TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
前往频道在 Telegram
https://t.me/ttatf Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
显示更多4 875
订阅者
+1124 小时
+2367 天
+48330 天
帖子存档
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» | Surxondaryoda mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi nishonlanmoqda
🔹 Jonli efir:
https://t.me/tvsurxon?livestream
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Ta’lim sohasida mustaqillik yillarida viloyatimizda 30 dan ziyod yangi maktab qurildi, 590 ta maktab rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 150 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Maktabgacha ta’lim qamrovi 10 foizdan 75 foizga yetkazildi. Viloyatimizda 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi, oliy ta’limga qamrov 40 foizdan ortdi.
Mustaqillik bayrami arafasida 51 ta maktab, 25 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 60 ta mahallada infratuzilma obyektlarining foydalanishga topshirilayotgani bunyodkorlik ishlarining yana bir amaliy natijasi ekanligi qayd etildi.
Tibbiyot sohasida 2,1 ming o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonalar barpo etildi, zamonaviy tibbiy muassasalar tashkil qilindi.
Bugun viloyatimizning o‘zida jigar va buyrak ko‘chirib o‘tkazish, ochiq yurak jarrohligi kabi murakkab operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgani ta'kidlandi.
Aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida minglab xonadonli ko‘p qavatli uylar qurildi. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida «Yangi O‘zbekiston» massivlari qad rostladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan amfiteatr maydonida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan Surxondaryo viloyatining asosiy bayram shodiyonalari boshlandi.
Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamiz ahliga bayram tabrigini yo‘llamoqda.
Avvalo, barchangizni, sizlar orqali Surxon vohasida yashayotgan uch milliondan ziyod ko‘p millatli xalqimizni, shuningdek, Mustaqillik bayramimizni birga nishonlash uchun tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarimizni, xususan, Tojikiston Respublikasidan kelgan mehmonlarimizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bu yilgi shodiyonalarimiz «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilmoqda. Bu shiorda xalqimizni yagona maqsad atrofida birlashtirish, yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kelajagi uchun mas’uliyat bilan mehnat qilishdek ulug‘ maqsad mujassam. Bu yilgi Mustaqillik bayrami biz – surxondaryoliklar uchun, ayniqsa, alohida ruh va mazmun kasb etmoqda.- deya tabrigini boshladi viloyat rahbari. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» | Surxondaryoda mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi nishonlanmoqda
Termiz tumani "Yangi O'zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida o'tkazilayotgan bayram shodiyonasi avvalida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov Tojikistondan tashrif buyurgan mehmonlar, vohamiz faollari, nuroniylar hamda mutasaddilar bilan hududda tashkil etilgan ko'rgazmalar bilan tanishdi.
🔹 Bayram shodiyonalarini quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
https://t.me/tvsurxon?livestream
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
+5
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇷🇺 Novosibirskda xalqaro hamkorlik. TDTU Termiz filiali delegatsiyasi forumning ikkinchi kunida
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali delegatsiyasi Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan XIII Xalqaro texnologik rivojlanish forumi — "Texnoprom-2026" ning ikkinchi kunida ham faol ishtirok etdi.
Forumning joriy yilgi “Rossiya fani — texnologik yetakchilikning asosi” mavzusi doirasida delegatsiya a’zolari zamonaviy ilm-fan va innovatsion texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbirning ikkinchi kunida TDTU Termiz filiali ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mansur Ergashev hamda filial dekani Nodir Sagiraev tibbiyot va biotexnologiyalar, sun’iy intellekt, zamonaviy materiallar hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ilg‘or ishlanmalar taqdimotlarida ishtirok etdilar.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+3
TDTU TERMIZ FILIALI TALABALARI — YUKSAK E’TIROF SOHIBLARI!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, o‘zining bilim va intilishi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlar ham munosib taqdirlanmoqda.
Quvonarlisi, ana shunday yuksak e’tirof Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalariga ham nasib etdi.
Filialning Neyroxirurgiya yo‘nalishi 3-bosqich magistranti Boboyorov Sardor Uchqun o‘g‘li hamda talaba Qshoqo‘a Gulhayo O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🎓 TDTU Termiz filiali jamoasi nomidan Sardor va Gulhayoni ushbu sharafli mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Yoshlarimizning bunday yutuqlari safi yanada kengayib, ular kelgusida ham ilm-fan va tibbiyot rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga tilakdoshmiz.
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
Repost from IQTIDORLI VA XALQARO TDTU TF | rasmiy kanali
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❤️2026/2027-o'quv yilidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Professor Muhammadiyev Rahmon Omonovich nomidagi stipendiya ta'sis etiladi!
🗒 Professor Muhammadiyev Rahmon Omonovich nomidagi stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi
🇺🇿Talablar:
🔘Bakalavr 2-3-kurs talabalari bo'lishi;
🔘A'lo baholarga o'qishi;
🔘Xorijiy til (ingliz tili) ni bilish;
🔘O‘zbekiston tarixini bilish;
🔘Davlat tilini bilish;
🔘Munatazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
🔘Turli konferentsiya (tanlov)larda qantashib kelayotgan;
🔘Respublika va/yoki xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan;
🔘TDTUTFda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar, jamoat ishlarida faol bo'lishi talab etiladi
✅Stipendiya tanlovi har yili 29-avgustdan 15-sentabrga qadar o‘tkaziladi.
🔔 Nomzodlar O'zbekiston tarixi, xorijiy til (ngliz tili) va Davlat tilidan test topshiradi.
📎 Hujjatlar yig'ma jildi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida qabul qilinadi.
📞 Murojaat uchun:
+998996770099
👉 t.me/iqtidorlivaxalqarotdtutf
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan galakonsert tomoshalariga marhamat!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan bugun, 29-avgust kuni, soat 19:00 dan boshlab Termiz tumanidagi “Yangi O'zbekiston” massivi amfiteatr maydonida bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan galakonsert dasturi namoyish etiladi.
🎙“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram konsert dasturida Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, Hosila Rahimova, aka-uka Eshjonovlar, Dilnoza Ismiyaminova, Xamdam Sobirov, Ulug‘bek Yulchiyev hamda vohamizning xushovoz xonandalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.
🎞 Shuningdek, konsert dasturlari "Surxondaryo" telekanali orqali jonli efirda namoyish etib boriladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
+2
SAMARALI FAOLIYAT — YUKSAK E’TIROF!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Registrator ofisi boshlig‘i Sharipov Abror Komilovich “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur yuksak e’tirof A.Sharipovning mas’uliyatli mehnati, ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda filial faoliyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
👏 Hurmatli Abror Komilovich!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
+1
🇺🇿 MEHNAT E’TIROFI — YUKSAK SHARAF!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tibbiyot va ta’lim sohasiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarning samarali mehnati e’tirof etilmoqda.
🏅 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi mudiri t.f.d. (PhD) Iskandarova Dilnoza Ergashevna “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur mukofot D.E. Iskandarovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, yosh mutaxassislarni tayyorlash va tibbiyot ta’limi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
💐 Hurmatli Dilnoza Ergashevna!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+2
E’TIROF — FIDOYILIK VA FAOLLIK SAMARASI!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Psixologiya fanlari boʻyiicha falsafa doktori (phd) Himmatova Nodira Normamatovna “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur mukofot xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoada sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish borasidagi samarali faoliyatlarining munosib e’tirofidir.
💐 Hurmatli Nodira Normamatovna!
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+1
🇺🇿 YUKSAK E’TIROF — MUNOSIB MEHNAT SAMARASI!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali bosh auditori Gulshoda Turdiqulova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur e’tirof Gulshoda Turdiqulovaning mas’uliyatli, fidokorona mehnati hamda filial faoliyatining samarali va shaffof tashkil etilishiga qo‘shayotgan munosib hissiga berilgan yuksak bahodir.
👏 Hurmatli Gulshoda Turdiqulova!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+2
ILM, MEHNAT VA FIDOYILIK — YUKSAK E’TIROF!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi professori, p.f.b.f.d. (PhD) Sharipova Farida Salimdjanovna “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🏅 Mazkur yuksak e’tirof ustozning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, tibbiy ta’lim rivoji va malakali mutaxassislar tayyorlashga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofidir.
💐 Hurmatli Farida Salimdjanovna!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+2
YURT E’TIROFI — EZGU MEHNATGA YUKSAK EHTIROM!
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va yoshlar kamoloti yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan fidoyi insonlarning mehnati munosib qadrlanmoqda.
🏅 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, f.f.d. (PhD) Raxmonov Abduqaxxor Absattorovich “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur yuksak mukofot yoshlar bilan ishlash, ularning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyatning munosib e’tirofidir.
👏 Hurmatli Abduqahhor Absattorovichni muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va yoshlar kamoloti yo‘lidagi faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
+2
E’TIROF — MEHNATGA BERILGAN YUKSAK BAHO!
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tibbiy ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizning mehnati yuksak e’tirof etilmoqda.
🏅 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Otamuradov Furqat Abdukarimovich O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur mukofot F.A. Otamuradovning rahbarlik faoliyati, tibbiy ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissi hamda fidokorona mehnatining yuksak e’tirofidir.
👏 Hurmatli Furqat Abdukarimovichni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, yangi marralar va ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!
👀Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt
Yuksak e’tirof — munosib sharaf
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyotiga, ta’lim va tibbiyot sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
🏅 Ular O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur mukofot filial professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidoyiligi, malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ilm-fan va tibbiyot rivojiga qo‘shayotgan munosib hissalarining yuksak e’tirofidir.
👏 Hurmatli ustozlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda.
—
Торжества по случаю 35-й годовщины независимости продолжаются красочной концертной программой.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi.
– Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi,– dedi davlatimiz rahbari. Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi. Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi. Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan. Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz. Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
