Muhrim / Муҳрим
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Muhrim / Муҳрим
Канал Muhrim / Муҳрим (@muhrim) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 14 087 підписників, посідаючи 3 872 місце в категорії Політика та 5 799 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 14 087 підписників.
За останніми даними від 27 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 104, а за останні 24 години на 0, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Не верифікований
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 52.42%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 29.10% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 7 384 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 4 099 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 0.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot
Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 29 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Політика.
Триває завантаження даних...
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 26 липня | +12 | |||
| 25 липня | +2 | |||
| 24 липня | +8 | |||
| 23 липня | +9 | |||
| 22 липня | +9 | |||
| 21 липня | +3 | |||
| 20 липня | +96 | |||
| 19 липня | 0 | |||
| 18 липня | +3 | |||
| 17 липня | 0 | |||
| 16 липня | +7 | |||
| 15 липня | +1 | |||
| 14 липня | +9 | |||
| 13 липня | 0 | |||
| 12 липня | 0 | |||
| 11 липня | +4 | |||
| 10 липня | +3 | |||
| 09 липня | +8 | |||
| 08 липня | +2 | |||
| 07 липня | +45 | |||
| 06 липня | 0 | |||
| 05 липня | 0 | |||
| 04 липня | +3 | |||
| 03 липня | +4 | |||
| 02 липня | +5 | |||
| 01 липня | +22 |
| 2 | Shu suratni ko‘rganimda, menga ham charxpalak bor taraf Central parkdek ko‘rindi, lekin tunnelli yo‘l chalg‘itavergandi, qayer ekan bu deb ikkilangandim. Tunnelning o‘zi ham loyiha ekan-da. Lekin, qiziq — Darxon-kafe tomon chiqib ketadigan yo‘l (Movaraunnahr ko‘chasi) yopilib ketarkan-da (#) | 6 935 |
| 3 | Немає тексту... | 3 874 |
| 4 | Chirchiqda ko‘cha mushuklariga yegulik bergan bir qiz va bir keksa ayolga jarima solishibdi — aynan mushuklarni boqqani uchun. Ayol jarima ustida prezident qabulxonasiga shikoyat qilibdi, u shikoyat aylanib mahalla inspektoriga tushgan, inspektor murojaatni yopish uchun onaxonga bosim qilgan. Oxiri uning mazasi qochib, vafot etibdi. Yozishlaricha, marhumaning qo‘shnilari ham zolimlikda o‘sha mahalla inspektoridan qolishmas ekan — har mushukka ovqat berganida, orqasidan poylab, videolarni mahalla raisiga tashlab turisharkan: https://www.gazeta.uz/ru/2026/07/24/chirchik-cats/
Tavba. Odamlar orasida yashayapman, deb o‘ylaymiz. Va adashamiz. Qandaydir hissiz, bemehr, molparast, xudbin ikki oyoqli mahluqlar orasida yashayotganimizni bilmaymiz. Odamning qadri yo‘q joyda ahvol shu.
PS. Albatta, hali yangi materiallar chiqadi, mahalla ahli mushuklarni ham, o‘lgan ayolni ham hammayoqni sassiqxona qilib tashlashda ayblaydi, normal yashashga sharoit qoldirmaganidan norozi bo‘ladi, mahalla inspektorining yonini oladi, mahalla inspektori ham hech kimga bosim qilmaganini aytadi, prezident qabulxonasi ham afsusda ekanini bildiradi va shu bilan tamom. Va zolimlar yana zulm qilishda, odamlarni jismonan o‘ldirolmasa, ma’nan o‘ldirishda davom etaveradi. | 4 311 |
| 5 | GOFRET
90 йиллар кўпчилик оилалар учун оғир келган эди.
Энди мустақилликка эришган даврларимиз, озиқ овқат танқислигидан зиёда ойлик тушиши қийин. 70 йил Москвага қарам бўлган ўлка ва корхоналар янги даврда ҳали ўз йўлини топиб кетмаган.
Ва айнан ўша пайтда чет элдан - асосан Туркиядан турли сақич, ширинлик ва бананлар кириб кела бошлаган. Қишлоқ болалари ва нафақат бу ширинликларни қадоғини сақлаб қўйишни ва бир бирига азза базза мақтанишни ҳам канда қилмайди. Бу бир мағрурлик сабаби.
Онам ўқитувчи бўлиб ишлайди. Колхозда тракторчи бўлиб ишлаган ўгай отам эса ишсиз. 3 бола нимадир еб ичиши ва нималардир кийиши керак.
Уйга ширинлик нари турсин, оқ ун кирса ўзимизни бойдек ҳис қиламиз.
- Ёғ ва ун бўлса оч қолмаймиз, деган ёзилмаган қонун бор. Уйга гўшт кирмай қўйганига анча бўлган. Бундай ширинликларнинг қадоғини ўртоқларимнинг китоблари орқасида кўраман ва бир тамшаниб қўяман.
Онамнинг сумкаси
У доим мени ўзига тортган.
- Сумкамни ковлама, деб неча марта айтай сенга, деган койишни минг маротаба эшитган бўлсамда, ҳар гал онамнинг сирли ифор таратган сумкаси мени ўзига чорлайверарди.
- Қараб кўр, бугун балки бир нарса олгандир аянг, дерди у доим. – Кел, доим титкилайсанку, аянг сезмайди, менда бир нарсалар яшириб қўйилган.
Ва мен яна бу алдовга енгилиб сумкани титкилашга тушардим.
Ўқувчилар дафтарлари, кўзойнак, ручка, қалам. Ўқитувчи қуроллари.
Ҳар гал ҳафсалам пир бўлсада, эртаси куни яна айни ишни такрорлардим. Ва буни нафақат мен балки укаларим ҳам бир биримиздан яширган куйи қилардик. 😊
Бир кун кечки овқатни биргаликда еб бўлгач, ҳеч кутилмаганда онам:
- Сумкамни олиб кел, - деб қолди.
Ҳали сумкани титиб улгурмаганим боис югуриб бориб сумкани олиб келдим. Онам ичидан шоколадли вафли чиқарди. Қизил, устига сариқ, қизил ёзувлар билан ülker
Çikolatali gofret деб ёзилган. 1 дона.
Секин очди ва унинг ҳиди худди дунёни тутиб кетгандек бўлди. Пичоқ билан 4 бўлакка бўлди. Ўзига жуда кичик парча қолдирди. Бу шундай катта бахт эдики, дунёга сиғмасдим. Бир томондан нафсим қитиқлар, бошқа томондан кейинги ойгачан пулимиз етмай қолишидан хавотир ичимни эзарди.
- Ая, қанча экан? – дедим ҳамон ютқиниб.
- 5 сўм.
5 сўм биттагина шоколадли вафли учун қиммат эди. Бир дона тандир нон 8 сўм эди ўшанда.
- Ўйлама сен уни, эртага Худо пошшо, деди онам.
3 бола вафли қоғозини топ тоза қилиб ялтиратиб яладигу, кейин ким бу қадоқни китоби орқасига қўйиб синфдошлари олдида мақтанишини талашдик. Ва бу имконият яна аразчи укамга берилди.
Ора-сира онам бу вафлидан 1 дона олиб келадиган ва тўртовимиз бўлиб ейдиган бўлдик.
Ҳар гал, ҳеч истисносиз ҳар гал бу шоколадли вафли мени айнан ўша қишлоқ уйимизга, пичоқ билан 4 бўлакка бўлинган ва 1 бўлаги бошқаларидан кичикроқ бўлган дастурхон бошига, ҳали ёш онам, ҳали кичик укаларим ёнига олиб кетади.
Ўша пайтлар бир куни пулимиз кўўп бўлиб ҳар биримизга биттадан шоколадли вафли ола олишимизни орзу қилганларимизни ёдга солади.
Бугун бу шоколаддан 6 дона олдим.
Ва ўтирдиму, ўша кичик қиз Мадина бўлиб бир бутун шоколадни паққос туширдим.
Мен буни ҳар сафар бу вафлини кўрганимда қиламану, аммо ичимдаги армон кетмайди.
Чунки ортиқ 4 киши бўлиб бир дастурхон бошида тўпланолмаймиз ва ўша пайтлар орзу қилганимиздек, ҳар биримиз биттадан шоколад олиб ея олмаймиз.
Муаллиф: MadinaZarif | 3 162 |
| 6 | Немає тексту... | 5 721 |
| 7 | Toshkentda Toshkent mudofaachilari xotirasi uchun ko‘zga ko‘rinarli nimadir bo‘lishi kerak, menimcha. Adashmasam, hech narsa yo‘q bu mavzuda | 8 852 |
| 8 | IELTS 6.0 bilan Britaniya diplomini 100% grant asosida olish imkoniyati
Agar sizda IELTS 6.0 sertifikati bo‘lsa, Toshkentda turib Coventry University dasturi bo‘yicha xalqaro darajadagi ta’lim olishingiz va Britaniyaning rasmiy diplomiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Dastur doirasida 250 mln so‘mgacha grant uchun ariza topshirish, 4 yillik 100% grant asosida tahsil olish hamda haq to‘lanadigan amaliyotda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Ayni paytda Agrobank bosh ofisida grant dasturi bo‘yicha tanlov suhbatlari o‘tkazilmoqda. Joylar soni cheklangan. Agar IELTS sertifikatingiz bo‘lsa, bu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza topshirishga shoshiling.
Batafsil ma’lumot:
+998 78 888 08 00
@udeahelp
📍Manzil: Toshkent shahri, Boshliq ko‘chasi, 3-uy
Reklama | 4 231 |
| 9 | Toshkentda pulli parkovkalar paydo bo‘lganidan beri bu mavzu atrofidagi bahslar tinmaydi. Vaholanki, dunyoning barcha yirik poytaxtlarida ko‘chalarda mashinani bepul qoldirish amaliyotidan allaqachon voz kechilgan. Kuni kecha Gazeta.uz’da e’lon qilingan Poytaxt Parking bosh menejeri Jahongir Toshpo‘latov bilan intervyu bilan tanishib ham, bu millionlab aholi yashaydigan hozirgi zamon shaharlari uchun bu normal va kerakli amaliyot ekanligini anglash mumkin.
Aslida bu avtoturargohlardan ko‘zlangan asosiy maqsad nuqul pul undirish emas, balki mashinalar rotatsiyasini ta’minlash va shahar markazidagi tirbandlikni kamaytirishdir. Qolaversa, shahar aholisining atigi 24 foizida mashina bor, qolgan 76 foizi piyoda yoki jamoat transportida yuradi. Demak, shahar resursi bo‘lgan cheklangan yer hamma uchun teng xizmat qilishi kerak.
Umuman olganda, dunyoning barcha yirik poytaxtlari o‘tgan bu bosqichni Toshkent ham bosib o‘tyapti. Tartib va mas’uliyat bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Shahar markazi shaxsiy avtomobilni kun bo‘yi tekinga qo‘yib qo‘yadigan joy emas, balki barcha uchun qulay va harakatchan hudud bo‘lishi kerak. | 4 915 |
| 10 | Konspirologiyaga raddiya: https://t.me/shahnozxon/5155
Nima bo‘lganda ham, baribir bir-ikki kun muhokama bo‘lishi kerak edi. 30 yil deganda bazo‘r yuz berayotgan o‘zgarishlar bahona hozirgidan bir-ikki chimdim mukammalroq alifboli bo‘lardik.
Hay, qachondir kuchli jamiyat bo‘lsa, u jamiyatning so‘zi zalvorli va o‘tkir olimlari ham bo‘lsa, o‘zi talab qilib, alifboni hozirgidan mukammalroq va qulayroq qilib oladi. Chunki jamiyat ishlatadi uni.
Hozircha esa davlat ma’qul deganiga ko‘nib turamiz. Konspirologiyalarga esa ishonmaymiz! | 5 003 |
| 11 | O‘zbek lotin alifbosiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun nega birdan qabul qilib yuborilgani haqida xayolimga bir konspirologik fikr kirib qolib, hech chiqib ketmayapti.
O‘zi bu jarayonda birinchi g‘ashimni keltirgan narsa — qonun imi-jimida, o‘ta bir shoshilinch qabul qilib yuborilgani bo‘ldi. Shuning uchun ham boshida men alifboga o‘zgartirish kiritilayotganidan emas, ko‘proq jarayon salkam yashirincha o‘tganidan norozi edim. Oddiy qilib aytganda, “nega men bilan maslahatlashmadinglar?!”, degan bir egoistik-narsisistik yondashuv (“sen kimsan o‘zi?” deydigan odam esa... ko‘p).
“Alifbo muhokamasi salkam 10 yildan beri davom etayotgandi, yana qanaqa muhokama kerak sanga?”, degan gaplar ham bo‘ldi. Endi, qanday tushuntirsam… Deylik, uyim oldida salkam 10 yildan beri pul naqdlashtiradigan bankomat turibdi. Deyarli foydalanmayman, birov foydalanayotganini ham ko‘rmayman. Ammo ertaga “naqd pul bankomatlari yo‘qotilarkan”, degan e’lon chiqsa, o‘sha bankomat oldidagi olomon ichida men ham bo‘lsam kerak (menga hozircha naqd pul kerak bo‘lmasa ham).
Alifbo muhokamasi ham shunday: “Bunisi oxirgi muhokama, keyin qonun qabul qilinadi, tamom”, degan e’lon bo‘lsa, hamma jiddiylashadi. Jim o‘tirganlar ham tilga kiradi, balki aynan ulardan biror asosli, mantiqli, tayinli taklif chiqib qolar. Bir-ikki yil avvalgi aynan shunday, “endi aniq o‘zgarish bo‘larkan”, degan umid bilan o‘tgan muhokamalarda “sh” va “ch” hozirgi holida, dumsiz qolaversin, degan mantiqli fikrlar chiqib qolgandi. Muhokama bo‘lsa, ehtimol, “ng” ham juvonmarg bo‘lmasdi, “x” va “h” ham murosaga keltirilardi va hokazo.
Lekin muhokama bo‘lmadi, “mening fikrimga hech kim qiziqmadi!”, qonun qabul qilib yuborildi. “Rossiyadagi moxovlar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolgan vaqtda otni qamchilashyapti-da”, degan fikr ham durust, lekin bu o‘zgarishni tezlashtirib yuborgan narsa tashqi omil emas, balki ichimizda shu o‘zgarishdan (moliyaviy) manfaatdor kuch paydo bo‘lgani bo‘lsa kerak; xayolimni band etgan konspirologiya ham shu aslida.
Bizda, bilasiz, “egasi”, “rahnamosi” bor sohalar gullaydi, ularning yo‘llari ochilib ketaveradi. “Egasiz” qolganlarning esa — sho‘riga sho‘rva! Bir misol — Toshkent atrofidagi issiqxonalar. Ular Surxondaryoga surgun qilinyapti, joyida qolganlariga katta soliqlar solinyapti. Hali yerini ham olib qo‘yishsa kerak — “poytaxt biqinidagi sotixi tilloga teng yerda issiqxona saqlashni kim qo‘yibdi bularga?”.
Nazarimda, alifbo bilan ham shunga o‘xshashroq holat bo‘lyapti. Muhokamasi kamida 10 yildan beri bo‘lgani bilan, shu vaqtgacha bu o‘zgarishdan manfaatdor qudratli kuch yo‘q edi. Ammo, bir yil avval, avtoraqamlarga raqam o‘rniga ism yozdirishga va shunday avtoraqamlarni auksionlarda milliardlab so‘mga sotishga ruxsat beruvchi qaror chiqqach, ana shunaqa kuch paydo bo‘ldi-yov.
Masalan, toshkentlik Shuhrat o‘z ismi yozilgan raqamni olmoqchi. Buning uchun 5 mlrd so‘m to‘lashga ham rozi (chunki Toshkentda 01 raqami bilan boshlanadigan avtoraqamda bunday ism faqat bitta bo‘ladi). Lekin hozirgi alifbo bunga imkon bermaydi: Shuhrat ismi olti harfli, lekin belgilar soni oltitadan ko‘p. Avtoraqamga esa faqat olti belgi sig‘adi. O‘zbekistondagi 14 hududning har birida mana shunday 5 mlrd to‘lashga tayyor qanchadan-qancha Shuhratlar, Xurshidlar, Jamshidlar bor.
Shuncha pul turganida, “sh” va “ch” harflarini bitta belgi ko‘rinishiga keltirmasa bo‘lmas, to‘g‘rimi? Endi, parlament qabul qilgan qonun bilan faqat “sh” va “ch” harflari o‘zgarganida, odamlar deputatlarning tomi to‘liq ketibdi, deb o‘ylagan bo‘lardi. Shuning uchun jamoatchilik har doim so‘rab kelgan “o‘” va “g‘” harflarini tuzatish ham qonunga qo‘shib ketilgan bo‘lsa kerak.
Lekin, nazarimda, avtoraqamga yozishda “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari xalal bermasdi, ortiqcha bir joy egallamasdi ham. Ayni vaqtda, “so‘zni bo‘lib yuboryapti” degan (asosli sabab bilan) “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari olib tashlanib, lekin tutuq belgisi ham so‘zlarni, ismlarni (masalan, mening familiyamni) shunday ikkiga bo‘lib tashlashi unutilgani xayolimni band etgan konspirologiya asoslarini mustahkamlayotgandek.
Kunda-kunora tutuq belgili ismi-familiyasi bilan xabarlarda chiqib turadigan biror hurmatli kotakon bo‘lganida edi, ehtimol, bu ilmoq ham esdan chiqmasdi. Xuddi shu kabi, “ng” harfidan boshlanadigan yo shu harf qatnashgan olti harfli, lekin yetti belgili mashhur o‘zbekcha ism(lar) bo‘lganida edi, menimcha, u ham alifbodagi “propiska”sini saqlab qolardi.
Mana shu konspirologik fikr xayolimni band etgach, “mendan fikr so‘rashmadi!” degan egoistik-narsisistik alamzadalik ham yo‘qoldi. Chunki davlatimizning birdaniga millatparvarligi tutib, “xalq shu buzuq harflar sabab juda azoblandi”, degan mulohaza bilan alifbomiz haqida qayg‘urib qolganiga ishonolmayotgandim baribir.
Mana endi xotirjamman. Xudoga shukr! Borib, haligi qirg‘iz baxshining “Sot, sot, sot, sot!” degan ashulasini eshitib kelay-chi...
PS. Qonun kuchga kirgan kunning ertasiga ismli avtoraqamlar savdosi ham ochilishi ham e’lon qilinsamidi hali... | 23 885 |
| 12 | “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1930-yil 6-yanvar sonida chiqqan suratli bir xabar:
Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi
Bu imorat 1931-nchi yil bahorida birinchi navbatda solinib bitishi lozim edi. Bosh korpusning yonidag‘i binolar katta sur’at bilan ishlanayotirlar. Iliktirni taqsim qilaturg‘an 3 qabatli bino hozir tomig‘acha bitib qoldi. Pilan mo‘ljallari ancha orqada qoldi.
SO‘RATDA: Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi. | 5 952 |
| 13 | Men buni o‘qib, mazza qildim: https://t.me/psixolingvist/991 | 6 250 |
| 14 | "Lolazor" podkastida nimaga lotin alifbosida o‘zbekcha matn o‘qishga qiyinu, ingliz tilida o‘qishga qiyinmas degan savol ustida mulohaza yurishibdi jurnalist va huquqshunoslar. Tutuq belgisi va shuningdek o‘ va g‘ larning shunday birtirnoq bilan ifodalanishini sabab sifatida keltirilibdi.
... Fikr yuritish, bir hodisaning sababini tushunishga intilish, albatta, yaxshi. Lekin baʼzan ilm-fan buni qanday tushuntiradi deb ham qiziqib ko‘rish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Mutaxassis sifatida izoh beraman. Buni men kashf qilmaganman. Bu bo‘yicha psixolingvistika, neyrolingvistikada minglab, millionlab tadqiqotlar qilingan. O‘sha tadqiqotlarning xulosasi shakllantirgan ilm bu.
O‘qish qanday jarayon? Buni tushunish uchun til o‘zi nima degan savoldan boshlash kerak.
Til tabiiy jihatdan og‘zaki shaklda yashaydigan hodisa. Yozuv uning shartli belgilar bilan ifodalanishidir.
Demak, tilning og‘zaki shakli asos. Yozuv esa og‘zaki shakl uchun vosita.
Shunga asosan o‘qish bu grafik belgilar (harflar) yig‘indisiga qarab, u qaysi og‘zaki so‘zni bildirayotganini topa olish demakdir.
Inson ongi uchun har doim yaxlit so‘z ahamiyatli. Tovushlarga ajratish, tovush tarkibini anglash taʼlim va ilm uchun muhim. Muloqotda esa yaxlit so‘z muhim. Shuning uchun ham inson o‘qishni o‘rganib bo‘lgandan keyin miya harflab o‘qimaydi, yaxlit so‘zni o‘qiydi. Bunda miya so‘zning bosh harfi, oxiridagi harf hamda so‘zdagi harflar soniga asoslanadi.
O‘qishni o‘rganish va harflab o‘qishdan yaxlit so‘zni o‘qish darajasiga chiqish uchun maktab muhim. Bejiz maktabda to‘rt yil o‘qish darsi bo‘lmaydi. Mana shu darslar miyamizda vizual leksikonni shakllantiradi. Vizual leksikon, soddaroq aytganda, so‘zlarning yozma shaklining xotiramizda turishidir.
Demak, kim qaysi alifboda savod chiqargan bo‘lsa, o‘sha alifboda bo‘ladi bu leksikon. Aynan mana shu vizual leksikon biz kitob o‘qiganimizda maza qilib o‘qishimizga asos bo‘ladi.
Bu borada bizda bitta istisno bor, aynan alifbo almashtirganimiz sababli yuzaga kelgan istisno. Bo‘lishi mumkin, ko‘rsatuv qahramonlarining savodi lotinda chiqqan, yaʼni alifbeni lotinda o‘rganishgan, o‘qish darslari ham lotinda bo‘lgan. Biroq u vaqtda lotin alifbosiga yangi o‘tilgan bo‘lgani uchun kitoblar, gazetalar, internet sahifalari kirilcha alifboda bo‘lgan. O‘qishga ishtiyoqmand bizning yoshlar kirilchada o‘zi qiziqqan mavzuda juda ko‘p matn o‘qishi hisobiga ularda vizual leksikon kirilchada shakllangan. Shuning uchun ham kirilchada maza qilib o‘qishadi.
Endi keyingi masala nima uchun ingliz tilida u narsa sezilmaydi. Chunki u boshqa til va u til uchun bitta alifbo va imlo qoidalari bor, boshqa alternativ alifbo yo‘q. Vizual leksikon bitta alifbo asodida shakllanadi. Undan keyin miyamiz turli tillarni alohida tizim sifatida qabul qiladi, shunday qo‘llaydi. Bu yerda harflar yoki qandaydir belgilar emas, aynan so‘zning vizual shaklining barqarorligi muhim!
Aynan shu sabab ham alifboga o‘zgartirish kiritish kerak emas, hatto u to‘rttagina harf bo‘lsa ham.
@psixolingvist | 6 910 |
| 15 | Uzum elektron tijorat aylanmasi 2026-yil oxiriga kelib 1 mlrd dollarga yaqinlashadi!
O‘zbekistonda elektron tijorat kichik va o‘rta biznesning asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Uzum Market'ning asosiy ko‘rsatkichlari va rejalari:
2025-yil yakunlari: Aylanma (GMV) 1,5 barobarga o‘sib, $500 milliondan oshdi, buyurtmalar soni esa 34 millionga yetdi.
Tadbirkorlar: Platformada 18 mingdan ortiq sotuvchi faoliyat yuritmoqda, ularning 90%i hududlardagi kichik va o‘rta biznes vakillaridir.
Investitsiyalar: Uzum infratuzilmaga $500 milliondan ortiq sarmoya kiritdi va yana bir necha yuz million dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Yangi quvvatlar: Katta hajmdagi tovarlar uchun yangi saralash markazi va ombor qurilishi boshlandi. U kuniga 600 mingtagacha mahsulotni qayta ishlash imkonini beradi.
Bugungi kunda buyurtmalarni mamlakat bo‘ylab 626 ta aholi punktidagi 2100 dan ortiq topshirish punktlaridan olish mumkin!
Batafsil | Reklama | 7 861 |
| 16 | Instagramda Kleopatra va Spitamen haqida bir video chiqargandim. Videoga hozirgacha yozilgan 6 ming kommentning biror 5,5 mingtasi “hech baloni tushunmadim”, “miya g‘ijimlanib qoldi”, “nima deganingni o‘zing tushundingmi” mazmunidagi gap-so‘zlardan iborat.
Kommentlar uchun ming rahmat! (axir ular aktivni ko‘taradi; komment borki, olam munavvar!). Shu kommentlar bo‘lmasa, u video 24 soatda salkam 1 mln marta ko‘rilmagan bo‘lardi. Va men o‘sha videodagi gaplarni matn shaklida ham biror joyga chiqarib qo‘yishim kerakligini anglamagan bo‘lardim.
Shunday qilib, fransuz mutafakkiri Blez Paskalning: “Kleopatraning burni qisqaroq bo‘lganida, butun Yer yuzining qiyofasi o‘zgarib ketgan bo‘lardi”, degan gapi bor. Buni, soddaroq qilib, opaning burni boshqacharoq bo‘lganida, insoniyat tarixi ham butunlay boshqa o‘zandan ketgan bo‘lardi, desa ham bo‘ladi, menimcha.
O‘sha, Paskal ta’rifiga ko‘ra, burni qudratli Kleopatra Ellinistik Misr tarixidagi yettinchi Kleopatra edi. Uning buvisi — Kleopatra Selena Birinchi. Kleopatra Selena Birinchining onasi — Kleopatra Uchinchi. Kleopatra Uchinchining onasi — Kleopatra Ikkinchi. Kleopatra Ikkinchining onasi — Kleopatra Birinchi.
Kleopatra Birinchi esa salavkiylardan bo‘lgan Laodika Uchinchining qizi. Laodika Uchinchining o‘zi Laodikaning qizi, u esa Salavkiylar saltanati shohi Antiox Ikkinchining qizi. Antiox Ikkinchi — Antiox Birinchining o‘g‘li. Antiox Birinchining otasi — Salavkiylar saltanati asoschisi Salavka, onasi — Apama.
Apama esa, aytishlaricha, Spitamenning qizi. Ha, o‘sha, makedoniyalik Iskandarga qarshi kurashgan, nomi, masalan, Samarqanddagi markaziy ko‘chalardan biriga qo‘yilgan so‘g‘diyonalik. Bor gap shu.
Ilmiy doiralar Yuliy Sezar bilan oshiq-mash’uq bo‘lgan Kleopatra hamda Spitamen o‘rtasida yuqoridagi kabi bog‘liqlik borligini shubhaga oladi, ammo havaskorlarga bunday ehtimoliy bog‘liqliklar yoqadi. Bunday bog‘liqliklarni yaxshi ko‘radiganlar orasida, masalan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali ham bor. Shu mavzu ustida butun boshli “Kleopatra” degan roman ham yozgan u.
Instagramdagi kommentatorlarning miyasini g‘ijimlagan narsa esa Misrdagi Kleopatralar bir necha bor erga tekkani va, eng g‘alatisi, u erlar o‘z aka yo ukalari ekani haqidagi ma’lumotlar, shekilli. Ha, hozirgi zamon sog‘lom odami qabul qilishi qiyin bo‘lgan gaplar hammasi. Bunday yashab bo‘lmaydi, lekin, nachora, o‘sha vaqtda shunday yashashgan ekan-da.
PS. Mana, yuqoridagi matn asosida shajaraning veb-versiyasi (men faqat matnni tashlab berganman, qolgan hammasini Claude AI o‘zi qilgan, sahifadagi balandparvoz gaplar ham uniki): https://harbalo.tilda.ws/kleopatra | 6 471 |
| 17 | 900 milliard so‘m: Uzum Oʻzbekistondagi eng "kattakon" soliq toʻlovchilari qatorida qolmoqda
Yirik kompaniyalarning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini baholashda eng muhim ko‘rsatkichlardan biri — ular to‘layotgan soliqlar boʻladi. Bu borada Uzum'ning so‘nggi natijalari ham eʼtiborga loyiq.
Masalan, 2026-yilning birinchi yarmida Uzum ekotizimi davlatga qariyb 900 milliard so‘m soliq to‘lagan. Bu raqam kompaniyaning bugun kunda O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri ekanligini anglatadi.
Ta’kidlashlaricha, Uzum ekotizimida faoliyat yuritayotgan 100 mingdan ortiq tadbirkor to‘layotgan soliqlar bu summaga kirmaydi. Marketpleysda savdo qiluvchilar aylanmasining 60 foizga o‘sganini esa raqamli savdoga bo‘lgan qiziqish va ishonch ortib borayotganining dalili desa boʻladi.
Bunday ko‘rsatkichlar raqamli platformalar faqat qulay xizmat yaratmasligini, balki tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini shakllantirish va budjet tushumlarini oshirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga ham sezilarli hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi. | 6 493 |
| 18 | 2023-yili eʼlon qilgan postimni qayta qo‘yyapman.
Post ham emas, filologiya fanlari doktori Aziz Jo‘rayevning kitoblaridan parcha. Kitob 2017-yil chiqqan. Postni 2023da qo‘yganman. O‘sha yili universitetda alifbo islohoti masalasida yig‘ilish bo‘lgan, o‘sha yerda ishlayotgan bo‘lishimga qaramay, shunday yig‘ilish bo‘lganini uyga kelib kechqurun facebookdan bilganman. Tushunishimcha, mening islohotga qarshiligimni bilishgani uchun universitetning ikkita til kafedrasidan bittasining mudiri bo‘lishimga qaramay, meni yig‘ilishga chaqirishmagan. Hozir ham bir narsa o‘zgarishiga ishonmayapmanu, lekin yetuk tilshunos olimning bu mavzu yuzasidan fikrini xalq bilishi kerak deb hisoblaganim uchun ulashyapman:
Standart o‘zbek tilining (og‘zaki va yozma lingvodidaktik namunaning) vujudga kelishi va shakllanishini o‘zbek tilining maorif tizimiga kiritilishi, maktabda fan sifatida o‘qitilishi bilan, ya'ni XX asrning boshi bilan, bog‘lashimiz mumkin ( yana qiyoslang: "1930 yilgacha o‘rta maktablarda o‘zbek tilidagi ta'lim tajribaviy xarakterda edi" Arxangel'skiy, 1962, 348, sn. 1).
Deyarli bir asr davomida o‘zbek yozuvi va imlosini isloh qilish yoki almashtirish bilan bog‘liq tadbirlar (1922, 1929, 1934, 1940, 1956, 1993, 1995) yozma o‘zbek tilini surunkali beqarorlikka duchor etdi. Buning oqibatida madaniyatimizda matn tanazzuli hodisasi yuz berdi. Islohotlar oralig‘ida yaratilgan lingvodidaktik matnlar orasida yozuv, imlo, talaffuz, punktuatsiya va uslub jihatidan ilgari shakllangan yoki shakllanayotgan uyg‘unlik uzluksiz ravishda buzilib bordi (bu haqda qarang: Aziz B.Džuraev, 2001, 299-300; Aziz B. Djuraev, 2001, 20-29; Djuraev, 2006, 30-33).
Alifboning imlo bilan, imloning talaffuz (orfoepiya) bilan, oxirgi ikkalasining matn an'analari bilan, matn an'analarining ritorika bilan, ritorikaning esa uslublar bilan bog‘liqligi har islohotda murakkab o‘zgarishlar zanjirini keltirib chiqaraverdi.
Har safar lingvodidaktik namuna sindirilib, yangisini yaratish uchun vaqt, mehnat va pul sarf qilinaverdi. Har safar o‘zbeklar lisoniy ongiga o‘zgartirish kiritilib, ongning kodifikatsiyalangan normani his qilish, saralash va nazorat qilish qobiliyati qayta shakllantirilaverdi. Bu hol standart o‘zbek tilining (yozma va og‘zaki lingvodidaktik namunaning) mavjudlik shakliga ta’sir etmay qolmadi. Uning hech bir davrda to‘laqonli rivoj topa olmagani ham shundandir.
O‘zbekcha lingvodidaktik namuna tarixidagi murakkabliklar faqat shu bilangina cheklanmaydi. Bu o‘rinda o‘zbek tili tarqalgan asosiy hududning (O‘zbekistonning) kech markazlashishi, o‘zbek tilining lingvodidaktikaga kech kiritilishi, ko‘p shevalilik, ruslashtirish siyosati, aholi etnik integratsiyasining zaifligi, urbanizatsiyaning rivoj topmagani, qashshoqlik, va, nihoyat, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar orasida funksional savodning pastligi tilning standartlashishiga jiddiy to‘g‘anoq bo‘lganini eslatib o‘tish kerak.
Standart o‘zbek tili (lingvodidaktik namuna sifatida) XX asr davomida didaktik ratsionalizatsiyalashtirish va davlat miqyosida rasmiylashtirishga urinishning turli shakllarini boshidan kechirdi.
Jo‘rayev A. Standart o‘zbek tili. Toshkent, 2017. 8-9.
@psixolingvist | 5 203 |
| 19 | Lekin, umuman olganda, bizga o‘zi katta (ehtimol, radikal) bir til islohoti kerak baribir. Alifbomizni tugal hal qilishimiz kerak, tilimizni boyitish yo‘llarini tartibga solishimiz, zamon bilan hamnafas yangi o‘zbekcha so‘zlar yasash va ularni muomalaga kiritishni osonlashtirishimiz, chet so‘zlarni o‘zlashtirishda rus tili qoidalaridan mutsaqillikka erishishimiz, orfoepiya va orfografiya qoidalarimizni o‘z ona tilimiz tabiatiga moslashtirishimiz (aniqrog‘i, qaytarishimiz) kerak.
Masalan, biz shimoldagi katta mamlakat nomini o‘zimizni qiynab “Rossiya” deb yozishimiz shart emas, og‘zaki nutqda “a” harfini ishlatib, “rAssiya” deyapmizmi, matnda ham shunday yozaverishimiz mumkin bo‘lishi kerak, bu xato hisoblanmasligi lozim. O‘zimizni qiynab “Moskva” deb yozishimiz ham shart emas, talaffuzda o‘zbekcha “o” harfi bilan “mOskva” emas, aynan “a” harfi bilan “mAskva” deyapmizmi, matnda ham shunday yozaverishimiz kerak, qoidalarimiz shunga imkon berishi kerak.
O‘rislarning g‘irt qarindoshi hisoblangan belaruslar ham o‘zini qiynamaydi hatto: “Расія” deb yozadi, “Масква” deb yozadi. O‘zimizning yon qo‘shnimiz — qozoqlar-da o‘zini qiynamaydi, “Resey” deb yozadi, “Mәskeu” deb yozadi. Biz ham aslida yanada ilgariroq borib, “Rassiya” yo “Maskva” emas, aynan shu qozoq bovurlarimizdan o‘rnak olib, “Rusiya” yo “O‘rusiya”, “Masko‘v” deyaversak ham, shunday yozaversak ham bo‘ladi. Tilimiz tabiatiga shunisi mos asli.
Ana shunda, eng kamida, tilimizni o‘rganish o‘zimizga ham, chet elliklarga ham osonlashadi. “Nega “o” harfi yozilgan bo‘lsa-da, uni “a” / “o‘” deb o‘qishim kerak, axir alohida “a” / “o‘” harfi bor-ku, “a” / “o‘” deb talaffuz qilinsa, “a” / “o‘” harfining o‘zi yozilishi kerak emasmi?”, degandek savollarga o‘rin qolmaydi, masalan. | 15 828 |
| 20 | Va bunaqa, menimcha, hammaga daxldorligini hamma anglamasa ham, hammaga daxldor bo‘lgan bu mavzudagi qonun loyihasi muhokamasini ko‘proq odamga bildirish kerak edi. Muhokama jarayoniga qiziquvchilar uchun bu jarayonni kuzatish ham osonroq bo‘lishi kerak edi. Ha, Oliy Majlis saytida jonli efirlarni ko‘rish imkoni bor ekan. Lekin u jonli efirni topish uchun men avval saytni boshdan oyoq tomosha qilib chiqdim, keyin menyudan "Jonli efir" degan havolani topdim, u yerda 7-iyuldagi majlisni ko‘raman desam, u yuklanmadi. Yuklanmaganini sababi, menimcha, jonli efir hali tugamagani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak (bundan avvalgi majlislar yuklandi).
Efirni jonli ko‘rish uchun esa "Tadbirlar" degan sahifaga o‘tish kerak ekan (menyudan topolmadim u sahifani); uni Oliy Majlis sayti bilan "aka-uka" bo‘lib ketgan akalar topib berdi (umuman, saytni UI va UX jihatdan bir qayta ko‘rib chiqsa zarar qilmas — saylovchining hayoti o‘zi shundoq ham yengil emas, uni mana bunaqa no‘noq saytlar bilan yanada og‘irlashtirishning keragi yo‘q). Lekin bu efirni kerakli joyini ko‘rib bo‘lmaydi, bir marta sahifani yopib yuborsang, yana boshidan ko‘rishing kerak. Va, shu sahifa havolasini bir vaqtning o‘zida bir necha o‘n kishi bosib kirgach, efir chiqmay qoldi. Ehtimol, bir vaqtning o‘zida ko‘p odam ko‘rishiga moslashtirilmagandir, kim bilsin.
YouTube bor zamonda qaysi aqlli Oliy Majlisga jonli efirlarni falon million so‘mga serverlarni ovora qilib, parlament saytiga joylashtirishni tavsiya qilgani qiziq. Kamida shu "dono" tavsiyasi va ijrosi uchun yana bir necha yuz million so‘m olgan ham chiqar. Menimcha, bu joyini ham bir tekshirish kerak. Xullas, yaxshi emas. | 5 523 |
