TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
Відкрити в Telegram
https://t.me/ttatf Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Показати більше4 876
Підписники
+1324 години
+1927 днів
+49630 день
Архів дописів
🎬 Hind kinosi yulduzi Shohrux Xon O‘zbekistonga kelishi mumkin
Hindiston bilan madaniyat va kino sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, tomonlar ko‘p yillik hamkorlikni nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi. Ayniqsa, kino va raqamli san’at yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Eng qizig‘i, Shohrux Xon va mashhur prodyuser Karan Johar bilan muzokaralar ketmoqda. Shohrux Xonning O‘zbekistonga kelib, yosh kinoijodkorlar bilan uchrashuv va mahorat darslari o‘tkazishi, hatto katta maydonda konsert berishi bo‘yicha takliflar bildirilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, hozircha bu borada aniq kelishuvga erishilmagan. “Xalqimiz juda yaxshi ko‘radi Shohrux Xonni. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha kutadi”, — dedi u. Kelishuvga erishilsa, bu haqda rasman e’lon qilinadi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
🩺 Oʻzbekiston Hindiston bilan onkologik kasalliklarni davolash yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytiradi
Hindiston tibbiyot va farmatsevtika, xususan, murakkab texnologik operatsiyalar yo‘nalishida dunyoning yetakchi davlatlaridan biri. Bugun O‘zbekistonning ushbu davlat bilan tibbiyot sohasida 10 dan ortiq loyihasi amalga oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning aytishicha, yangi loyihalar orasida Hindistonning yirik klinikalari, jumladan, Apollo kabi multidisiplinar klinikalarni O‘zbekistonda tashkil etish masalasi ham bor. Bunda onkologiya va kardiologiya asosiy yo‘nalishlardan sifatida ko‘rilmoqda.
Alohida e’tibor onkologik kasalliklarni davolash va dori vositalarini ishlab chiqarishga qaratilmoqda. Jumladan, Hindistonning Ancovel kompaniyasi bilan O‘zbekistonda onkologik dori vositalarini ishlab chiqarish va mahalliylashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yana bir muhim yo‘nalish — proton terapiyasi. Vazirning ta’kidlashicha, bu onkologik kasalliklarda nishon hujayraga aniq yo‘naltirilgan nur yordamida ta’sir ko‘rsatishga asoslangan zamonaviy texnologiya bo‘lib, uni O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish ham rejalarda bor.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
❗️Davlat oliygohlari orasidagi “perevod” bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
#perevod
2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» | Surxondaryoda mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi nishonlanmoqda
🔹 Jonli efir:
https://t.me/tvsurxon?livestream
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Ta’lim sohasida mustaqillik yillarida viloyatimizda 30 dan ziyod yangi maktab qurildi, 590 ta maktab rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 150 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Maktabgacha ta’lim qamrovi 10 foizdan 75 foizga yetkazildi. Viloyatimizda 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi, oliy ta’limga qamrov 40 foizdan ortdi.
Mustaqillik bayrami arafasida 51 ta maktab, 25 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 60 ta mahallada infratuzilma obyektlarining foydalanishga topshirilayotgani bunyodkorlik ishlarining yana bir amaliy natijasi ekanligi qayd etildi.
Tibbiyot sohasida 2,1 ming o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonalar barpo etildi, zamonaviy tibbiy muassasalar tashkil qilindi.
Bugun viloyatimizning o‘zida jigar va buyrak ko‘chirib o‘tkazish, ochiq yurak jarrohligi kabi murakkab operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgani ta'kidlandi.
Aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida minglab xonadonli ko‘p qavatli uylar qurildi. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida «Yangi O‘zbekiston» massivlari qad rostladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan amfiteatr maydonida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan Surxondaryo viloyatining asosiy bayram shodiyonalari boshlandi.
Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamiz ahliga bayram tabrigini yo‘llamoqda.
Avvalo, barchangizni, sizlar orqali Surxon vohasida yashayotgan uch milliondan ziyod ko‘p millatli xalqimizni, shuningdek, Mustaqillik bayramimizni birga nishonlash uchun tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarimizni, xususan, Tojikiston Respublikasidan kelgan mehmonlarimizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bu yilgi shodiyonalarimiz «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilmoqda. Bu shiorda xalqimizni yagona maqsad atrofida birlashtirish, yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kelajagi uchun mas’uliyat bilan mehnat qilishdek ulug‘ maqsad mujassam. Bu yilgi Mustaqillik bayrami biz – surxondaryoliklar uchun, ayniqsa, alohida ruh va mazmun kasb etmoqda.- deya tabrigini boshladi viloyat rahbari. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» | Surxondaryoda mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi nishonlanmoqda
Termiz tumani "Yangi O'zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida o'tkazilayotgan bayram shodiyonasi avvalida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov Tojikistondan tashrif buyurgan mehmonlar, vohamiz faollari, nuroniylar hamda mutasaddilar bilan hududda tashkil etilgan ko'rgazmalar bilan tanishdi.
🔹 Bayram shodiyonalarini quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
https://t.me/tvsurxon?livestream
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
+5
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇷🇺 Novosibirskda xalqaro hamkorlik. TDTU Termiz filiali delegatsiyasi forumning ikkinchi kunida
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali delegatsiyasi Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan XIII Xalqaro texnologik rivojlanish forumi — "Texnoprom-2026" ning ikkinchi kunida ham faol ishtirok etdi.
Forumning joriy yilgi “Rossiya fani — texnologik yetakchilikning asosi” mavzusi doirasida delegatsiya a’zolari zamonaviy ilm-fan va innovatsion texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbirning ikkinchi kunida TDTU Termiz filiali ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mansur Ergashev hamda filial dekani Nodir Sagiraev tibbiyot va biotexnologiyalar, sun’iy intellekt, zamonaviy materiallar hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ilg‘or ishlanmalar taqdimotlarida ishtirok etdilar.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+3
TDTU TERMIZ FILIALI TALABALARI — YUKSAK E’TIROF SOHIBLARI!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, o‘zining bilim va intilishi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlar ham munosib taqdirlanmoqda.
Quvonarlisi, ana shunday yuksak e’tirof Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalariga ham nasib etdi.
Filialning Neyroxirurgiya yo‘nalishi 3-bosqich magistranti Boboyorov Sardor Uchqun o‘g‘li hamda talaba Qshoqo‘a Gulhayo O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🎓 TDTU Termiz filiali jamoasi nomidan Sardor va Gulhayoni ushbu sharafli mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Yoshlarimizning bunday yutuqlari safi yanada kengayib, ular kelgusida ham ilm-fan va tibbiyot rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga tilakdoshmiz.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
Repost from IQTIDORLI VA XALQARO TDTU TF | rasmiy kanali
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❤️2026/2027-o'quv yilidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Professor Muhammadiyev Rahmon Omonovich nomidagi stipendiya ta'sis etiladi!
🗒 Professor Muhammadiyev Rahmon Omonovich nomidagi stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi
🇺🇿Talablar:
🔘Bakalavr 2-3-kurs talabalari bo'lishi;
🔘A'lo baholarga o'qishi;
🔘Xorijiy til (ingliz tili) ni bilish;
🔘O‘zbekiston tarixini bilish;
🔘Davlat tilini bilish;
🔘Munatazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
🔘Turli konferentsiya (tanlov)larda qantashib kelayotgan;
🔘Respublika va/yoki xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan;
🔘TDTUTFda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar, jamoat ishlarida faol bo'lishi talab etiladi
✅Stipendiya tanlovi har yili 29-avgustdan 15-sentabrga qadar o‘tkaziladi.
🔔 Nomzodlar O'zbekiston tarixi, xorijiy til (ngliz tili) va Davlat tilidan test topshiradi.
📎 Hujjatlar yig'ma jildi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida qabul qilinadi.
📞 Murojaat uchun:
+998996770099
👉 t.me/iqtidorlivaxalqarotdtutf
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan galakonsert tomoshalariga marhamat!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan bugun, 29-avgust kuni, soat 19:00 dan boshlab Termiz tumanidagi “Yangi O'zbekiston” massivi amfiteatr maydonida bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan galakonsert dasturi namoyish etiladi.
🎙“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram konsert dasturida Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, Hosila Rahimova, aka-uka Eshjonovlar, Dilnoza Ismiyaminova, Xamdam Sobirov, Ulug‘bek Yulchiyev hamda vohamizning xushovoz xonandalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.
🎞 Shuningdek, konsert dasturlari "Surxondaryo" telekanali orqali jonli efirda namoyish etib boriladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
+2
SAMARALI FAOLIYAT — YUKSAK E’TIROF!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Registrator ofisi boshlig‘i Sharipov Abror Komilovich “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur yuksak e’tirof A.Sharipovning mas’uliyatli mehnati, ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda filial faoliyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
👏 Hurmatli Abror Komilovich!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+1
🇺🇿 MEHNAT E’TIROFI — YUKSAK SHARAF!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tibbiyot va ta’lim sohasiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarning samarali mehnati e’tirof etilmoqda.
🏅 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi mudiri t.f.d. (PhD) Iskandarova Dilnoza Ergashevna “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur mukofot D.E. Iskandarovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, yosh mutaxassislarni tayyorlash va tibbiyot ta’limi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
💐 Hurmatli Dilnoza Ergashevna!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+2
E’TIROF — FIDOYILIK VA FAOLLIK SAMARASI!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Psixologiya fanlari boʻyiicha falsafa doktori (phd) Himmatova Nodira Normamatovna “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur mukofot xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoada sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish borasidagi samarali faoliyatlarining munosib e’tirofidir.
💐 Hurmatli Nodira Normamatovna!
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+1
🇺🇿 YUKSAK E’TIROF — MUNOSIB MEHNAT SAMARASI!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali bosh auditori Gulshoda Turdiqulova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur e’tirof Gulshoda Turdiqulovaning mas’uliyatli, fidokorona mehnati hamda filial faoliyatining samarali va shaffof tashkil etilishiga qo‘shayotgan munosib hissiga berilgan yuksak bahodir.
👏 Hurmatli Gulshoda Turdiqulova!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+2
ILM, MEHNAT VA FIDOYILIK — YUKSAK E’TIROF!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi professori, p.f.b.f.d. (PhD) Sharipova Farida Salimdjanovna “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur yuksak e’tirof ustozning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, tibbiy ta’lim rivoji va malakali mutaxassislar tayyorlashga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofidir.
💐 Hurmatli Farida Salimdjanovna!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
