uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

UzReport.news

UzReport.news

Kanalga Telegram’da o‘tish

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali UzReport.news analitikasi

UzReport.news (@uzreport_uz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 21 922 obunachidan iborat bo'lib, Yangiliklar & Media toifasida 10 682-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 3 663-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 21 922 obunachiga ega bo‘ldi.

14 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -413 ga, so‘nggi 24 soatda esa -22 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 8.33% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 7.36% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 1 827 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 615 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 31 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 15 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Yangiliklar & Media toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

21 922
Obunachilar
-2224 soatlar
-1057 kun
-41330 kun
Postlar arxiv
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda:
“Men bugun sizlarni ko‘proq muloqotga taklif qilaman. Bir narsani bilishlaring kerakki, investor bilan davlat orasidagi O‘zbekistondagi tizim yangi pog‘onaga chiqishi kerak. Albatta, zamon shiddat bilan o‘zgarayapti. Biz yangi-yangi talablarga butun komandamiz bilan mos bo‘lish uchun bugun sizlarni ko‘proq eshitmoqchiman. Bironta muammo bugun qolmasligi kerak. Hamma masalani hal qilishimiz kerak. Yutug‘imiz bor, lekin kamchiligimiz ham juda ko‘p. Shuning uchun endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Biz bir-birimiz bilan do‘st bo‘lishimiz uchun hamma narsa ochiq bo‘lishi kerak, ayon bo‘lishi kerak, shaffof bo‘lishi kerak. Kelgusi yilga bu yil zamin yaratishimiz kerak”.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish maqsad qilingan Buning natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarishning
2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish maqsad qilingan Buning natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 mlrd kilovatt-soatdan oshadi, qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54% ga yetadi. “Yashil” quvvatlarni tez yaratish uchun loyihalar ko‘pincha investorlar taklif qilgan hududlarda joylashtirildi. Bu ko‘plab sarmoya jalb etish imkonini berdi. Biroq ayrim joylarda quvvatlar to‘planib, elektrni boshqa hududlarga yetkazish xarajatlari oshdi.
– Bizga alohida-alohida elektr stansiyalari emas, uzviy bog‘langan energetika tizimi kerak,– dedi Prezident.
Endi qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan rejalashtirilib, tayyor loyihalar ochiq tanlovga chiqariladi. Tanlovga qo‘yiladigan har bir loyiha bo‘yicha yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va muddati, elektrni xarid qilish hamda to‘lov shartlari avvaldan e’lon qilinadi. Barcha investorlar uchun talablar teng bo‘ladi, to‘lov intizomi va xatarlarni kamaytirish mexanizmlari mustahkamlanadi. Yaqinda umumiy quvvati 2 ming 200 megavatt bo‘lgan 6 ta quyosh va shamol stansiyasining loyihasi ochiq tanlovga chiqariladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Prezident yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqotni boshladi Davlat rahbari energetikani taraqqiyotnin
Prezident yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqotni boshladi Davlat rahbari energetikani taraqqiyotning yuragi deb atab, barqaror energiya ta’minoti tadbirkorlar sarmoyasi va odamlarning ertangi kunga ishonchi uchun muhimligini ta’kidladi. O‘n yil avval sohadagi muammolarni hal qilish, eskirgan quvvatlarni yangilash va o‘sib borayotgan talabni qoplash vazifalari belgilab olingan edi. Buning uchun energetika bozori xususiy sarmoyaga ochildi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. O‘tgan davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi, hamkor davlatlar soni 2-3 tadan 10 tadan ortiqqa yetdi. Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga ko‘tarildi. “Yashil” quvvatlar 11,1 gigavattni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 ming 300 kilovatt-soatga yetdi. Bugun umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Tadbir doirasi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Tadbir doirasida xorijiy kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar ham rejalashtirilgan Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Tadbirkorlar uchun hushxabar: O'zbekistonda peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman toʻxtatildi Oʻzbekistonda bundan buyo
Tadbirkorlar uchun hushxabar: O'zbekistonda peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman toʻxtatildi Oʻzbekistonda bundan buyon tadbirkorlik subyekti oʻzi egallab turgan bino yoki inshootning tashqi tomonida (kirish joyida) joylashtirgan nomi va faoliyat turi (ixtisosligi) toʻgʻrisidagi axborot (peshlavha) shu jumladan, firma nomi, tovar yoki xizmat koʻrsatish belgisi, tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi hamda ushbu axborot vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi. Bu bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlar-uchun-hushxabar-ozbekistonda-peshlavhani-reklamaga-tenglashtirish-rasman-to-x Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

+3
Tesla Roadster taqdim etildi: u ucha oladi va 100km/soat tezlikka 1 soniyadan kam vaqtda chiqadi Tesla kompaniyasi o'zining yangi burchakdor dizaynga ega Roadster sportkarini rasman taqdim etdi. Havodagi tryuklar uchun avtomobil tagiga o‘rnatilgan ventilyatorlar va SpaceX ishtirokida ishlab chiqilgan o‘nta gazli tezlatkich javob beradi. Ventilyatorlar hatto avtomobil joyida turganida ham uni yo‘lga 2G gacha kuch bilan bosib tura oladi. Shu bilan birga, Tesla hozircha faqat konsept modelni namoyish etdi, avtomobilni seriyali ishlab chiqarish esa 2028-yilga rejalashtirilgan. Tesla rasmiy saytida avtomobilning uchta versiyasi ko‘rsatilgan: Performance — 50 ming dollar depozit bilan; Thrust — 250 ming dollar narxda taqdim etda. Bir o‘rinli Rocket versiyasi esa havoga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘lib, faqat maxsus taklif orqali xarid qilinishi mumkin Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlar-uchun-hushxabar-ozbekistonda-peshlavhani-reklamaga-tenglashtirish-rasman-to-x Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan 1 gektar yerni auksion orqali olib berish evaziga 25 ming dollar talab qilganlikda gumonlanib ushlandi Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun ro‘yxatga olish boshlandi Ro‘yxatdan o‘tgan talabgo
Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun ro‘yxatga olish boshlandi Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida amalga oshirishlari lozim Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/biologiya-kimyo-matematika-va-fizika-fanlaridan-milliy-sertifikat-uchun-ro-yxatga-olish-bo Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

“Yandex”da uzilish: qachon o‘zimizning milliy brendimiz bo‘ladi? "O'sha kuni 3 soat ichida 3 ta mijozimdan ayrildim, bu juda qiyin-da, ertasi kuniyam umuman ishlamadik": Yandeks haydovchisi ilova ishlamay qolgan kunlardagi noqulayliklar haqida gapirdi Batafsil muxbirimiz lavhasida Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston OTBdan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun 200 mln dollar qarz oldi Dastur elektr energiyasiga talab
O‘zbekiston OTBdan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun 200 mln dollar qarz oldi Dastur elektr energiyasiga talab ortib borayotgan sharoitda O‘zbekistonning elektr taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish va ta’minot ishonchliligini oshirishga qaratilgan Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-otbdan-elektr-tarmoqlarini-modernizatsiya-qilish-uchun-200-mln-dollar-qarz-old Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Samarqand shahrida “Barnaxus” modeli asosida “Najot” bolalar markazi tashkil etiladi “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi
Samarqand shahrida “Barnaxus” modeli asosida “Najot” bolalar markazi tashkil etiladi “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 2027 yildan boshlab jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida jalb qilingan bolalarga bolalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan advokatlar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqand-shahrida-barnaxus-modeli-asosida-najot-bolalar-markazi-tashkil-etiladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Qashqadaryoning Nishon va Gʻuzor tumanlaridagi yaylovlarda sunʼiy yoʻldosh kuzatuvi yoʻlga qoʻyiladi Yaylov yerlaridan samara
Qashqadaryoning Nishon va Gʻuzor tumanlaridagi yaylovlarda sunʼiy yoʻldosh kuzatuvi yoʻlga qoʻyiladi Yaylov yerlaridan samarali foydalanish va chorvachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi Yaylov yerlari “yashil”, “sariq” va “qizil” hududlarga ajratiladi. “Yashil” hududlarda chorva mollarini o‘tlatishga ruxsat beriladi, “sariq” hududlarda majburiy tartibda almashlab o‘tlatish joriy etiladi, “qizil” hududlarda esa chorva mollarini o‘tlatishga kamida 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qashqadaryoning-nishon-va-g-uzor-tumanlaridagi-yaylovlarda-sun-iy-yo-ldosh-kuzatuvi-yo-lga Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

AQSHda 16 yoshli o‘smir maktabda otishma uyushtirib, uch o'quvchi va bir o'qituvchini o‘ldirdi Oregon shtatidagi hodisada huj
AQSHda 16 yoshli o‘smir maktabda otishma uyushtirib, uch o'quvchi va bir o'qituvchini o‘ldirdi Oregon shtatidagi hodisada hujumchi voqea joyida otib o‘ldirildi. Qurbonlar 5, 8 va 11 yoshli o‘quvchilar va bir o‘qituvchid bo'ldi Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqshda-16-yoshli-o-smir-maktabda-otishma-uyushtirib-uch-oquvchi-va-bir-oqituvchini-o-ldird Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

OTMlarda kontrakt to‘lovlarini to'lash muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga
OTMlarda kontrakt to‘lovlarini to'lash muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/otmlarda-kontrakt-to-lovlarini-tolash-muddati-1-noyabrgacha-uzaytirildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston PA rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Kotibiyati rahbari Hasan Dog‘an va Prezident Administratsiyasi Bo
O‘zbekiston PA rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Kotibiyati rahbari Hasan Dog‘an va Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Turkiyani o‘zaro bog‘lab turgan umumiy tarixi bor, tili, madaniyati, an‘analari yaqin. Ko‘p qirrali munosabatlarimiz aynan mana shunday mustahkam poydevor asosida izchil rivojlanib bormoqda", — deyiladi xabarda.
Muloqot davomida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi amaliy qadamlar muhokama qilindi va har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish jarayonini davom ettirishga kelishildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Omonov Farruh boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘r
Omonov Farruh boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Xudayberdiyev Xushnud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbos
Xudayberdiyev Xushnud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Qurbonova Aziza Abdusabitovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘in
Qurbonova Aziza Abdusabitovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Akramjon Fozilov Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatch
Akramjon Fozilov Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Oʻzbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi ya
Oʻzbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-bokuga-amaliy-tashrifini-yakunladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website