Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Открыть в Telegram
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali https://t.me/ShDPIuz Sayt http://shdpi.uz/uz Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/V8crZuSmr3DZ2wWn8
Больше9 128
Подписчики
-324 часа
+327 дней
-10530 дней
Архив постов
Repost from Edu.uz
Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga ariza berish tartibi
Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasiga chegirma olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.
Buning uchun kontrakt.edu.uz axborot tizimiga kirib, tegishli xizmatni tanlash hamda talab etilgan ma’lumotlarni kiritgan holda arizani tasdiqlash lozim.
🎥 Ariza topshirish tartibi bilan yuqoridagi videoyo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.
📋 Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Talabalar_turar_joyi
#Konsert
📜🗞️📜
🎶 TALABALIK — OLTIN DAVRIM!
🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida talabalar uchun “Sog‘inch” nomli konsert dasturi namoyish etiladi!
🎤Konsert dasturida San’atshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Nuriddin Azizov boshchiligidagi “Ziyo” guruhi o‘zining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etadi.
📅 Sana: 22-oktyabr
⏳ Vaqt: 18:00 da
📍 Manzil: 1-son talabalar turar joyi
🎉 Aziz talabalar, ushbu musiqiy oqshomda barchangizni kutib qolamiz!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+2
#sport_voleybol
👍 TABIIY FANLAR KAFEDRASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI
Bugun Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi xotin-qiz professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
🏆 Musobaqadan ko‘zlangan maqsad — professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashdan iborat.
Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#Chellenj
#21_oktyabr
#Yoshlar_kengashi_Filologiya
🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
👍 Filologiya fakulteti Yoshlar kengashi tomonidan "Ona tilim — faxrim, g‘ururim!" nomli videochellenjga start berildi!
🤝 Estafetani qabul qiling, Pedagogika fakulteti talaba-yoshlari!
☑️ Chellenj shartlari:
➡️Ona tili haqida go‘zal she’r yoki hikmatli so‘zlarni mualliflik videoroligi shaklida tasvirga oling;
➡️ Ijtimoiy tarmoqlaringizga joylab, fakultetni belgilang (tag qiling);
➡️ Estafetani boshqa fakultet yoki do‘stlaringizga uzating!
Tilimizni birgalikda ulug‘laylik va uning jozibasini targ‘ib etaylik!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+6
#respublika_olimpiadasi
#21_oktyabr
#O'zbek_tili_bayrami
ShDPI talabasi o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasida ishtirok etdi
Joriy yilning 16–17-oktyabr kunlari Urganch RANCH texnologiya universitetida respublika oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida ilk bor o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada respublikamizning 46 ta oliy ta’lim tashkilotidan 100 nafarga yaqin xorijlik talaba ishtirok etib, o‘zbek tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Mazkur olimpiadada Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetining “Ona tili va adabiyoti: rus tili” yo‘nalishi 3-kurs xorijlik talabasi Avazova Nargiza ham faol ishtirok etdi.
Talabamizga kelgusi o‘qish va faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
“Milliy kitobxonlik harakati” — mutolaa, bilim va 50 ming dollar mukofot
Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu dastur o‘quvchilarni kitob mutolaasiga chorlaydi. Ishtirokchilar belgilangan kitoblarni o‘qib, test va erkin suhbatdan o'tadi hamda insho yozadi va bosqichma-bosqich o‘z bilimlarinii namoyon etadi.
Dastur quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ➖ Uch toifada ishtirok — 1–5-sinflar uchun 20 ta, 6–8 va 9–11-sinflar uchun 50 tadan kitob belgilangan. Ishtirokchilar test va erkin suhbatdan o'tadi hamda insho yozadi. ➖ G‘oliblarga mukofot — 1–5-sinflar qimmatbaho sovgʻa va diplom bilan taqdirlanadi, 6–8 va 9–11-sinf toifalarining respublika bosqichida 1-o‘rin uchun 50 ming, 2-o‘rin uchun 30 ming, 3-o‘rin uchun 15 ming AQSh dollari beriladi. ➖ Alohida e’tirof — ustozlar, maktablar va oilalar uchun ham mukofotlar bor. Beshta nominatsiyaning har biri bo‘yicha 10 ming AQSh dollaridan beriladi.😊 Dastur doirasida o‘qish uchun belgilangan barcha kitoblar “Mutolaa” platformasida mavjud. 📱Ilovani yuklab olish uchun havola: • Play Market / App Store Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/234132 👉 Adabiyotlar ro‘yxati 👉 Nizom Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+2
#Talabalar_turar_joyi
#kitobxon_talaba
📚 TALABALAR TURAR JOYIDA “KITOBXON QIZLAR” TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida Pedagogika fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “Kitobxon qizlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Pedagogika fakulteti dekani M.Imomov, Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari D.Baxriddinova, X.Beknazarova, S.Rahmatullayeva, L.Nurmaxmatov, U.G‘oyimov hamda tyutor D.Iskandarova ishtirok etdilar.Tanlovda qizlar o‘zlarining bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplomlar hamda badiiy adabiyotlar to‘plami bilan taqdirlandilar. Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+3
#Tyutor_faoliyati
#Seminar
💳 TYUTORLAR UCHUN O‘QUV-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida tyutorlarning kasbiy mahoratini oshirish hamda talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
🗂 Seminar davomida Pedagogika fakulteti tyutori Dilorom Toshpo‘latova tomonidan “Talabalar turar joyida tyutorlik faoliyati: individual yondashuv, tarbiyaviy ishlar va samarali muloqot” mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
🔍 Tadbirda talabalar bilan individual ishlash, tarbiyaviy tadbirlarni samarali tashkil etish hamda ular bilan muloqot madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida ijobiy tajribalar o‘rganilib, tyutorlar uchun amaliy tavsiyalar va kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+2
#ARM
#Kitob_taqdimoti
#O'zbek_tili_bayrami
📚 AXBOROT-RESURS MARKAZIDA YANGI ADABIYOTLAR TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yangi keltirilgan adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etib, Axborot-resurs markazi fondidan o‘rin olgan o‘zbek tilidagi hamda xorijiy tillardagi yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Taqdimotda yangi adabiyotlarning mazmuni va ahamiyati, shuningdek, ularning talabalar bilimini oshirishdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+6
#Sport_kurash
#Rektor_kubogi
🏆 KURASH BO‘YICHA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida KURASH sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalaridan turli vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
➡️60 kg vazn toifasi: 🥇 1-o‘rin — Mavlonov Asilbek 🥈 2-o‘rin — Nurmatov A. 🥉 3-o‘rin — Po‘latov Doniyorbek
➡️66 kg vazn toifasi: 🥇 1-o‘rin — Shotemirov Pahlavon 🥈 2-o‘rin — Fozilov Sardorbek 🥉 3-o‘rin — Egamberdiyev Shahobiddin
➡️73 kg vazn toifasi: 🥇 1-o‘rin — Ulashev Mars 🥈 2-o‘rin — Qubонов Ozodbek 🥉 3-o‘rin — Xoliqov Jafar
➡️90 kg vazn toifasi: 🥇 1-o‘rin — Mamatqosimov Sardorbek 🥈 1-o‘rin — Ergashev S.
➡️100 kg vazn toifasi: 🥇 1-o‘rin — Botirov D. 🥈 2-o‘rin — To‘xtayev Sirojxon
➡️ 100 kg dan yuqori vazn toifasi: 🥇 1-o‘rin — Bo‘riboyev Firdavs 🥈 2-o‘rin — Salohiddinov Sh.G‘olib va sovrindor talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz! Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+7
#Sport_shaxmat
#Rektor_kubogi
Sog‘lom xalq — qudratli davlat!
♟ “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQASINING G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
😁Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida SHAXMAT sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib hamda sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
➡️QIZLAR O‘RTASIDA:
🥇 1- o‘rin — Tursunpo‘latova Nilufar Zafar qizi, Pedagogika fakulteti 3-kurs talabasi.
🥈 2-o‘rin — Qudratova Nilufar Sami qizi, Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi.
🥉 3-o‘rin — Xo‘jayeva Aziza, Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-kurs talabasi.
➡️O‘G‘IL BOLALAR O‘RTASIDA:
🥇 1-o‘rin — Meliyev Azizbek Quvat o‘g‘li, Aniq fanlar oliy pedagogika maktabi 3-kurs talabasi.
🥈 2-o‘rin — Musulmonov Hasan G‘ayrat o‘g‘li, Filologiya fakulteti 1-kurs talabasi.
🥉 3-o‘rin — Qudratov Davron Sami o‘g‘li, Pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi.
G‘olib va sovrindor talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
#Xalqaro_olimpiada
🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Chemistry Olympiad (ABICO) tashkil etilmoqda.
🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!
Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.
📍 O‘tkazilish joyi: Xorazm viloyati, Ma’mun universiteti
📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 1–5-dekabr
Kimyo faniga qiziquvchi talabalar uchun xalqaro maydonda o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish imkoniyati!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+3
#Talaba_yutug'i
#Sport
#Yengil_atletika
🏆 TALABALARIMIZ O‘ZBEKISTON KUBOGIDA SOVRINDOR BO‘LISHDI!
Toshkent shahrida yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari yuqori natijalarni qayd etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
➡️Jontemirov Sarvar — Biologiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi:
🥇 4×100 metr estafeta bahslarida — 1-o‘rin, oltin medal;
🥈 400 metrga yugurish bahslarida — 2-o‘rin, kumush medal.
➡️Hamrayeva Zilola — Jismoniy madaniyat mutaxassisligi magistratura 1-bosqich talabasi:
🥉 4×100 metr estafeta bahslarida — 3-o‘rin, bronza medal.
G‘olib talabalarimizni, ularning murabbiylarini samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+5
#21_oktyabr
#O'zbek_tili_bayrami
#Tanlov
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
TALABALAR O‘RTASIDA “UMUMMILLIY DIKTANT” TANLOVI O‘TKAZILDI
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Umummilliy diktant” tanlovi tashkil etildi.
🗒 Tanlovda talabalar ishtirok etib, o‘zbek tilida savodxonlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar.✅ Tadbirning asosiy maqsadi ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish, til sofligini saqlash hamda lug‘at boyligini kengaytirishdan iborat. ✔️ Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz! Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+6
#Sport_kurash
#Rektor_kubogi
Sog‘lom xalq — qudratli davlat!
🤼 KURASH BO‘YICHA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQALARI BO‘LIB O‘TDI
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida milliy sport turimiz — kurashni keng targ‘ib qilish, yoshlarda jismoniy chiniqish, mardlik, jasorat va raqibga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishdan iborat.
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Sirojiddin Shodiqulov boshchiligida o‘tkazilgan bellashuvlarda talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch-qudrati, chaqqonligi va mahoratini namoyish etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar.
🏆 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandilar.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#Tanlov
📜🗞️📜
“YURTIM QADRIYATLARI” KO‘RIK-TANLOVI!
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda an’analarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi.
Tanlov quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:
➡️1-shart - Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar namoyishi.
➡️2-shart - Kompozitsion musiqiy chiqishlar
➡️3-shart - “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri”
Tanlovning 1-fakultetlararo bosqichi joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 11.00da A bino, 218-xona, Faollar zalida bo‘lib o‘tadi.
NIZOM: https://drive.google.com/file/d/19Lx0RA0neSFKxi0e2pR39OBuP4wMdEng/view?usp=sharing
📌 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+9
#Sport_shaxmat
#Rektor_kubogi
Sog‘lom xalq — qudratli davlat!
♟ SHAXMAT BO‘YICHA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQALARI BO‘LIB O‘TDI
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida shaxmat sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat sport turini keng targ‘ib qilish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘qituvchisi Nodira Raxmatova tomonidan tashkil etilgan musobaqada talabalar o‘zlarining bilim va mahoratlarini, strategik fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilarga o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish uchun munosib maydon yaratdi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG!
Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, yana kimdir muhandis. Kimdir tadbirkor, sportchi, olim yoki san’atkor. Har bir yoshning o‘z maqsadlari bor.
Ammo giyohvandlik insonni istaklaridan uzoqlashtiradi, hayoti va kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.
❗️Eslab qoling, qonunchilikda:
🔹giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etish uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq (MJtKning 56 prim 1 - moddasi);
🔹taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 270-moddasi);
🔹 giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini o‘tkazish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 273-moddasi);
🔹 g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 276 prim 1-moddasi) jazosi belgilangan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+1
#kibermadaniyat
🚨 DIQQAT! MUHIM OGOHLANTIRISH!
⚠️ Kiberfiribgarlardan ehtiyot bo‘ling!
⚠️ Shubhali APK-fayllarni ochmang va o'rnatmang! Bunday fayllar bank karta ma'lumotlari va mablag'laringizni xavf ostida qoldirishi mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlaringiz va SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang.
⭕️ "APK qo'riqchi" ilovasini esa ishonchli bo'lgan mazkur QR kod orqali yuklab oling!
📞 Murojaat uchun: +998 97 444 45 01
👮♂️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori, mayor Ravshan Islomov
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#kibermadaniyat
⚠️ “APK QO'RIQCHI” bilan mablag‘laringizni himoya qiling!
🔐 “Apk qo‘riqchi” ilovasini Android qurilmangizga o‘rnatib, zararli va virusli APK-fayllardan himoyalanishingiz mumkin. Ilovani o‘rnatish orqali firibgarlar tarqatayotgan xavfli APK-fayllarning qurilmangizga o‘rnatilishining oldini olishga yordam bering. Telefoningizni himoya qiling bank kartangizdagi mablag‘laringizni asrang!
💻 “Apk qo‘riqchi” – kiberfiribgarlikka qarshi ishonchli himoya!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
