ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

UzReport.news

UzReport.news

الذهاب إلى القناة على Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام UzReport.news

تُعد قناة UzReport.news (@uzreport_uz) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 21 902 مشتركاً، محتلاً المرتبة 10 700 في فئة الأخبار والوسائط والمرتبة 3 662 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 21 902 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 15 أكتوبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -408، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -19، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: موثّقة (مؤكدة رسمياً من تيليجرام)
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 8.60‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 7.55‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 1 886 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 1 655 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 28.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 16 أكتوبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الأخبار والوسائط.

21 902
المشتركون
-1924 ساعات
-997 أيام
-40830 أيام
أرشيف المشاركات
Davlat rahbari “Voltamp Energy” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investo
+2
Davlat rahbari “Voltamp Energy” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashish uchun yurtimizga tashrif buyurgan O‘monning “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Ayman al-Busaydiyni qabul qildi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, quyosh elektr stansiyalarini barpo etish va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi energetika loyihalarining istiqbollari muhokama qilindi Davlat rahbari Yoqilg‘
+2
Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi energetika loyihalarining istiqbollari muhokama qilindi Davlat rahbari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari – “CAMCE”, “China Energy” va “Sinoma Energy” rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash, chiqindini qayta ishlash va suv taʼminoti sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy kompaniyalarining Andijon viloyatida logistika xabini tashkil etish, agrovoltaikani rivojlantirish hamda neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Prezident “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar ken
+2
Prezident “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Turkiyaning "Aksa Enerji" kompaniyasining direktorlar kengashi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi. Suhbat davomida kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan uning O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va texnologik modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan bo‘lajak tadbirlar kun tartibini muhokama qildi Davlat rahbari 16-
+2
Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan bo‘lajak tadbirlar kun tartibini muhokama qildi Davlat rahbari 16-oktabr kuni AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi. O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi, “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda O‘zbekiston – Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bo‘lajak tadbirlarni mazmunan boyitish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi bildirildi. Qisqa vaqt ichida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishning samarali mexanizmiga aylangan ishbilarmonlik kengashining ahamiyati ortib borayotgani alohida taʼkidlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Shavkat Mirziyoyev BAA investorlarini qabul qildi Prezident Toshkent shahrida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar ke
+2
Shavkat Mirziyoyev BAA investorlarini qabul qildi Prezident Toshkent shahrida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiy va “AMEA Power” raisi Husayn Al Novays ishtirok etdi. Muloqot chog‘ida Amirliklar bilan strategik sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 40 foizga o‘sdi. Yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Suhbat yakunida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, tarmoqlar va sanoat kooperatsiyasi, turizm va xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni jadallashtirish hamda kengaytirishga kelishib olindi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Prezident “SOCAR” va “British Petroleum” kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarning borishini muhokama qildi Shavkat Mir
+2
Prezident “SOCAR” va “British Petroleum” kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarning borishini muhokama qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi rahbari Rovshan Najaf va “British Petroleum” kompaniyasining katta vitse-prezidenti Jovanni Kristofolini qabul qildi. Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha navbatdagi amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyasi ushbu yirik loyihaga qo‘shilgani yuqori baholandi. Neft-gaz sohasida yangi loyihalarni ilgari surish, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berish va sotish tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish muhimligi taʼkidlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekiston Prezidenti “Cengiz Holding” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi
+2
O‘zbekiston Prezidenti “Cengiz Holding” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashi doirasida “Cengiz Holding” boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi. Davlat rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi oshib, yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. “Cengiz Holding” bilan muloqot davomida energetika, geologiya va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarini barpo etish hamda elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Saudiya Arabistoni ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi Prezident Yoqilg‘i-energetika tarm
+2
Saudiya Arabistoni ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi Prezident Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muloqot davomida amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish va ustuvor qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yana-da yuqori bosqichga ko‘tarishga tayyor ekanini qayd etishdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Davlat rahbari yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan muloqot oʻtkazdi 2
Davlat rahbari yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan muloqot oʻtkazdi 2030-yilgacha 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/davlat-rahbari-yoqilg-i-energetika-tarmog-idagi-islohotlarni-jadallashtirish-yuzasidan-sar Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Yuksak hurmat va qardoshlik rishtalari aks etgan lahzalar: Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Turkiyaga tashrifidan eksklyuziv video e’lon qilindi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Kecha 15-oktabr kuni Toshkent shahar jamoat transportida 1 410 444 nafar yo‘lovchi tashildi. Shundan 1 054 nafar yo'lovchi yo
Kecha 15-oktabr kuni Toshkent shahar jamoat transportida 1 410 444 nafar yo‘lovchi tashildi. Shundan 1 054 nafar yo'lovchi yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan 2025-yilning shu kunida esa 1 307 918 nafar yo‘lovchi tashilgan, yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun 299 nafar yo'lovchi ma'muriy javobgarlikka tortilgan. O'tgan yilning mos kuniga nisbatan: Tashilgan yo‘lovchilar soni 102 526 nafarga yoki 7,8 foizga oshgan. Yo'l haqini to'lamaganlik uchun ma'muriy javobgarlik 755 taga yoki 252,5 foizga oshgan.
"Jamoat transportidan foydalanishda yo‘l haqini o‘z vaqtida, ya’ni avtobusga chiqishingiz bilanoq to‘lashingiz lozim. To‘lovni kechiktirmang va belgilangan tartibga rioya qiling",-deydi Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Tabiatga 600 mln so'mlik zarar: Toshkentda noqonuniy ravishda darxtlar kesib tashlandi Uchtepa tumani, “Qo‘rg‘ontepa” MFYda 3
Tabiatga 600 mln so'mlik zarar: Toshkentda noqonuniy ravishda darxtlar kesib tashlandi Uchtepa tumani, “Qo‘rg‘ontepa” MFYda 346- va 340-sonli davlat bog'chalari oralig‘idagi hududda noqonuniy ravishda daraxtlar kesib tashlangani aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirildi. Aniqlangan holat natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori amaldagi qonunchilik talablari asosida 599 million 720 ming so‘m etib hisoblandi Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tabiatga-600-mln-somlik-zarar-toshkentda-noqonuniy-ravishda-darxtlar-kesib-tashlandi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

17-18-oktabr: Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo kuzatiladi Tog‘li hududlarda 17−18-oktabrda ayrim tog‘oldi va tog‘li hu
17-18-oktabr: Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo kuzatiladi Tog‘li hududlarda 17−18-oktabrda ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/17-18-oktabr-dam-olish-kunlari-quruq-va-iliq-ob-havo-kuzatiladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi xalqaro dastur joriy etiladi Loyihaning
O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi xalqaro dastur joriy etiladi Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali insultning dastlabki belgilarini tanish, o‘z salomatligi va yaqinlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda shoshilinch vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-ilk-bor-maktab-o-quvchilariga-insult-belgilarini-aniqlashni-o-rgatuvchi-xalq Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmog‘i sifatida qaramayapmiz. Bu – o‘z kelajagimiz va farovonligimizning m
– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmog‘i sifatida qaramayapmiz. Bu – o‘z kelajagimiz va farovonligimizning mustahkam tayanchi. Bizga quruq sarmoya emas, qalban bog‘langan o‘zaro ishonch va chin sheriklik kerak. Bugungi muloqotimizning bosh mazmuni ham shunda. Har bir yangi loyiha hududlarimizdagi chinakam o‘zgarish, odamlarimizning o‘z hayoti, o‘z ishi va o‘z taraqqiyoti uchun mustahkam zamin degani. Shu bois, hamkorligimizdagi bosh tamoyil bitta: sizning investitsiyangiz mamlakatimiz taraqqiyotiga qanchalik nur olib kirsa, yurtimizdagi yuksalish sizning o‘z muvaffaqiyatingizga shunchalik keng yo‘l ochadi. Chin ma’nodagi sheriklik bu – o‘zaro ishonch, o‘zaro mas’uliyat va o‘zaro manfaatdir,– dedi Prezident.
Davlat rahbari investorlarning asosli takliflarini eshitish, muammolarini hal qilish va yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shundan so‘ng sarmoyadorlar bilan bevosita muloqot qilindi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

⚡️Yoqilg‘i-energetika sohasidagi Investorlar kengashiga Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish va investorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Investorlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Yangi kengash yer ajratishdan tortib, elektr tarmoqlariga ulanish, texnik shartlarni olish va obyektlarni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarda investorlar duch kelayotgan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi. Bu tashabbus energetika loyihalaridagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, hamkorlikni yaxshilash va investitsiyalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini oladi O‘zbekistonda energetika sohasi
⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini oladi O‘zbekistonda energetika sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash kengaytiriladi. Kelgusi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Shuningdek, dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa investorlarni ham xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashga jalb etish, jumladan, texnikumlarni boshqarishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

▶️Xorijiy investorlar uchun 128 ta yangi neft-gaz bloki tayyorlandi O‘zbekistonda neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari
▶️Xorijiy investorlar uchun 128 ta yangi neft-gaz bloki tayyorlandi O‘zbekistonda neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va yangi konlarni o‘zlashtirish uchun xorijiy hamkorlarga taklif etiladigan 128 ta investitsiya bloki tayyorlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu hududlarda 5,8 trillion kub metr gaz va 560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari mavjud. Ayni paytda Ozarbayjonning “SOCAR” va Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyalari bilan Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Yangi loyihalarni o‘zlashtirishda raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon bo‘lishi belgilangan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8
👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasini qurishda qariyb 200 million dollarlik mahalliy mahsulotlardan foydalandi. O‘tgan yili energetika sohasidagi investitsiya loyihalarida mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘rsatkichni 3–4 barobar oshirish mumkinligini ta’kidladi. Ayni paytda yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari va shamol generatorlari qismlarini mahalliylashtirish bo‘yicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan. Shuningdek, Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

“Barcha elektr stansiya, tarmoq va saqlash tizimlari bir tanadek ishlashi zarur” — Shavkat Mirziyoyev Prezident milliardlab dollarga elektr stansiyalari qurilsa-da, elektrni iste’molchiga yetkazib berish tizimi yetarli bo‘lmasa, ular kutilgan natijani bermasligini ta’kidladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

UzReport.news - إحصائيات وتحليلات قناة تيليجرام @uzreport_uz