Muhrim / Муҳрим
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Muhrim / Муҳрим
Канал Muhrim / Муҳрим (@muhrim) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 14 079 подписчиков, занимая 3 872 место в категории Политика и 5 799 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 14 079 подписчиков.
Согласно последним данным от 27 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 104, а за последние 24 часа — 0, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 52.42%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 29.10% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 7 384 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 4 099 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot
Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 29 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Политика.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 29 июля | +1 | |||
| 28 июля | 0 | |||
| 27 июля | 0 | |||
| 26 июля | +12 | |||
| 25 июля | +2 | |||
| 24 июля | +8 | |||
| 23 июля | +9 | |||
| 22 июля | +9 | |||
| 21 июля | +3 | |||
| 20 июля | +96 | |||
| 19 июля | 0 | |||
| 18 июля | +3 | |||
| 17 июля | 0 | |||
| 16 июля | +7 | |||
| 15 июля | +1 | |||
| 14 июля | +9 | |||
| 13 июля | 0 | |||
| 12 июля | 0 | |||
| 11 июля | +4 | |||
| 10 июля | +3 | |||
| 09 июля | +8 | |||
| 08 июля | +2 | |||
| 07 июля | +45 | |||
| 06 июля | 0 | |||
| 05 июля | 0 | |||
| 04 июля | +3 | |||
| 03 июля | +4 | |||
| 02 июля | +5 | |||
| 01 июля | +22 |
| 2 | 2026-yil 23-iyun. Plan bajarmagan fermerlarni haqoratlab, tahdid qilgan Muzrabot tumani hokimiga hayfsan berildi.
2026-yil 22-iyul. Fermerlarni haqoratlagan Quva tumani hokimiga ham hayfsan berildi.
2026-yil 29-iyul. Xitoy safariga yaqinlarini yuborgan Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hokimlariga hayfsan berildi.
Bir chillada shuncha hayfsan. Bu hali qo‘lga tushib qolganlari. Aslida deyarli har bir hokimdan bir pachka–bir pachka hayfsanlik qilmish topish mumkin bo‘lsa kerak.
“Hokim” degan ulug‘vor bir so‘zni obro‘sizlantiryapti-da bu hayfsanxo‘rlar. Balki bitta bo‘lsa ham hayfsan olgan hokimning lavozimini “hayfsan” deb qayta nomlash kerakdir, a?
Bosh harfi bir xil-ku, har qalay. | 2 488 |
| 3 | Har bir buyuk inson ortida uning ustozi turadi
Ba’zi kasblar borki, ularning haqiqiy qadri yillar o‘tib anglanadi. O‘qituvchilik ham shunday kasblardan biri.
Surxondaryolik Hilola Xudoymurodova ham bir vaqtlar o‘zini sinfxona oldida tasavvur qilmagan. Bugun esa u yuzlab o‘quvchilarning hayotida iz qoldirayotgan ustoz. Uning fikricha, bilim — hech kim tortib ololmaydigan eng katta boylik.
Afsuski, otasi uning bugungi yutuqlarini ko‘rishga ulgurmadi... Ammo ota bergan tarbiya va ishonch bugun Hilola opa uchun eng katta tayanchga aylangan.
Shu kabi hayotiy va ilhomlantiruvchi hikoyalar Agrobankning “Qahramonlar” loyihasida berib borilyapti ekan. Bunday loyihalar jamiyatimizdagi o‘z ishini sidqidildan bajarayotgan insonlarni tanitish va ularning mehnatini qadrlashga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.
Hilola ustoz haqidagi videoning to‘lig‘ini albatta tomosha qiling. U har birimizga o‘ylash uchun sabablar beradi. | 4 235 |
| 4 | “Yigitning omadi bilan o‘ynashma deb shuni aytishsa kerak”, debdilar-ku Qobil aka, rostdan ham — bugun energetika vaziri etib tayinlangan Sherzod Xo‘jayevdan g‘aroyib qaytish bo‘ldi. “Bu tariqa ishdan olingan odam tamom — ortiq “odam” bo‘lmaydi”, deguvchilarga qarshi istalgan vaqt ishlatsa bo‘ladigan bir misol bo‘ldi (ayniqsa, ishdan olingan vaqti ularning faoliyatini tekshirish DXXga buyurilgani ham hisobga olinsa).
Endi, 2023-yilgi anomal sovuq ortidan chalingan “haydalish kuyi”dan keyin ham yo‘qolib qolmay, unchalik past hisoblanmagan lavozimlarda ishlab yurganidan o‘z vaqti-soatini kutayotgan “zaxiradagi kerakli kadr” ekanini anglasa bo‘lardi-yu, lekin shu voqea ro‘y berganini ko‘rishning o‘zi qiziq-da. Ana bo‘lmasam, deb qo‘yasan, beixtiyor.
Men Sherzod Xo‘jayevni birinchi marta 2019-yil noyabrida taniganman. O‘shanda “o‘zimizda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lib yotgan bir vaqtda nima uchun Afg‘onistonga elektr energiyasi eksport qilyapmiz?” mazmunidagi savolga u kishi shunday javob qaytargandi:
“Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib berish O‘zbekistonga qanday manfaat beradi? Xalqimizda “Qo‘shning tinch — o‘zing tinch” degan maqol bor. Bu Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi asosiy faktor. Ularga elektr energiyasi yetkazib bersak, uyida chiroq bo‘ladi, biror bir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan odam, qo‘pol qilib aytganda, qurol ko‘tarib urushga chiqmaydi…”.
Salkam yetti yil avval aytilgan bu fikr, menimcha, juda noto‘g‘ri emas; yaxshi fikr. Sherzod aka 2019-yilda aytgan shu gaplar ayni vaqtda, nazarimda, O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Hay, elektr energiyasi ishlab chiqarish masalasida bizda muammo yo‘qdir, ammo uni iste’molchilarga yetkazib berishda, ta’minot barqarorligida hali ham muammolar bordek.
Shundan kelib chiqib, umidim shuki, O‘zbekiston energetiklari, mamlakat energetika tizimi Sherzod Xo‘jayevning 2019-yilgi “uyida chirog‘i bor odam… yomon ishlar qilmaydi” mazmunidagi gaplarini o‘zi uchun bir dasturulamal qilib oladi. Chunki har jazirama yo qahratonda takror bo‘ladigan energoinqirozlar, ta’minotdagi uzilishlardan odamlar charchadi, “kelasi hafta havo isirkan/sovirkan”, degan xabarni yurak hovuchlab qabul qiladigan bo‘ldi.
Hozirgi zamonda odamlarni energiya ta’minoti masalasida muttasil norozi qilishning oqibati yaxshi bo‘lmasa kerak. Ishqilib, shu norozilik bo‘lmasin, hay, bo‘lsa ham kamroq bo‘lsin. Energiya ta’minoti barqaror bo‘lsa, hech shubhasiz, norozilik ham karrasiga kamroq bo‘ladi. Yangi o‘zgarishlardan umid shu. Bu umidni o‘ldirishmas :) | 3 996 |
| 5 | Нет текста... | 4 478 |
| 6 | Shu suratni ko‘rganimda, menga ham charxpalak bor taraf Central parkdek ko‘rindi, lekin tunnelli yo‘l chalg‘itavergandi, qayer ekan bu deb ikkilangandim. Tunnelning o‘zi ham loyiha ekan-da. Lekin, qiziq — Darxon-kafe tomon chiqib ketadigan yo‘l (Movaraunnahr ko‘chasi) yopilib ketarkan-da (#) | 8 910 |
| 7 | Нет текста... | 4 879 |
| 8 | Chirchiqda ko‘cha mushuklariga yegulik bergan bir qiz va bir keksa ayolga jarima solishibdi — aynan mushuklarni boqqani uchun. Ayol jarima ustida prezident qabulxonasiga shikoyat qilibdi, u shikoyat aylanib mahalla inspektoriga tushgan, inspektor murojaatni yopish uchun onaxonga bosim qilgan. Oxiri uning mazasi qochib, vafot etibdi. Yozishlaricha, marhumaning qo‘shnilari ham zolimlikda o‘sha mahalla inspektoridan qolishmas ekan — har mushukka ovqat berganida, orqasidan poylab, videolarni mahalla raisiga tashlab turisharkan: https://www.gazeta.uz/ru/2026/07/24/chirchik-cats/
Tavba. Odamlar orasida yashayapman, deb o‘ylaymiz. Va adashamiz. Qandaydir hissiz, bemehr, molparast, xudbin ikki oyoqli mahluqlar orasida yashayotganimizni bilmaymiz. Odamning qadri yo‘q joyda ahvol shu.
PS. Albatta, hali yangi materiallar chiqadi, mahalla ahli mushuklarni ham, o‘lgan ayolni ham hammayoqni sassiqxona qilib tashlashda ayblaydi, normal yashashga sharoit qoldirmaganidan norozi bo‘ladi, mahalla inspektorining yonini oladi, mahalla inspektori ham hech kimga bosim qilmaganini aytadi, prezident qabulxonasi ham afsusda ekanini bildiradi va shu bilan tamom. Va zolimlar yana zulm qilishda, odamlarni jismonan o‘ldirolmasa, ma’nan o‘ldirishda davom etaveradi. | 5 240 |
| 9 | GOFRET
90 йиллар кўпчилик оилалар учун оғир келган эди.
Энди мустақилликка эришган даврларимиз, озиқ овқат танқислигидан зиёда ойлик тушиши қийин. 70 йил Москвага қарам бўлган ўлка ва корхоналар янги даврда ҳали ўз йўлини топиб кетмаган.
Ва айнан ўша пайтда чет элдан - асосан Туркиядан турли сақич, ширинлик ва бананлар кириб кела бошлаган. Қишлоқ болалари ва нафақат бу ширинликларни қадоғини сақлаб қўйишни ва бир бирига азза базза мақтанишни ҳам канда қилмайди. Бу бир мағрурлик сабаби.
Онам ўқитувчи бўлиб ишлайди. Колхозда тракторчи бўлиб ишлаган ўгай отам эса ишсиз. 3 бола нимадир еб ичиши ва нималардир кийиши керак.
Уйга ширинлик нари турсин, оқ ун кирса ўзимизни бойдек ҳис қиламиз.
- Ёғ ва ун бўлса оч қолмаймиз, деган ёзилмаган қонун бор. Уйга гўшт кирмай қўйганига анча бўлган. Бундай ширинликларнинг қадоғини ўртоқларимнинг китоблари орқасида кўраман ва бир тамшаниб қўяман.
Онамнинг сумкаси
У доим мени ўзига тортган.
- Сумкамни ковлама, деб неча марта айтай сенга, деган койишни минг маротаба эшитган бўлсамда, ҳар гал онамнинг сирли ифор таратган сумкаси мени ўзига чорлайверарди.
- Қараб кўр, бугун балки бир нарса олгандир аянг, дерди у доим. – Кел, доим титкилайсанку, аянг сезмайди, менда бир нарсалар яшириб қўйилган.
Ва мен яна бу алдовга енгилиб сумкани титкилашга тушардим.
Ўқувчилар дафтарлари, кўзойнак, ручка, қалам. Ўқитувчи қуроллари.
Ҳар гал ҳафсалам пир бўлсада, эртаси куни яна айни ишни такрорлардим. Ва буни нафақат мен балки укаларим ҳам бир биримиздан яширган куйи қилардик. 😊
Бир кун кечки овқатни биргаликда еб бўлгач, ҳеч кутилмаганда онам:
- Сумкамни олиб кел, - деб қолди.
Ҳали сумкани титиб улгурмаганим боис югуриб бориб сумкани олиб келдим. Онам ичидан шоколадли вафли чиқарди. Қизил, устига сариқ, қизил ёзувлар билан ülker
Çikolatali gofret деб ёзилган. 1 дона.
Секин очди ва унинг ҳиди худди дунёни тутиб кетгандек бўлди. Пичоқ билан 4 бўлакка бўлди. Ўзига жуда кичик парча қолдирди. Бу шундай катта бахт эдики, дунёга сиғмасдим. Бир томондан нафсим қитиқлар, бошқа томондан кейинги ойгачан пулимиз етмай қолишидан хавотир ичимни эзарди.
- Ая, қанча экан? – дедим ҳамон ютқиниб.
- 5 сўм.
5 сўм биттагина шоколадли вафли учун қиммат эди. Бир дона тандир нон 8 сўм эди ўшанда.
- Ўйлама сен уни, эртага Худо пошшо, деди онам.
3 бола вафли қоғозини топ тоза қилиб ялтиратиб яладигу, кейин ким бу қадоқни китоби орқасига қўйиб синфдошлари олдида мақтанишини талашдик. Ва бу имконият яна аразчи укамга берилди.
Ора-сира онам бу вафлидан 1 дона олиб келадиган ва тўртовимиз бўлиб ейдиган бўлдик.
Ҳар гал, ҳеч истисносиз ҳар гал бу шоколадли вафли мени айнан ўша қишлоқ уйимизга, пичоқ билан 4 бўлакка бўлинган ва 1 бўлаги бошқаларидан кичикроқ бўлган дастурхон бошига, ҳали ёш онам, ҳали кичик укаларим ёнига олиб кетади.
Ўша пайтлар бир куни пулимиз кўўп бўлиб ҳар биримизга биттадан шоколадли вафли ола олишимизни орзу қилганларимизни ёдга солади.
Бугун бу шоколаддан 6 дона олдим.
Ва ўтирдиму, ўша кичик қиз Мадина бўлиб бир бутун шоколадни паққос туширдим.
Мен буни ҳар сафар бу вафлини кўрганимда қиламану, аммо ичимдаги армон кетмайди.
Чунки ортиқ 4 киши бўлиб бир дастурхон бошида тўпланолмаймиз ва ўша пайтлар орзу қилганимиздек, ҳар биримиз биттадан шоколад олиб ея олмаймиз.
Муаллиф: MadinaZarif | 4 222 |
| 10 | Нет текста... | 7 020 |
| 11 | Toshkentda Toshkent mudofaachilari xotirasi uchun ko‘zga ko‘rinarli nimadir bo‘lishi kerak, menimcha. Adashmasam, hech narsa yo‘q bu mavzuda | 9 797 |
| 12 | IELTS 6.0 bilan Britaniya diplomini 100% grant asosida olish imkoniyati
Agar sizda IELTS 6.0 sertifikati bo‘lsa, Toshkentda turib Coventry University dasturi bo‘yicha xalqaro darajadagi ta’lim olishingiz va Britaniyaning rasmiy diplomiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Dastur doirasida 250 mln so‘mgacha grant uchun ariza topshirish, 4 yillik 100% grant asosida tahsil olish hamda haq to‘lanadigan amaliyotda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Ayni paytda Agrobank bosh ofisida grant dasturi bo‘yicha tanlov suhbatlari o‘tkazilmoqda. Joylar soni cheklangan. Agar IELTS sertifikatingiz bo‘lsa, bu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza topshirishga shoshiling.
Batafsil ma’lumot:
+998 78 888 08 00
@udeahelp
📍Manzil: Toshkent shahri, Boshliq ko‘chasi, 3-uy
Reklama | 5 027 |
| 13 | Toshkentda pulli parkovkalar paydo bo‘lganidan beri bu mavzu atrofidagi bahslar tinmaydi. Vaholanki, dunyoning barcha yirik poytaxtlarida ko‘chalarda mashinani bepul qoldirish amaliyotidan allaqachon voz kechilgan. Kuni kecha Gazeta.uz’da e’lon qilingan Poytaxt Parking bosh menejeri Jahongir Toshpo‘latov bilan intervyu bilan tanishib ham, bu millionlab aholi yashaydigan hozirgi zamon shaharlari uchun bu normal va kerakli amaliyot ekanligini anglash mumkin.
Aslida bu avtoturargohlardan ko‘zlangan asosiy maqsad nuqul pul undirish emas, balki mashinalar rotatsiyasini ta’minlash va shahar markazidagi tirbandlikni kamaytirishdir. Qolaversa, shahar aholisining atigi 24 foizida mashina bor, qolgan 76 foizi piyoda yoki jamoat transportida yuradi. Demak, shahar resursi bo‘lgan cheklangan yer hamma uchun teng xizmat qilishi kerak.
Umuman olganda, dunyoning barcha yirik poytaxtlari o‘tgan bu bosqichni Toshkent ham bosib o‘tyapti. Tartib va mas’uliyat bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Shahar markazi shaxsiy avtomobilni kun bo‘yi tekinga qo‘yib qo‘yadigan joy emas, balki barcha uchun qulay va harakatchan hudud bo‘lishi kerak. | 6 170 |
| 14 | Konspirologiyaga raddiya: https://t.me/shahnozxon/5155
Nima bo‘lganda ham, baribir bir-ikki kun muhokama bo‘lishi kerak edi. 30 yil deganda bazo‘r yuz berayotgan o‘zgarishlar bahona hozirgidan bir-ikki chimdim mukammalroq alifboli bo‘lardik.
Hay, qachondir kuchli jamiyat bo‘lsa, u jamiyatning so‘zi zalvorli va o‘tkir olimlari ham bo‘lsa, o‘zi talab qilib, alifboni hozirgidan mukammalroq va qulayroq qilib oladi. Chunki jamiyat ishlatadi uni.
Hozircha esa davlat ma’qul deganiga ko‘nib turamiz. Konspirologiyalarga esa ishonmaymiz! | 5 830 |
| 15 | O‘zbek lotin alifbosiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun nega birdan qabul qilib yuborilgani haqida xayolimga bir konspirologik fikr kirib qolib, hech chiqib ketmayapti.
O‘zi bu jarayonda birinchi g‘ashimni keltirgan narsa — qonun imi-jimida, o‘ta bir shoshilinch qabul qilib yuborilgani bo‘ldi. Shuning uchun ham boshida men alifboga o‘zgartirish kiritilayotganidan emas, ko‘proq jarayon salkam yashirincha o‘tganidan norozi edim. Oddiy qilib aytganda, “nega men bilan maslahatlashmadinglar?!”, degan bir egoistik-narsisistik yondashuv (“sen kimsan o‘zi?” deydigan odam esa... ko‘p).
“Alifbo muhokamasi salkam 10 yildan beri davom etayotgandi, yana qanaqa muhokama kerak sanga?”, degan gaplar ham bo‘ldi. Endi, qanday tushuntirsam… Deylik, uyim oldida salkam 10 yildan beri pul naqdlashtiradigan bankomat turibdi. Deyarli foydalanmayman, birov foydalanayotganini ham ko‘rmayman. Ammo ertaga “naqd pul bankomatlari yo‘qotilarkan”, degan e’lon chiqsa, o‘sha bankomat oldidagi olomon ichida men ham bo‘lsam kerak (menga hozircha naqd pul kerak bo‘lmasa ham).
Alifbo muhokamasi ham shunday: “Bunisi oxirgi muhokama, keyin qonun qabul qilinadi, tamom”, degan e’lon bo‘lsa, hamma jiddiylashadi. Jim o‘tirganlar ham tilga kiradi, balki aynan ulardan biror asosli, mantiqli, tayinli taklif chiqib qolar. Bir-ikki yil avvalgi aynan shunday, “endi aniq o‘zgarish bo‘larkan”, degan umid bilan o‘tgan muhokamalarda “sh” va “ch” hozirgi holida, dumsiz qolaversin, degan mantiqli fikrlar chiqib qolgandi. Muhokama bo‘lsa, ehtimol, “ng” ham juvonmarg bo‘lmasdi, “x” va “h” ham murosaga keltirilardi va hokazo.
Lekin muhokama bo‘lmadi, “mening fikrimga hech kim qiziqmadi!”, qonun qabul qilib yuborildi. “Rossiyadagi moxovlar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolgan vaqtda otni qamchilashyapti-da”, degan fikr ham durust, lekin bu o‘zgarishni tezlashtirib yuborgan narsa tashqi omil emas, balki ichimizda shu o‘zgarishdan (moliyaviy) manfaatdor kuch paydo bo‘lgani bo‘lsa kerak; xayolimni band etgan konspirologiya ham shu aslida.
Bizda, bilasiz, “egasi”, “rahnamosi” bor sohalar gullaydi, ularning yo‘llari ochilib ketaveradi. “Egasiz” qolganlarning esa — sho‘riga sho‘rva! Bir misol — Toshkent atrofidagi issiqxonalar. Ular Surxondaryoga surgun qilinyapti, joyida qolganlariga katta soliqlar solinyapti. Hali yerini ham olib qo‘yishsa kerak — “poytaxt biqinidagi sotixi tilloga teng yerda issiqxona saqlashni kim qo‘yibdi bularga?”.
Nazarimda, alifbo bilan ham shunga o‘xshashroq holat bo‘lyapti. Muhokamasi kamida 10 yildan beri bo‘lgani bilan, shu vaqtgacha bu o‘zgarishdan manfaatdor qudratli kuch yo‘q edi. Ammo, bir yil avval, avtoraqamlarga raqam o‘rniga ism yozdirishga va shunday avtoraqamlarni auksionlarda milliardlab so‘mga sotishga ruxsat beruvchi qaror chiqqach, ana shunaqa kuch paydo bo‘ldi-yov.
Masalan, toshkentlik Shuhrat o‘z ismi yozilgan raqamni olmoqchi. Buning uchun 5 mlrd so‘m to‘lashga ham rozi (chunki Toshkentda 01 raqami bilan boshlanadigan avtoraqamda bunday ism faqat bitta bo‘ladi). Lekin hozirgi alifbo bunga imkon bermaydi: Shuhrat ismi olti harfli, lekin belgilar soni oltitadan ko‘p. Avtoraqamga esa faqat olti belgi sig‘adi. O‘zbekistondagi 14 hududning har birida mana shunday 5 mlrd to‘lashga tayyor qanchadan-qancha Shuhratlar, Xurshidlar, Jamshidlar bor.
Shuncha pul turganida, “sh” va “ch” harflarini bitta belgi ko‘rinishiga keltirmasa bo‘lmas, to‘g‘rimi? Endi, parlament qabul qilgan qonun bilan faqat “sh” va “ch” harflari o‘zgarganida, odamlar deputatlarning tomi to‘liq ketibdi, deb o‘ylagan bo‘lardi. Shuning uchun jamoatchilik har doim so‘rab kelgan “o‘” va “g‘” harflarini tuzatish ham qonunga qo‘shib ketilgan bo‘lsa kerak.
Lekin, nazarimda, avtoraqamga yozishda “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari xalal bermasdi, ortiqcha bir joy egallamasdi ham. Ayni vaqtda, “so‘zni bo‘lib yuboryapti” degan (asosli sabab bilan) “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari olib tashlanib, lekin tutuq belgisi ham so‘zlarni, ismlarni (masalan, mening familiyamni) shunday ikkiga bo‘lib tashlashi unutilgani xayolimni band etgan konspirologiya asoslarini mustahkamlayotgandek.
Kunda-kunora tutuq belgili ismi-familiyasi bilan xabarlarda chiqib turadigan biror hurmatli kotakon bo‘lganida edi, ehtimol, bu ilmoq ham esdan chiqmasdi. Xuddi shu kabi, “ng” harfidan boshlanadigan yo shu harf qatnashgan olti harfli, lekin yetti belgili mashhur o‘zbekcha ism(lar) bo‘lganida edi, menimcha, u ham alifbodagi “propiska”sini saqlab qolardi.
Mana shu konspirologik fikr xayolimni band etgach, “mendan fikr so‘rashmadi!” degan egoistik-narsisistik alamzadalik ham yo‘qoldi. Chunki davlatimizning birdaniga millatparvarligi tutib, “xalq shu buzuq harflar sabab juda azoblandi”, degan mulohaza bilan alifbomiz haqida qayg‘urib qolganiga ishonolmayotgandim baribir.
Mana endi xotirjamman. Xudoga shukr! Borib, haligi qirg‘iz baxshining “Sot, sot, sot, sot!” degan ashulasini eshitib kelay-chi...
PS. Qonun kuchga kirgan kunning ertasiga ismli avtoraqamlar savdosi ham ochilishi ham e’lon qilinsamidi hali... | 25 655 |
| 16 | “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1930-yil 6-yanvar sonida chiqqan suratli bir xabar:
Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi
Bu imorat 1931-nchi yil bahorida birinchi navbatda solinib bitishi lozim edi. Bosh korpusning yonidag‘i binolar katta sur’at bilan ishlanayotirlar. Iliktirni taqsim qilaturg‘an 3 qabatli bino hozir tomig‘acha bitib qoldi. Pilan mo‘ljallari ancha orqada qoldi.
SO‘RATDA: Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi. | 6 247 |
| 17 | Men buni o‘qib, mazza qildim: https://t.me/psixolingvist/991 | 6 482 |
| 18 | "Lolazor" podkastida nimaga lotin alifbosida o‘zbekcha matn o‘qishga qiyinu, ingliz tilida o‘qishga qiyinmas degan savol ustida mulohaza yurishibdi jurnalist va huquqshunoslar. Tutuq belgisi va shuningdek o‘ va g‘ larning shunday birtirnoq bilan ifodalanishini sabab sifatida keltirilibdi.
... Fikr yuritish, bir hodisaning sababini tushunishga intilish, albatta, yaxshi. Lekin baʼzan ilm-fan buni qanday tushuntiradi deb ham qiziqib ko‘rish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Mutaxassis sifatida izoh beraman. Buni men kashf qilmaganman. Bu bo‘yicha psixolingvistika, neyrolingvistikada minglab, millionlab tadqiqotlar qilingan. O‘sha tadqiqotlarning xulosasi shakllantirgan ilm bu.
O‘qish qanday jarayon? Buni tushunish uchun til o‘zi nima degan savoldan boshlash kerak.
Til tabiiy jihatdan og‘zaki shaklda yashaydigan hodisa. Yozuv uning shartli belgilar bilan ifodalanishidir.
Demak, tilning og‘zaki shakli asos. Yozuv esa og‘zaki shakl uchun vosita.
Shunga asosan o‘qish bu grafik belgilar (harflar) yig‘indisiga qarab, u qaysi og‘zaki so‘zni bildirayotganini topa olish demakdir.
Inson ongi uchun har doim yaxlit so‘z ahamiyatli. Tovushlarga ajratish, tovush tarkibini anglash taʼlim va ilm uchun muhim. Muloqotda esa yaxlit so‘z muhim. Shuning uchun ham inson o‘qishni o‘rganib bo‘lgandan keyin miya harflab o‘qimaydi, yaxlit so‘zni o‘qiydi. Bunda miya so‘zning bosh harfi, oxiridagi harf hamda so‘zdagi harflar soniga asoslanadi.
O‘qishni o‘rganish va harflab o‘qishdan yaxlit so‘zni o‘qish darajasiga chiqish uchun maktab muhim. Bejiz maktabda to‘rt yil o‘qish darsi bo‘lmaydi. Mana shu darslar miyamizda vizual leksikonni shakllantiradi. Vizual leksikon, soddaroq aytganda, so‘zlarning yozma shaklining xotiramizda turishidir.
Demak, kim qaysi alifboda savod chiqargan bo‘lsa, o‘sha alifboda bo‘ladi bu leksikon. Aynan mana shu vizual leksikon biz kitob o‘qiganimizda maza qilib o‘qishimizga asos bo‘ladi.
Bu borada bizda bitta istisno bor, aynan alifbo almashtirganimiz sababli yuzaga kelgan istisno. Bo‘lishi mumkin, ko‘rsatuv qahramonlarining savodi lotinda chiqqan, yaʼni alifbeni lotinda o‘rganishgan, o‘qish darslari ham lotinda bo‘lgan. Biroq u vaqtda lotin alifbosiga yangi o‘tilgan bo‘lgani uchun kitoblar, gazetalar, internet sahifalari kirilcha alifboda bo‘lgan. O‘qishga ishtiyoqmand bizning yoshlar kirilchada o‘zi qiziqqan mavzuda juda ko‘p matn o‘qishi hisobiga ularda vizual leksikon kirilchada shakllangan. Shuning uchun ham kirilchada maza qilib o‘qishadi.
Endi keyingi masala nima uchun ingliz tilida u narsa sezilmaydi. Chunki u boshqa til va u til uchun bitta alifbo va imlo qoidalari bor, boshqa alternativ alifbo yo‘q. Vizual leksikon bitta alifbo asodida shakllanadi. Undan keyin miyamiz turli tillarni alohida tizim sifatida qabul qiladi, shunday qo‘llaydi. Bu yerda harflar yoki qandaydir belgilar emas, aynan so‘zning vizual shaklining barqarorligi muhim!
Aynan shu sabab ham alifboga o‘zgartirish kiritish kerak emas, hatto u to‘rttagina harf bo‘lsa ham.
@psixolingvist | 6 910 |
| 19 | Uzum elektron tijorat aylanmasi 2026-yil oxiriga kelib 1 mlrd dollarga yaqinlashadi!
O‘zbekistonda elektron tijorat kichik va o‘rta biznesning asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Uzum Market'ning asosiy ko‘rsatkichlari va rejalari:
2025-yil yakunlari: Aylanma (GMV) 1,5 barobarga o‘sib, $500 milliondan oshdi, buyurtmalar soni esa 34 millionga yetdi.
Tadbirkorlar: Platformada 18 mingdan ortiq sotuvchi faoliyat yuritmoqda, ularning 90%i hududlardagi kichik va o‘rta biznes vakillaridir.
Investitsiyalar: Uzum infratuzilmaga $500 milliondan ortiq sarmoya kiritdi va yana bir necha yuz million dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Yangi quvvatlar: Katta hajmdagi tovarlar uchun yangi saralash markazi va ombor qurilishi boshlandi. U kuniga 600 mingtagacha mahsulotni qayta ishlash imkonini beradi.
Bugungi kunda buyurtmalarni mamlakat bo‘ylab 626 ta aholi punktidagi 2100 dan ortiq topshirish punktlaridan olish mumkin!
Batafsil | Reklama | 7 861 |
| 20 | Instagramda Kleopatra va Spitamen haqida bir video chiqargandim. Videoga hozirgacha yozilgan 6 ming kommentning biror 5,5 mingtasi “hech baloni tushunmadim”, “miya g‘ijimlanib qoldi”, “nima deganingni o‘zing tushundingmi” mazmunidagi gap-so‘zlardan iborat.
Kommentlar uchun ming rahmat! (axir ular aktivni ko‘taradi; komment borki, olam munavvar!). Shu kommentlar bo‘lmasa, u video 24 soatda salkam 1 mln marta ko‘rilmagan bo‘lardi. Va men o‘sha videodagi gaplarni matn shaklida ham biror joyga chiqarib qo‘yishim kerakligini anglamagan bo‘lardim.
Shunday qilib, fransuz mutafakkiri Blez Paskalning: “Kleopatraning burni qisqaroq bo‘lganida, butun Yer yuzining qiyofasi o‘zgarib ketgan bo‘lardi”, degan gapi bor. Buni, soddaroq qilib, opaning burni boshqacharoq bo‘lganida, insoniyat tarixi ham butunlay boshqa o‘zandan ketgan bo‘lardi, desa ham bo‘ladi, menimcha.
O‘sha, Paskal ta’rifiga ko‘ra, burni qudratli Kleopatra Ellinistik Misr tarixidagi yettinchi Kleopatra edi. Uning buvisi — Kleopatra Selena Birinchi. Kleopatra Selena Birinchining onasi — Kleopatra Uchinchi. Kleopatra Uchinchining onasi — Kleopatra Ikkinchi. Kleopatra Ikkinchining onasi — Kleopatra Birinchi.
Kleopatra Birinchi esa salavkiylardan bo‘lgan Laodika Uchinchining qizi. Laodika Uchinchining o‘zi Laodikaning qizi, u esa Salavkiylar saltanati shohi Antiox Ikkinchining qizi. Antiox Ikkinchi — Antiox Birinchining o‘g‘li. Antiox Birinchining otasi — Salavkiylar saltanati asoschisi Salavka, onasi — Apama.
Apama esa, aytishlaricha, Spitamenning qizi. Ha, o‘sha, makedoniyalik Iskandarga qarshi kurashgan, nomi, masalan, Samarqanddagi markaziy ko‘chalardan biriga qo‘yilgan so‘g‘diyonalik. Bor gap shu.
Ilmiy doiralar Yuliy Sezar bilan oshiq-mash’uq bo‘lgan Kleopatra hamda Spitamen o‘rtasida yuqoridagi kabi bog‘liqlik borligini shubhaga oladi, ammo havaskorlarga bunday ehtimoliy bog‘liqliklar yoqadi. Bunday bog‘liqliklarni yaxshi ko‘radiganlar orasida, masalan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali ham bor. Shu mavzu ustida butun boshli “Kleopatra” degan roman ham yozgan u.
Instagramdagi kommentatorlarning miyasini g‘ijimlagan narsa esa Misrdagi Kleopatralar bir necha bor erga tekkani va, eng g‘alatisi, u erlar o‘z aka yo ukalari ekani haqidagi ma’lumotlar, shekilli. Ha, hozirgi zamon sog‘lom odami qabul qilishi qiyin bo‘lgan gaplar hammasi. Bunday yashab bo‘lmaydi, lekin, nachora, o‘sha vaqtda shunday yashashgan ekan-da.
PS. Mana, yuqoridagi matn asosida shajaraning veb-versiyasi (men faqat matnni tashlab berganman, qolgan hammasini Claude AI o‘zi qilgan, sahifadagi balandparvoz gaplar ham uniki): https://harbalo.tilda.ws/kleopatra | 6 471 |
