Shahrisabz davlat pedagogika instituti
الذهاب إلى القناة على Telegram
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali https://t.me/ShDPIuz Sayt http://shdpi.uz/uz Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/V8crZuSmr3DZ2wWn8
إظهار المزيد7 629
المشتركون
+524 ساعات
+37 أيام
+3730 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
Yosh moda ixlosmandlari diqqatiga!
“Moda yo‘li” ko‘rik-tanlovida qatnashish uchun atigi 1 kun qoldi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar akademiyasi tomonidan yangi iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan “Moda yo‘li” ko‘rik-tanloviga start berildi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor dizaynerlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mahalla, tuman-shahar, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.
🏆G‘oliblarni qimmatbaho pul mukofotlari, moda sohasida rivojlanish hamda chet eldagi nufuzli moda maktablarida malaka oshirish imkoniyati kutmoqda.
Arizalar 15-iyulga qadar @moda_yoli_bot orqali qabul qilinadi.Moda yo‘li — iste’dodingizni namoyon etish sari yangi imkoniyat!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#startap_ligasi
«Qashqadaryo startap ligasi» tanlovining Rektor kubogi saralash bosqichining baholash mezonlari quyidagi 8 ta mezon boʻyicha 100 ballik tizim asosida baholanadi:
1. Muammoning dolzarbligi va koʻlami - muammoning realligi, aholi, tadbirkorlik subyektlari yoki hudud iqtisodiyoti uchun ahamiyati, uning koʻlami va yechimga boʻlgan ehtiyoj - 15 ball; 2. Yechimning samaradorligi va innovatsionligi - taklif etilayotgan yechimning yangiligi, mavjud yechimlardan farqi, raqobat ustunligi va muammoni hal qilish samaradorligi - 15 ball; 3. MVP, prototip yoki amaliy model - ishchi namuna, prototip, dasturiy mahsulot yoki amaliy modelning mavjudligi, tayyorlik darajasi va sinov natijalari - 15 ball; 4. Bozor va maqsadli mijozlar - maqsadli mijozlar, bozor ehtiyoji, raqobat muhiti, mahsulot yoki xizmatdan foydalanuvchilarni jalb qilish imkoniyati - 15 ball; 5. Amaliyotga joriy etish va pilot imkoniyati - loyihani viloyat hududida sinab koʻrish, joriy etish, kengaytirish hamda real buyurtmachiga bogʻlash imkoniyati - 15 ball; 6. Biznes modeli va moliyaviy barqarorlik - daromad olish modeli, asosiy xarajatlar, moliyalashtirishga ehtiyoj va loyihaning barqaror ishlash imkoniyati - 10 ball; 7. Jamoa salohiyati - jamoa aʼzolarining bilimi, tajribasi, vazifalar taqsimoti, loyihani amalga oshirish qobiliyati va unga sadoqati - 10 ball; 8. Taqdimot va savollarga javob - loyihani aniq va ishonchli taqdim etish, vaqtdan samarali foydalanish hamda hakamlar savollariga asoslangan javob berish - 5 ball. Ballar teng bo'lgan taqdirda "MVP" mavjudligi so'ngra "amaliyotga joriy etish imkoniyati" hamda muammoning dolzarbligi mezonlari bo'yicha yuqori ball olgan jamoaga ustunlik beriladi.Quyidagi platforma orqali ruyhatdan oʻting: 🌐 tanlov.qashqadaryo.uz 📅 Muddatlar • Ariza qabuli — 1–15 iyul • OTM «Rektor kubogi» + tuman saralash — 16–30 iyul • Viloyat final bosqichi — 1–15 avgust • G'oliblarni taqdirlash — 30 avgustgacha 👥 Kim ishtirok etadi: • Yakka yoki 2–5 kishilik jamoa • Kamida bitta asosiy a'zo 18–30 yoshda • OTM talabalari va mustaqil ishtirokchilar — barchasi teng shartlarda Viloyat final bosqichi g‘oliblari viloyat hokimi tomonidan taqdirlanadi. Mukofot jamg'armasi — 150 mln so'm ➡️ 1-o'rin — 50 mln so'm ➡️ 2-o'rin — 30 mln so'm ➡️ 3-o'rin — 20 mln so'm • Har bir maxsus nominatsiya — 10 mln so'm (5 tagacha) 10 ustuvor yo'nalish: IT va sun'iy intellekt, agrotexnologiya, ta'lim, tibbiyot, moliya (fintech), govtech, yashil texnologiya, turizm, sanoat va logistika, hamda boshqa innovatsion loyihalar. ➡️ G'oyangiz bormi? Hoziroq boshlang 📝 Ariza topshirish: tanlov.qashqadaryo.uz/ariza 🔎 Holatni tekshirish: tanlov.qashqadaryo.uz/holat 🌐 Savollar boʻyicha murojaat uchun: +998 93 584 08 94 Rahmatov N. (Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi) 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Edu.uz
#Bitiruvchi_2026
🎓Bitiruvchi–2026: Oliy ta’lim tashkilotlarida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
⚫️Termiz davlat universiteti; ⚫️Buxoro davlat texnika universiteti; ⚫️Guliston davlat universiteti; ⚫️Andijon davlat chet tillari instituti; ⚫️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti; ⚫️Namangan davlat pedagogika instituti; ⚫️Nukus davlat pedagogika instituti; ⚫️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali; ⚫️Termiz davlat pedagogika instituti; ⚫️Andijon davlat texnika instituti; ⚫️Qoraqalpoq davlat universiteti; ⚫️Urganch davlat universiteti; ⚫️Guliston davlat universiteti; ⚫️Jizzax davlat pedagogika universiteti; ⚫️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; ⚫️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali; ⚫️Shahrisabz davlat pedagogika instituti; ⚫️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti; ⚫️Samarqand davlat texnika universiteti; ⚫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; ⚫️Samarqand davlat chet tillar instituti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot
❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadiIjtimoiy tarmoqlarda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy va xalqaro sertifikatlarning inobatga olinishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ma’lum qilamiz: 📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan. 📌 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from N/a
🚀 Magfi endi O‘zbekistonda!
Telegram kanalingiz orqali reklama olishni boshlang! 📣 Magfi ilovasini yuklab oling, kanalingizni ulang va brendlar bilan daromad toping. 💰
🔗 Ilovani yuklab oling →
#reklama · Magfi Ads
Repost from Edu.uz
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh
2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
❗️Xorijiy diplom beruvchi yangi markazlar hamda Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi barpo etiladiTaqdimot doirasida oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va talabalar xarajatlarini keskin kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha strategik loyihalar ko‘rib chiqildi: ➖ yangi integratsiyalashgan tizim (“1+3”, “2+2”) orqali talabalarning xorijdagi o‘qish va yashash xarajatlari 10 barobargacha qisqartiriladi (hozirda Britaniyada o‘qiyotgan har bir talabaga yiliga 50 ming dollargacha mablag‘ sarflanmoqda); ➖ Xalqaro malakalar va baholash markazi tomonidan 2027-yil yakuniga qadar yetakchi xorijiy oliygohlar diplomini beradigan kamida ikkita ta’lim dasturlari markazi tashkil etiladi; ➖ Qatar (“Education City”), BAA (Dubay xalqaro akademik shahri) va Koreya (Inchxon global kampusi) tajribasi asosida nufuzli chet el oliygohlari filiallari va kampuslarini jamlagan “Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi” barpo etiladi; ➖ ma’lumot uchun, so‘nggi 8 yilda mamlakatimizda oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 mingdan 1,7 million nafarga yetdi. #Prezident #taqdimot #oliytalim #xalqarostandartlar
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
+3
❗️Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi va Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etish, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi:
➖ 2030-yilga qadar kamida 5 ta oliygoh umumiy reyting bo‘yicha, yana 10 tasi esa fan yo‘nalishlari kesimida dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti qatoriga kiritiladi;
➖ 100 ta oliygoh dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi;
➖ oliygohlar bitiruvchilari va pedagoglarining kamida 30 foizi xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlanadi, 2,5 ming nafar texnikum hamda 20 ming nafar oliygoh pedagogi xorijga malaka oshirishga yuboriladi;
➖ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida Buyuk Britaniya standartlari asosida ta’lim beruvchi hamda mustaqil maqomga ega bo‘lgan “Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi” tashkil etiladi;
➖ ta’limda maktab, litsey, texnikum va oliygoh uzviyligini ta’minlaydigan integratsiyalashgan modellar (“2+3”, “1+2”, “2+2” va h.k.) tibbiyot, energetika, san’at va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga ham kengaytiriladi;
➖ “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturi yangi tizimga moslashtirilib, nufuzli xorijiy universitetlarga shartli qabul qilingan yoshlarning O‘zbekistondagi “Foundation” yoki birinchi kurs o‘qish xarajatlari qoplab beriladi;
➖ xorijiy tajribalar asosida nufuzli chet el oliygohlari filiallari va kampuslarini jamlagan “Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi” barpo etiladi.
#Prezident #taqdimot #oliytalim #xalqarostandartlar
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from N/a
Dunyodagi birinchi ishonchli bozorda Telegram kanalini sotib oling yoki oʻz kanalingizni soting!
📊Kanal tafsilotlarini koʻrish va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshirishni istaysizmi? Yechim — Magfi Marketplace!
🤑Kanallarni ishonchli sotib oling, oʻz kanalingizni hoziroq joylashtiring va tezda soting!
🔗 Kanal Sotib Olish / Kanalni Sotish!
#reklama · Marketplace
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
#Qashqadaryo #JonbibiHukmova #OsiyoChempionati #YengilAtletika #TeamUzbekistan #Sport
🇺🇿 O'zbekiston faxri — JONBIBI HUKMOVA Osiyo chempioni!
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Jonbibi Hukmova yana bir yorqin natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#Tabrik
🎉 Tavallud kuningiz muborak bo'lsin!
✨ 11-iyul Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari Magdiyev Hayotullo G‘aybullo o‘g‘lining tavallud topgan kunlari munosabati bilan institut rektori hamda jamoa a’zolari nomidan tabriklaymiz.
⚡️Sizga sihat- salomatlik, tuganmas shijoat, baxt-saodat, kasb yo'lingizda esa ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
+9
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
#Qashqadaryo #JonbibiHukmova #OsiyoChempionati #YengilAtletika #TeamUzbekistan #Sport
🇺🇿 O'zbekiston faxri — JONBIBI HUKMOVA Osiyo chempioni!
Fotolavhalar | Tantanali taqdirlash marosimi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Jonbibi Hukmova yana bir yorqin natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Jonbibi Hukmova Xitoyning Ordos shahrida o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan atletlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 800 metrga yugurish bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritib, tantanali taqdirlash marosimida oltin medal bilan taqdirlandi.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasi Jonbibi Hukmovani ushbu tarixiy g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi nufuzli xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi rekordlar va yorqin g‘alabalar tilaydi!
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from N/a
🚀 Magfi endi O‘zbekistonda!
Telegram kanalingiz orqali reklama olishni boshlang! 📣 Magfi ilovasini yuklab oling, kanalingizni ulang va brendlar bilan daromad toping. 💰
🔗 Ilovani yuklab oling →
#reklama · Magfi Ads
+3
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
#Qashqadaryo #JonbibiHukmova #OsiyoChempionati #YengilAtletika #TeamUzbekistan #Sport
🇺🇿 O'zbekiston faxri — JONBIBI HUKMOVA Osiyo chempioni!
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Jonbibi Hukmova yana bir yorqin natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Jonbibi Hukmova yana bir bor o‘z mahoratini namoyon etib, Osiyo chempionatida tengsiz ekanini isbotladi.
Ayni kunlarda Xitoyning Ordos shahrida o‘tkazilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo chempionatining ikkinchi kun kechki dasturida 800 metrga yugurish bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz kechgan bellashuvda Jonbibi Hukmova marraga birinchi bo‘lib yetib kelib, Osiyo chempioni degan sharafli unvonni qo‘lga kiritdi.
Natijalar:
➡️1-o‘rin — Jonbibi Hukmova (O‘zbekiston) — 2:08.41
🇺🇿 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning 800 metrga yugurish bo‘yicha milliy rekordi 1:56.21 natija bilan Zamira Zaytsevaga tegishli.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasi Jonbibi Hukmovani ushbu tarixiy g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi nufuzli xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi rekordlar va yorqin g‘alabalar tilaydi!
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя Управления мусульман Кавказа, шейх-уль-ислама Аллахшукюра Пашазаде, прибывшего в нашу страну для участия в I Международном форуме исламской цивилизации.
#Mirziyoyev #qabul #islomdunyosi #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimizning Minsk shahriga tashrifi: O‘zbekiston-Belarus munosabatlarida strategik sheriklik sari tarixiy qadam tashlandi.
—
Визит Президента нашей страны в Минск: сделан исторический шаг к стратегическому партнерству между Узбекистаном и Беларусью.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from N/a
🚀 Magfi endi O‘zbekistonda!
Telegram kanalingiz orqali reklama olishni boshlang! 📣 Magfi ilovasini yuklab oling, kanalingizni ulang va brendlar bilan daromad toping. 💰
🔗 Ilovani yuklab oling →
#reklama · Magfi Ads
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Ikkinchi_mutaxassislik
❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandiBugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari; ▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi; ▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi. Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. ❓Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi? Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
📢Scopus jurnallarida ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha onlayn Yozgi maktabga taklif qilamiz!
Agar siz oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi, doktorant, magistrant yoki talaba bo‘lsangiz hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sizni onlayn Yozgi maktabda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Dastur davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
• tadqiqot mavzusini tanlash;
• Scopus jurnalini tanlash;
• ilmiy maqola tuzilmasini ishlab chiqish;
• tadqiqot metodologiyasi;
• ma’lumotlarni tahlil qilish;
• maqolani xalqaro jurnalga tayyorlash.
📝Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali qisqa so‘rovnomani to‘ldiring.
So‘rovnomani to‘ldirish Yozgi maktabga ro‘yxatdan o‘tishning majburiy bosqichi hisoblanadi.
📌 Yozgi maktab dasturi, mashg‘ulotlar jadvali va boshqa batafsil ma’lumotlar PublishLab Telegram kanalida e’lon qilinadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
+5
#Oʻzbekiston2030_strategiyasi
🇺🇿“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 12-maqsadi barcha sohalarda innovatsion faoliyatni keng joriy etishga qaratilgan
Yaqin yillarda Oʻzbekiston Global innovatsiyalar indeksida dunyoning eng ilgʻor 60 ta davlati qatoridan joy oladi, tadqiqotchilarimiz safi ikki barobarga kengayadi, ilmiy ishlanmalar esa real hayotga tatbiq etiladi. Va, albatta, tarixiy voqea – birinchi oʻzbek kosmonavtining fazoga parvozi.
💼 Har bir raqam ortida yangi imkoniyatlar, yosh iqtidorlar va farovon kelajak mujassam!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
