ar
Feedback
TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali

TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali

الذهاب إلى القناة على Telegram

https://t.me/ttatf Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.

إظهار المزيد
4 351
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+57 أيام
+11830 أيام
أرشيف المشاركات
📢 #DIQQAT_E'LON! Hurmatli shifokorlar va tibbiyot sohasi bitiruvchilari! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali 2026–2027 o‘quv yili uchun xalqaro hamkorlik doirasidagi qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ordinaturaga qabul boshlanganini e’lon qiladi. Siz Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturlarda tahsil olib, zamonaviy bilim, ilg‘or amaliy ko‘nikmalar hamda xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga egasiz. Hamkor oliy ta’lim muassasalari: 🇷🇺 Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti 🇷🇺 Kazan (Volga Region) Federal University (dunyoning TOP–500 taligiga kirgan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri) Ordinatura mutaxassisliklari:
Urologiya Travmatologiya va ortopediya Rentgenologiya (Radiologiya) Yuz–jag‘ (chanoq-yuz) jarrohligi Onkologiya Oftalmologiya Otorinolaringologiya (LOR) Terapiya Pediatriya Akusherlik va ginekologiya Bolalar jarrohligi Endokrinologiya Kardiologiya Nevrologiya Neyroxirurgiya
Xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan ushbu qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olib, malakangizni yangi bosqichga olib chiqing! 🎓 Kelajagingizni bugundan boshlang! Hujjatlaringizni topshiring va malakali, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish sari muhim qadam tashlang. 📌 Barcha talabgorlarni ordinatura dasturlariga hujjat topshirishga taklif etamiz!
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

🔴 🟦🟦🟦 ❗️Xorijda o‘qish va malaka oshirish uchun tanlov e'lon qilindi 🖥 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarin
🔴 🟦🟦🟦 ❗️Xorijda o‘qish va malaka oshirish uchun tanlov e'lon qilindi
🖥 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini magistratura, klinik ordinatura dasturlari bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlarida o‘qishga, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini xorijda malaka oshirish (stajirovka) va qayta tayyorlashga yuborish uchun barcha tibbiy yo‘nalishlar kesimida tanlov e'lon qilindi.
📆 Nomzodlarning hujjatlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining https://mas.ssv.uz axborot tizimi orqali 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustgacha qabul qilinadi. 🗂 Nomzodlar tomonidan sohalar kesimida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha toʻldiriladigan elektron soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 📎 malaka oshirish (stajirovka o‘tash), qayta tayyorlashga o‘qishga qabul qilishga tayyor xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasasi yoki tibbiyot markazi taqdim etgan hujjat (rasmiy xat yoki boshqa hujjat). Bunda o‘qishning boshlanish muddati 2026-yil sentabr oyidan keyinga rejalashtirilishi lozim; 📎 xorijda malaka oshirish, qayta tayyorlashga o‘qishga borishdan maqsad, o‘qish rejasi, vatanga qaytib kelgach, olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish rejalari aks etgan insho (essey); 📎 oxirgi 2 yil ichida Davlat budjeti hisobidan xorijda malaka oshirmaganligi haqida nomzodning tilxati; 📎 til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa). 📌 Taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligiga nomzodlar shaxsan javobgar hisoblanadi. 🗣Tanlov jarayoni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi huzuridagi ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan nomzodlar topshirgan insho (essey) asosida onlayn suhbat shaklida oʻtkaziladi. 🔎 Tanlov natijalari Markazning axborot tizimida va veb-saytida eʼlon qilib boriladi hamda tanlov gʻoliblari 2026-yil oktabr oyidan boshlab oʻqishga yuboriladi. 🟡 Bunda tanlov gʻoliblarini magistratura va klinik ordinaturada yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish xarajatlari (kontrakt puli), shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining xorijda malakasini oshirish (stajirovka) va qayta tayyorlash bilan bogʻliq (kundalik xarajatlar, yashash (turar joy ijarasi), transporti, oʻqish xarajatlari) Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan qoplab beriladi.
📝 Eslatma: Sog‘liqni saqlash vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti tanlov g‘oliblari bilan vazirlik tomonidan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
🔆 Ushbu shartnomalarda malaka oshirish (stajirovka o‘tash) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qib kelgandan so‘ng 3 yil muddat mobaynida, qayta tayyorlash, magistratura va klinik ordinatura ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qib kelgandan so‘ng 5 yil davomida davlat tibbiyot muassasalarida uzluksiz ishlab berish majburiyati ko‘rsatiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

No comment | “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.
+9
“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, islom ma’rifati va ilmiy merosini chuqur o‘rganish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lgan “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi forum doirasida tashkil etilmoqda. Konferensiyada dunyoning 10 dan ortiq davlati, jumladan, Iordaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Jazoir, Italiya, Misr, Turkiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 25 ga yaqin islom olamining taniqli ulamolari, musulmon mamlakatlari muftiylari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etmoqda.
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

#Diqqat_e'lon! 8 yillik zafarli yo‘l — kecha, bugun va kelajak sari! Sakkiz yil — bu shunchaki sana emas. Bu — mehnat, izlani
#Diqqat_e'lon! 8 yillik zafarli yo‘l — kecha, bugun va kelajak sari! Sakkiz yil — bu shunchaki sana emas. Bu — mehnat, izlanish, yuksalish va ulkan yutuqlar bilan bezalgan tarixdir. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali tashkil etilganiga 8 yil to‘ldi! Shu yillar davomida filialda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi, zamonaviy imkoniyatlar yaratildi, ilm-fan va tibbiyot sohasida yangi marralar sari dadil qadamlar tashlandi. Filialning kechasi, buguni va yuksalish yo‘li haqida hikoya qiluvchi “Kecha va bugun” maxsus ko‘rsatuvini tomosha qiling! “Madaniyat va ma’rifat” telekanali 🔹 1-qism — 9-iyul, soat 17:30 🔹 2-qism — 12-iyul, soat 18:00
Ilm, taraqqiyot va fidoyilik uyg‘unlashgan ushbu mazmunli ko‘rsatuvni o‘tkazib yubormang!
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sino
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉🏻 📄 shaklida yuklab olish. 👉 На руcском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahba
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga bin
+2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga joʻnab ketdi.
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

#OAV_nigohida_biz #Surxondaryo_MTRK "Ko‘ngil olami" Ustoz, olim va shifokor hayotidan saboqlar. O‘zbekiston qahramoni Rahmon Muhammadiyevning ko‘ngil olamiga tashrif.
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

#OAV_nigohida_biz #Surxondaryo_MTRK "Oltin halqa: Surxon vohasidagi qo‘shnichilik an'analari va milliy madaniy markazlar faoliyatiga nazar." Ushbu ko'rsatuvda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali dekah o'rinbosari tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Shuhrat Usanov mavzu doirasida o'z mulohazalarini bildirib o'tdi. Batafsil👆
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi
🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo'lladi Davlat rahbari forumda 40 dan o
Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo'lladi Davlat rahbari forumda 40 dan ortiq davlatdan kelgan olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etayotganini ta’kidlab, mazkur anjuman islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosiga qiziqish ortib borayotganidan dalolat berishini qayd etdi.
“Biz ilm va maʼrifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori boʻlib qolishiga qatʼiy ishonamiz va barchangizni shu ezgu maqsad yoʻlida hamkorlikka chaqiramiz”, deyiladi murojaatda.
Prezidentimiz bugungi murakkab davrda ilm-fan, ta’lim, madaniyat va ma’rifat tinchlik hamda barqaror taraqqiyot uchun muhim asos ekanini bildirdi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Sharq va G‘arb, o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi intellektual ko‘prikka aylangani ta’kidlandi.
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oli
#Eʼlon #Tanlov
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ▪️she’r; ▪️hikoya; ▪️esse; ▪️maqola. Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Iqtibos "Katta ishlar qilishning yagona yo‘li — qilayotgan ishingizni sevishdir." — Steve Jobs 👀Bizni kuzating Telegram | I
#Iqtibos "Katta ishlar qilishning yagona yo‘li — qilayotgan ishingizni sevishdir." — Steve Jobs
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

Texnikum bitiruvchilari uchun muhim yangilik 📄Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim tashkilotlarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega 📌Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Batafsil ma’lumot bilan video orqali tanishing O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 👈
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

Repost from Yoshlar.edu.uz
🗣Kitobtafakkur qanoti, muvaffaqiyat kaliti 🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi kitobsevar, intiluvchan yoshlarni kashf etayotgan nufuzli loyihalardan biridir. 🎤 Ushbu intervyuda “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 2025-yilgi 4-mavsumi g‘olibi TDTibU Termiz filiali talabasi Akbar Xayitov o‘zining muvaffaqiyat yo‘li haqida so‘zlab berdi. 📺You Tube orqali ko‘rish Intervyu davomida tanlov g‘olibining muvaffaqiyat omillari va ishtirokchilar uchun amaliy tavsiyalari bilan tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

Nazariyadan amaliyot sari: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari yozgi malakaviy amaliyotda TDTU Te
+9
Nazariyadan amaliyot sari: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari yozgi malakaviy amaliyotda
TDTU Termiz filiali talabalari yozgi malakaviy amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar. Mazkur amaliyot davomida talabalar o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tibbiy faoliyatning muhim jihatlarini chuqur o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Amaliyot jarayonlari davolash-profilaktika muassasalarida tajribali shifokorlar va mutaxassislar rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar bemorlar bilan muloqot qilish, tibbiy hujjatlarni yuritish, diagnostika va davolash jarayonlarini kuzatish bo‘yicha zarur tajriba to‘plamoqdalar. Yozgi malakaviy amaliyot bo‘lajak tibbiyot xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, mas’uliyat hissini mustahkamlash va kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

Repost from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov
🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi
2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi. “President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi:
⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes; ⚫️ sog‘liqni saqlash; ⚫️ ta’lim; ⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar.
Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega. “President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Iqtibos ⚜️"Muvaffaqiyat — yakun emas, muvaffaqiyatsizlik esa halokat emas. Muhimi — davom etish jasoratidir." 📝Winston Churchill
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt