Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Відкрити в Telegram
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali https://t.me/ShDPIuz Sayt http://shdpi.uz/uz Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/V8crZuSmr3DZ2wWn8
Показати більше9 268
Підписники
+2424 години
+7137 днів
+1 45830 днів
Архів дописів
Repost from Edu.uz
“Kelajak soati” darsida navbatdagi mavzu: Inson kapitali nima va nega u muhim?
Dars ssenariysi
Dars taqdimoti
1-kontent: Inson kapitalini rivojlantirish yo‘lidagi qadamlar
2-kontent: Talabalar oʻz inson kapitalini kuchaytirish uchun nimalar qilmoqda?
3-kontent: Diplom yoki ko‘nikmalar – Ish beruvchilar uchun qay biri muhim?
4-kontent: 14 soatlik bepul imkoniyat: Toshkentdagi Kreativ park bilan tanishamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+5
#1_kurs_maktabi
🇺🇿“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularda ona Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va daxldorlik hissini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Unda Vatanga muhabbat, xalq birligi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, shuningdek, yoshlarning yurt taraqqiyotidagi faol ishtiroki haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan Vatan, tinchlik va xalq birligi madh etilgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+9
#1_kurs_maktabi
“Tanishtiruv haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “1-kurs maktabi” tadbirlari doirasida 1-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, Pedagogika fakultetining kechki ta’lim shaklidagi Boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika va Maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarining 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Hasanova hamda Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U. G‘oyimov ishtirok etdi. “Mustaqillik darsi” davomida talabalarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangilanishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birgalikda, Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari D.Xo‘jaqulova, M.Muradova tomonidan 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etilib, mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot va yoshlar oldidagi imkoniyatlar xususida ma’ruza qilindi.
Shuningdek, Texnologik ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Texnologik ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 1-26-guruh talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirlar davomida talabalarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik ne’matlarini qadrlash va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari, talabalik mas’uliyati hamda institut hayotida faol ishtirok etish yuzasidan zarur tushunchalar berildi. Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+9
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿 🇯🇵 😁 Yaponiyaning Hokkaido universiteti delegatsiyasi Shahrisabz davlat pedagogika institutida
Shahrisabz davlat pedagogika instituti — xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv sari dadil qadamlar bilan!
Bugun, 12-sentabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutiga Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Hokkaido universiteti Ta’lim fakulteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institut faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim sohasida tajriba almashish, akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+9
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿 🇯🇵 😁 Yaponiyaning Hokkaido universiteti delegatsiyasi Shahrisabz davlat pedagogika institutida
Bugun,12-sentabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutiga Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Hokkaido universiteti Ta’lim fakulteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
QS World University Rankings 2027 reytingida dunyoning 179-eng yaxshi universiteti sifatida qayd etilgan Hokkaido universiteti delegatsiyasining tashrifi Shahrisabz davlat pedagogika instituti uchun muhim xalqaro akademik voqealardan biri bo‘ldi.
Delegatsiya tarkibidan Hokkaido universiteti Ta’lim fakulteti professori Hironobu Shirozu, ilmiy tadqiqotchi Ulzii Nagamori, shuningdek, bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabalar hamda yosh mutaxassislar o‘rin olgan.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimot
Oliy taʼlim tarixi muzeyi: kecha, bugun va kelajak bir makonda
Prezident Shavkat Mirziyoev tashrifi davomida Oliy taʼlim tarixi muzeyi ekspozitsiyasi bilan ham tanishdi.
Muzeyda yurtimizda oliy taʼlim tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari aks ettirilgan. Ekspozitsiya Turkiston xalq universitetidan boshlanib, mustaqillik yillaridagi taʼlim tizimi hamda soʻnggi oʻn yillikda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlarni qamrab olgan.
Muzeydagi raqamlar oliy taʼlim tizimida soʻnggi yillarda yuz bergan oʻzgarishlar koʻlamini yaqqol koʻrsatadi. Jumladan, 1991-yilda mamlakatimizda 52 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan boʻlsa, 2016-yilga kelib ularning soni 70 taga yetgan. Bugungi kunda esa yurtimizda 205 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218402 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+6
#1_kurs_maktabi
#Tanishtiruv_haftaligi
#xotin_qizlar_kengashi
Xotin-qizlarni zo’ravonlik va tazyiqdan asrash masalasining dolzarbligi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Pulatova tomonidan “Xotin-qizlarni zo‘ravonlik va tazyiqdan asrash masalasining dolzarbligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik va tazyiqlardan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish hamda bunday holatlarga befarq bo‘lmaslik masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga zo‘ravonlikka duch kelgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishning muhim jihatlari tushuntirildi.
Zo‘ravonlikka qarshi kurashish — barchamizning umumiy vazifamiz.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#1_kurs_maktabi
#Tanishtiruv_haftaligi
#xotin_qizlar_kengashi
Xotin-qizlarni zo’ravonlik va tazyiqdan asrash masalasining dolzarbligi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Xotin-qizlarni zo‘ravonlik va tazyiqdan asrash masalasining dolzarbligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimot
Prezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.
Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218393
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦 “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining test ishlash jarayoniga start berildi!
📚 Testni boshlash uchun @kitobtanlovbot botiga kirib, /start so‘zini bosing va “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.🔹Ishtirokchilar 3 kun davomida 50 tadan jami 150 ta test ishlaydi va yakunda test bo‘yicha TOP–150 ta o‘rinni egallaganlar final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. 🔹Agar sizda kamida 5 referal ball bo‘lmasa, Siz testlarni ishlay olmaysiz. Test ishlash uchun bugun kun yakuniga qadar do‘stlaringizni taklif qiling va 5 referal yig‘ing. ☑️Test bo‘yicha kamida 70 ball yig‘gan barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi. 👉 Test savollarini ishlash 👉 Test savollarini ishlash ❗️Bugun soat 21:00 ga qadar referal bo‘yicha TOP-6 talikdagi ishtirokchilar tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘olibi deb topiladi va qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylanadi; ❗️Shuningdek, soat 21:00 ga qadar referal ball bo‘yicha TOP–50 o‘rindagi ishtirokchilar test natijasidan qat'iy nazar (umuman test ishlamasa ham) final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. ☑️Barcha ishtirokchilarning natijalarini @kitobtanlovbot'dagi “Natijalar” tugmachasini bosib doimiy bilib borishingiz mumkin
+4
#1_kurs_maktabi
#Tanishtiruv_haftaligi
Ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — xavfsiz va sog‘lom muhit sari
1-son TTJda uchrashuv o‘tkazildi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutining 1-son talabalar turar joyida “Ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” mavzusida talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonova, institut psixologi D.Ismoilova, profilaktika inspektori G.Muhammadiyeva, xotin-qizlar psixologi L.Tasheva ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmaslik, bunday vaziyatlarga duch kelganda tegishli mutaxassislarga murojaat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
👌 #Yoshlar_akademiyasi
#turk_tili
📣📣📣📣📣📣
🇺🇿 🇹🇷 Turk tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari davom etmoqda!
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan turk tili o‘quv kurslari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
📚TURK TILI KURSLARIGA MARHAMAT!
O‘tgan o‘quv yili davomida kurslarda tahsil olgan talabalar tomonidan 80 dan ortiq C1 darajali sertifikat qo‘lga kiritildi.
Mashg‘ulotlar malakali va tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.
🟢Manzil: Filologiya fakulteti 👌 Yoshlar akademiyasi
🟢Murojaat uchun: +998884300615
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+3
#1_kurs_maktabi
#Tanishtiruv_haftaligi
1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy qadriyatlar hamda mustaqillik bergan imkoniyatlarning mazmun-mohiyatini kengroq tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga kredit-modul tizimining afzalliklari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, baholash mezonlari, institut rahbariyati hamda ichki tartib-qoidalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mashg‘ulotlar zamonaviy ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda, savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+4
#kitobxon_talaba
#xotin_qizlar_kengashi
Ijara xonadonlarida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar o‘rtasida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut Xotin-qizlar kengashi a’zolari ishtirok etib, talaba-qizlar bilan kitob mutolaasining ahamiyati, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan suhbatlashdilar.
Tadbir davomida talaba-qizlar o‘qib, mazmun-mohiyatidan ta’sirlangan asarlari haqida fikr almashib, sevimli kitoblari va ulardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, yoshlarni muntazam kitob o‘qishga rag‘batlantirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kitobxonlik muhitini yanada kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+9
#1_kurs_maktabi
#Tanishtiruv_haftaligi
Huquqiy targ‘ibot — yoshlar xavfsizligi va huquqiy madaniyati yo‘lida
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda rektor maslahatchisi G.Yangiboyev, institut profilaktika inspektorlari R.Islomov, G.Muhammadiyeva, Filologiya fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida rektor maslahatchisi G.Yangiboyev yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, zararli oqimlar hamda inson hayoti va kelajagiga keltirishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berdi.
Institut profilaktika inspektori R.Islomov tomonidan har qanday huquqbuzarlik va jinoyat uchun qonun oldida javobgarlik muqarrarligi hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida talabalarga internet tarmoqlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, axborot xurujlaridan himoyalanish, ijtimoiy tarmoqlarda media va kiberhushyorlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#kitobxon_talaba
KITOBXONLIK TANLOVI BOSHLANDI!
Jek Londonning mashhur “Martin Iden” asarini 25-oktabr sanasiga qadar o‘qing va yakunda o‘tkaziladigan test sinovida o‘z bilimingizni namoyish eting!
Tanlov sharti: 25-oktabr sanasiga qadar “Martin Iden” kitobini o‘qish ➡️ yakuniy test ➡️ eng yuqori natijalar bo‘yicha 5 ta g‘olib aniqlanadi!
G‘oliblar uchun sovrinlar:
🥇1-o‘rin — iPhone 17 Pro Max📱
🥈2-o‘rin — Batumiga sayohat chiptasi ✈️
🥉3-o‘rin — HP noutbuk 💻
🏅4-o‘rin — planshet / smartfon 📱
🏅5-o‘rin — 43 dyuymli televizor 📹
Kitob o‘qing. Bilimingizni sinang. Qimmatbaho sovrinlardan biriga ega bo‘ling!
Ishtirok etish va murojaat uchun: ➡️@kitobxonliktanlovibot
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Национального музея Узбекистана, который возводится в центре столицы.
#Mirziyoyev #tanishuv #bunyodkorlik #muzey
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
