Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Ir al canal en Telegram
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali https://t.me/ShDPIuz Sayt http://shdpi.uz/uz Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/iFFXXDHLDRRLocf3A
Mostrar más7 604
Suscriptores
+1524 horas
+37 días
+13730 días
Archivo de publicaciones
Repost from N/a
Mos auditoriyaga tezroq yetib boring
Magfi Ads bilan O‘zbekistondagi Telegram jamoalarida reklama joylashtiring. Premium kanallarni toping, kampaniyangizni bir necha daqiqada boshlang.
🔗 Reklama berishni boshlang →
#reklama · Magfi Ads
Repost from Edu.uz
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+7
#xotin_qizlar_kengashi
Oliy taʼlim tashkilotlari Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining malakasi oshirilmoqda
Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida "Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish" yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish kurslarining uchinchi mavsumi tashkil etildi.
Mazkur oʻquv kurslari oliy taʼlim muassasalarida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash, sogʻlom maʼnaviy-psixologik muhitni shakllantirish hamda talaba-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Kurs davomida ishtirokchilar xotin-qizlar sohasiga oid milliy qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni, oliy taʼlim muassasalarida gender siyosatini amalga oshirish mexanizmlari, talaba-qizlar bilan samarali muloqot oʻrnatish, psixologik qoʻllab-quvvatlash va maslahat berish usullari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlamoqdalar.Kurs dasturining muhim qismi sifatida ishtirokchilar uchun Oliy Majlis Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasida tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etildi. Mazkur kurslarda Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Feruza Irgasheva ham faol ishtirok etmoqda. 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+5
#ilmiy_salohiyat
🗂 Dissertatsiya ishi bo'yicha kafedra muhokamasi bo'lib o'tdi.
2026-yil 20-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Til va adabiyot kafedrasida navbatdagi ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi. Unda kafedraning mustaqil izlanuvchisi Yallayev Behzod Toshtemirovichning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Izlanuvchi “Tilak Jo‘ra she’riyatida poetik mahorat va shakliy o‘ziga xoslik sintezi” mavzusidagi ilmiy ishini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etdi.
Tadqiqotda Tilak Jo‘ra ijodining poetik xususiyatlari, badiiy mahorati hamda shakliy izlanishlari chuqur tahlil qilingan. Muhokama jarayonida kafedra professor-o‘qituvchilari va mutaxassislar tomonidan dissertatsiya yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi. Yakunda dissertatsiyani keyingi bosqichga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#korrupsiyaga_qarshi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi OGOHLANTIRADI!
Qabul jarayonlariga noqonuniy aralashish, pora olish yoki pora berishga vositachilik qilish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi harakatlar qonunchilikka muvofiq intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Savol va murojaatlar uchun +998973870120
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
OTM larga qabul jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik kafolatlanadi
Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni davlat tomonidan belgilangan tartib asosida ochiq va shaffof tarzda tashkil etiladi. Qabulga oid har qanday ma’lumotlar faqat rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
“Kafolatlangan o’rin” yoki “pul evaziga joylashtirish” kabi va'da bilan murojaat qiluvchi shaxslarga ishonmang — bu firibgarlik!Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining aloqa kanallari: 📧 Elektron pochta: anticor@edu.uz 🤖 Telegram bot: https://t.me/eduuzanticor_bot ☎️ Ishonch telefoni: (55) 520-08-08 (282, 179) Firibgarlardan ehtiyot bo'ling! ©O'zJOKU Kontent markazi tomonidan tayyorlandi
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+6
#korrupsiyaga_qarshi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Shahrisabz davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib etishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda 1-prorektor L.Ochilov hamda “Komplayens nazorati” bo‘limi boshlig‘i M.Raximov tomonidan korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga chek qo‘yish va ochiq boshqaruvni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida qonuniylik, mas’uliyat va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida qayd etildi.
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+3
#xalqaro_hamkorlik
#malaka_oshirish
🇺🇿 🇹🇷 😁 Xalqaro hamkorlik: Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining Turkiyada malaka oshirish jarayonlari davom etmoqda
Ayni kunlarda Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Akdeniz Universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik doirasida Antalya shahrida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar seminar-treninglarda ishtirok etib, zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Ishtirokchilar Antaliya shahridagi nufuzli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurilib, muassasa mudiri Tuba O‘zqirning ko‘p yillik boshqaruv hamda pedagogik tajribalari, bog‘chada bolalar uchun yaratilgan innovatsion shart-sharoitlar va zamonaviy ta’lim-tarbiya metodlari yaqindan o‘rganildi.🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+9
#huquqiy_savodxonlik
#dolzarb_90_kun
Giyohvandlikka qarshi kurash: qonun mazmuni tushuntirildi
2026-yil 20-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi O‘RQ-1151-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda institutning birinchi prorektori L.Ochilov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi raisi N.Ashurov, tergov sudyasi U.Nurmatov, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘RQ-1151-sonli Qonunning mazmun-mohiyati hamda kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yoritilib, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ushbu moddalar turlarining alohida toifalarga ajratilgani hamda ularni noqonuniy muomalaga kiritish bilan bog‘liq harakatlar uchun jazo muqarrarligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining inson salomatligi hamda jamiyat hayotiga salbiy oqibatlari, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Texnikum #OliyTaʼlim
❗ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik!
📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
‼️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
➡️ Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
👆 Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Sertifikat_natija
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Talaba_yutug'i
#Milliy_sertifikat
Ilk fors tilidan sertifikat!
✅ Shahrisabz davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 3-kurs talabasi Maxmarejabova Ruxsora Otabek qizi fors tili bo’yicha B1 sertifikatiga ega bo’ldi.
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#Futbol
#Jahon_chempionati
QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI
QASHQADARYO AXBOROTI |
😊👍#18-IYUN
Institut jamoasi milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatladi
2026-yil, 18-iyun.
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasi Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi uchrashuvini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdi.
Milliy terma jamoamizga oldindagi bahs va sinovlarda kuch-g‘ayrat, omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz.
Ishonamizki, eng katta yutuqlar hali oldinda!🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+3
#Milliy_qadriyat 🇺🇿
🇺🇿 Milliy libos – millat iftixori va qadriyatlar timsoli.😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti tyutori N.Pulatova hamda talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar targ‘iboti tashkil etildi. Mazkur tadbirda talabalar tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi rang-barang va nafis liboslar namoyish etildi. 📖 Tadbir doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa an’analarini keng targ‘ib etish yuzasidan ham davra suhbati o‘tkazildi. 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+7
#xalqaro_hamkorlik
#malaka_oshirish
🇺🇿 🇹🇷 😁 Xalqaro hamkorlik: Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Turkiyada malaka oshirmoqda
Ayni kunlarda Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Akdeniz Universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik doirasida Antalya shahrida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, ilmiy aloqalarni kengaytirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+5
✍️✍️✍️✍️✍️
Rus tili yo‘nalishi talabalari BMI himoyalarida ishtirok etmoqda
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining yakuniy malakaviy ishlari (BMI) himoyasi jarayoni davom etmoqda.
Xususan, O‘zga tilli guruhlarda rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalari Davlat attestatsiya komissiyasi oldida o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari, kasbiy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli namoyon etishmoqda.
Himoya jarayonida bitiruvchilar tomonidan tayyorlangan ishlarning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, mavzularning chuqur va har tomonlama yoritilganligi komissiya a’zolari tomonidan sinchiklab baholanmoqda.🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#OAV_da_biz
#ilmiy_konferensiya
QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI
QASHQADARYO AXBOROTI | JARAYON
😊👍#18-IYUN
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Adabiyot o'qitish nazariy muammolari" mavzusida o'tkazilgan RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI tavsilotlari.
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
