Muhrim / Муҳрим
前往频道在 Telegram
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
显示更多📈 Telegram 频道 Muhrim / Муҳрим 的分析概览
频道 Muhrim / Муҳрим (@muhrim) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 14 023 名订阅者,在 政治 类别中位列第 3 908,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 829 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 14 023 名订阅者。
根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 49,过去 24 小时变化为 0,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 48.58%。内容发布后 24 小时内通常能获得 30.55% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 6 814 次浏览,首日通常累积 4 285 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 2。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot
Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.”
凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 政治 类别中的关键影响点。
14 023
订阅者
无数据24 小时
+207 天
+4930 天
吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+92
在5个频道中
六月 '26
+172
在14个频道中
Get PRO
五月 '26
+138
在15个频道中
Get PRO
四月 '26
+165
在18个频道中
Get PRO
三月 '26
+50
在6个频道中
Get PRO
二月 '26
+378
在25个频道中
Get PRO
一月 '26
+60
在10个频道中
Get PRO
十二月 '25
+269
在31个频道中
Get PRO
十一月 '25
+81
在4个频道中
Get PRO
十月 '25
+328
在33个频道中
Get PRO
九月 '25
+193
在31个频道中
Get PRO
八月 '25
+325
在26个频道中
Get PRO
七月 '25
+45
在14个频道中
Get PRO
六月 '25
+232
在27个频道中
Get PRO
五月 '25
+663
在30个频道中
Get PRO
四月 '25
+549
在29个频道中
Get PRO
三月 '25
+107
在26个频道中
Get PRO
二月 '25
+191
在19个频道中
Get PRO
一月 '25
+532
在43个频道中
Get PRO
十二月 '24
+157
在21个频道中
Get PRO
十一月 '24
+339
在41个频道中
Get PRO
十月 '24
+930
在54个频道中
Get PRO
九月 '24
+227
在36个频道中
Get PRO
八月 '24
+371
在42个频道中
Get PRO
七月 '24
+542
在23个频道中
Get PRO
六月 '24
+89
在24个频道中
Get PRO
五月 '24
+423
在21个频道中
Get PRO
四月 '24
+356
在36个频道中
Get PRO
三月 '24
+459
在19个频道中
Get PRO
二月 '24
+637
在45个频道中
Get PRO
一月 '24
+398
在52个频道中
Get PRO
十二月 '23
+872
在50个频道中
Get PRO
十一月 '23
+91
在7个频道中
Get PRO
十月 '23
+196
在3个频道中
Get PRO
九月 '23
+264
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+504
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+273
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+148
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+299
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+1 338
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+132
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+161
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+254
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+812
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+143
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+336
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+449
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+425
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+146
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+287
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+549
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+1 042
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+829
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+2 799
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+609
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+904
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+517
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+89
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+71
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+104
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+57
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+226
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+256
在0个频道中
Get PRO
四月 '21
+167
在0个频道中
Get PRO
三月 '21
+162
在0个频道中
Get PRO
二月 '21
+346
在0个频道中
Get PRO
一月 '21
+205
在0个频道中
Get PRO
十二月 '20
+12 414
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 10 七月 | +3 | |||
| 09 七月 | +8 | |||
| 08 七月 | +2 | |||
| 07 七月 | +45 | |||
| 06 七月 | 0 | |||
| 05 七月 | 0 | |||
| 04 七月 | +3 | |||
| 03 七月 | +4 | |||
| 02 七月 | +5 | |||
| 01 七月 | +22 |
频道帖子
Uzum elektron tijorat aylanmasi 2026-yil oxiriga kelib 1 mlrd dollarga yaqinlashadi!
O‘zbekistonda elektron tijorat kichik va o‘rta biznesning asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Uzum Market'ning asosiy ko‘rsatkichlari va rejalari:
2025-yil yakunlari: Aylanma (GMV) 1,5 barobarga o‘sib, $500 milliondan oshdi, buyurtmalar soni esa 34 millionga yetdi.
Tadbirkorlar: Platformada 18 mingdan ortiq sotuvchi faoliyat yuritmoqda, ularning 90%i hududlardagi kichik va o‘rta biznes vakillaridir.
Investitsiyalar: Uzum infratuzilmaga $500 milliondan ortiq sarmoya kiritdi va yana bir necha yuz million dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Yangi quvvatlar: Katta hajmdagi tovarlar uchun yangi saralash markazi va ombor qurilishi boshlandi. U kuniga 600 mingtagacha mahsulotni qayta ishlash imkonini beradi.
Bugungi kunda buyurtmalarni mamlakat bo‘ylab 626 ta aholi punktidagi 2100 dan ortiq topshirish punktlaridan olish mumkin!
Batafsil | Reklama
| 2 | Instagramda Kleopatra va Spitamen haqida bir video chiqargandim. Videoga hozirgacha yozilgan 6 ming kommentning biror 5,5 mingtasi “hech baloni tushunmadim”, “miya g‘ijimlanib qoldi”, “nima deganingni o‘zing tushundingmi” mazmunidagi gap-so‘zlardan iborat.
Kommentlar uchun ming rahmat! (axir ular aktivni ko‘taradi; komment borki, olam munavvar!). Shu kommentlar bo‘lmasa, u video 24 soatda salkam 1 mln marta ko‘rilmagan bo‘lardi. Va men o‘sha videodagi gaplarni matn shaklida ham biror joyga chiqarib qo‘yishim kerakligini anglamagan bo‘lardim.
Shunday qilib, fransuz mutafakkiri Blez Paskalning: “Kleopatraning burni qisqaroq bo‘lganida, butun Yer yuzining qiyofasi o‘zgarib ketgan bo‘lardi”, degan gapi bor. Buni, soddaroq qilib, opaning burni boshqacharoq bo‘lganida, insoniyat tarixi ham butunlay boshqa o‘zandan ketgan bo‘lardi, desa ham bo‘ladi, menimcha.
O‘sha, Paskal ta’rifiga ko‘ra, burni qudratli Kleopatra Ellinistik Misr tarixidagi yettinchi Kleopatra edi. Uning buvisi — Kleopatra Selena Birinchi. Kleopatra Selena Birinchining onasi — Kleopatra Uchinchi. Kleopatra Uchinchining onasi — Kleopatra Ikkinchi. Kleopatra Ikkinchining onasi — Kleopatra Birinchi.
Kleopatra Birinchi esa salavkiylardan bo‘lgan Laodika Uchinchining qizi. Laodika Uchinchining o‘zi Laodikaning qizi, u esa Salavkiylar saltanati shohi Antiox Ikkinchining qizi. Antiox Ikkinchi — Antiox Birinchining o‘g‘li. Antiox Birinchining otasi — Salavkiylar saltanati asoschisi Salavka, onasi — Apama.
Apama esa, aytishlaricha, Spitamenning qizi. Ha, o‘sha, makedoniyalik Iskandarga qarshi kurashgan, nomi, masalan, Samarqanddagi markaziy ko‘chalardan biriga qo‘yilgan so‘g‘diyonalik. Bor gap shu.
Ilmiy doiralar Yuliy Sezar bilan oshiq-mash’uq bo‘lgan Kleopatra hamda Spitamen o‘rtasida yuqoridagi kabi bog‘liqlik borligini shubhaga oladi, ammo havaskorlarga bunday ehtimoliy bog‘liqliklar yoqadi. Bunday bog‘liqliklarni yaxshi ko‘radiganlar orasida, masalan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali ham bor. Shu mavzu ustida butun boshli “Kleopatra” degan roman ham yozgan u.
Instagramdagi kommentatorlarning miyasini g‘ijimlagan narsa esa Misrdagi Kleopatralar bir necha bor erga tekkani va, eng g‘alatisi, u erlar o‘z aka yo ukalari ekani haqidagi ma’lumotlar, shekilli. Ha, hozirgi zamon sog‘lom odami qabul qilishi qiyin bo‘lgan gaplar hammasi. Bunday yashab bo‘lmaydi, lekin, nachora, o‘sha vaqtda shunday yashashgan ekan-da.
PS. Mana, yuqoridagi matn asosida shajaraning veb-versiyasi (men faqat matnni tashlab berganman, qolgan hammasini Claude AI o‘zi qilgan, sahifadagi balandparvoz gaplar ham uniki): https://harbalo.tilda.ws/kleopatra | 2 226 |
| 3 | 900 milliard so‘m: Uzum Oʻzbekistondagi eng "kattakon" soliq toʻlovchilari qatorida qolmoqda
Yirik kompaniyalarning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini baholashda eng muhim ko‘rsatkichlardan biri — ular to‘layotgan soliqlar boʻladi. Bu borada Uzum'ning so‘nggi natijalari ham eʼtiborga loyiq.
Masalan, 2026-yilning birinchi yarmida Uzum ekotizimi davlatga qariyb 900 milliard so‘m soliq to‘lagan. Bu raqam kompaniyaning bugun kunda O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri ekanligini anglatadi.
Ta’kidlashlaricha, Uzum ekotizimida faoliyat yuritayotgan 100 mingdan ortiq tadbirkor to‘layotgan soliqlar bu summaga kirmaydi. Marketpleysda savdo qiluvchilar aylanmasining 60 foizga o‘sganini esa raqamli savdoga bo‘lgan qiziqish va ishonch ortib borayotganining dalili desa boʻladi.
Bunday ko‘rsatkichlar raqamli platformalar faqat qulay xizmat yaratmasligini, balki tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini shakllantirish va budjet tushumlarini oshirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga ham sezilarli hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi. | 3 536 |
| 4 | 2023-yili eʼlon qilgan postimni qayta qo‘yyapman.
Post ham emas, filologiya fanlari doktori Aziz Jo‘rayevning kitoblaridan parcha. Kitob 2017-yil chiqqan. Postni 2023da qo‘yganman. O‘sha yili universitetda alifbo islohoti masalasida yig‘ilish bo‘lgan, o‘sha yerda ishlayotgan bo‘lishimga qaramay, shunday yig‘ilish bo‘lganini uyga kelib kechqurun facebookdan bilganman. Tushunishimcha, mening islohotga qarshiligimni bilishgani uchun universitetning ikkita til kafedrasidan bittasining mudiri bo‘lishimga qaramay, meni yig‘ilishga chaqirishmagan. Hozir ham bir narsa o‘zgarishiga ishonmayapmanu, lekin yetuk tilshunos olimning bu mavzu yuzasidan fikrini xalq bilishi kerak deb hisoblaganim uchun ulashyapman:
Standart o‘zbek tilining (og‘zaki va yozma lingvodidaktik namunaning) vujudga kelishi va shakllanishini o‘zbek tilining maorif tizimiga kiritilishi, maktabda fan sifatida o‘qitilishi bilan, ya'ni XX asrning boshi bilan, bog‘lashimiz mumkin ( yana qiyoslang: "1930 yilgacha o‘rta maktablarda o‘zbek tilidagi ta'lim tajribaviy xarakterda edi" Arxangel'skiy, 1962, 348, sn. 1).
Deyarli bir asr davomida o‘zbek yozuvi va imlosini isloh qilish yoki almashtirish bilan bog‘liq tadbirlar (1922, 1929, 1934, 1940, 1956, 1993, 1995) yozma o‘zbek tilini surunkali beqarorlikka duchor etdi. Buning oqibatida madaniyatimizda matn tanazzuli hodisasi yuz berdi. Islohotlar oralig‘ida yaratilgan lingvodidaktik matnlar orasida yozuv, imlo, talaffuz, punktuatsiya va uslub jihatidan ilgari shakllangan yoki shakllanayotgan uyg‘unlik uzluksiz ravishda buzilib bordi (bu haqda qarang: Aziz B.Džuraev, 2001, 299-300; Aziz B. Djuraev, 2001, 20-29; Djuraev, 2006, 30-33).
Alifboning imlo bilan, imloning talaffuz (orfoepiya) bilan, oxirgi ikkalasining matn an'analari bilan, matn an'analarining ritorika bilan, ritorikaning esa uslublar bilan bog‘liqligi har islohotda murakkab o‘zgarishlar zanjirini keltirib chiqaraverdi.
Har safar lingvodidaktik namuna sindirilib, yangisini yaratish uchun vaqt, mehnat va pul sarf qilinaverdi. Har safar o‘zbeklar lisoniy ongiga o‘zgartirish kiritilib, ongning kodifikatsiyalangan normani his qilish, saralash va nazorat qilish qobiliyati qayta shakllantirilaverdi. Bu hol standart o‘zbek tilining (yozma va og‘zaki lingvodidaktik namunaning) mavjudlik shakliga ta’sir etmay qolmadi. Uning hech bir davrda to‘laqonli rivoj topa olmagani ham shundandir.
O‘zbekcha lingvodidaktik namuna tarixidagi murakkabliklar faqat shu bilangina cheklanmaydi. Bu o‘rinda o‘zbek tili tarqalgan asosiy hududning (O‘zbekistonning) kech markazlashishi, o‘zbek tilining lingvodidaktikaga kech kiritilishi, ko‘p shevalilik, ruslashtirish siyosati, aholi etnik integratsiyasining zaifligi, urbanizatsiyaning rivoj topmagani, qashshoqlik, va, nihoyat, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar orasida funksional savodning pastligi tilning standartlashishiga jiddiy to‘g‘anoq bo‘lganini eslatib o‘tish kerak.
Standart o‘zbek tili (lingvodidaktik namuna sifatida) XX asr davomida didaktik ratsionalizatsiyalashtirish va davlat miqyosida rasmiylashtirishga urinishning turli shakllarini boshidan kechirdi.
Jo‘rayev A. Standart o‘zbek tili. Toshkent, 2017. 8-9.
@psixolingvist | 3 125 |
| 5 | Lekin, umuman olganda, bizga o‘zi katta (ehtimol, radikal) bir til islohoti kerak baribir. Alifbomizni tugal hal qilishimiz kerak, tilimizni boyitish yo‘llarini tartibga solishimiz, zamon bilan hamnafas yangi o‘zbekcha so‘zlar yasash va ularni muomalaga kiritishni osonlashtirishimiz, chet so‘zlarni o‘zlashtirishda rus tili qoidalaridan mutsaqillikka erishishimiz, orfoepiya va orfografiya qoidalarimizni o‘z ona tilimiz tabiatiga moslashtirishimiz (aniqrog‘i, qaytarishimiz) kerak.
Masalan, biz shimoldagi katta mamlakat nomini o‘zimizni qiynab “Rossiya” deb yozishimiz shart emas, og‘zaki nutqda “a” harfini ishlatib, “rAssiya” deyapmizmi, matnda ham shunday yozaverishimiz mumkin bo‘lishi kerak, bu xato hisoblanmasligi lozim. O‘zimizni qiynab “Moskva” deb yozishimiz ham shart emas, talaffuzda o‘zbekcha “o” harfi bilan “mOskva” emas, aynan “a” harfi bilan “mAskva” deyapmizmi, matnda ham shunday yozaverishimiz kerak, qoidalarimiz shunga imkon berishi kerak.
O‘rislarning g‘irt qarindoshi hisoblangan belaruslar ham o‘zini qiynamaydi hatto: “Расія” deb yozadi, “Масква” deb yozadi. O‘zimizning yon qo‘shnimiz — qozoqlar-da o‘zini qiynamaydi, “Resey” deb yozadi, “Mәskeu” deb yozadi. Biz ham aslida yanada ilgariroq borib, “Rassiya” yo “Maskva” emas, aynan shu qozoq bovurlarimizdan o‘rnak olib, “Rusiya” yo “O‘rusiya”, “Masko‘v” deyaversak ham, shunday yozaversak ham bo‘ladi. Tilimiz tabiatiga shunisi mos asli.
Ana shunda, eng kamida, tilimizni o‘rganish o‘zimizga ham, chet elliklarga ham osonlashadi. “Nega “o” harfi yozilgan bo‘lsa-da, uni “a” / “o‘” deb o‘qishim kerak, axir alohida “a” / “o‘” harfi bor-ku, “a” / “o‘” deb talaffuz qilinsa, “a” / “o‘” harfining o‘zi yozilishi kerak emasmi?”, degandek savollarga o‘rin qolmaydi, masalan. | 12 579 |
| 6 | Va bunaqa, menimcha, hammaga daxldorligini hamma anglamasa ham, hammaga daxldor bo‘lgan bu mavzudagi qonun loyihasi muhokamasini ko‘proq odamga bildirish kerak edi. Muhokama jarayoniga qiziquvchilar uchun bu jarayonni kuzatish ham osonroq bo‘lishi kerak edi. Ha, Oliy Majlis saytida jonli efirlarni ko‘rish imkoni bor ekan. Lekin u jonli efirni topish uchun men avval saytni boshdan oyoq tomosha qilib chiqdim, keyin menyudan "Jonli efir" degan havolani topdim, u yerda 7-iyuldagi majlisni ko‘raman desam, u yuklanmadi. Yuklanmaganini sababi, menimcha, jonli efir hali tugamagani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak (bundan avvalgi majlislar yuklandi).
Efirni jonli ko‘rish uchun esa "Tadbirlar" degan sahifaga o‘tish kerak ekan (menyudan topolmadim u sahifani); uni Oliy Majlis sayti bilan "aka-uka" bo‘lib ketgan akalar topib berdi (umuman, saytni UI va UX jihatdan bir qayta ko‘rib chiqsa zarar qilmas — saylovchining hayoti o‘zi shundoq ham yengil emas, uni mana bunaqa no‘noq saytlar bilan yanada og‘irlashtirishning keragi yo‘q). Lekin bu efirni kerakli joyini ko‘rib bo‘lmaydi, bir marta sahifani yopib yuborsang, yana boshidan ko‘rishing kerak. Va, shu sahifa havolasini bir vaqtning o‘zida bir necha o‘n kishi bosib kirgach, efir chiqmay qoldi. Ehtimol, bir vaqtning o‘zida ko‘p odam ko‘rishiga moslashtirilmagandir, kim bilsin.
YouTube bor zamonda qaysi aqlli Oliy Majlisga jonli efirlarni falon million so‘mga serverlarni ovora qilib, parlament saytiga joylashtirishni tavsiya qilgani qiziq. Kamida shu "dono" tavsiyasi va ijrosi uchun yana bir necha yuz million so‘m olgan ham chiqar. Menimcha, bu joyini ham bir tekshirish kerak. Xullas, yaxshi emas. | 3 853 |
| 7 | Parlamentimiz o‘zi qabul qilgan, o‘zi ma’qullagan, ijrosini o‘zi nazorat qilishi kerka bo‘lgan hujjatlarning talablariga o‘zi ham rioya etib turishi kerak. 2026-yilning yozida 2021-yilgi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmagan bo‘lsa kerak. Qonun hujjatlari muhokama portalida faqat o‘sha, 2021-yilgi qonun loyihasi turibdi. Mabodo, aynan o‘sha qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa ham, 2021-yilgi muhokamadan bu mavzuda qancha gap-so‘z bo‘ldi, fikri bundoqlarning fikri undoq bo‘ldi. Shunday ekan, qonunni Senatga yuborishdan avval, yana bir marta muhokamani ochish kerak emasmidi? O‘zi ijrosi kamida 15 yildan beri kechikib kelayotgan qonun bo‘lsa, yana yarim yil kechiksa, osmon uzilib yerga tushmasdi.
Keyin, 2021-yilgi qonun loyihasida 28 ta harf va 1 ta harfiy birikma (NG) haqida so‘z borgan. Yangi qabul qilingan qonunda 28 ta harf va tutuq belgisi, deyilyapti, biladiganlarning aytishicha, NG chiqarib tashlangan. NG chiqarib tashlanadigan loyiha ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kerak emasmidi? O‘zi nega Qonunchilik palatasi o‘zi qabul qilayotgan va Senatga yuborayotgan qonunlarning matnini darhol e’lon qilib qo‘ya qolmaydi? Hozirgi sun’iy intellekt zamonida buni qilish uchun hatto bir necha yuz million so‘mga biror qo‘li ketidan o‘sgan veb-studiyani ham yollash shart emas-ku axir. | 4 054 |
| 8 | Toshkentda Muhammad Solih nomli ko‘cha bo‘lishi kerak
Shavkat Mirziyoyev 1993-yil may oyida Kamolondagi asli sherobodlik, qishloq xo‘jaligi sohasiga ko‘p mehnati singgan marhum Toji Rasulovning farzandlari yashaydigan xonadonda tashkil etilgan xotira marosimida mehmon bo‘ladi. Marosim shu xonadon joylashgan Bolshevik ko‘chasining 1992-yili Toji Rasulov sharafiga qayta nomlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan.
Toshkentdagi nomlari Mustaqillik yillarining o‘zida ikki-uch marta o‘zgargan ko‘chalar tarixiga qarasangiz, ular taxminan yuqorida ko‘rsatilgan davr — 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshida albatta sovet davrida xizmat ko‘rsatgan biror shaxs nomi bilan atalganiga guvohi bo‘lasiz. Go‘yoki o‘sha yillarda ko‘chalarga ism-familiyani nom qilib qo‘yish urf bo‘lgandek. Darhaqiqat, urf bo‘lgan ham. Chunki bu ishni uddalash ancha oson bo‘lgan.
Mahalla qarshi bo‘lmasa (yo g‘irt befarq bo‘lsa), haligi xizmat ko‘rsatgan shaxsning farzandlari yelib-yugurib, bitta ariza bilan bu masalani bitira olgan; agar gap markaziy, ahamiyatga molik ko‘chalar haqida ketmayotgan bo‘lsa, bunday masalalar tuman yo shahar darajasida hal bo‘lib ketavergan. Biror odamning nomini biror ko‘chaga qo‘yish uchun hozirgiga o‘xshab mamlakat rahbarini bezovta qilib o‘tirishmagan.
Aytishlaricha, “bu maktabga sening otangdan ko‘ra mening otamning nomi loyiqroq!”, degan janjallar sabab maktablarni u yoki bu shaxs sharafiga nomlash to‘xtagan ekan (masalan, men Abror Hidoyatov nomli 173-maktabda o‘qiganman, u hozir shunchaki 173-maktab). Ko‘cha nomlari ham shunday talash bo‘lavergach, bu yo‘nalishdagi qonunchiligimiz shafqatsiz bo‘lib ketgan ekan. Shunaqa afsonalar bor-da, anig‘ini kim bilsin endi (bilsa-ku aytsin).
Hozir-chi? Ko‘rgandirsiz, yaqinda shunday bir xabar chiqdi: Toshkent ko‘chalaridan biriga yana bir marta Mustafo Kamol Otaturk nomi berilarkan. Bu haqdagi hujjatni shaxsan prezidentning o‘zi imzolagan. Hozirgi tartib mana shunaqa. Prezident roziligisiz O‘zbekistonda biror joyga u yoki bu odam nomini qo‘yib bo‘lmaydi.
Keyin, Vazirlar Mahkamasi nomi O‘zbekiston ko‘chalariga qo‘yilishga da’vogar tarixiy shaxslar bajarishi shart bo‘lgan olti bandli mezonlar ro‘yxatini tayyorlab qo‘ygan. Masalan, Otaturk o‘sha ro‘yxatning “jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganligi” degan bandi talablarini bajargan, deb topilgan bo‘lsa kerak.
Bu mezonlar orasida “ilmiy-ijodiy merosi milliy yoki xalqaro miqyosda tarixiy-madaniy qadriyat sifatida tan olinganligi” degan band ham bor. Sarlavhada bayon etilgan taklifim ham aynan shu band bo‘yicha — Toshkentda, eng kamida, biror ko‘chaga Muhammad Solih nomi qo‘yilishi kerak. Va, bu ismni eshitganda birdan qo‘rqib ketish, “nimalar deyapsan?”, deb jazavaga tushish ham shart emas. Muhammad Solihlar ko‘p.
Toshkent uchun eng ahamiyatli Muhammad Solih 1830–1889-yillarda yashagan tarixchi va geograf Muhammad Solih Rahim Qoraxo‘ja o‘g‘li hisoblanadi. Shu inson bo‘lmaganida, ehtimol, bizning eski Toshkent, uning darvozalari, dahalari, mahallalari, mavzelari, umuman turmushi haqidagi hozir bor bilimlarimiz ham deyarli yo‘q bo‘lardi.
So‘zimga dalil sifatida 1992-yilgi “Toshkent” ensiklopediyasidan bir iqtibos keltiraman (ensiklopediyaning 2009-yilgi tahririda ham bu fikr aynan takrorlangan):
“Muhammad Solih 1863–1888-yillarda yozgan “Tarixi jadidai Toshkand” (“Toshkentning yangi tarixi”) asari bevosita Toshkent tarixiga bag‘ishlangan birdan-bir kitobdir... [Asarning] ikkinchi jildi... ilmiy nuqtayi nazardan eng qimmatlidir”.
Shunday. Oxirgi 10 yilda turkman Mahtumquli, qirg‘iz Chingiz Aytmatov, belarus Yakub Kolas, turkiyalik Otaturkka o‘rin topilgan ulug‘ boshkentda, menimcha, shu shahar uchun beqiyos tarixiy xizmat qilgan bir inson nomi uchun ham yaxshi, munosib, markaziy, e’tiborli joy topilishi kerak. Mutasaddilarimiz Toshkent ko‘chalariga qanday nom berish, ularni qanday qayta nomlash haqida bosh qotirayotganlarida, shu taklifni ham inobatga olsinlar.
O‘z navbatida, bu taklifni “qonunchiligimizda joy nomlarining yanglishishga olib keluvchi o‘xshashligi istisno etiladi, degan talab bor”, deya rad etishga shoshilish zinhor bazinhor shart emas. Muhammad Solih degan nom baribir qo‘rqinchli ko‘rinaversa, so‘nggi chora sifatida “Toshkent” ensiklopediyasining 2009-yilgi tahririda qilingan ishni takrorlash mumkin: 1992-yilgi qomusda “Muhammad Solih” sarlavhasi bilan berilgan maqola 2009-yili “Muhammad Solihxo‘ja”ga o‘zgartirilgan (yaxshiyam xo‘ja ekan, a?😉).
PS. Boyagi, 1993-yili Toji Rasulov deya qayta nomlangan Bolshevik ko‘chasi 2008-yildan o‘zining tarixiy — Kamolon nomini qayta olgan. 1893-yili, mustamlakachi ma’muriyat Toshkentning Eski shahar qismidagi ko‘chalarni birinchi marta nomlab chiqayotganida, bu ko‘chaga Kamolon nomi berilgan edi. | 6 240 |
| 9 | Ҳар бир ёшнинг ҳаётида шундай палла бўлади: у ҳали ўз кучига тўлиқ ишонмайди, натижа ҳам кўринмайди, йўл ҳам осон эмас. Ана шундай пайтда берилган ишонч жуда муҳим. Чунки у инсонга тайёр жавоб бермайди, лекин изланишдан тўхтамасликка ундайди. Йўлни босиб бермайди, лекин йўлда ёлғиз эмаслигини ҳис қилдиради.
Ёшлар кунига бағишлвнган Юқоридаги роликнинг асосий ғояси ҳам шунда: ишонч — натижадан кейинги олқиш эмас, натижагача бўлган сабрдир. | 6 252 |
| 10 | Kabo-Verde qandoq qilib uddaladi?
Mana shunaqa zo‘r videolarni o‘tkazvormaslik uchun mening Instagram-sahifamga obuna bo‘ling! | 8 520 |
| 11 | Bir tasavvur qiling-da: AQShning Massachusets shtati gubernatori shtatdagi eng katta universitetlarning rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazyapti. Aytyaptiki, “endi, o‘rtoqlar, Bostondagi ko‘chalarni sizlarga taqsimlab beramiz, sizlar — o‘qituvchilaringiz, har xil xodimlaringiz bilan — shu ko‘chalarni monitoring qilib, daraxtlarga qaraysizlar, xo‘pmi?”.
Yig‘ilishning birinchi qatorida o‘tirgan Harvard universiteti, Massachusets texnologiyalar instituti, Boston universiteti, Tafts universiteti va boshqa oliygohlarning rahbarlari “xo‘p, xo‘p” degandek bosh irg‘ab, tasdiqlab o‘tirishibdi, gubernator-buva berayotgan ko‘rsatmalarni o‘zlarining charm muqovali yondaftarlariga yozib olishyapti.
Tasavvur qilib bo‘lmaydi-a? Mabodo tasavvur qilolsangiz ham — kulgili-ku, to‘g‘rimi? Kuni kecha Samarqandda bo‘lgan ish ham xuddi shunday — juda kulgili. Achinarlisi, hokimbuva rektorlarga shunday topshiriq berishga haddi sig‘ganida emas, zotan, hokimlarimizning bundan-da battar qila olishlariga ko‘nikkanmiz; ularga prezidentning o‘zi allaqachon baho berib bo‘lgan.
Achinarlisi, rektorlar bu noqonuniy (ha, noqonuniy ekan, shu yig‘ilishdagi aksariyat rektorlarning ish beruvchisi hisoblangan vazirlik shunday debdi) topshiriqqa qarshi bir og‘iz qarshi gap gapirmaganida, “bu aytayotgan gaplaringiz bu qonunga, prezident imzolagan bu farmonga zid”, demaganida; na o‘zini, na universitetini himoya qila olmaganida.
Universitetlarning haqiqiy obro‘si “bizning asoschimiz Mirzo Ulug‘bek, tariximiz 1420-yildan boshlanadi”, deb og‘iz yirtishdan emas, kechagiga o‘xshash vaziyatlarda oliy ta’lim muassasasi sha’nini, unda ishlayotgan o‘qituvchilar va o‘qiyotgan talabalar huquqlarini sal himoya qila bilishdan boshlansa kerak. Rektorlar ming bosim ostida ishlayotgan bo‘lsa ham. | 8 639 |
| 12 | Mana bu suratdagi narsa — burger deysizmi, sendvich deysizmi, nima bo‘lsa ham-da — mazaliga o‘xshaydi-ya. Ishtahaochar manzara, to‘g‘rimi? Xitoycha eshak-burger ekan. Tavba-tavba! Bu suratni Vikipediyadan topdim. Qanday topganimni hozir tushuntirish xati qilib yozib beraman.
Men 2026-yil 25-iyun kuni 28-iyunda qanday e’tiborga molik tarixiy voqealar bo‘lgan ekan, qanday mashhur shaxslar tug‘ilgan ekan, deb o‘rischa Vikipediyaning “28-iyun” degan maqolasini ko‘rib o‘tirgandim. “Shu sanada tug‘ilganlar” bo‘limida 1994-yili tug‘ilgan Anish Giri haqida yozilgan bir qator gap, ya’ni, “niderlandiyalik shaxmatchi, o‘tmishda Rossiya sharafini himoya qilgan” mazmunidagi jumla meni, tabiiyki, juda qiziqtirib qo‘ydi.
Ming yillardan beri hozirgi Rossiya hududida yashab kelayotgan boshqa ozchilik millat vakillarini ham chiqishtirmaydigan bu mamlakatda qanday qilib hindcha ism-familiyali odam shaxmat bo‘yicha Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan bo‘lishi mumkin, deb tursam, otasining yarim kelib chiqishi Nepalga, yarmi Hindistonga borib taqaluvchi, onasi o‘ris bo‘lgan Anish Sankt-Peterburgda tug‘ilib, shaxmat o‘ynashni ham shu yerda o‘rgangan ekan.
2008-yili, otasining ishi Niderlandiyaga ko‘chgani sabab, o‘sha yerga ko‘chib ketgan ekan. Kelib chiqishi qiziq bu shaxmatchining shaxsiy hayoti ham bir qiziq ekan: 2015-yili gurjistonlik shaxmatchi qiz Sofiko Guramishviliga uylangan ekan (shaxmatda shunaqa millatlararo nikohlar odatiy hol ekan, mana; Javohir va Bibisora ham baxtli bo‘lsin!). Endi, Vikipediya-ku bu, deyarli har bir ism — yangi bir maqolaga havola. Kirsam, u yerda bir qiziq gap bor ekan: Sofiko xonim 2013-yili “Sinxuandao oqshomi” jamoasi safida shaxmat klublari o‘rtasidagi Xitoy chempionatida qatnashgan ekan.
Sinxuandaosi nima ekan desam, u Xitoyning Xebey viloyatidagi atigi 3 mln odam yashaydigan bir shahar ekan. Vikipediyada shaharlar, viloyat va mamlakatlar haqidagi maqolalarga kirib qolsam, suratlarni alohida va qayta-qayta tomosha qilaman, karusel qilib. Ayniqsa, Xitoydagilarini — Chin-mochin shaharlarining so‘nggi 20-30 yildagi taraqqiyoti aqlni shoshiradi. Xullas, Sinxuandaoning suratlarini ko‘rdim, inglizcha maqolada ham kam ekan. “Xebeyniki ko‘proq bo‘lsa kerak”, deb keyin viloyat haqidagi maqolani ochib, suratlarini ko‘rib o‘tirsam, oxirida shu — eshak-burger chiqib turibdi-da. Tavba-tavba!..
Mana shunaqa — Vikipediyada daydishning oxiri yo mana shunaqa bir hayrat, yo qandaydir bir kutilmagan yangilik bilan tugaydi har safar. Sizda ham shunaqami? | 6 981 |
| 13 | Saida Mirziyoyeva Samarqand, Xorazm va Buxorodan so‘ng Andijonga boribdi. Har yerda bo‘lganidek, bu yerda ham ishni ahvoli og‘ir shifoxonalar, maktab va bog‘chalar bilan tanishishdan boshlabdi. Oltinko‘l tumanidagi 1988-yilda qurilgan “Ko‘makay” oilaviy poliklinikasini, 1970-yillarda qurilgan oromgoh o‘rnida joylashgan 9-sonli bog‘cha va 1960-yilda barpo etilgan 36-maktab yangidan quriladigan bo‘libdi.
“Gap tibbiyot va ta’lim haqida ketar ekan, — deydi Saida Mirziyoyeva, — shifokor va o‘qituvchining ish joyi, yaratilgan sharoit, farzandini maktab yoki bog‘chaga kuzatayotgan ota-onaning ko‘ngli to‘q bo‘lishi — eng muhim, birinchi galdagi masaladir. Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak”.
Saida Mirziyoyeva qayerga bormasin, ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq masala ham doim kun tartibida turibdi. Andijonda ham viloyat rahbariyati va tuman hokimlari ishtirokidagi ishchi yig‘ilishda 1980-yillarda barpo etilgan magistral suv tarmog‘ini yangilash asosiy muhokama mavzularidan biri bo‘libdi.
“Aholi yashaydigan ko‘plab xonadonlar, mahalla va tashkilotlarning suv ta’minotiga bevosita daxldor bo‘lgan ushbu inshootni rekonstruksiya qilish jarayonini kechiktirib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidlabdi u. | 6 703 |
| 14 | Jahon chempionatidagi birinchi ikki o‘yinimizdan so‘ng nol ochko-yu faqat bitta gol bilan guruhda oxirgi o‘rinda turganimizdan hamma afsusda, albatta. Lekin — muxlis sifatida milliy jamoamizning bundan-da yorqinroq o‘yin va chiroyliroq (“yumshoqroq”) natijalarga erishishidan umidvor bo‘lgan ersak-da — 2-turdan keyin ahvolimiz taxminan hozirgidek bo‘lishiga ich-ichimizdan tayyor ham edik; fojia emas. Kecha Portugaliyadan oltinchi va yettinchi gollarni o‘tkazib yuborganimizda ham fojia bo‘lmasdi. Tablodagi hisob xunukroq bo‘lardi, xolos. “Xunuk” degani fojia emas.
Menimcha, bu mundialdagi milliy jamoamiz va umuman futbolimiz uchun asosiy natija — buni Jahon chempionatidan avval ko‘plab akalarimiz ham ta’kidlagandi — Abduqodir Husanov kabi chin yevrostandartimiz yoniga yana yangi shunday futbolchilarning qo‘shilishi bo‘lardi. Masalan, kechagi o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchimiz, bu – Behruz Karimov (quyidagi suratda). Birinchidan, u Ronaldudan salkam 23 yoshga kichkina ekani aytilyapti. Ikkinchidan, u o‘yin davomida besh yo olti marta qo‘pollik qilganiga qaramay, sariq kartochka olmagani muhokama qilinyapti (kartochka berilmaydigan qo‘pollik ham mahorat turidir, balki).
Behruz Karimov haqidagi uchinchi turkum fikrlarning mazmuni taxminan mana bunday: “Kecha O‘zbekiston yirik hisobda yutqazdi, lekin uning tarkibida bir futbolchi alohida ajralib turdi, bu – Behruz Karimov. Jismoniy holati yaxshi ekan, dadil ekan, yakkakurashlardan qochmas ekan, Kolumbiya bilan o‘yinda ham yaxshi o‘ynagandi” va hokazo, va hokazo. Bundayin “taqriz”larning oxiri “Surxon” sardorining Yevropaga, Kuchli beshlik ligalariga ko‘chib o‘tishi bilan tugasa, Jahon chempionatidagi ishtirokimiz yomon o‘tmadi, deb hisoblasak ham bo‘laversa kerak.
Va, yakunda, shu post boshidagi gapga birrov qaytsak: Jahon chempionatidagi birinchi ikki o‘yinimizdan so‘ng nol ochko-yu faqat bitta gol bilan guruhda oxirgi o‘rinda turganimizdan hamma afsusda. Lekin, azizlar, yodingizda bo‘lsa, biz 35 yildan beri shunchaki shu yerda bo‘lishni xohlardik. Asta-sekin mundialning o‘zida chiroyli natijalar ko‘rsatish darajasiga ham yetib kelamiz. Husanov, Karimov, Fayzullayev kabi ijrochilarimiz ko‘payaversa, yaxshi natijalarni bizning avlod ham ko‘rishiga shubha yo‘q. | 18 009 |
| 15 | Urdi-ya yaramas… | 5 975 |
| 16 | Bundan 20 yilcha avval, go‘yoki qo‘limizda naqd turgan jahon chempionati yo‘llanmasini “ana, Bahrayn bilan Trinidad-Tobagoga bervoraveringlar”, deb FIFAga xat yozganimizdan keyin (endi, natijasi shunday bo‘lgan-ku), kimdir: “Mayli, bo‘g‘ilma, O‘zbekiston 20 yildan keyin aniq jahon chempionatiga chiqadi va o‘shanda sardori Krishtianu Ronaldu bo‘lgan Portugaliyaga qarshi o‘ynaydi”, desa, uning so‘zlariga, albatta, ishonmagan bo‘lardim. Hech birimiz ham ishonmagan bo‘lardik, albatta. Chunki o‘rtastatistik inson, ya’ni, oddiy bir Yer fuqarosi 41 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan bo‘ladi-da odatda. Lekin, hammamizga ma’lumki, bu kishim, Messixon aka bilan birga, odam emas.
Hozircha bo‘lajak raqibimiz Argentina emasligiga xursand bo‘lib turibman, yo‘qsa, ko‘rib turibsizlar, to‘pga Messining oyog‘i uchiga tegsa ham, gol bo‘lib ketyapti. Ronalduda esa hozir unday emas va bugungi o‘yinda ham shundayligicha qolsin. O‘yindan keyin ham kayfiyatimiz hozirgidek yuqori bo‘lib qolsin. Chiroyli o‘yin va chiroyli hisob bilan chiroyli tarix yozish nasib qilsin futbolchilarimizga! | 6 309 |
| 17 | Boya Robaxon Mahmudovani Xadicha Sulaymonovadan keyin Oliy sud raisligiga saylangan ikkinchi ayol deb yozgandim (hozir u joyi yo‘q, olib tashladim). Shoshildim-da – qidirishga qidirdim, lekin yaxshilab qidirmadim. Va, mana, baloni yedim.
Xadicha Sulaymonovadan keyin, sovet davrida, Halima Muhiddinova O‘zbekiston Oliy sudiga raislik qilgan ekan (ma’lumotlarga ko‘ra, 1972–1984-yillarda). Mustaqillik davrida esa Farruxa Muhiddinova (2003–2005-yillarda) O‘zbekiston Oliy sudi raisi bo‘lib ishlagan birinchi ayol bo‘lgan ekan (O‘zAda qanchadan-qancha materiallar chiqqan ekan bu haqda).
Shunday qilib, Robaxon Mahmudova to‘rtinchi ekan. Noto‘g‘ri ma’lumot berib qo‘yganim uchun uzr. Bir hafsala qilib, “Har balo”ga Oliy sudimiz raislari ro‘yxatini kiritib qo‘yishim kerak ekan o‘zi.
PS. Hozir internetni titkilasam, rusiyzabon segmentda, asosan ijtimoiy tarmoqlardagi pabliklarda “Robaxon Mahmudova – (mustaqil) O‘zbekiston tarixida Oliy sud rahbariga aylangan birinchi ayol” degan xabarlar rosa tarqalibdi. | 5 991 |
| 18 | Yaqinda Oliy sud rahbari o‘zgardi. Baxtiyor Islomov ishdan olindi (“boshqa ishga o‘tishi munosabati” bilan gap-so‘z, xat-hujjat hali chiqqani yo‘q, balki chiqmas, balki chiqar, bilmadim). Saida Mirziyoyeva kecha, 22-iyun kuni Robaxon Mahmudovani sudyalar hamjamiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga Oliy sud raisi sifatida tanishtiribdi.
Saida Mirziyoyevaning bu voqea haqida yozganlariga qarab, bu nafaqat yangi rahbariyat uchun yo‘lko‘rsatkich, balki eski rahbariyat oqsagan nuqtalar bayoni, shekilli, degan xulosa ham chiqarish mumkindek. Masalan,
▪️jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart;
▪️sudlarimiz Angliya huquqiga asoslangan sud tizimini shakllantirish kabi yangi tajribalarga ochiq bo‘lishi, dunyoning ilg‘or namunalarini o‘z faoliyatida dadil joriy qilishi juda muhimdir;
▪️tizim alohida shaxslarga bog‘lanib qolmasdan, kadrlar almashinuvidan qat'i nazar, soat mexanizmi kabi aniq va uzluksiz ishlashi kerak;
▪️har bir sudya sharafi va sha'nini yuksak darajada saqlagan holda egnidagi mantiyasiga munosib bo‘lishi lozim (haqiqatan ham, oxirgi yetti-sakkiz oyda sudyalarimiz bilan bog‘liq bir necha uyatli ishlar bo‘lgandi).
“Robaxon Anvarovnaga mustahkam iroda hamda doimo oqilona, halol va adolatli qarorlar qabul qilishida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!”, – debdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan xabarlarida.
Menimcha, matonat masalasida Robaxon Anvarovnaga shubha qilmasa ham bo‘ladi: u 2026-yil yanvar oyida o‘g‘lidan ayrilgan, may oyida esa turmush o‘rtog‘i vafot etgan edi. Shunday og‘ir judoliklarga qaramay, u iyun oyida O‘zbekistondagi eng og‘ir va murakkab tizimlardan birining rahbarligini qabul qilib oldi. Matonat degani shu bo‘lsa kerak, balki.
Qayd etish joiz, Robaxon Mahmudova afsonaviy Xadicha Sulaymonovadan keyin O‘zbekiston Oliy sudi rahbariga aylangan ilk ayol bo‘ldi. Xadichaxonim ham juda qat’iyatli va matonatli ayol bo‘lgan. U Stalinning “Katta terrori” vaqti qatag‘onga uchragan ziyolilarimiz nomini oqlashda katta xizmat qilgan, umrining oxirida esa, og‘ir hastaligiga qaramay, Oliy sud rahbari sifatida boshlagan ishlarini tugatishga harakat qilgan. | 6 480 |
| 19 | Gap kim haqida ketayotganini bilmoqchi bo‘lsangiz, videoning to‘lig‘ini ko‘ring, mana: https://www.instagram.com/reel/DZ5IPQRNduW/?igsh=b3ZlemJhYm02Zmxy | 10 379 |
| 20 | Ўзбекистон хусусий мактаблари тарихида илк бор Sodiq School ўқувчиси Harvard университетига қабул қилинди
Бу натижа тасодиф эмас. Бунинг ортида ўқувчининг меҳнати, устозлар кўмаги ва тўғри йўлга қўйилган таълим тизими турибди.
Аммо ютуқлар фақат Harvard билан чекланмайди. Мактаб битирувчилари жами 18 та давлатдаги Toronto университети, Bowdoin College, NYU Qatar, NYU Shanghai каби 60 дан ортиқ дунёнинг нуфузли олийгоҳларига ўқишга кирган.
Агар фарзандингиз учун кучли билим, халқаро имкониятлар ва рағбатлантирувчи муҳит излаётган бўлсангиз, Sodiq School қабул жараёнида иштирок этиш учун яхши имконият.
📅 1 июль куни мактабга кириш имтиҳонлари бўлиб ўтади.
🌐 Рўйхатдан ўтиш: sodiqschool.uz
📞 Маълумот учун: 78 888 80 80
Реклама | 5 123 |
