ar
Feedback
Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

الذهاب إلى القناة على Telegram
846
المشتركون
+324 ساعات
-27 أيام
+4630 أيام
أرشيف المشاركات
#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agent
#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi. 🧑‍💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri! Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri! Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi. 🤝 Tadbir davomida: ✅ SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari; ✅ xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar; ✅ ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi. 📅 Sana: 12-oktabr, 2026-yil 🕘 Vaqti: 09:00 📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent 📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:  https://shorturl.at/MFfKM 💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agent
#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi. 🧑‍💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘qaymiz. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Tanlov ustuvorligini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? 👥 Abituriyentlar oliy ta’lim muas
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Tanlov ustuvorligini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
👥 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi. 💼 Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida: ✔️ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida; ✔️ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Abituriyentga: ⚫️ tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini; ⚫️ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq. ❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil e
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda 🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 14 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/ ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 12-avgust soat 9:00 ga qadar 📍 Imtihon ushbu hududlar da tashkil etiladi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева 29 июля посетит эту страну с рабочим визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Milliy sertifikat – yoshlar tanloviga aylanmoqda! So‘nggi yillarda milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishga bo‘lgan qiziqish keskin oshib bormoqda. Bu esa yoshlarimiz orasida mustaqil ta’lim, kitobxonlik va bilimga intilish tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi. 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar tahlili ham bu fikrni to‘liq tasdiqlaydi. Joriy yilda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 193 186 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilda 85 140 nafar bo‘lgan edi. Chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni esa 125 354 nafarga yetdi. 2025-yilda mazkur ko‘rsatkich 58 216 nafarni tashkil etgan. Bu raqamlar bir yilning o‘zida sertifikat olishga intilayotgan yoshlar soni bir necha barobar oshganini yaqqol namoyon etmoqda. Eng e’tiborli jihatlardan biri — joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishdan ozod etildi va ularning bilim darajasi e’tirof etilgan holda bevosita tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur toifadagi abituriyentlarga test topshirish talab etilmagani sababli ular uchun "Abituriyent ruxsatnomasi" ham shakllantirilmadi. Taqqoslash uchun, 2025-yilda bu imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi. Bu esa milliy va xalqaro sertifikatlarning nafaqat ta’lim tizimidagi ahamiyati oshib borayotganini, balki yoshlarimiz bilimni mustaqil ravishda egallash, o‘z ustida ishlash va yuqori natijaga intilishni hayot tarziga aylantirayotganini ko‘rsatadi. Har bir qo‘lga kiritilgan sertifikat ortida katta hajmdagi mehnat, o‘nlab kitoblar mutolaasi, tinimsiz izlanish va mustahkam iroda mujassam. Yuqoridagi videoda sertifikatga ega abituriyentlar fikrlarini eshiting, mulohazalari bilan tanishing. Bu sizga yo‘l tanlashda yordam beradi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil e
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda 🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 14 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/ ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 12-avgust soat 9:00 ga qadar 📍 Imtihon ushbu hududlar da tashkil etiladi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladigan bo‘ldi Vazi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladigan bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi 406-son qarori bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi. Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga endi quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi: ⚫️ respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat; ⚫️ viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat. 🕓 Shuningdek, tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi. 📝 Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi: ✔️ transport xizmati; ✔️ yashash va ovqatlantirish; ✔️ ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi); ✔️ sayohat sug‘urtasi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energet
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidladi. Hozir 25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda.
“Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti,
– dedi Prezidentimiz. Mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash topshirildi. 1-sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish boshlanadi. Yangi o‘quv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Chunki kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi. Prezidentimiz investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi. Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi. So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trillion so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p.
“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!
– dedi Prezidentimiz. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Rasmiy munosabat   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarorida test topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuzilishi, test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtirilishi belgilangan. 2026–2027-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun huquqshunoslik fanidan test topshiriqlari ushbu qarordan kelib chiqqan holda davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan 35 ta qonunchilik hujjati asosida shakllantirilgan. Ushbu qonunchilik hujjatlariga huquqshunoslik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular doirasida murojaat qilingan. Test sinovi natijasidan norozi boʻlgan yoki test topshiriqlari o‘quv dasturlari asosida tuzilmagan deb hisoblagan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilingandan so‘ng belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Grant #Nodavlat Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi Oliy ta’li
#Qabul2026 #Grant #Nodavlat Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Eslatib o‘tamiz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari iyun–sentyabr oylari davomida bo‘lib o‘tadi. Qabul to‘liq yakunlangach, muayyan xorijiy va nodavlat OTTga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun davlat granti ajratilgan ta’lim sohalari bo‘yicha tanlovda qatnashish imkoniyati yaratiladi. 📝 Tanlov tartibi: 🔹 To‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar (PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi); 🔹 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun alohida test sinovlari tashkil etiladi; 🔹 Test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballar ketma-ketligi bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi. Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu grant tanlovida ishtirok etish huquqi beriladi. ℹ️ Test sinovlarini o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari qabul jarayonlari to‘liq yakunlangach qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Kvota #Qabul2026 2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha muhim yangilik O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat (kunduzgi): qabul kvotalari Bakalavriat (kechki): qabul kvotalari Bakalavriat (masofaviy): qabul kvotalari Magistratura (kunduzgi): qabul kvotalari Magistratura (kechki): qabul kvotalari Magistratura (masofaviy): qabul kvotalari Davlat granti ulushi (chegarasi) Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul taqsimoti Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2% grant kvotasi Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar uchun 1% grant kvotasi Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun 5% grant kvotasi Harbiy xizmatchilar farzandlari uchun grant kvotalari Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (kunduzgi) Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (kechki) Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (masofaviy) Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun kvota “Ijtimoiy reyestr” oilalari farzandlari uchun kvota O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun kvota Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun kvota 5 yillik ish stajiga ega fuqarolar uchun tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar Maktab ta’limi uchun maqsadli qabul Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul San’at sohasi uchun maqsadli qabul Dual ta’lim: pedagog kadrlar qabuli Maktab o‘qituvchilari uchun magistratura (masofaviy) 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun qabul Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat grantlari Green University grant kvotalari Qirg‘iziston fuqarolari uchun grant kvotalari Qozog‘iston fuqarolari uchun grant kvotalari Tojikiston fuqarolari uchun grant kvotalari Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun grant kvotalari IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun grantlar 35% oshirilgan qabul ko‘rsatkichlari
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+3
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari ikkinchi yarim yillikda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishni topshirdi. Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti ikki barobarga qisqaradi. Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga start berildi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı ekinshi yarım jıllıqta ekonomikalıq ósiwdi tezlestiriwdi tapsırdı. Tashkentten Samarqandqa jetip barıw waqtı eki esege qısqaradı. Nurafshonda Keleshek texnologiyaları orayınıń qurılısına start berildi. — Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства поручил ускорить экономический рост во втором полугодии. Время пути из Ташкента в Самарканд сократится вдвое. В Нурафшане начато строительство Центра технологий будущего. — Weekly review of the most important events: The Head of State instructed to accelerate economic growth in the second half of the year. Travel time between Tashkent and Samarkand was cut in half. Construction has started on the Center for Future Technologies in Nurafshan. Facebook|Instagram|X

#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Tanlov ustuvorligi Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Tanlovni
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Tanlovni o‘tkazish asoslari: 🔺tanlov davlat granti uchun – har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi asosida; 🔺to‘lov-kontrakt uchun – har bir oliy ta’lim tashkiloti bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida; 🔺maqsadli qabul uchun – har bir ta’lim yo‘nalishi va hudud bo‘yicha (hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan taqdirda) alohida o‘tkaziladi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar OTMlarga
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
  OTMlarga qabulni amalga oshirish mezonlari: teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari tanlov. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube