savollar. Samimiy suhbat. Yangi g‘oyalar. Aziz talabalar! Sizni Mushoira kl
🌿 MUSHOIRA KLUBIDA OCHIQ MULOQOT! 🌿 📖 Fikrlar. Savollar. Samimiy suhbat. Yangi g‘oyalar. Aziz talabalar! Sizni Mushoira klubi tomonidan tashkil etilayotgan ochiq muloqotga taklif qilamiz! 🎙️ Bu uchrashuvda talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishi, qiziqtirgan savollarini berishi, yangi loyihalar haqida fikr almashishi hamda klub faoliyatining kelgusi yo‘nalishlarini birgalikda muhokama qilishi mumkin. ✨ Sizning fikringiz — yangi tashabbuslarning boshlanishi! 📅 Sana: 22-sentabr 🕞 Vaqt: 15:30 📍 Manzil: 6-bino, 693-xona 🎭 Tashkilotchi: SamDVMCHBU Mushoira klubi 💬 Ochiq muloqotga qo‘shiling — fikringizni bildiring, taklifingizni ayting, tashabbusingizni boshlang! 🌱 Mushoira — ilhom va ijod maskani. 🔗 Mushoira klubi: https://t.me/SamDVMCHBU_Mushoira_klubi