ru
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

Открыть в Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала UzReport.news

Канал UzReport.news (@uzreport_uz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 23 402 подписчиков, занимая 10 088 место в категории Новости и СМИ и 3 465 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 23 402 подписчиков.

Согласно последним данным от 09 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -280, а за последние 24 часа — -11, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 13.61%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 10.05% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 3 187 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 2 353 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 28.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 10 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Новости и СМИ.

23 402
Подписчики
-1124 часа
-1307 дней
-28030 день
Архив постов
Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi Bugun Prezident Administratsiyasi
Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Dilnoza Kattaxonovani jamoatchilik va soha vakillariga tanishtirdi.
19 milliondan ziyod ayollarimiz — bu ulkan kuch va ayni paytda katta mas’uliyat demakdir. Davlat xotin-qizlarning ehtiyoj va muammolarini qanchalik teran anglasa, har bir oilaning farovonligi shunchalik barqaror bo‘ladi. Aynan shu sababli bandlikni ta’minlash, xorijdagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalar vaqtinchalik choralar emas, balki puxta ishlab chiqilgan tizimli yondashuvni talab etadi. Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar: jazo muddatini o‘tayotgan, uyi va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ular yolg‘izlanib qolmaganlarini, davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishlari kerak. Dilnozaxon, Sizga bu yo‘lda oqilalik, qat’iyat, ishingizga omad va yurtimizdagi har bir ayolning hayotida aks etadigan ulkan natijalar tilayman, - dedi Saida Mirziyoyeva.
⚡️Yig‘ilishda xotin-qizlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilanib, yangi rahbar oldiga 5 ta asosiy vazifa qo‘yildi: ➡️Iqtisodiy faol bo‘lmagan har bir xotin-qiz bilan manzilli ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish. ➡️Xorijda mehnat qilayotgan xotin-qizlar va ularning oilalari bilan tizimli ishlash, farzandlari davlat e’tiborida bo‘lishini ta’minlash. ➡️Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan ayollarni ta’lim, kasb, psixologik va huquqiy qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatga qaytarish. ➡️Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini oladigan, xavfni barvaqt aniqlaydigan elektron tizimni joriy etish. ➡️Oilalarni mustahkamlash, ajrimlarni kamaytirish, yoshlarni nikohga tayyorlash va bepul oilaviy psixologik xizmatlarni kengaytirish. 📌 Bu vazifalar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, munosib mehnat va hayot sharoitlarini ta’minlash hamda jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Xalqaro taʼlim standartlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha yangi yondashuvlar taqdimot qilindi Prezident Shavkat Mirziyo
Xalqaro taʼlim standartlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha yangi yondashuvlar taqdimot qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etish, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, yoshlarning sifatli taʼlim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 ming nafardan 1,7 million nafarga yetdi. Joriy yilning oʻzida 643 ta texnikumning 100 tasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Xitoy va Koreya kabi davlatlarning ilgʻor kasbiy taʼlim dasturlari joriy etilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan: Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan: Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; Jahongir Odilxo‘jayevich Axmedov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi; Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahorov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etildi; boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Majitovich Axmedov, Avazxon Baxadirovich Tajixanov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Murodjon Abdullayevich Majidov, Yusufjon Kamoldinovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Yirik P2P o‘tkazmalarini nazorat qilish Konstitutsiyaga zid - Markaziy bank Kartangizga tushadigan pullar soliq idoralari tomonidan tekshirilishi haqidagi xabarlar ko‘pchilikni xavotirga solgan edi. Markaziy bank bu kabi qoidalar Konstitutsiyada belgilangan bank siri kafolatiga zid ekanini qat‘iy ma‘lum qildi. Bank siri va P2P o‘tkazmalari atrofidagi munozaralarning to‘liq tafsiloti hamda mutaxassislar fikrini videolavhamizda tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Xasan Ravshanovich Salixov O‘zbekiston Respublikasi Prezid
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Xasan Ravshanovich Salixov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Kreativ industriya parki direktori lavozimida ishlab kelgan; G‘iyosiddin Qutbiddinovich Rejabov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Vashington Eron bilan nizodagi keskinlikni kamaytirish uchun yashirin muzokaralar olib bormoqda – CNN Oq uy bosim oʻtkazish v
Vashington Eron bilan nizodagi keskinlikni kamaytirish uchun yashirin muzokaralar olib bormoqda – CNN Oq uy bosim oʻtkazish vositasi sifatida nishonlar roʻyxatini saqlab turibdi va kutilayotgan zarbalarni shu kechaning oʻzidayoq berishga tayyor, biroq ayni paytda asosiy ustuvorlik diplomatiyaga berilgan, deb maʼlum qildi nashr suhbatdoshi. CNN muxbiri Pamela Braunning maʼlumotlariga koʻra, Vashington keskinlik avj olishining oldini olish va diplomatik harakatlarga imkoniyat berish maqsadida Eronga qasddan tanaffuslar bilan zarbalar bermoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Futszyan provin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Futszyan provinsiyasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Oʻzbekiston Prezidenti ICESCO bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Oʻzbekiston Prezidenti ICESCO bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi. Oʻzbekiston va Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli instituti oʻrtasida koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Oʻzbekistonliklar 5 oyda tibbiyotga 9 trln soʻm sarfladi 2026-yil yanvar–may oylarida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasid
Oʻzbekistonliklar 5 oyda tibbiyotga 9 trln soʻm sarfladi 2026-yil yanvar–may oylarida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 9,1 trln soʻmni tashkil qildi. Milliy statistika qoʻmitasiga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 14,7 foizga oʻsgan. Qayd etilishicha, sogʻliqni saqlash xizmatlari tarkibida eng katta ulush boshqa turdagi tibbiy xizmatlarga toʻgʻri kelgan. Ular umumiy xizmatlar hajmining 63,2 foizini tashkil etgan. Shuningdek, shifoxona muassasalari xizmatlari 20 foiz, tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari esa 16,8 foizni tashkil qildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat M
Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari shayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy saʼy-harakatlariga bagʻishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobi uchun minnatdorlik bildirdi. Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning maʼnaviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi; Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Ukraina mudofaa sohasida Turkiya va Ozarbayjon bilan hamkorlikni boshladi — Zelenskiy "Men Ozarbayjonga va Turkiyaga minnatdo
Ukraina mudofaa sohasida Turkiya va Ozarbayjon bilan hamkorlikni boshladi — Zelenskiy "Men Ozarbayjonga va Turkiyaga minnatdorchilik bildirmoqchiman, biz haqiqatan ham ushbu yoʻnalishda ishlashni boshladik. Agar iloji boʻlsa, tafsilotlarsiz gaplashaylik, lekin biz yetarlicha tez harakat qilyapmiz", – deydi Zelenskiy. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

13–17-iyul kunlari Oʻzbekistonda kuchli issiq kuzatilishi mumkin “Oʻzgidromet” maʼlumotiga koʻra, 13–17-iyul kunlari mamlakat
13–17-iyul kunlari Oʻzbekistonda kuchli issiq kuzatilishi mumkin “Oʻzgidromet” maʼlumotiga koʻra, 13–17-iyul kunlari mamlakat hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib keladi. Eng issiq kunlarda havo harorati respublika boʻyicha 41–43°C, shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida esa 44–46°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Lukashenko: oʻzbek oilalarini Belarusda koʻrishni istaymiz Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida oʻzbekistonliklarni, ayniqsa oilali fuqarolarni, Belarusga kelib yashash va mehnat qilishga chaqirdi. Uning aytishicha, mamlakatda ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori boʻlib, keluvchilar uchun yashash, taʼlim va tibbiy xizmatdan foydalanish uchun sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston fuqarolarini Belarusda tashkiliy asosda ishga jalb qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim imzolandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Turistlar oqimini koʻpaytirishga xizmat qiluvchi tadbirlar tashkil qilgan tadbirkorlarga QQSning 50 foizi qaytarib beriladi N
Turistlar oqimini koʻpaytirishga xizmat qiluvchi tadbirlar tashkil qilgan tadbirkorlarga QQSning 50 foizi qaytarib beriladi   Nizom talablariga muvofiq MICE turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQS summasining 50 foizi respublika byudjeti hisobidan qaytariladi. Tadbirkorlik subyekti MICE turizm tadbiri yakunlangan kundan eʼtiboran 3 oydan kechiktirmasdan, Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qoʻmitasiga murojaat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Boj va utilizatsiya yig‘imisiz mashina importi. Katta imtiyoz ortidagi yashirin talablar Qonundagi barcha qat‘iy talablar, yashirin shartlar va pulingizni kuydirmaslik uchun bilishingiz zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni maxsus videoreportajimizda ko‘ring. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Oyatulloh Ali Xominaiyning dafn marosimi yakunlandi Payshanba kuni Eronning Mashhad shahrida uch yarim oy avval, AQSH-Isroil
Oyatulloh Ali Xominaiyning dafn marosimi yakunlandi Payshanba kuni Eronning Mashhad shahrida uch yarim oy avval, AQSH-Isroil harbiy kampaniyasining birinchi kunida oʻldirilgan oyatulloh Ali Xominaiyning dafn marosimi oʻz nihoyasiga yetdi. Oyatulloh Xominaiy bilan vidolashuv marosimlari olti kun davom etdi va Eron hamda qoʻshni Iroqning bir nechta shaharlarida boʻlib oʻtdi. Payshanba kuni tongda oliy rahbarning jasadi Mashhadga maxsus samolyotda olib kelindi. Oyatulloh Ali Xomanaiy shia musulmonlarining asosiy ziyoratgohlaridan biri, Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismi qaytariladi Nizomga ko‘ra,
O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismi qaytariladi Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish nazarda tutilgan xarajatlar summasi: 🔹 3 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz; 🔹 3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz; 🔹 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz; 🔹 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lsa – 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website