es
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

Ir al canal en Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram UzReport.news

El canal UzReport.news (@uzreport_uz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 22 226 suscriptores, ocupando la posición 10 512 en la categoría Noticias y medios y el puesto 3 561 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 22 226 suscriptores.

Según los últimos datos del 23 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -445, y en las últimas 24 horas de -4, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 8.94%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 6.91% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 1 988 visualizaciones. En el primer día suele acumular 1 536 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 38.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 24 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Noticias y medios.

22 226
Suscriptores
-424 horas
-897 días
-44530 días
Archivo de publicaciones
Boburshoh ko‘chasidagi yangi yo‘lo‘tkazgich aholiga katta qulaylik yaratdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Bo
+3
Boburshoh ko‘chasidagi yangi yo‘lo‘tkazgich aholiga katta qulaylik yaratdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi. Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi. Uning 596 metri estakada, 200 metri esa tirgak devorli yo‘l qismidan iborat. Maxsus xizmatlarning qatnov masofasi 15 kilometrdan 9,3 kilometrga qisqardi. Ortiqcha masofa hamda temir yo‘l kesishmasidagi kutishlarning bartaraf etilishi natijasida manzilga yetib borish vaqti 17 daqiqagacha kamayadi. Endilikda bemorlarni shoshilinch tibbiy yordam markaziga avvalgidan 14 daqiqa ertaroq yetkazish imkoni yaratildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Andijonda gastronomik turizm ko‘chasi tashkil etildi Ko‘chaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi. Bu yerda piyoda
+3
Andijonda gastronomik turizm ko‘chasi tashkil etildi Ko‘chaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi. Bu yerda piyodalar va velosipedlar uchun keng va xavfsiz yo‘laklar barpo etildi, zamonaviy landshaft dizayni yaratildi, favvoralar va turli yoritish vositalari o‘rnatildi. Selfi hududlari, ochiq sport maydonchalari, bolalar uchun ekomaydonchalar hamda oilaviy dam olish maskanlari tashkil qilindi. Hududdagi 35 ta savdo obyektida 30 ta tadbirkorlik subyekti 24/7 tartibda xizmat ko‘rsatadi. Loyiha doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ko‘cha kuniga 10 mingdan ziyod aholi va sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Prezident ko‘cha bo‘ylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Asaka adirlarida zamonaviy ekoturizm majmuasi barpo etildi Prezident “Yangi hayot” hududidagi 192 gektar maydonda barpo etilg
+3
Asaka adirlarida zamonaviy ekoturizm majmuasi barpo etildi Prezident “Yangi hayot” hududidagi 192 gektar maydonda barpo etilgan ekoturizm majmuasiga tashrif buyurdi. Hududda kapsula shaklidagi 4 ta zamonaviy dam olish uyi va milliy uslubdagi 5 ta oʻtov oʻrnatilgan. Oʻttiz gektar maydonda manzarali daraxtlar va archalar ekilgan. Oilaviy restoran, turli attraksionlar hamda zamonaviy tungi yoritish tizimi tashkil etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 51,8 milliard soʻmni tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi natijasida mahalliy aholi uchun 275 ta doimiy va 200 ta mavsumiy ish oʻrni yaratildi. Shuningdek, bogʻda yetishtiriladigan uzumni eksport qilish rejalashtirilgan. Joriy yil yakuniga qadar toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Uzum bogʻi” majmuasi Andijon viloyatining jozibador sayyohlik maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Ilg‘or texnologiya asosida paxta hosildorligi ikki barobar oshirilmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinko‘l”
+3
Ilg‘or texnologiya asosida paxta hosildorligi ikki barobar oshirilmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Paxtachilikda Shinjon usulining qo‘llanilishi hosildorlikni sezilarli oshirish bilan birga suv, o‘g‘it va boshqa resurslarni tejash, g‘o‘zani parvarishlash xarajatlarini kamaytirish imkonini bermoqda. Shinjon texnologiyasida chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekiladi. Bu tuproq namligi va haroratini barqaror saqlashga, chigitning erta va bir tekis unib chiqishiga xizmat qiladi. Anʼanaviy usulda bir gektar maydondan o‘rtacha 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida ushbu ko‘rsatkich 60-70 sentnerga yetadi. Plyonka ostida shakllangan qulay mikroiqlim tufayli hosilni anʼanaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun ertaroq yig‘ib olish mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Konstitutsiyaviy sud: shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas Qarorda qayd etilishicha, shaxsni 48 s
Konstitutsiyaviy sud: shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas Qarorda qayd etilishicha, shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish masalasida prokurorni xabardor qilish yoki prokuror sanksiyasi sud qarorining o‘rnini bosa olmaydi Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/konstitutsiyaviy-sud-shaxsni-sud-qarorisiz-48-soatdan-ortiq-ushlab-turish-mumkin-emas Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O'zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish va ularni tekshirish tartibi belgilan
O'zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish va ularni tekshirish tartibi belgilandi Yangi nizomga ko‘ra, tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanish holatlari tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekistonda-mehnat-faoliyati-bilan-bog-liq-baxtsiz-hodisalar-to-g-risida-xabar-berish-va- Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

“Sokin savdo servis” klasterida 10 million dollarlik yangi loyihalar amalga oshiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon v
+3
“Sokin savdo servis” klasterida 10 million dollarlik yangi loyihalar amalga oshiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Baliqchi tumanidagi “Sokin savdo servis” parrandachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Loyihaning umumiy qiymati 29 million dollarni tashkil etadi. Klasterda 417 nafar kishi mehnat qilmoqda. Ayni paytda majmuada 1,5 million dona broyler tovug‘i parvarishlanmoqda. Yiliga 8,2 million dona broyler boqish va 20,6 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish imkoniyati mavjud. Faoliyati to‘xtab qolgan yoki moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan parrandachilik xo‘jaliklarini klaster bilan yagona kooperatsiya tizimiga birlashtirish taklif etilmoqda. Ushbu tashabbus 350-400 ta ish o‘rnini qayta tiklash va qo‘shimcha 1,7 million dona parranda yetishtirish imkonini beradi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi O‘zbekiston Markaziy banki S
Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/markaziy-bank-shaxmat-olimpiadasiga-bag-ishlangan-oltin-va-kumush-tangalarni-muomalaga-chi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Baliqchida yoshlar uchun sunʼiy intellekt markazi tashkil etildi Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt mark
+3
Baliqchida yoshlar uchun sunʼiy intellekt markazi tashkil etildi Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyurib, yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi. “Akademiya IT Star” korxonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu markaz Prezidentning 2024-yil 26-fevraldagi raqamlashtirish sohasida xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qarori asosida barpo etilgan. Muassasa imkoniyatlaridan mahalliy tadbirkorlar ham samarali foydalanmoqda. Ularga sunʼiy intellekt asosida biznesni rivojlantirish bo‘yicha maslahat va AT xizmatlari ko‘rsatiladi. Shu kunga qadar 500 dan ortiq tadbirkorlik subyektiga jami 8,5 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan. Bugungi kunda viloyatdagi 65 mingta tadbirkorlik subyekti uchun SMM-menejer, mobilograf, grafik dizayner, marketolog, maʼlumotlar tahlilchisi va sunʼiy intellekt mutaxassislariga ehtiyoj 129 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda. Markazdagi taʼlim dasturlari ana shu talabdan kelib chiqib shakllantirilgan. Davlat rahbari yoshlar yaratgan startaplar bilan yaqindan tanishib, ularning bilim va intellektual salohiyatiga yuqori baho berdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Intensiv texnologiyalar baliqchilik samaradorligini oshirmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “Chinobod rea
+3
Intensiv texnologiyalar baliqchilik samaradorligini oshirmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “Chinobod real biznes” korxonasining baliq yetishtirish loyihasi bilan tanishdi. Mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va unga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanib, kichik maydonlarda intensiv usulda yuqori hosil olish muhim ahamiyatga ega. “Chinobod real biznes” korxonasida ana shunday zamonaviy tizim yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha davlatimiz rahbarining joriy yil 2-iyuldagi baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid farmoni asosida amalga oshirilgan. Korxona vodiydagi baliqchilik xo‘jaliklarining forel chavog‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Ikki gektar maydondagi zamonaviy majmuada yiliga 200 tonna baliq go‘shti va 2,5 million dona baliq chavog‘i yetishtiriladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 50 milliard so‘mni tashkil etadi. Korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji quyosh panellari hisobidan to‘liq qoplanadi. Baliq yetishtiriladigan hovuzlardan chiqqan fosfor, ammiak va kalsiy kabi tabiiy moddalarga boy suv ham isrof qilinmay, ekinlarni sug‘orishga yo‘naltiriladi. Shu tariqa majmuada resurslardan qayta foydalanishning yaxlit tizimi yaratilgan. Korxona Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga yiliga 2 million dona forel chavog‘i eksport qiladi. Yillik eksport hajmi 2 million dollar, budjetga tushum esa 5 milliard so‘mni tashkil etadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “LB Sport” k
+3
Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. “LB Sport” sport anjomlari ishlab chiqaruvchi yetakchi mahalliy korxonalardan biridir. Korxona 20 dan ortiq sport federatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 25 milliard so‘m bo‘lib, to‘liq tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqariladi. Yiliga 500 ming dona, umumiy qiymati 75 milliard so‘m bo‘lgan sport anjomlari tayyorlanadi. Prezident ishlab chiqarish jarayoni va tayyor mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Toshkentda ushlangan transportlarni jarima maydonchalariga olib borish tartibi belgilandi Ushlangan transport vositasini ushl
Toshkentda ushlangan transportlarni jarima maydonchalariga olib borish tartibi belgilandi Ushlangan transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgandan keyin jarima maydonchasidan olib chiqishga “Jarima maydonchasi” moduli orqali ruxsat beriladi Yangi nizom 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ushlangan-transportlarni-jarima-maydonchalariga-olib-borish-tartibi-belgilandi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Oltinkoʻlda charm-poyabzal sanoatining toʻliq ishlab chiqarish zanjiri yaratilmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon vilo
+3
Oltinkoʻlda charm-poyabzal sanoatining toʻliq ishlab chiqarish zanjiri yaratilmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Oltinkoʻl tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Oltinkoʻl tumanidagi kichik sanoat zonasi vodiydagi charm mahsulotlari va tayyor poyabzal ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, kosiblar hamda klasterlarni birlashtiruvchi yagona sanoat majmuasidir. Bu yerda xomashyoni qayta ishlashdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotishgacha boʻlgan toʻliq zanjir shakllantirilmoqda. Majmuaning umumiy maydoni 10,1 gektar, loyihalar qiymati esa 28 million dollarni tashkil etadi. Hududning 5,5 gektarida zamonaviy ishlab chiqarish binolari, dual taʼlim markazi va savdo shoxobchalari barpo etilgan. Davlat rahbari majmuada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini koʻzdan kechirib, loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va eksport salohiyatiga alohida eʼtibor qaratdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Andijonning Xoʻjaobodida suv sarfini aniq nazorat qiluvchi “aqlli” hisoblagichlar ishlab chiqarilmoqda Shavkat Mirziyoyev Xoʻ
Andijonning Xoʻjaobodida suv sarfini aniq nazorat qiluvchi “aqlli” hisoblagichlar ishlab chiqarilmoqda Shavkat Mirziyoyev Xoʻjaobod tumanidagi texnoparkda boʻlib, “aqlli” suv hisoblagichlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/andijonning-xo-jaobodida-suv-sarfini-aniq-nazorat-qiluvchi-aqlli-hisoblagichlar-ishlab-chi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Ucell va Huawei ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida yangi 5G FWA yechimini taqdim etadi ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazma
Ucell va Huawei ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida yangi 5G FWA yechimini taqdim etadi ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida Huawei va Ucell O‘zbekiston iste’molchilari va korxonalari uchun yangi 5G FWA (statsionar simsiz ulanish) yechimini birgalikda ishga tushirganini e’lon qildi Batafsil 👉 https://uzreport.news/technology/ucell-va-huawei-ict-week-uzbekistan-2026-ko-rgazmasida-yangi-5g-fwa-yechimini-taqdim-etadi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan tanishdi T
+2
Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan tanishdi Toʻrt gektar maydonda 5 ming nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy oʻquv binosi qurib bitkazildi. Keyingi bosqichda yotoqxona, laboratoriya binosi, sport maydonchasi, oshxona va yashil hudud barpo qilinadi Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-andijon-tumanidagi-ipak-yo-li-sanoat-zonasi-hududida-tashkil-etilgan-te Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Hukumati yurt qahramoni Parda Ziyatov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi Butun hayoti va faoliyatini qis
O‘zbekiston Hukumati yurt qahramoni Parda Ziyatov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi Butun hayoti va faoliyatini qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov bugun 79 yoshida vafot etdi Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-hukumati-yurt-qahramoni-parda-ziyatov-vafoti-munosabati-bilan-hamdardlik-bildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Huawei asosiy innovatsiyalarini ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida namoyish etadi Huawei kompaniyasi 22–25-sentabr kunlar
Huawei asosiy innovatsiyalarini ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida namoyish etadi Huawei kompaniyasi 22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston AKT sohasining muhim tadbirlaridan biri — ICT Week Uzbekistan 2026da ishtirok etmoqda Batafsil 👉 https://uzreport.news/technology/ucell-va-huawei-ict-week-uzbekistan-2026-ko-rgazmasida-yangi-5g-fwa-yechimini-taqdim-etadi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Darya Latisheva uch karra Osiyo o’yinlari sovrindoriga aylandi Nagoyada o’tayotgan Osiyo o’yinlarida sportning ushu turi bo’yicha ham bellashuvlar davom ettirildi. Darya Latisheva Osiyo o’yinlarida qatorasiga uchinchi bor sovrinli o’rinni qo’lga kiritdi va bu sport turida o’zining tajriba va mahoratini yana bir bor ko’rsatdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Prezident Andijonda $2,3 mlrdlik 98 ta loyihani ishga tushirdi, $7,3 mrdlik 108 ta qurilishga start berdi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Andijonda $2,3 mlrdlik 98 ta loyihani ishga tushirdi, $7,3 mrdlik 108 ta qurilishga start berdi Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish va ularning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-andijonda-2-3-mlrdlik-98-ta-loyihani-ishga-tushirdi-7-3-mrdlik-108-ta-qurilishga Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

UzReport.news - Estadísticas y analítica del canal de Telegram @uzreport_uz