Birburchak
Открыть в Telegram
Kitoblar va ularning atrofidagi shaxsiy fikrlarim… Hamkorlik uchun: @MKurbanof
Больше7 148
Подписчики
-1224 часа
-687 дней
-77830 дней
Архив постов
7 157
Siz shunaqasini koʻrganmisiz?😉
Yana qanday noodiy nashrlarga koʻzingiz tushgan? Izohlarda koʻrganlaringizni yozib keting 😁
➡️@qora_yigit
7 157
Bugun shanba!
Hozirgi Qamar’dan shu sovgʻani berib ketishdi. Ichidan esa “Inson”ning yangi kitobi, “Soʻnggi qogʻoz turna” chiqdi.
Hozir meni 2 narsa qiziqtirmoqda. Birinchisi, asar syujeti va qanaqaligi. Ikkinchisi esa anavi kichkina shishani qanday qilib ochish mumkin? Chunki ichida kichkinagina xat bor ekan.
Ajabmas, koʻp kitob oʻqiysiz ekan deb 1-2 mlnlik vaucher solib yuborishgan boʻlsa. Yaxshi niyat-da endi. Nima dedingiz? 😁
➡️@qora_yigit
7 157
Bugun shanba!
Maza qilib maqtanchoqlik qiladigan kun.Lekin afsuski bugun maqtanishim uchun yangi kitoblarim yoʻq. Ammo maqtanishga har doim arzimas boʻlsa-da sabablar topish mumkin 👇
7 157
Eshitdik-da! 🚨
"DUNYO" seriyasidagi kitoblar soni 20 dan oshishi kutilmoqda ekan. Ushbu 4 kitob chiqqaniga ham yil bo'lib qoldi, qolgani qachon chiqishi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Ammo kitoblarning aksari deyarli tayyorligi haqida insaydlar yetib keldi menga.
Videoni to'liq ko'rish: ➡️ https://youtu.be/04uam2sF4lM
☄️Shu va shunga o'xshash yangiliklarni, kitoblarning tashqi hamda ichki sifati haqidagi fikrlarni bilish uchun videoni to'liq holda ko'rishingizni tavsiya qilaman. U yerda juda ko'p kitoblar haqida bu kabi ma'lumotlar berib o'tilgan.➡️@qora_yigit
7 157
#hisobot
✔Sentyabrda oʻqigan kitoblarim va ular haqidagi fikrlarim quyidagilar:
1. 📚”Bo'ronli dovon” – Emili Bronte
2. 📚"Morisaki kitob do‘konida o‘tkazgan kunlarim" – Satoshi Yagisava
3. 📚"Morisaki kitob do‘konida o‘tkazgan uzoq kunlarim"
– Satoshi Yagisava
4. 📚“Sarmoyador” – Teador Drayzer
5. 📚”Insonlar sayyorasi” – Antuan de Sent-Ekzyuperi
6. 📚”Alvido, qurol” – Ernest Hemenguey
7. 📚”Amerika fojiasi” 1-jild – Teador Drayzer
8. 📚”Amerika fojiasi” 2-jild – Teador Drayzer
✔Sentyabr oyida Birburchakning YouTube’dagi sahifasi uchun tayyorlangan videolar:
1. ➡️”Otamdan qolgan dalalar va Ultontoz”: https://youtu.be/K79ZEQVfpMk
2. ➡️”Oy yangiliklari: Avgust”: https://youtu.be/YUj71WIZtoo
3. ➡️”Seriyali kitoblar. 3-qism”: https://youtu.be/04uam2sF4lM
✔Sentyabrda instagramdagi “Birburchak” uchun esa 8 ta reels joylabman. Kitoblar haqidagi reelslar qiziq boʻlsa quyidagi manzil orqali kirib koʻrishingiz mumkin: https://www.instagram.com/birburchak
🗓 Siz oʻtgan oyda qaysi kitoblarni oʻqidingiz? Izohlarda yozib qoldiring.
➡️@qora_yigit
7 157
Ixtisoslashgan maktab internatda oʻqiyman. Haftada bir yakshanba uyga kelaman. Bahor, mart-aprel pallalari. 7-sinfman. Batinkamning ayni har kuni yomgʻir yogʻadigan kunlarda tagi teshildi.
Uydagilarning yilda bir marta olib berishga imkoni boʻlgani uchun juda avaylab kiyardim. Usti, yonlari yangidek turibdi ammo tag charmi sindi-da ichiga suv kirib ketadigan boʻlib qoldi. Yotoqxonadan oʻquv binosigacha bir kilometrcha bor. Borguncha oyogʻimni ichi suvga toʻladi deng…
Men ham boʻsh kelmayman. Har ertalab oyoq kiyim ichiga paket sovolaman. Lekin suv baribir kirib ketadi. Yana shunchaki oyoq kiyim ichi suvga toʻlsa ham mayli edi. Yurganda shilq-shulq qilib ovoz ham chiqaradi. Sezilib qolmasin deb bir nimalarni bahona qilib yotoqxonadan oxirida, sinfdoshlarsiz yolgʻiz oʻzim chiqaman. Yana shu suv toʻla batinka bilan soat 4 gacha darslarda oʻtiraman. Soat 4 boʻlishini intiroz kutaman…
Darslar tugagach ham shunday oʻzim yolgʻiz qaytaman. Yoqotxonaga borib batinkamni yechganimda esa oppoq, uvishib ketgan oyoqlarimni koʻrib yuragim ogʻriydi. Hozirgi zamondagidek telefonlar deyarli yoʻq edi. Ayniqsa bizning oilada va qoʻshnilarda. Shu uchun amallab shanbagacha chidashga majbur edim…
Har kuni bittadan oʻqituvchi ertalab oʻquv binosiga kirish joyida navbatchilik qiladi. Formalarni; galstuk, oq koʻylak, kastyumni tekshiradi. Kim keldi-kelmadini ham nazoratlaydi.
Bir kuni hammadan kech qolganim uchun oxirgi 200-300 metrda yugurdim. Chunki darslarga kechiksak jazolanardik. Bugun nazoratda turgan oʻqituvchi yonidan oʻtayotganimda qattiqroq qadam bosdim shekilli oʻsha shilq-shulq ovoz chiqib ketdi. Ozroq suv ham toshib chiqdi oyoq kiyim ichidan. Bilmadim, negadir juda uyalib ketdim. Yuzlarim, butun tanam olovga solingandek qizib ketdi.
Menincha, navbatchilikda turgan oʻqituvchi buni payqamadi. “Ilohim, sezmagan boʻlsin-da” dedim ich-ichimdan. Chunki oʻsha paytda buni qandaydir ayb ishdek qabul qilayotgandim. “Obedga chiqqanda xonamga kir” dedi oʻsha ustozim jahldorroq ovozi bilan. U kishi bizga tarixdan dars berardi. Vazifalar bajarilmasa, bezoriliklar qilinsa shunday urardiki yonma-yon qoʻyib bir shapaloqda ikki kishiga tekkizardi. Qoʻrqdim, uradi deb oʻyladim.
Oʻn ikkidagi darsimiz tugar-tugamas oʻzi keldi xonamizga. Yur deb tashqariga olib chiqdi. Ichimda ming xil oʻy. Taksiga oʻtirgʻizib bozorga olib bordi. Bozordagi yaqin oʻrtogʻidan yaxshi batinka olib berdi. Eslayman, samalandr degan batinka edi. Yana shuni ham eslaymanki oʻrtogʻiga pul bermadi, keyin gaplashamiz dedi.
Sal ulgʻayib tushunganman qarzga olib berganini. Lekin menga ortiqcha hech nima demagan. Yana qaytarib xonamizga oborib qoʻygan. Yana salkam 2 yil oʻqidim shu joyda lekin biror marta hatto nigohlarida ham minnat sezmaganman. Ayb qilsam, vazifa bajarmasam avvalgidek savalashni, odam boʻllaring tirmizaklar deb erkalabroq baqirishlari ham oʻzgarmadi. Goʻyo hech nima boʻlmaganday…
Lekin men uchun, mening bola qalbim uchun juda katta ish qilgandi. Bunday ishdan keyin qanday qilib indamay, hech nima boʻlmaganday yurish mumkin? Hech boʻlmasa “endi oyogʻingga suv kirmayaptimi?” deb ham soʻramadiya deb oʻylardim. Bittagina soʻrasa edi, shu bahona rahmat aytaman deb oʻylardim bola qalbim bilan. Menga botinka olib bergani uchun emas begonaning bolasi oldida oʻzini javobgar va mas’ul sezgani uchun ham ularni hurmat qilaman.
Eslayman, u paytlarda oʻquvchining har bir narsasiga ustozlar ma’suliyat va javobgarlik his qilardi. Urardi, ammo biz oʻquvchilar ranjimasdik. Tanaffusda kimni qanday urishganini, kimni qanday soʻkkanini gapirib kulishardik. Bizlar boladay edik, ular oʻqituvchi, tarbiyachilardek edi.
Hozir ham bunday ustozlar bor boʻlsa kerak deb oʻylayman. Faqat biroz erkinroq qoʻyish, faqat ozroq vakolatlarini kengaytirish, obroʻsini koʻtarish kerak. Men bugungi bayram bilan ana shunday chin ustozlarni, chin murabbiylarni bayrami bilan tabriklayman. Biz tirranchalar oldidagi ma’suliyatingiz uchun tashakkur!..
➡️@qora_yigit
7 157
#finished
Teodor Drayzer — “Amerika fojiasi”. 2-jild
Birov sizga ishonsa, taqdirini siz bilan bog‘lasa-yu, bir kuni o‘sha odamning borligi rejalaringizga xalaqit bera boshlasa, nima qilasiz? Kechagina ko‘rishga oshiqib yurgan insoningizdan bugun qutulgingiz keladi. U o‘zgarmagan. Faqat sizning ko‘zingizga undan yaxshiroq hayot ko‘rinib qolgan. Klayd Griffitsning ichida sodir bo‘layotgan o‘zgarishning eng qo‘rqinchli joyi ham shu, nazarimda.
Birinchi jild haqida yozganimda muhitning ta’siri qayerda tugab, insonning javobgarligi qayerda boshlanishi haqida savol qo‘ygandim. Ikkinchi jildda bu savolning og‘irligi seziladi. Chunki endi Klaydning havasi, yolg‘onlari va paysalga solgan qarorlari boshqa bir insonning hayoti hisobiga yashay boshlaydi.
Roberta homilador. U Klayddan va’dasida turishini, uni bu ahvolda yolg‘iz tashlab ketmasligini kutadi. Yigitchaning xayoli esa Sondrada. Sondra bilan birga keladigan boylik va mavqeda. Shu joyida o‘ylab qolasan: Klayd qizning o‘zini qanchalik sevadi-yu, uning yonida yashashi mumkin bo‘lgan hayotni qanchalik?
Robertaga achinishingning sababi ham shu. Qiz birga qilgan ishlarining javobini birga ko‘tarishlarini istaydi. Klayd esa buni kelajagiga qo‘yilgan g‘ov deb ko‘radi. Bir odamning eng oddiy haqqi boshqa odamga chidab bo‘lmas yuk bo‘lib tuyilyapti. Nazarimda, fojia Roberta suvga tushishidan ancha oldin, Klayd uni tirik inson sifatida emas, yo‘lidan olib tashlanishi kerak bo‘lgan tashvish sifatida ko‘ra boshlaganida yuz bergan.
Ko‘ldagi voqeani Drayzer bejiz maydalab yozmaydi. Qotillik rejasini tuzgan Klayd hal qiluvchi paytda ikkilanadi, niyatidan qaytadi, ammo qayiq ag‘darilgach Robertani qutqarishga urinmaydi. Qo‘li bilan qilmagan ishining sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ygani uni o‘z vijdoni oldida aybsiz qilib qo‘yadimi?
Drayzer o‘quvchini ham noqulay ahvolga soladi. Klaydning qo‘rquvini tushunasan, lekin Robertaning ishonchini eslaganingda unga achinishdan ham uyalib ketasan. Muallif shu ikki hissiyot orasida ushlab turadi seni. Qahramonni yomon odam deb chetga surib qo‘ya olmaysan, chunki uning bahonalarida kundalik hayotimizdan tanish gaplar bor: hozir buning iloji yo‘q, keyin hal qilaman, vaziyatimni tushuning...
Sudga kelganda esa bu fojianing atrofida boshqalarning manfaatlari ham to‘planadi. Prokuror uchun ish martaba imkoniyatiga, gazetalar uchun odamlarni qiziqtiradigan tomoshaga aylanadi. Klaydning aybi borligi aniq, ammo uni hukm qilayotganlarning maqsadi ham birdek pok emas. Boylarning davrasiga kirishni orzu qilgan yigitchaning sudida o‘sha davraning obro‘sini asrash tashvishi ham bor. Inson hayoti o‘rtaga qo‘yilgan joyda ham kimdir o‘z foydasini hisoblayapti...
Kitob oxirida Klaydning o‘limni kutishini o‘qish og‘ir. Shuncha orzu va talpinishdan keyin uning qo‘lida hatto oddiygina yashash imkoniyati ham qolmaydi. Lekin unga achinib turganingda Robertaning ham yashagisi kelganini unutolmaysan. Uning ham ertasi, oilasi, hali tug‘ilmagan bolasi bor edi-ku.
Xullas, men bu romanni istaklarimizning haqini kim to‘layotgani haqida o‘ylatadigan asar degan bo‘lardim. Yaxshi yashashni xohlashimiz tabiiy. Ammo shu yo‘lda birovning ishonchini, tinchini, umrini sarflayotganimizni sezmay qolsak-chi? Klaydning yonida Roberta bor edi. Bizning yonimizdagilar esa hali tirik, hali bizga ishonyapti. Ularning ishonchi rejamizga xalaqit berib qolgan kuni kimga aylanishimizni o‘ylab ko‘rganmizmi?..
➡️@qora_yigit
7 157
Ibn Sino bobom aytgan, tupik ming dardga davo deb qaytmay ichganlar ham boʻlardi. Nima deysiz, uni ham tushunsa boʻladi. Puli kuygan piyozi-da…)))
➡️@qora_yigit
7 157
Bola edik. Mol boqqani borsak hamma oʻrtada pul tashab “napitka” olardik. Biz uchun juda katta narsa edi bu. Hamma navbati bilan ichardi.
Kimdir qitmirlik qilib ichayotganida ichiga nomiga ammo hammaga koʻrsatib tuflab qo'yardi. Qarabsiz-ki hammasini o'zi ichardi 🙃
Dunyo beshafqat ekanini biz bolalikda oʻrganib ulgʻaygan avlodmiz)
➡️@qora_yigit
7 157
🗣️ Men Abdulla Qahhorlarni, Oybeklarni sog'inaman. Ular yo'q endi. Bular esa ichida doimo to'la hasad bilan yuribdi. Hasad, hasad, hasad...
Bir joyga borib tezakni bosib olsangiz bu tezakni men bosib olishim kerak edi deydi. Shularning orasida yashash siz o'ylaysiz kishiga zavq beradimi..?
Abdulla Oripov, 2015-yil, 15-iyul.
➡️@qora_yigit
7 157
Nima uchun bunaqa boʻlganini hamma darrov tushunadi va bunda nashriyotni hech kim ayblamaydi deb oʻylayman.
Toʻliq videoni koʻrish: ➡️ https://youtu.be/04uam2sF4lM
Ikki nashriyot chiqarli hikoyalar toʻplamini kichik detallarigacha tahlil qilib koʻrdim. Videoni koʻrib boʻlgach fikrlaringizni yozib ketishni unutmang.➡️@qora_yigit
7 157
Maggie O’Farrellning "Hamnet" asari Shekspirning og'li haqida yozilgan. Shunga qaramay romanda Uilyam Shekspir degan ism deyarli ishlatilmagan. Yozuvchi uni “eri”, “ota”, “lotin tili muallimi” kabi ifodalar bilan beradi. Muallifning aytishicha, “Uilyam Shekspir nonushta qildi” kabi oddiy jumlalarni yozishi bilanoq tarixdagi ulkan shaxs obrazining o‘zi hikoyani bosib ketayotgandek tuyulgan.
Shuning uchun u Shekspirni mashhur dramaturg sifatida emas, xotin va bolalari bor oddiy odam sifatida ko‘rsatishni istab uning nomidan foydalanmagan. Urg'uni uning xotiniga va o'g'li Hamnetga berish uchun ham shunday yo'l tutganini aytgan.
Muallifning o‘zi bu kitobni yozishga qariyb 30 yil tayyorlangan deyish mumkin. U Hamnet fojiasi haqida 16–17 yoshlarida maktabdagi adabiyot darsida eshitgan va Hamnet va "Hamlet” bog‘liqligi xayolidan chiqmay qolgan. Kitob 2020-yil "Women’s Prize for Fiction" mukofotini yutgan.Ma'lumot uchun: Mutolaa qilaytoganim bu asarni yaqin muddatlarda Yelkan nashriyoti o'zbek tilida nashr etishi kutilmoqda. ➡️@qora_yigit
7 157
Ba’zi sabablarga koʻra menda 2-3 ta 1000 kitobning kitobi 2 tadan boʻlib qolgan. Shuni ortiqchasini biror chiroyli yoʻlini qilib obunachilarga sovgʻa qilishim kerak-da. Takliflar bormi?
7 157
#finished
Teodor Drayzer – “Amerika fojiasi”. 1-jild
Instagramga kirib, birovning yangi mashinasini, boshqasining sayohatini, yana kimningdir dabdabali uyini tomosha qilasiz. Telefonni haqiqiy hayotga qaytganingizda esa hozirgina tuppa-tuzuk koʻrinib turgan hayotingiz koʻzingizga gʻaribroq koʻrina boshlaydi. Hech narsangizni yoʻqotmadingiz, lekin nimadandir quruq qolgandeksiz. Qiziq a?
Teodor Drayzerning Klayd Griffitsi ham ana shu dardga juda erta yoʻliqqan yigit. Faqat uning zamonida telefon oʻrniga hashamatli mehmonxonalar, qimmat kiyimlar va boylarning bazmlari boʻlgan. U oʻsha hayotga uzoqdan termulib ulgʻayadi va bir kuni unga kirib olsa, hammasi joyiga tushishiga ishonadi.
Biroz ulgʻayib pul topadi, yaxshi kiyinadi, koʻngilxushliklarga ruju qoʻyadi. Lekin ehtiyojlari daromadidan ham tezroq oʻsaveradi, oʻsaveradi. Endi uning uchun yaxshi yashashning oʻzi kamlik qiladi, boshqalar ham uning yaxshi yashayotganini koʻrishi kerak. Kambagʻallar dunyosidan chiqqan yigitchaning boylik bilan insonning qadrini bir oʻlchovga solish ana shu yerdan boshlanadi…
Qizi tomini Klayd faqat pulning oʻziga qiziqmaydi. Uni oʻzlariga teng koʻrishlarini, davraga qoʻshishlarini, mensishlarini xohlaydi. Goʻyo qimmat kiyim bilan birga oʻziga yangi qadr-qimmat ham sotib olsa boʻladigandek. Oʻzidan uyalib yashaydigan inson uchun birovning eʼtibori qanchalik katta kuchga aylanishini muallif ana shu istaklar orqali ochib beradi.
Shu sababli Klaydga bir xil munosabatda qolish qiyin. Bir joyda qatʼiyatsizligidan jahling chiqadi, boshqa joyda nega shunday boʻlib qolganini tushungandek boʻlasan. Drayzer uning xohishlari, qoʻrquvi, oʻzini ovutadigan bahonalarini shoshmasdan, maydalab tasvirlaydi...
Klayd qaysi oilada tugʻilishini tanlamagan, boylar bilan orasidagi masofani ham oʻzi yaratmagan. Ammo yolgʻon gapirish yoki masʼuliyatdan qochish kerak boʻlgan joyda uning oʻrniga kambagʻallik qaror qilmaydi-ku. Muhitning taʼsiri qayerda tugab, insonning oʻz javobgarligi qayerda boshlanadi?
Nazarimda, romanning 1-jildi oʻrtaga qoʻyga eng katta savollardan biri shu. Bu savolning javobi hamma kitobxonda turlicha boʻlishi mumkin ammo muallif sizni jamiyat oldidagi ma’sulyat haqida oʻylashga, fikrlashga majbur qila bilishining oʻzi asarning katta yutugʻi deb oʻylayman.
Kitobning beradigan yana bir katta xulosasi oʻquvchiga oʻz havaslarini tekshirib koʻrishga undashi desak boʻladi. Men istayotgan hayot rostdan ham menga kerakmi? Yoki uni boshqalarda koʻp koʻrganim uchun xohlab qoldimmi? Shu narsaga erishsam koʻnglim toʻladimi yoki oʻzimni solishtirish uchun qilyapmanmi buni?
Klaydning hayotiga qarab turib oʻzingga shu savollarni berasan beixtiyor. Birinchi jildda havas, uyat, qoʻrquv va oʻziga yon berishlar yigʻilib, yelkada va yurakda qanday ulkan yukka aylanishini koʻrasiz. Fojianing ildizi odamning kundalik tanlovlariga qanchalik chuqur kirib ketishi mumkinligini his qilasiz...
➡️ @qora_yigit
