Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ko'proq ko'rsatish
1 124
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-77 kun
-10130 kun
Postlar arxiv
Repost from Bilimni baholash agentligi
+6
Prezidentimizning qadami qutlug‘, e’tibori cheksiz!
Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19–20-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan edi.
Ko‘pchilikda ushbu tashrif davomida Prezidentning turli soha rivoji bilan tanishgani, sarmoya ko’lamini kengaytirish tashabbusi, imkoniyatlar va boshqa muhim voqeliklar bilan yodda qolgan.
Lekin yana bir shunday samimiy voqea bo‘lib o‘tgandiki, uni hammayam eslay olmasa kerak. Yurtboshimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi e’tiborni tortgan edi.
Prezident o‘shanda bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan ekan.
Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.
Adolat, xalqparvarlik bor joyda mehr-muruvvatning adog‘i bo‘lmaydi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari sertifikat imtihonlarini topshirdilar📆 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni 🎵 musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi. ⛳ Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 💼 Talabgorlar test sinovlarini “Onlayn test” axborot tizimi orqali topshirdilar va test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👥 Jarayonda 260 nafardan ziyod musiqa madaniyati o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun jarayondan chetlatildi. 🗓️ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+3
YOSH AVLOD — O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA KAPITALIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHga safari davomida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekistonda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoit va keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.Albatta, chunki davlatning haqiqiy boyligi faqat tabiiy yoki moddiy resurslar bilan emas, balki bilimli, sog‘lom, xavfsiz muhitda ulg‘ayayotgan va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lgan insonlar bilan belgilanadi. Uchrashuvda, shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va aniq rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi. Demografik dividend – bu shunchaki aholi sonining ko‘payishi emas. Bu – insonlarning bilim, salohiyat va mehnati mamlakat taraqqiyotining yangi imkoniyatiga aylanishidir. Bugungi yosh avlodga berilgan imkoniyat – ertangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam poydevoridir. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+3
Kitobxonlik — bilim va tafakkur kaliti
Kitob o‘qish insonning bilimini oshirib, fikrlash doirasini kengaytiradi. Kitobxon inson voqea-hodisalarga chuqurroq yondashadi, o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashni o‘rganadi. Yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish ularning ma’naviy dunyosini boyitish va kelajakda bilimli, faol shaxs bo‘lib shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun har kuni kitob o‘qishga vaqt ajratish foydali odatlardan biridir.
Repost from Bilimni baholash agentligi
+3
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuvO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining xorijiy safari davomida yana bir muhim uchrashuv o‘tkazdi. BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida ishtirok etgan va nutq so‘zlagan S.Mirziyoyeva endi Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindii. JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir. Batafsil ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#SMirziyoyevaning_BMTga_tashrifi
Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar (2-qism)
1️⃣1️⃣ Ta’lim va sog‘liqni saqlash
“Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va go‘daklar o‘limi to‘rt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon bo‘ladi”.1️⃣2️⃣ Bola — davlatning eng katta mas’uliyati
“Bola — davlatning eng katta mas’uliyati. Bola sog‘lom tug‘ilmasa, sifatli ta’lim ololmasa, biz bir insonning emas, butun jamiyatning kelajagini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lamiz. Shu kunlarda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotni o‘tkazamiz”.1️⃣3️⃣ Orol fojiasi
“Markaziy Osiyoning butun dunyoga berishi mumkin bo‘lgan yana bir sabog‘i bor. Bu — Orol dengizi fojiasi. Orol tabiiy ofat tufayli qurimadi. Bu — o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga bo‘lgan adolatsiz munosabatning oqibati. Yangi O‘zbekiston qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etmoqda”.1️⃣4️⃣ Ekologik yechimlar
“Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolbo‘yining faqat ekologik fojia ramzi bo‘lib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan o‘tadigan hududga aylanishi kerak. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilindi”.1️⃣5️⃣ Sun’iy intellekt va inson
“Bugun insoniyat yana bir ulkan inqilobiy o‘zgarish qarshisida turibdi. Bu — sun’iy intellekt. Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson texnologiyaga moslashishga majbur bo‘ladimi? Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turishi shart”.1️⃣6️⃣ Texnologiya inson hayotini yaxshilashi kerak
“Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilishga emas, aksincha, hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. O‘zbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuchaytirish tarafdori”.1️⃣7️⃣ Qonun ustuvorligi
“Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kimligidan qat’i nazar, adolat qaror topishiga ishonishi shart. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda”.1️⃣9️⃣ Ayollar huquqlari va imkoniyatlari
“Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Ayollarning huquq va imkoniyatlari masalasida ham shu mezonga tayanamiz. Shuning uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning alohida tizimini yaratdik. Bugun parlamentimiz a’zolarining 39 foizini ayollar tashkil qiladi”.1️⃣9️⃣ Islom sivilizatsiyasi markazi
“Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni faqat o‘tmishni namoyish etadigan maskan sifatida emas, ilm, tafakkur va ma’rifat makoni sifatida ko‘ramiz. O‘zbekiston madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni, ma’rifat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi”.2️⃣0️⃣ Inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo
“Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
#Yoshlar_kuni
Yoshlar bor ekan – izlanish bor. Izlanish bor ekan – taraqqiyot bor!🇺🇿 Yoshlar – jamiyatning buguni, kelajakka yo‘l ochib beradigan eng katta kuchdir. Ularning fikri, tashabbusi va izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ochiq muloqot qilish esa taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi. ⛳ Yoshlar kuni munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan samimiy uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etildi. 📖 Uchrashuvlarda yoshlarning ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kasbiy yo‘nalishini belgilashi, zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishi, kelajakdagi maqsadlari, shuningdek, davlat dasturlari, jumladan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi haqida fikr almashildi. 👥 Ochiq muloqotlar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, imtihon va baholash jarayonlari, sertifikatlash tizimi, ayniqsa, ro‘yxatdan o‘tishda limit o‘rnatilgani, ta’limdagi imkoniyatlar hamda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ular shunchaki tinglovchi emas, balki muloqotning faol ishtirokchisi bo‘ldilar. 😎 Agentlikning hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan bunday ochiq, samimiy va mazmunli muloqotlarni davom ettirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#SMirziyoyevaning_BMTga_tashrifi
Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar (1-qism)
1️⃣ Ochiqlik tanlovi
“Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yo‘q. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda. Tengsizlik kuchaymoqda. Bunday paytda har bir davlat oldida tanlov turadi. O‘zbekiston o‘z yetakchisi – Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘z tanlovini qilgan. Bu – ochiqlik tanlovi”.2️⃣ Ochiqlik — zaiflik emas
Ochiqlik — zaiflik emas. Aksincha, tinchlik uchun harakat qilish — kelajak oldida mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Biz insoniyat tomondamiz. Bilim olish, kasb egallash va o‘z kelajagini o‘zi belgilashni istagan yoshlar tomondamiz”.3️⃣ Davlat qudrati inson qadri bilan o‘lchanadi
“Davlatning haqiqiy qudrati faqat uning iqtisodiy yoki harbiy salohiyati bilan o‘lchanmaydi. Davlatning qudrati, avvalo, inson qadrini, uning huquq va manfaatlarini qanchalik himoya qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini biz uch alohida maqsad emas, bir butun vazifa, deb bilamiz”.4️⃣ BMTning o‘rni har qachongidan muhim
“Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmaydi. Tahdidlarning hech biri davlatlar chegarasida to‘xtab qolmaydi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni bugun har qachongidan ham muhim. Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”.5️⃣ “BMT — 80” tashabbusi
“O‘zbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan “BMT — 80” tashabbusi doirasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib chiqib kengaytirish tarafdorimiz. Kelgusi yilda biz Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu mas’uliyatni muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati, deb bilamiz”.6️⃣ Xalqaro huquq — umumiy qoida
“O‘zbekiston 2035–2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgan. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Biz uchun xalqaro huquq — manfaatga qarab o‘zgaradigan vosita emas. U — barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy bo‘lmasa, adolat ham umumiy bo‘lmaydi”.7️⃣ Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar
“Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo hal etilmagan chegaralar va ziddiyatlar fonida tilga olinardi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat tamomila o‘zgardi. Biz bir-birimizga raqib emas, sherik sifatida qaray boshladik”.9️⃣ Afg‘onistonga yondashuv
“Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash muammoni hal qilmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas. Ularga tinch hayotga erishish uchun umid, ishonch berilishi kerak”.9️⃣ Islohotlar markazida inson
“O‘zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida “insonlar hayoti yaxshilanayaptimi?” degan mezon turibdi. Biz natijani ana shu mezon bilan o‘lchaymiz.1️⃣0️⃣ Iqtisodiy o‘sish
So‘nggi o‘n yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oshdi”. “Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uch barobar o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 4 foizga tushib, qariyb 10 million nafar odam kambag‘allikdan chiqarildi”.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Byurokratiyani_qisqartirish
Kamroq byurokratiya — ko‘proq imkoniyat!Byurokratiya ham korrupsiya kabi turmushda, islohotlarning izchil amalga oshirilishida, ijro samaradorligiga hamda jamoatchilik bilan ishonchli muloqot o‘rnatishda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illat hisoblanadi. Uning ta’sir ko‘lami kengligi hisobga olinib, davlat darajasida dastur qabul qilindi. Bunday illatga qarshi kurash samaradorligini oshirishga davlat miqyosida hamjihatlikda, yakdil harakatlar orqaligina erishish mumkin.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda– degan edi prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev. “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish, xizmatlarni soddalashtirish va zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Agentlik faoliyatida fuqarolar va talabgorlar uchun qulaylik yaratish, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda vaqt va resurslardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Agentlik markaziy apparati va hududiy bo‘limlari tomonidan sohaga oid quyidagi ishlar va vazifalar amalga oshirilmoqda hamda rivojlantirilmoqda: ✔️ har oyning oxirgi jumasi “Qog‘ozsiz kun” deb e’lon qilish; ✔️ xizmatlarni soddalashtirish bo‘yicha ortiqcha jarayon va hujjatlarni qisqartirish; ✔️ raqamlashtirish, xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; ✔️ fuqarolarga qulaylik yaratish uchun murojaat va arizalarni masofadan topshirish imkoniyatlarini rivojlantirish; ✔️ ichki jarayonlarni optimallashtirishda faoliyatni samarali tashkil etish; ✔️ shaffoflikni ta’minlash, ochiq ma’lumotlar va muntazam hisobotlarni yo‘lga qo‘yish. “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligining asosiy maqsadi – fuqarolar uchun qulay, ochiq, tezkor va samarali xizmatlarni ta’minlashdan iboratdir. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
#OnlaynTest
Ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash imtihonlari📆 2026-yil 24-sentyabr kuni Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2026-yil 28-apreldagi 209-son qarori talablariga muvofiq tashkil etildi. 🧑💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ⛳ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridada o‘tkazildi. Ularda 70 nafar talabgor ishtirok etdi. 📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Chet_tili_maxsus_imtihon
#Natija
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tilidan imtihon natijalari e'lon qilindi📆 2026-yil 17-sentabr kuni oʻtkazilgan koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari natijalari e'lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+5
#OnlaynTest
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi📆 2026-yil 24-sentyabr kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. ⛳ Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 🧑💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✅ Test sinovida 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va test topshirganlardan 110 nafari belgilangan talabni bajardi. 🎧 Eslatma: xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin: 🕊@NostrifikatsiyaBBA_bot https://t.me/NostrifikatsiyaBBA ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Rasmiy axborot
❓ “Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?” – Prezident
🔵Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi muloqot chog‘ida kecha suhbatlashgan ayollardan biri bilan bo‘lgan suhbatni esladi.
Davlat rahbari ayolning Rossiyada bir necha yil mehnat qilgani, ikki nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgani va bugun Andijonda daromadi ancha yuqori bo‘lganini aytganini qayd etdi.
⚡️ Shuningdek, uning ikki farzandidan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirganini ta’kidladi.
Prezident ayoldan besh yil avval farzandining oliygohga kirishiga ishongan-ishonmaganini so‘raganida, zalda o‘tirganlar:
“Hech qachon bunday bo‘lmagan”, - deya javob bergan.💝 “Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?” - dedi davlat rahbari. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
+5
"Jaslar - keleshek jaratıwshıları"
BBA Qaraqalpaqstan Respublikası bólimi xızmetkerleri tárepinen 2026-jıl 24-sentyabr kúni Prezident tárepinen jaslar baslamasın qollap-quwatlaw maqsetinde jolǵa qoyılǵan "Jaslar kúni"nde oqıwshı-jaslar menen ashıqtan-ashıq pikirlesiw shólkemlestirildi.
📚 Ilajda bilim hám mamanlıqlardı bahalaw sisteması, test sınaqları, milliy sertifikatlar hám jaslar ushın jaratılǵan imkaniyatlar haqqında tolıq maǵlıwmat berildi.
🔰 Ministrler Kabinetiniń 2026-jıl 29-iyuldegi 411-sanlı qararınıń mazmun-mánisi túsindirip berildi.
🚫 Agentlik tárepinen ótkeriletuǵın barlıq ilajlarda korrupciyanıń aldın alıw, hadallıq, ashıq-aydınlıq hám nızamlılıq principlerine ámel etiw tiykarǵı princip ekenligi ayrıqsha atap ótildi.
💬 Ashıq pikirlesiwde jaslardıń sorawlarına juwap berilip,
óz-ara pikir alısıldı, normativlik-huqıqıy hújjetlerdiń mazmun-mánisi túsindirildi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi.
Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarning xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.
Ish o‘rinlari soni 1 mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Ayni yo‘nalishda Andijonning o‘ziga 20 million dollar beriladi.
Mutasaddilarga bir oyda ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Tashqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksportda logistika xarajatlari oshib borayotgan sharoitda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi.
Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million so‘mdan subsidiya oladi.
Mutasaddilarga tayyor mahsulot eksportchilarining xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foizlarning 5 foizdan, milliy valyutadagisining 14 foizdan oshgan qismini uch yil davomida kompensatsiya qilish bo‘yicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.
Shuningdek, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha yangi choralar belgilandi.
Alohida “Agrostar” kompaniyasi tashkil etilib, bahorgacha 4-5 ming gektar maydonga suv chiqarish va shaftoli, gilos, o‘rik, olxo‘ri kabi sanoatlashgan bog‘larni barpo etish boshlanadi. Bog‘lar uch yil parvarishlanib, aholiga tayyor holda taklif qilinadi.
Ushbu maqsadga 30 million dollar, adirlarga suv chiqarish uchun esa 200 milliard so‘m ajratiladi.
Viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning hozircha 16 foizi qayta ishlanayotgani qayd etildi. Kichik uskunalarni aholiga lizingga berish va tuman brendlarini yaratish orqali bu ko‘rsatkichni 30 foizga, eksportni 500 million dollarga yetkazish mumkin.
Meva-sabzavotchilikda “gektardan – maksimal qiymat” tamoyiliga o‘tiladi. Kichik qayta ishlash uskunalarini lizingga berish uchun 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Baliqchida 5 gektarda tashkil etilgan issiqxona loyihasi respublika bo‘ylab ommalashtiriladi. Bunga 300 milliard so‘m, shu jumladan, Andijonga 50 milliard so‘m ajratiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda yirik komplekslarni ko‘paytirish vazifalari belgilandi.
Ulug‘norda paxtadan ozuqa ekinlariga o‘tkazilgan 5 ming gektar maydon kamida 10 ming bosh qoramol boqish imkonini beradi. Dala chetlaridagi yerlardan samarali foydalanish orqali ham chorvachilikni kengaytirish mumkin.
Yil yakunigacha shunday maydonlarning kamida 200 gektarida chorva boqish uchun sharoit yaratish, Ulug‘nor va Bo‘stonda yirik chorvachilik komplekslari loyihalarini ishlab chiqish topshirildi.
Baliqchida ishga tushirilgan 20 million dollarlik tovuq go‘shti kompleksi tajribasi asosida Jalaquduqda 4 ta, Xo‘jaobodda 3 ta shunday kompleks loyihasini boshlash vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, Ulug‘nordagi 1 ming 200 gektar maydonda Baliqchi tumani tajribasi asosida baliqchilik klasteri tashkil etiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uchun ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etilishi belgilandi.
Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini yaratishga mas’ul bo‘ladi.
Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari sun’iy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoni bo‘lgan sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejasi ishlab chiqiladi.
Aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori 104 ta korxona faoliyatini kengaytirish orqali qo‘shimcha 20-30 ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qo‘shilgan qiymatni 40-50 foizga ko‘paytirish choralari ko‘riladi.
Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik bo‘yicha shakllangan 30 yillik tajriba asosida o‘z texnologiyalarini yaratishga o‘tish vazifasi qo‘yildi.
Shu maqsadda “Asaka muhandislik vodiysi”ni tashkil etib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Viloyatda muhandislik, energetika, sanoat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 10 ming talaba tahsil olmoqda. Ularning g‘oyalarini tayyor mahsulotga aylantiradigan tadqiqot va ishlanmalar markazlarini rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
To‘qimachilikda ham mavjud quvvatlardan yuqori samara bilan foydalanish imkoniyatlari bor. Yevropadan dizayner, konstruktor va brendlarni jalb qilib, qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish orqali soha eksportini 1,5 milliard dollardan oshirish mumkinligi qayd etildi.
Endi viloyatda investitsiya natijadorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qo‘shilgan qiymat bilan baholanishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
