TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
رفتن به کانال در Telegram
https://t.me/ttatf Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
نمایش بیشتر5 237
مشترکین
+124 ساعت
-127 روز
+39230 روز
آرشیو پست ها
+5
#Sport
“Direktor kubogi” — sport, birlik va hamjihatlik maydonida!
⚽️ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki jamoada do‘stlik, hamjihatlik, jamoaviy ruh va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy birdamligini namoyon etdilar.
🏃♂️ Bunday sport tadbirlari jamoa a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish hamda mehnat jamoasida do‘stona muhitni yanada mustahkamlashda muhim аҳamiyat kasb etadi.
🏆 “Direktor kubogi” — nafaqat musobaqa, balki jamoaviy ruh, birdamlik va sog‘lom hayot tarzi bayramidir!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+5
🫀 SALOMATLIK — ENG KATTA BOYLIK
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talabalar ishtirokida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari, ularning oldini olish hamda infarkt va insult alomatlarini aniqlashga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
🎙 Tadbirni filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Himmatova Nodira Normamatovna kirish so‘zi bilan ochib berdi.
👨⚕️ Mavzu yuzasidan Ichki kasalliklar, harbiy dala terapiyasi, gematologiya va oilaviy shifokorlikda terapiya kafedrasi assistenti Norqulov Zokir Urolovich ma’ruza qildi.
💡 Tadbir davomida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarning oldini olish hamda infarkt va insultning dastlabki belgilarini aniqlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+5
🫀 SALOMATLIK — ENG KATTA BOYLIK
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talabalar ishtirokida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari, ularning oldini olish hamda infarkt va insult alomatlarini aniqlashga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
🎙 Tadbirni filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Himmatova Nodira Normamatovna kirish so‘zi bilan ochib berdi.
👨⚕️ Mavzu yuzasidan Ichki kasalliklar, harbiy dala terapiyasi, gematologiya va oilaviy shifokorlikda terapiya kafedrasi assistenti Norqulov Zokir Urolovich ma’ruza qildi.
💡 Tadbir davomida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarning oldini olish hamda infarkt va insultning dastlabki belgilarini aniqlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
#OAV_nigohida_biz
#Surxondaryo_MTRK
♻️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali iqtidorli, intiluvchan, tashabbuskor talabalaridan biri Sarvaroy Ne'matullayeva Surxondaryo telekanali orqali jonli efirga uzatiladigan "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo‘ldi.
Batafsil👆
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+3
#Xalqaro_hamkorlik
Xalqaro maydonda — ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvi
2026-yil 17–18-sentabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida “Sud-ekspertlik faoliyati va sud ekspertologiyasining milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi roli va ahamiyati” mavzusidagi IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Patologik anatomiya, sud tibbiyoti va tibbiy huquq kafedrasi mudiri Babajanova Shoira O‘tkurovna ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida sud-ekspertlik faoliyatini takomillashtirish, sud ekspertologiyasining zamonaviy yo‘nalishlari hamda sohadagi ilmiy-amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xalqaro ilmiy anjumandagi ishtirok filialning ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etish, tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
#OAV_nigohida_biz
#Surxondaryo_MTRK
SHIFO ISTAB.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti bolalar nevrapatologi Soyipov Alisher Shavkatovich "Panensefalit kasalligining sabablari, dastlabki belgilari, tashxislash va davolash usullari"mavzusida Surxondaryo viloyati telekanali orqali jonli efirga uzatiladigan "Shifo istab" koʻrsatuvida ishtirok etdi.
Batafsil👆
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+3
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Milliyligimiz — faxrimiz!
“Juma — milliy libos kuni” munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, milliy liboslarimizni targ‘ib etish va yoshlar qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini yanada yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida filialimizning go‘zal va faol qizlari milliy liboslarda ishtirok etib, milliy liboslarimizning betakrorligi va jozibasini tarannum etuvchi she’rlar ijro etmoqdalar.
✨ Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, u xalqimizning tarixi, qadriyati, didi va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir.
Milliyligimiz — o‘zligimiz, milliy liboslarimiz esa faxrimiz va iftixorimiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+6
OGOHLIK — XAVFSIZ KELAJAK GAROVI!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik va giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda TDTU Termiz filiali Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari Sh. Usanov, profilaktika inspektorlari M. Qamariddinov, M. Qurbonova, filial xotin-qizlar kengashi raisi N. Ximmatova, psixolog G. G‘oziyeva, tyutor S.Mallayev hamda 120 nafar talaba ishtirok etdi.
Kiberxavfsizlik mavzusida internet firibgarligi, fishing saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoyalanish choralari tushuntirildi.
Shuningdek, giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri hayotiy misollar asosida yoritildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Unutmang: raqamli olamda ham, real hayotda ham ogohlik — barchamizning burchimiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+5
JUMA — MILLIYLIK VA GO‘ZALLIK KUNI!
Suratlardagi TDTU Termiz filiali qizlari egnidagi rang-barang atlasu adraslar, yigitlari boshidagi milliy do‘ppilar o'zgacha fayz va ko‘rk bag‘ishlab turibdi.
Milliy libos — shunchaki kiyim emas, u xalqimizning boy tarixi, nozik didi, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan betakror merosdir.
Atlasning jilosi, adrasning nafosati, do‘ppining salobati — barchasi bir bo‘lib, milliyligimiz va g‘ururimizni namoyon etadi!
Milliy liboslarimiz doimo e’zozda, qadriyatlarimiz avlodlarimizga meros bo‘lib qolsin!
Milliyligimiz — faxrimiz! Milliy liboslarimiz — ko‘rkimiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+7
#Yoshlar_kuni
Yoshlar vatan kelajagi!
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlash hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Termiz shahrida joylashgan 11506-sonli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalar harbiy qismning faoliyati, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlar yosh avlodni Vatanga sadoqat, jasorat va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatan himoyasi — sharafli burch!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+7
#Yoshlar_kuni
🎓 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talaba-yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar haqida fikr va taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.
✨ Kitob — bilim, tafakkur va ma’naviyat manbai!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Giyohvandlik — umr zavoli!»
Ushbu videorolik Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining «Yosh psixologlar» to‘garagi a’zolari ishtirokida tayyorlandi.
Maqsad — yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni zararli odatlardan asrashga chaqirish.
Sog‘lom hayotni tanlang! Giyohvandlikka yo‘l qo‘ymang!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi bayon etildi
BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”
Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ustozga ehtirom
📚 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari o‘z ustoz va murabbiylariga samimiy tilaklarini she’riy satrlar orqali izhor etdilar.
Aziz ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo‘lsin!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
Repost from Edu.uz
+4
#ByurokratiyaniBartarafEtish2030 #OmmaviyTashabbus
🌍Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim!
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda.
Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish.
Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir.
⤵️ O‘z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo‘shing.
murojaat.byurokratiyasiz2030.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
