Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA
Ir al canal en Telegram
Mostrar más
787
Suscriptores
Sin datos24 horas
-117 días
-2430 días
Archivo de publicaciones
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblarTanlov ustuvorligi Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+5
#Qabul2026 #Abituriyent2026
OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASASIGA QABUL TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida nizom” ga asosan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
⛳ Test sinovlari 2026-yil 7-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Fargʻona, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida tashkil etildi.👥 Jarayonga 500 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 ta — dasturlash, matematika, fizika, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlaridan imtihon topshirdilar. 📝 Test sinovi natijalari hisoblangach, belgilangan tartibda oliy harbiy ta'lim muassasasiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblarTanlovni o‘tkazish asoslari: 🔺tanlov davlat granti uchun – har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi asosida; 🔺to‘lov-kontrakt uchun – har bir oliy ta’lim tashkiloti bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida; 🔺maqsadli qabul uchun – har bir ta’lim yo‘nalishi va hudud bo‘yicha (hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan taqdirda) alohida o‘tkaziladi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblarOTMlarga qabulni amalga oshirish mezonlari: teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari tanlov. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki va XVJ rahbariyati bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlarini bayram bilan tabriklab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta tashabbuslarni e’lon qildi. Gruziyaga tarixiy davlat tashrifi amalga oshirildi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Ózbekstan Prezidenti Jáhán banki hám XVF basshıları menen ushırastı. Mámleketimiz basshısı elimiz jasların bayram menen qutlıqlap, olardı qollap-quwatlaw boyınsha úlken baslamalardı járiyaladı. Gruziyaǵa tariyxıy mámleketlik sapar ámelge asırıldı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Узбекистана встретился с руководством Всемирного банка и МВФ. Глава нашего государства поздравил молодежь страны с праздником и объявил масштабные инициативы в ее поддержку. Состоялся исторический государственный визит в Грузию.
—
Weekly review of the most important events: The President of Uzbekistan held meetings with the leadership of the World Bank and the International Monetary Fund. The Head of State congratulated the country’s youth on the holiday and announced large-scale initiatives to support them. A historic state visit to Georgia took place.
Facebook|Instagram|X
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026
Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi✅ Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. 📝 Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?☑️ Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?📑Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ❗Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📝 O‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. ✅ O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat. 🎓Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar 📝 Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi: 🌱 ekologiya va atrof-muhit; ♻️ yashil iqtisodiyot; 🌍 iqlim o‘zgarishi; ☀️ qayta tiklanuvchi energiya; 💧 suv resurslarini boshqarish; 🤖 mobil robototexnika; 🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); 🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi; 🏕 ekoturizm; 🚆 temir yo‘l muhandisligi. 📝 Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan: ➡️ xalqaro energetik siyosat; ➡️ xalqaro suv diplomatiyasi; ➡️ sirkulyar iqtisodiyot; ➡️ barqaror moliya; ➡️ rivojlanish iqtisodiyoti; ➡️ ekologiya huquqi; ➡️ xalqaro savdo huquqi; ➡️ nazariy va muhandislik fizikasi; ➡️ urbanistika; ➡️ barqaror shaharsozlik; ➡️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; ➡️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar. 📝 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: ✔️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. ✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. ➡️ 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi. 👨💻 Hujjatni yuklab olish ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. ✅ O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat. 🎓Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar 📝 Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi: 🌱 ekologiya va atrof-muhit; ♻️ yashil iqtisodiyot; 🌍 iqlim o‘zgarishi; ☀️ qayta tiklanuvchi energiya; 💧 suv resurslarini boshqarish; 🤖 mobil robototexnika; 🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); 🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi; 🏕 ekoturizm; 🚆 temir yo‘l muhandisligi. 📝 Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan: ➡️ xalqaro energetik siyosat; ➡️ xalqaro suv diplomatiyasi; ➡️ sirkulyar iqtisodiyot; ➡️ barqaror moliya; ➡️ rivojlanish iqtisodiyoti; ➡️ ekologiya huquqi; ➡️ xalqaro savdo huquqi; ➡️ nazariy va muhandislik fizikasi; ➡️ urbanistika; ➡️ barqaror shaharsozlik; ➡️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; ➡️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar. 📝 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: ✔️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. ✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. ➡️ 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi. 👨💻 Hujjatni yuklab olish ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Yurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshiruvchilar uchun ESLATMAVazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan, Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga IQ test o‘tkazish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda, IQ test yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida huquq sohasida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari TDYUU tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida har yili 10 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan. IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi. Faqatgina, IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYuUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi. 🗒 Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Gruziya munosabatlarida yangi – strategik sheriklik davrini boshlab bergan tarixiy tashrif.
—
Исторический визит, открывший новую эпоху стратегического партнерства Узбекистана и Грузии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 Hurmatli abituriyentlar!
✅ Tez kunlarda davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari boshlanadi. Bu kunlar ko‘pchilik uchun uzoq yillik mehnat, izlanish va tinimsiz tayyorgarlikning muhim sinovi hisoblanadi.
✍️ Endi eng asosiy vazifa — mavjud bilimingizni xotirjamlik va ishonch bilan namoyon etishdir.
📝 Test sinovlariga tayyormisiz? Unda quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:
✔️ "Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting. Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.
✔️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying. Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.
✔️ Belgilangan hududga oldindan yetib boring. Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.
✔️ Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang. Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.
✔️ Yetarlicha dam oling. Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi.
✔️ Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.
✔️ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.
✔️ Hayajonga berilmang. Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir.
✔️ Hushyor bo‘ling, burchga sodiq qoling. Jarayon davomida amaldagi tartib buzilayotgan holatlar, qing‘irliklarning guvohi bo‘lsangiz, darhol guruh nazoratchilarini bundan ogoh eting. Unutmang, halollik, bilimiga ishonch, korrupsiya ko‘rinishlariga murosasizlik yorqin kelajakka yetaklaydi!
🌟Aziz abituriyentlar!
🔶 Bugungi natijangiz ortida ota-onangizning ishonchi, ustozlaringizning mehnati va eng muhimi, o‘zingizning intilishlaringiz mujassam. Har bir savolga e'tibor bilan yondashing va bilimingizga ishoning.
🎓 Sizlarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bilimingiz, mehnatingiz va ishonchingiz sizni orzu qilgan oliy ta'lim muassasasiga yetaklasin!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Strategiya_2030
🇺🇿 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Prezident_tashrifi
Prezidentimiz Gruziyaning oliy mukofoti bilan taqdirlandiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin moʻyna” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Gruziya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar.
—
Президенты Узбекистана и Грузии провели встречу.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Prezident_tashrifi
Tbilisi shahridagi Orbeliani saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvilining muzokaralari boʻlib oʻtdi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Prezident_tashrifi
Prezident Gruziya davlatiga tashrif buyurdiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi. Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vazirining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+6
#Yoshlar_kuni
Yoshlarimiz hamisha diqqat-e'tiborimizda🇺🇿 Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotlar va targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. 😎 2026-yil “30-iyun - Yoshlar kuni”da Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limi vakillari tomonidan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Oyning eng yosh faol kitobxoni” tanloviga bag‘ishlangan uchrashuv hamda 2026-yil 2-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati bo'limi ishtirokida yoshlar va ota-onalar bilan samimiy tadbir tashkil etildi. 🏆 Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “Oyning eng yosh faol kitobxoni” tanlovi davomida esa ishtirokchilar o‘zlarining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, bilim va dunyoqarashi, asarlar mazmunini tahlil qilish hamda fikrlarini erkin ifoda etish qobiliyatlari orqali bellashdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Temirov Muhammadjon Ilhom o‘g‘li tanlov g‘olibi deb topildi hamda munosib ravishda taqdirlandi. 🧑💻 Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan bayramona uchrashuvda esa mamlakatimizning jasoratli, ilmli kelajak timsoli bo‘layotgan o'quvchi yoshlar va ularning ota-onalari uchun Prokuratura, Mudofaa vazirligi va Surxondaryo viloyat bo'limi xodimlari yoshlarga istiqboldagi rejalar, ta'lim olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma'lumot berishdi. Ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. 📕 Mazkur tadbirlar yoshlar orasida faxr va g‘urur tuyg‘usini tuyish muhitini rivojlantirish, bilimga intiluvchan va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. 👥 Uchrashuvlarning asosiy maqsadi yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlari, kasbiy rivojlanishi, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash hamda kelajakdagi istiqbollari ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, ishtirokchilarning bilim va malakasini oshirishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni zamonaviy kasblarni egallashga rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Грузии Ираклия Кобахидзе вылетел в город Тбилиси с государственным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Gruziya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Davlat_ramzlari
2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun🇺🇿 Bugun mamlakatimiz tarixidagi muhim sanalardan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. 🗓 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan Davlat gerbi xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, milliy qadriyatlari, tinchlik, farovonlik va taraqqiyotga bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. ✍️ Gerbdagi quyosh nurlari va tog‘lar yurtimizning yorug‘ kelajagi hamda go‘zal tabiatini, bug‘doy boshoqlari mo‘l-ko‘llikni, paxta shoxlari xalqimizning bunyodkorligini, Humo qushi esa baxt, erkinlik va saodat timsolini ifodalaydi. 👧 Davlat ramzlariga hurmat – Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak fuqarolik mas’uliyatining yorqin ifodasidir. 🌍 Davlat gerbimiz doimo yurtimiz tinchligi, xalqimiz birligi va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining ramzi boʻlib porlayversin! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek.uz
O‘zbekiston gerbi 34 yoshda
1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
