Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
Відкрити в Telegram
5 362
Підписники
-524 години
-227 днів
+7930 день
Архів дописів
Repost from Edu.uz
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa:
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim ma’naviy-ma’rifiy nashr tayyorlandi. “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.
Kitobning bosh g‘oyasi bir jumlada mujassam: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!” Bu shunchaki da’vat emas. Bu — birlikka chaqiriq. Bu — tarixiy mas’uliyat. Bu — kelajakka ishonch. Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga undaydigan ezgu maqsad!Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan. Yana bir muhim jihat: nashr infografikalar bilan boyitilgan. Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.
Mazkur qo‘llanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri idrok etishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat o‘rganuvchi emas, balki
Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkor
lardir.Shu nuqtai nazardan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘la oladi. Kirobning elektron shakli Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
BAYRAM_MUBORAK 🇺🇿
💥 JONAJON O‘ZBEKISTONIM, 35 YOSHING MUBORAK!
🇺🇿 Barchangizni Vatanimiz tarixidagi eng ulug‘ va sharafli sana — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Shu qutlug‘ ayyomda xonadonlaringizdan fayzu baraka, qalblaringizdan shukronalik, yuzlaringizdan tabassum arimasin. Har bir kuningiz quvonchli yangiliklar, ezgu niyatlar va munosib muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yaqinlaringizni bayram bilan tabriklang!
🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube
Repost from VETLEGNEWS
#сарҳисоб
#ўттиз_беш_йиллик
Сўнгги ўн йилликда ўзбек чорвачилигида қуйидаги воқеалар амалга ошди:
🔹 Илк бор чорвачиликда субсидия тизими ишга тушди: наслли мол олиб келганга, етиштирганга ва чорва маҳсулотлари ишлаб чиқарганга субсидия берила бошлади;
🔹Қорамолчиликда биринчи марта эмбирон трансплантацияси йўлга қўйилди;
🔹Қўйчиликда биринчи марта Баят ва Дорпер зотлари олиб келиниб оммалаштирила бошланди;
🔹Илгари Ўзбекистонда бўлмаган қорамолнинг Шароле, Лимузин, Монбелярд, Тагил каби зотлари олиб келинди ва кўпайтирилиши йўлга қўйилди;
🔹Ветеринария таълим тизими ислоҳ қилинди. Марказий Осиёдаги ягона фундаментал университет — Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети ташкил қилинди;
🔹Илк бор чорва молларини импорт қилувчи корхоналарга ҚҚС борасида енгиллик берувчи тизим йўлга қўйилди;
🔹Қўйчиликда маҳаллий жайдари зотининг Оқчасой ва Риштон — Дашт типлари яратилди ва патентланди;
🔹Эчкичиликда аввал Ўзбекистонда бўлмаган Заанен ва Мурсиано зотлари олиб келиниб кўпайтирила бошланди;
🔹Қашқдарё ва Фарғонада қорабайир отларини селекция қиладиган отчилик мажмуалари ташкил қилинди;
🔹Уй ҳайвонлари ва чорва молларининг электрон ҳисобини юритувчи идентификация тизими ишга тушди ва бу борада алоҳида қонун қабул қилинди;
🔹Швиц зотли қорамолларнинг маҳаллий шароитга мослашаштирилган Водий типи патентланди;
🔹Чорвачиликда кооперация тизими ишлаб чиқилди ва Қорақалпоғистонда кенг қамровда синовдан ўтказилди;
🔹Илк бор яйловлар ва уларнинг деградациясига ҳукумат миқёсида эътибор қаратилди. Деградацияга учраган майдонларнинг аниқ мониторинги олиб борилиб, қайта тиклаш учун "йўл харитаси" ишлаб чиқилди;
🔹Хусусий ветеринария сектори ривожланиб, хонадонларда ҳам чорва молларининг жарроҳлик операциясини амалга ошириш оммалашди;
🔹Ҳисоб-китобларга кўра, қорамолчиликда маҳсулдорлик ўртача 10-15 фоизга кўтарилди;
🔹Чорвачиликка ихтисослашган туманлар сони кўпайтирилди.
Бизни кузатишда давом этинг!
👉 Бизга обуна бўлинг – @VeterinariansUzbekistan
Bugun, 1 sentabr
☀️ +30°...+18°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +18°, ⬅️ 2.5 m/s
Tong: ☀️ +22°
Kun: ☀️ +29°
Oqshom: ☀️ +26°
Namlik: 14%
Shamol: Sharqiy, 5.8 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:00
Quyosh botishi: 19:04

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:
📌Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;
📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;
📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;
📌Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;
📌O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;
📌Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;
📌Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;
📌BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;
📌O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;
📌O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;
📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;
📌Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Hurmatli abituriyentlar!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti sizni qabul jarayoni yaqinlashayotgani haqida ogohlantirib qoymoqchi.
Bakalavriat, Magistratura, Qoshma talim dasturi, Texnikum, Ikkinchi talim, Masofaviy talim, Kechgi talim, 5 yillik ish staj, Videoroliklar, Litsey, Shartnoma miqdori haqidagi malumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
https://ssuv.uz/uz/menu-page/view/11
Batafsil malumot: 557077686 (1020)
Sizni universitetimizda kutib qolamiz!
#Rektor_tabrigi #Mustaqillik_35_yilligi
🇺🇿🇺🇿
🇺🇿YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!
Bugun yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi, inson qadri va erkin taraqqiyot timsoli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqdamiz.Qadrli professor-o‘qituvchilar, olimlar, jamoamiz a’zolari va hurmatli talabalar! Barchangizni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ma’lumki, bu yil yurtimizda Mustaqillik bayramimizni «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan ezgu g‘oya asosida katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqdamiz. Mustaqillik — biz uchun, avvalo, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, erkin va farovon hayot qurish, milliy qadriyatlarimiz, tilimiz, ma’naviyatimiz va tarixiy xotiramizni tiklash imkonidir. O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz shuni ko‘rsatdiki, xalq va davlat yagona maqsad atrofida birlashib, astoydil harakat qilsa, eng yuksak marralarni ham zabt etish mumkin. 👉BATAFSIL 🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube
Bugun, 31 avgust
☀️ +35°...+22°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +25°, ↖️ 1.8 m/s
Tong: ☀️ +30°
Kun: ☀️ +34°
Oqshom: ☀️ +30°
Namlik: 18%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 7.9 m/s
Bosim: 757 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:59
Quyosh botishi: 19:06
🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube
+4
#mustaqillik35#bayram tadbiri
🇺🇿 Kecha, 29-avgust kuni, Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎉 Viloyat ahli, turli soha vakillari, yoshlar hamda jamoatchilik ishtirok etgan tantanada yurtimizning tinchligi, osoyishtaligi, birdamligi va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar yana bir bor namoyon bo‘ldi.
✨ Tantanali bayram kechasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, Vatan mustaqilligi va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak ehtiromini namoyon etdi.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
📸 Tadbirdan fotojamlanma
🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube
#Uzb35
#Mustaqillik35
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan
Universitet rektori Yunusov Xudaynazar Beknazarovich hamda universitet jamoasi nomiga yo‘llangan samimiy bayram tabriklari.
Ezgu tilak va e’tiboringiz uchun minnatdormiz! 🇺🇿
🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube
+7
#Uzb35
#Mustaqillik35
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tabriklar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori Yunusov Xudaynazar Beknazarovich hamda universitet jamoasi nomiga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hokimliklar, oliy ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va boshqarmalar tomonidan samimiy tabriknomalar kelmoqda.
Bildirilayotgan samimiy qutlovlar, ezgu tilaklar va yuksak e’tibor uchun chuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz.
🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube
+7
#Uzb35
#Mustaqillik35
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tabriklar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori Yunusov Xudaynazar Beknazarovich hamda universitet jamoasi nomiga Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan turli tashkilot va muassasalardan samimiy qutlovlar yo‘llanmoqda.
🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube
Repost from Edu.uz
#natija #oʻqishnikoʻchirish
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bugun, 30 avgust
☀️ +37°...+22°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +22°, ↖️ 2.7 m/s
Tong: ☀️ +28°
Kun: ☀️ +36°
Oqshom: ☀️ +33°
Namlik: 14%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 6.1 m/s
Bosim: 757 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:58
Quyosh botishi: 19:08
🔹 SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐Sayt | ✅Telegram | 🌐Instagram | ✅Facebook | 📹YouTube