1 065
مشترکین
-124 ساعت
-127 روز
-3930 روز
آرشیو پست ها
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari tarixiy merosni asrash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi.
Ikki kunlik tashrif doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish, hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бухарскую область. Глава нашего государства ознакомится с работой по сохранению исторического наследия и развитию туристической инфраструктуры, а также с проектами, реализуемыми в промышленности и сельском хозяйстве.
В рамках двухдневной поездки также запланированы участие в церемонии ввода в строй новых объектов и начала строительства других проектов, а также совещание по вопросам комплексного развития региона.
Facebook|Instagram|X
🟦🟦🟦
🤝 Milliy test tizimi spetsifikatsiyasi
➕ Matematika
🇺🇿 Ona tili va adabiyot
🇬🇦 Qoraqalpoq tili va adabiyot
🇷🇺 Rus tili va adabiyot
🧑🔬 Kimyo
🌱 Biologiya
🌓 Fizika
🌎 Geografiya
🏛 Tarix
🎵 Musiqa madaniyati fani
🏀 Jismoniy tarbiya fani
👩🏫 Boşlanğiç taʼlim
✍️ @BBANukus
#Korrupsiya
🚫 KORRUPSIYAGA QARŞI BIRGALIKDA KURAŞAMIZ!
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga tösqinlik qiluvçi, adolat va işonçga putur yetkazuvçi illatdir.
Har bir sohada halollik, şaffoflik va qonuniylik ustuvor bölişi şart. Ayniqsa, bilim va malakani baholaş jarayonlarida adolat tamoyillariga qat’iy rioya qiliş muhim ahamiyatga ega.
Biz korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bölişimiz, har qanday noqonuniy holatga befarq qaramasligimiz lozim.
Birgalikda korrupsiyasiz jamiyatni barpo etamiz!
Korrupsiyaga qarşi kuraş — har birimizning burçimiz!
✍️ @BBANukus
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning oktabr oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bilimdi bahalaw agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası bóliminde 31-oktyabr kúni Tariyx páninen milliy sertifikat imtixanları bolıp ótti.
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🗓 2026-yil 23-26- va 31-oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan geografiya, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari o‘z nihoyasiga yetdi.
📝 Bugun, 31-oktyabrda mazkur imtihonlarning tarix fani bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi (ishtirok etganlar - 38 600 nafar).
⛳ Barcha imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
🛗 Umumiy hisobda imtihonlarda jami 136 600 nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, 48 nafari tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📊 Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari📆 2026-yil 10-oktabrdan 23-oktabrgacha bo'lib o'tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌O‘zbekiston ta’sirchan global taraqqiyot markaziga aylanib borayotgan Turkiy davlatlar tashkilotini o‘zaro ishonch va amaliy sheriklik maydoni sifatida ko‘radi;
📌Strategik maqsadlar atrofida yanada jipslashib, manfaatlarni xalqaro maydonda birgalikda ilgari surish lozim. TDT mamlakatlari ushbu ezgu yo‘lda yakdil va kuch-g‘ayratini turkiy birdamlik uchun safarbar etishga tayyor;
📌Tashkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar o‘tkazish, yondashuv va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim;
📌Uchinchi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar tashkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uchrashuvlaridan boshlash taklif etildi;
📌Texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish, jahon bozoriga birgalikda chiqish imkonini beradigan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish zarur;
📌“Turkiy dunyo – 100” – yuzta strategik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dasturni qabul qilish taklif etildi;
📌Nodir va strategik minerallarni to‘liq qayta ishlash, “yashil” energetika uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq;
📌“Tijorat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi ko‘p tomonlama shartnomani ishlab chiqish lozim;
📌“Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmog‘i”ni tashkil etish va uni birgalikda boshqarish taklifi bildirildi;
📌Turkiy xalqlarning tarixiy shaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondo‘stlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etish maqsadida “Turkiy turizm alyansi”ni tashkil qilish tashabbusi ilgari surildi;
📌Fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni ishlab chiqish taklif etildi. Unda ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, chegaradan o‘tish va mezbon davlat hududida bo‘lish tartibini soddalashtirish masalalari aks etishi lozim;
📌Mamlakatimiz “Yangi O‘zbekiston” stipendiyasi doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratishga tayyor;
📌2027-yilni tashkilot doirasida “Tabiatni asrash yili” deb e’lon qilish bo‘yicha tashabbus hamda O‘zbekiston vakilining nomzodi Bosh kotib lavozimiga qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirildi;
📌"Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik g‘oyamiz va ulug‘vor rejalarimizga erishish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi";
📌“Barchamizning orzu-istaklarimiz va intilishlarimiz mushtarak. Biz bir bo‘lsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bo‘lsak, yanada yuksak marralarga albatta erishamiz”.
Facebook|Instagram|X
Repost from Bilimni baholash agentligi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonining spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va e’lon qilindi.
Milliy sertifikat imtihonining mazkur spetsifikatsiyasi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Buyuk Britaniyaning AQA Global Assessment Services tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro baholash standartlari asosida ishlab chiqildi.
Mazkur spetsifikatsiyada imtihon mazmuni, baholash yo‘nalishlari, topshiriqlar shakli va tarkibiga oid ma'lumotlar berilgan.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihoni spetsifikatsiyasi hamda namunaviy test topshiriqlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishlari mumkin:
🔗 Spetsifikatsiya bilan tanishish
🔗 Namunaviy test topshiriqlari bilan tanishish
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
O‘ZBEK ALIFBOSIGA 2026-YILDA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR
Joriy yil 21-oktyabr kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining yangi tahriri e'lon qilindi.
Yangi tahrirga ko‘ra:
Alifboga 4 ta yangi harf shakli kiritildi: Ğ, Ö, Ş va Ç;
O‘, G‘ harflarining yozilishi takomillashtirildi;
Sh va Ch harf birikmalari o‘rniga mos ravishda Ş va Ç harflari qo‘llaniladi.
Yangi alifbo 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
🎬 Batafsil ma’lumot yuqoridagi videolavhada.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
O‘zbek alifbosini takomillashtirish bo‘yicha muhim qadam
Ma'lumki, 2026-yil 21-oktabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida O‘RQ-1184-son Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan o‘zbek alifbosi takomillashtirildi. Unga ko‘ra, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat shaklda belgildi.
Shuningdek, alifbo tarkibidagi harflarning yozilish shakllari takomillashtirildi. Jumladan, eski Oʻ, Gʻ, Sh, Ch shakldagi harglar o‘rniga yangi shakldagi Ğ, Ö, Ş va Ç harflari kiritildi.
🔹 Oʻ oʻ → Ö ö
🔹 Gʻ gʻ → Ğ ğ
🔹 Sh sh → Ş ş
🔹 Ch ch → Ç ç
Alohida qayd etish karakki, buning natijasida so‘zlar qisqa, aniq va oson yoziladi, apostrof bilan bog‘liq chalkashliklar yo‘qoladi, davlat tilini raqamli tizimlarda qo‘llash osonlashadi.
Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi hamda muomalada bo‘lishi yangi harflarning avvalgi shakli mavjudligi sababli cheklanmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, binolardagi yozuvlar, geografik obyektlar nomlari tushirilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan belgilangan tartibda foydalanish davom ettiriladi.
Muhim: mazkur Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi. Ungacha uni amalga oshirish bilan bog‘liq belgilangan chora-tadbirlar va tartiblar muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur o‘zgartirishlar o‘zbek alifbosini takomillashtirish, yozuv me’yorlarini izchil qo‘llash hamda davlat tilining yozma shaklini rivojlantirishga qaratilgan.
📄 Qonunning to‘liq matni bilan tanishing:
https://lex.uz/uz/docs/8548754
Repost from Bilimni baholash agentligi
O‘zbek alifbosini takomillashtirish bo‘yicha muhim qadam
Ma'lumki, 2026-yil 21-oktabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida O‘RQ-1184-son Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan o‘zbek alifbosi takomillashtirildi. Unga ko‘ra, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat shaklda belgildi.
Shuningdek, alifbo tarkibidagi harflarning yozilish shakllari takomillashtirildi. Jumladan, eski Oʻ, Gʻ, Sh, Ch shakldagi harglar o‘rniga yangi shakldagi Ğ, Ö, Ş va Ç harflari kiritildi.
🔹 Oʻ oʻ → Ö ö
🔹 Gʻ gʻ → Ğ ğ
🔹 Sh sh → Ş ş
🔹 Ch ch → Ç ç
Alohida qayq etish karakki, buning natijasida so‘zlar qisqa, aniq va oson yoziladi, apostrof bilan bog‘liq chalkashliklar yo‘qoladi, davlat tilini raqamli tizimlarda qo‘llash osonlashadi.
Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi hamda muomalada bo‘lishi yangi harflarning avvalgi shakli mavjudligi sababli cheklanmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, binolardagi yozuvlar, geografik obyektlar nomlari tushirilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan belgilangan tartibda foydalanish davom ettiriladi.
Muhim: mazkur Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi. Ungacha uni amalga oshirish bilan bog‘liq belgilangan chora-tadbirlar va tartiblar muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur o‘zgartirishlar o‘zbek alifbosini takomillashtirish, yozuv me’yorlarini izchil qo‘llash hamda davlat tilining yozma shaklini rivojlantirishga qaratilgan.
📄 Qonunning to‘liq matni bilan tanishing:
https://lex.uz/uz/docs/8548754
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqara shahrida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bogʻining ochilish marosimida hamda TDT sammitining madaniy dasturida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с супругой приняли участие в церемонии открытия Парка цивилизации тюркских государств в городе Анкаре и культурной программе саммита ОТГ.
#Mirziyoyev #sammit #TDT #madaniyat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Bilimni baholash agentligi
Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonida qatnashmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
📆 2026-yil 16-oktabr kuni biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.
📱 Shu kunning o‘zida my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan va imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni 213 ming nafardan ziyodni tashkil etdi.
📝 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning fanlar va hududlar kesimidagi taqsimoti tahlil qilinib, talabgorlar soni ko‘pligi uchun imtihonlarni quyidagi sanalarda o‘tkazish belgilandi:
🔹biologiya — 21-, 23-noyabr;
🔹kimyo — 22-, 24-noyabr;
🔹fizika — 24-noyabr (qog‘ozda);
🔹matematika — 28-29-30-noyabr.
📋 Bunda fizika fanidan milliy sertifikat imtihonlari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda an’anaviy shaklda(qog‘ozda) o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
✅ Imtihonlarni oʻtkazish grafigiga oʻzgartirish kiritilgani uchun talabgorlarni my.gov.uz saytida qoʻshimcha roʻyxatga olish yoʻlga qoʻyildi.
💻 Imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 30-oktabrga qadar (shu kuni ham) my.gov.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
#OnlaynTest
XORIJIY DIPLOMLARNI TAN OLISH BO‘YICHA NAVBATDAGI TEST SINOVLARI BO‘LIB O‘TDI📆 2026-yil 29-oktyabr kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi. 📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Bu esa talabgorlarga o‘z yashash hududlariga yaqin joyda imtihonda ishtirok etish imkonini berdi. 🧑💻 Sinovlar maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi. Eng muhimi, talabgorlar test yakunlangach, o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👥 Test sinovida 505 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va test topshirganlardan 123 nafari belgilangan talabni bajardi. ‼️ Eslatma: xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin: ✅ @NostrifikatsiyaBBA_bot 🌎 https://t.me/NostrifikatsiyaBBA ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi📆 Bugun, 28-oktabr kuni respublikamizning barcha hududlarida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratilgan maqsadli davlat grantlari bo‘yicha saralash imtihonlari tashkil etildi. 📌 Mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni asosida yoshlarning bilim va salohiyatini xolis baholash hamda davlat grantlariga munosiblarni saralash maqsadida o‘tkazildi. 📝 Imtihonda qatnashishi belgilangan 2 ming 900 nafardan ko‘proq talabgor ishtirok etdi. Imtihon topshirish tartib-qoidalarini buzgani sababli 2 nafar talabgor jarayondan chetlatildi. 🗓️ Амаldagi tartibga muvofiq, saralash natijalarida belgilangan minimal o‘tish balidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan talabgorlar natijalari ketma-ketligi asosida ajratilgan kvotalar doirasida davlat grantiga tavsiya etiladi. 📝 Imtihon natijasi qaydnomalari belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🎵 Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun malaka imtihoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 652-son qaroriga muvofiq musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 30-noyabr kuni musiqa madaniyati fanidan malaka imtihonining birinchi bosqichi — test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan
Talabgorlar mazkur fandan malaka imtihonida ishtirok etish uchun 10-noyabrga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Talabgorlar test varianti tafsilotlari, test topshiriqlari formatlari kabi ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
President Sh.Mirziyoyev Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladiUnda ta’lim yo‘nalishida ham buyuk alloma va mutafakkirlarimiz merosiga tayanishimiz, bunday boy ma’rifiy an’analarni bugungi texnologik davr talablari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha katta imkoniyatlarga egaligi, qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqamizning bebaho boyligi bu – bilimga chanqoq, katta orzu-intilishlar bilan yashayotgan yosh avlod ekani hamda ana shu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuchga aylantirishda eng samarali yo‘l – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiya ekaniga alohida urg‘u berildi. Prezidentimiz o‘z tabrigida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:
Ta’lim tizimi faqat tayyor bilim berish bilan cheklanmasdan, yoshlarda mustaqil fikrlash, ijod qilish, mas’uliyatni his etish va butun umr davomida yangilikka intilib, o‘rganib yashash ko‘nikmalarini ham shakllantirishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi va murabbiylarning rolini oshirish, ta’limning ma’no-mazmunini yangilash, yoshlarni mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirish, maktab, texnikum, universitet va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga ustuvor e’tibor qaratiladi. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish, universitetlarni ilmiy ixtiro va ishlanmalar markaziga aylantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash ham muhim vazifadir. Shu bois universitetlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ko‘paytirish, talaba va olimlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat berishimiz kerak.Shuningdek, “Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni o‘zaro ishonch va do‘stlik diyoriga, ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdir” – deyiladi Prezident tabrigida. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
