cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Sherzod Shermatov

Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov Instagram: https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov Telefon: +998 71 2384107

Більше
Рекламні дописи
8 410
Підписники
-724 години
-217 днів
-8030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

02:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
El-yurt umidi jamg‘armasining 500 ta grantiga 25 iyulgacha online hujjat topshiring! Juda kam vaqt qoldi! Dunyoning TOP-300 talikdagi universitetlariga qabul qilingan bo‘lsangiz va xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha grant kerak bo‘lsa, ushbu 500 ta grant imkoniyatlaridan albatta foydalaning. (parallel ravishda xorijdagi universitet grantiga ham harakat qilaverish kerak, El yurt umidi jamg'armasiga qancha xarajatni kamaytirsak shuncha boshqa yoshlarimizni qo'llashga imkoniyat kengayadi) Ayniqsa Magistratura va Doktoranturada grant yutib olish imkoniyatingiz juda yuqori, chunki hujjat topshirganlar unchalik ko‘p emasligini online statistikadan ko‘rishingiz mumkin. Sohamiz bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan barcha Oliy ta’lim muassasalarimiz rahbarlari ushbu imkoniyatlarni o‘zlarining professor-o‘qituvchilariga yetkazishsa juda foydali bo‘lar edi. http://admission.eyuf.uz Batafsil: https://t.me/elyurtumidifoundation/10933 Yuqoriroq sifatdagi video: https://www.facebook.com/watch/?v=451666327636729 https://www.instagram.com/p/C9FK5qatOnh/
Показати все...
ElYurt.mp421.95 MB
00:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Yoshlarimizga o'zlari va oilalarini baxtli qilish hamda yurtimiz obro’sini ko’tarish boy’icha barcha yuqori maqsadlariga erishishlarini tilaymiz! Zero, Prezidentimiz tomonlaridan yoshlarimizga o’z salohiyatlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatlari tizimli ravishda kengaytirib borilmoqda. Yoshlarimizdan faqat yaxshi niyat qilib, vaqtdan unumli foydalanib, Jahon bozorida raqobatbardosh bo’lish uchun xorijiy tillarni va zamonaviy kasblarni o’rganib borishlari kerak bo’ladi.
Показати все...
4.14 MB
00:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
4.59 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz kaliti bu ta’lim olishdagi tirishqoqlikdir! Yaxshi niyat bilan boshlangan ta’limni tashlab qo‘ymang, oxiriga yetkazing! Prezidentimiz har qanday yig‘ilishda xoh u Xalqaro Investitsiya Forumi bo‘lsin, xoh Ichki ishlar jamoat xavfsizligi bo‘linmasiga tashrif bo‘lsin doim ta’limning muhimligini ta’kidlab keladilar. Ta’lim olishda boyroq oilada tug‘ilgan yoki tabiiy o‘zlashtirish qobiliyati yaxshiroq boladan ham ko‘ra aynan tirishqoq va o‘z maqsadi sari og‘ishmay harakat qiladigan insonlar muvaffaqiyatga yaxshiroq erishishini olimlar aniqlashgan. (Shu mavzuda yaxshi TED Talk bor: https://youtu.be/H14bBuluwB8 ) IT ta’lim rezidentlarimiz ochiq suhbatda eng katta muammolardan biri aynan shu - ko‘pchilik yoshlarimiz boshlagan darslarini oxiriga yetkazmay tashlab ketishini ta'kidlashmoqda. Yoki bepul onlayn Ingliz tilini o‘rganish uchun juda zo‘r loyiha qilingan: Ibrat farzandlari https://youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyI9KGsZ2TfeVccRv9zqP0gl , boshidagi roliklarni yoshlarimiz yaxshi niyat bilan milliondan ortiq marta ko‘rib Ingliz tilini o‘rganishni boshlagan, lekin 25-darsgacha zo‘rg‘a 50 mingtachasi borgan, 100-darslarga esa 10 mingtacha borgan xolos. Aynan o‘sha tirishqoqlik bilan harakat qilayotgan yoshlarimiz IELTSdan ham yuqori ball olishyapti va kelgusida yaxshiroq daromad topishmoqda. Ular bilan boshida boshlagan, lekin oxiriga yetkazmay tashlab qo‘ygan millionta boshqa yoshlarning farqi faqat shu ularda tirishqoqlikni yetishmasligi. Ularni interneti va vaqti bo‘lsa ham boshqa bekorchi narsalarga chalg‘ib, o‘qishini davom ettirishga harakat qilmayapti. Shuning uchun yozda ham internetdagi vaqtingizni bekorga sarflamay, chet tilini va kelgusida foydali ko‘nikmalarni o‘rganing. Faqat tirishqoqlik bilan belgilab olgan maqsadlaringizga erishishingiz mumkin, aks holda u faqat orzu bo‘lib qolaveradi…
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Tekin muzqaymoq yoki o‘yinchoqdan asl narhi ming baravar qimmat ta’limni BEPUL O‘QIB, YUQORI DAROMADLI ISHGA EGA BO‘LING! Qaniydi asl narhi ancha qimmat, lekin aholi uchun bepul ta’limga ham odamlarimiz arzimagan pulga olsa bo'ladigan tekin muzqaymoq yoki o‘yinchoqqa qiziqqandek yopirilishganida edi, yoshlarimiz kelajagi yanada yorqin bo’lardi. Endi School21da TEKINga nafaqat Samarqandda, balki Toshkentda ham o‘qishingiz mumkin bo’ladi. Marhamat online hujjat topshiring va harakat qiling: https://t.me/skd21school/166 https://21-school.uz/ Kelajakda yuqoriroq daromad topish uchun yozda quyidagi imkoniyatlardan TEKINGA foydalaning: - Ingliz va boshqa chet tillarini TEKINGA Ibrat Farzandlari loyihasi orqali o‘rganing: https://t.me/ibratfarzandlari - Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimiz esa IT sertifikatini TEKINGA olishlari mumkin (o‘qish va sertifikat olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi): https://t.me/shshermatov/553 - ITni TEKINGA o‘qishning boshqa imkoniyatlari ham bor: https://t.me/shshermatov/574 https://code.org/ https://www.khanacademy.org/ - Linkedinda profil yaratib yarim milliondan ortiq masofadan ishlash mumkin bo‘lgan vakansiyalarga topshiring: https://t.me/shshermatov/552 - yoki IT Park residentlariga ishga kiring: https://t.me/itmarket_uz
Показати все...
00:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
12.69 MB
01:32
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Register for ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 at https://ictweek.uz/eng Scheduled to take place from September 17 to 20, Uzbekistan's largest information and communication technology event, ICTWEEK UZBEKISTAN, has been held for 20 years, offering participants the opportunity to showcase modern technologies and innovations as well as exchange experiences. • What will ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 offer you? • The largest platform for IT services, startups, outsourcing, and investment; • 10 major forums and summits covering topics such as venture programs, outsourcing and BPO, e-commerce, artificial intelligence, IT solution providers, digitalization and public services, IT investment opportunities, public-private partnerships, gender equality in ICT, education, and strengthening business cooperation in the ICT sector; • ICT Expo exhibition — Interact with major foreign and export-oriented local IT companies, FinTech, gaming and robotics industries, telecommunications sector representatives, educational companies, electronics, software, technical services, and many other companies; • Number of participants – 200+; • Expected visitors – 20,000+; • Format – B2B, B2C, B2G, G2C; • National pavilions of foreign countries. 🤝 Why should international IT companies attend ICTWEEK? • Stable economic growth, GDP – 6.5% • Population – 37 million • Average age of youth – 29 years • 5 million English speakers • Government incentives – Tax benefits for companies operating in the IT sector • Promising IT talents – 100,000+ 🤝 We are pleased to see you and your partners among the participants of the week-long event, expected to be one of the largest IT events in Central Asia.
Показати все...
29.47 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Экспорт энг асосий устувор вазифа! Янги Ўзбекистон даврида энг катта ютуқларимиздан бири бу эркин конвертация киритилганлиги, экспорт тушумлари айнан шу ютуқни мустаҳкамлашга хизмат қилади ва ёшларимизга қўшимча даромад келтиради. Шунинг учун ҳам йил бошида IT Park резидентлари ўз эътиборларини асосан экспортни оширишга йўналтириши зарурлиги ҳақида айтган эдик. Энди ушбу режамизни расмий ҳужжати ҳам Вазирлар Маҳкамаси қарори кўринишида қабул қилинди (303-сон, 29.05.2024 й.). IT Parkнинг йирик резидент компанияларига, яъни йиллик даромади 100 млрд сўмдан ошадиганларига, шу йилнинг 1 октябридан бошлаб экспорти умумий даромадининг камида 10 фоизини, 01.01.2026 йилдан камида 20 фоизини, 01.01.2027 йилдан камида 35 фоизини ташкил этиши керак. Шунда улар бемалол имтиёзлардан фойдаланиб, қўшимча юқори маошли ишчи ўринлар яратиб юраверадилар. Агар катта резидентлар экспортга ҳаракат қилмаса унда бошқа кичик резидентларни экспортини оширишга қаратилган ташаббусларга ёрдам бериш учун уларнинг ўтказмалари 1 фоизга кўпаяди. Президентимиз ўтган йил якунидаги IT Park мажмуасига ташриф давомида камида 50 % экспортга эга компаниялар учун 2028 йилдан кейин ҳам имтиёзларни узайтиришга рози бўлгандилар. 2028 йилга ҳам қисқа муддат қолди, шунинг учун 2040 йилгача шундай шароитни сақланишини хохласак, босқичма-босқич экспортни ошириб бориш устида тинмай биргаликда ҳаракат қилишимиз зарур. Катта IT Park резидентларини келаётган шанба куни 12:30да шу масалада батафсил фикрлашиб олиш учун таклиф этамиз. IT Park учрашув жойи бўйича қўшимча яна боғланади йирик резидентлар билан. 100 млрд сўмгача даромадга эга кичик компанияларга, стартапларга бу ўзгаришлар таъсир қилмасада, улар ҳам агар йирик компания бўлиш ниятида бўлсалар, албатта дунё бозорига ўз хизматлари ва продуктларини чиқаришлари зарурлигини инобатга олишлари керак бўлади.
Показати все...
Qadrli bitiruvchilarimizga texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda o’zlarining munosib o’rinlarini topishlari uchun yuqori maqsadlar qo’yib doim o’rganishdan va izlanishdan to’xtamasliklarini tilaymiz. Eng qadrli va hamma uchun birdek taqsimlangan resurs bu vaqt. Undan unumli foydalanib, ko’proq o’z ustingizda ishlab chet tillari, masofaviy xizmat ko’rsatish mumkin bo’lgan kasblarni o’rganib, xalqaro sertifikatlarni olsangiz kelajakda muvaffaqiyatga erishishingiz imkoniyati oshadi. Vaqtingizni bekorga va befoyda narsalarga sarflash bilan cheklansangiz, kelgusida pushaymon bo’lishingiz mumkin. Yaxshi niyat bilan harakat qilinsa albatta natija bo’ladi va buning uchun barcha sharoitlar bor.
Показати все...
05:35
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Давлатимиз Раҳбарининг Ўзбекистонни АйТи хабга айлантириш бўйича ғояларини амалга ошириш чораларини 2017 йилда муҳокама қилганимизда, хатто соҳамиз мутахассисларининг анчагинаси жуда скептик қараб ишонишмаганди. Мана кўз тегмасин, белгилаб берилган ушбу мақсадларнинг натижасини ҳозирги кунда жуда кўпчилик чет эллик компаниялар кўриб, мамлакатимизда ўз офисларини очган холда ёшларимиз учун юқори даромадли ишчи ўринлари яратмоқдалар. Ёшларимиз ўз оиласи билан ўз юртида юқори даромад топишлари учун эса интернетда вақтларини бекорга сарфламай, ундан унумли фойдаланиб, чет тилларини ва масофадан хизмат кўрсатиш мумкин бўлган касбларни кўпроқ ўрганиб, Linkedin каби иш топишга ёрдам берадиган платформаларда ўз портфолиоларини ошириб боришлари керак бўлади. Шунинг учун доим юқори мақсад қўйиб, яхши ният қилиб ҳаракатда бўлишни ўрганишимиз керак, зеро доно халқимиз айтганидек “ҳикмат излаганга ҳикматдир дунё, иллат излаганга иллатдир дунё!https://www.linkedin.com/in/sherzod-shermatov/ https://www.facebook.com/watch/?v=419324944231394
Показати все...
25_x264.mp424.48 MB
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.