Birburchak
Открыть в Telegram
Kitoblar va ularning atrofidagi shaxsiy fikrlarim… Hamkorlik uchun: @MKurbanof
Больше7 940
Подписчики
-2224 часа
-1087 дней
-20830 день
Загрузка данных...
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июль '26
июль '26
+326
в 3 каналах
июнь '26
+519
в 12 каналах
Get PRO
май '26
+814
в 23 каналах
Get PRO
апрель '26
+1 626
в 29 каналах
Get PRO
март '26
+54
в 13 каналах
Get PRO
февраль '26
+62
в 16 каналах
Get PRO
январь '26
+566
в 24 каналах
Get PRO
декабрь '25
+145
в 53 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+4 616
в 66 каналах
Get PRO
октябрь '25
+216
в 29 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+1 080
в 19 каналах
Get PRO
август '25
+1 822
в 20 каналах
Get PRO
июль '25
+261
в 54 каналах
Get PRO
июнь '25
+1 831
в 55 каналах
Get PRO
май '25
+298
в 33 каналах
Get PRO
апрель '25
+109
в 32 каналах
Get PRO
март '25
+9 781
в 134 каналах
Get PRO
февраль '25
+1 483
в 32 каналах
Get PRO
январь '25
+2 623
в 74 каналах
Get PRO
декабрь '24
+2 187
в 51 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+2 690
в 35 каналах
Get PRO
октябрь '24
+2 976
в 80 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+1 832
в 52 каналах
Get PRO
август '24
+1 033
в 33 каналах
Get PRO
июль '24
+691
в 20 каналах
Get PRO
июнь '240
в 14 каналах
Get PRO
май '240
в 11 каналах
Get PRO
апрель '240
в 4 каналах
Get PRO
март '240
в 3 каналах
Get PRO
февраль '240
в 5 каналах
Get PRO
январь '240
в 1 каналах
Get PRO
декабрь '230
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '230
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '230
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+15
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+24
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+38
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+14
в 0 каналах
Get PRO
май '23
+62
в 0 каналах
Get PRO
апрель '23
+13
в 0 каналах
Get PRO
март '23
+33
в 0 каналах
Get PRO
февраль '23
+150
в 0 каналах
Get PRO
январь '23
+43
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '22
+36
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '22
+27
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '22
+204
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '22
+113
в 0 каналах
Get PRO
август '22
+347
в 0 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 19 июля | +1 | |||
| 18 июля | 0 | |||
| 17 июля | +8 | |||
| 16 июля | +32 | |||
| 15 июля | +1 | |||
| 14 июля | +2 | |||
| 13 июля | 0 | |||
| 12 июля | +1 | |||
| 11 июля | 0 | |||
| 10 июля | 0 | |||
| 09 июля | +2 | |||
| 08 июля | 0 | |||
| 07 июля | 0 | |||
| 06 июля | 0 | |||
| 05 июля | +53 | |||
| 04 июля | +91 | |||
| 03 июля | +14 | |||
| 02 июля | +94 | |||
| 01 июля | +27 |
Посты канала
Nasib etsa Ispaniya va Argentina oʻynaydigan final oʻyinida ham shu reklamarni kutib qolamiz.
Ayniqsa Oʻtkirning har bir sevyiga bittadan hotdog degan reklama qoʻyilsa maza qilardik-daaa)
Ogʻrisa ham ozroq kallani ishlatib reklama strategiyasini qilish kerageey..
| 2 | Haliyam 12-oʻyinchi, olgʻa Oʻzbekiston degan reklamar ketyapti. Tovuq koʻp yegan marketologlar bular. Tovuqmiyalar… | 597 |
| 3 | Kamroq qurbaqa yeyish kerak edi))) | 587 |
| 4 | Youtubedagi 49-video 💙
Seriyali kitoblar haqida seriyali videolar qilishni reja qilganman. Ana shu yoʻnalishdagi ikkinchi video “Dunyo klassikasi” seriyasiga bagʻishlanadi.
Videoni koʻrish: ➡️ https://youtu.be/UQavNu5CAno
👍 Siz bu seriyani bilasizmi? Shu ruknning keyingi sonlarida qaysi seriya haqida video qilishimni istaysiz?
➡️@qora_yigit | 867 |
| 5 | Bu tanlovimiz 3 kundan keyin yakunlanadi. Sizda 10 ta eng sari, saviyali kitoblardan kamida 2tasini yutib olish imkoniyati bor.
Buning uchun esa sizdan koʻp narsa soʻramaymiz. Shunchaki koʻrsatilgan ikki kanalga obuna boʻling va omadingizni sinab koʻring. Ajab emas gʻoliblarimiz qatorida sizni ham koʻrsak. Omad! | 1 072 |
| 6 | Bugun shanba!
An’analarga sodiq qolgan holda yangi xarid qilgan uch kitobimni maqtanib oʻtishni oʻz burchim deb bilaman.
Bular ichida eng koʻp Togʻay Murodning asari oʻta sifatli nashr etilganiga quvondim.
Qolgan ikki kitob ham sifat, ham mavzu jihatdan juda yaxshi.
Qani, maqtanchoqlar izohlarga olgʻaaaaa… Tezda hamma yangi kitoblari bilan maqtansin-chi 😃
➡️@qora_yigit | 1 157 |
| 7 | Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar, kitobsevar do‘stlarimiz!
Yangi bir yo‘lning boshlanishida turibmiz. Maqsadlarimiz aniq va oddiy: kitobxonlarga saviyali, sifatli nashrdagi kitoblarni taqdim qilish.
Bizning kitoblarimiz o‘quvchilar bilim va tasavvur olami ufqlarini yanada kengaytirishga hissa qo‘shsin degan yaxshi niyatda nashriyot nomini “UFQ” deb nomladik.
Kitob olamiga safarimizning boshidanoq biz bilan birga bo‘lasiz degan umiddamiz. Sahifamizni kuzatib boring, kitobxon do‘stlaringizni xabardor qilib qo‘ying. Chunki yaqin orada ilk yangiliklarimiz bilan bo‘lishamiz! 😉
Siz qaysi jahon bestsellerlarini o‘zbek tilida, “UFQ” nashriyoti muqovasida ko‘rishni istagan bo‘lardingiz? Izohlarda yozib qoldiring, biz uchun har bir fikringiz muhim!
⚡️ UFQ nashriyoti | 1 019 |
| 8 | 🚨 Eshitdik-da..!
Huzur nashriyoti "Ishq va iymon" nomli seriyada bir qator kitoblar nashr etadi. Buni shu seriyaning ilk kitobi "Bilol hikoyasi"da ham eslatib o'tishgan.
IYUN oyida 40 dan ortiq yangi kitob chiqibdi. Ularni har biri bilan ushbu videodagi kabi sifati, qisqacha mazmuni bilan tanishtirib chiqidm. To'liq videoni koʻrish: ➡️ https://youtu.be/IqIh_m6Mhb4
▶️ Videoni ko'rgach, 22 minutda butun oy davomida chiqqan yangi kitoblardan xabardor bo'lasiz. IYUN oyidagi yangiliklardan qay biri sizni qiziqtirib qo'yganini ham izohlarda yozib ketishni unutmang.
➡️@qora_yigit | 1 143 |
| 9 | #finished
Olim Toshboyev – "Ultontoz"
Bu romanni men tili va ko‘targan mavzusi jihatidan Tog‘ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar"iga o‘xshatdim. Tog‘ay Murod asosiy fokusni yurtga bostirib kelgan, xalqning boshiga balo yog‘dirgan mustamlakachilar va ularning asl yer egalariga qilgan adolatsizliklariga qaratadi.
Olim Toshboyev esa ana shu mustamlaka zamonida to‘ng‘izlarga qo‘shilib o‘zimiznikilar o‘z ildizimizni yeb bitirgani, shu yurtning bolalari o‘z millatdoshlarini qanday xor qilganini ko‘rsatib beradi. Buni xalqning yurak-yuragiga singib ketgan "Alpomish" dostoni va xalqning jozibador tili bilan yanada chuqurroq tushuntiradi.
Dostonda Ultontoz Alpomishning yo‘qligidan foydalanib, yurtni egallab olgan, odamlarni qul qilgan, soxtakor va ezgu hislardan yiroq qulvachcha. Muallif romanda bu obrazni zamonaviylashtiradi va uni individual bir shaxsdan umumiy illat darajasiga ko‘taradi.
Asardagi Ultontoz shunchaki jismoniy shaxs sifatida tasvirlanmaydi. Ultontozga tegishli xususiyatlar ya’ni hokimiyatparastlik va soxtalik, o‘zinikini ko‘rolmaslik, o‘ziga munosib bo‘lmagan kursilarni egallash, iste’dodsizlikni zo‘ravonlik ortiga yashirish kabilarni o‘zida jamlagan jamiyatning katta bir bo‘lagiga tegishlidir.
Ular millat ma’naviyatini, tilini, dinini va minglab yillik qadriyatlarini o‘zining shaxsiy manfaatlari evaziga osonlikcha qurbon qila oladigan toifadir. Buni yozuvchi 1 km aylanib o‘tish sovet ishchilarining vaqtini o‘g‘irlayapti deb katta qabristonning o‘rtasidan yo‘l o‘tkazgan obrazlar bilan aniq-tiniq ochib bergan.
Keyin o‘ylab qoldim, bizda ham bunday qabristonlar bor. Biroz aylanib o‘tsa bo‘ladigan joydagi qabristonni qoq o‘rtasidan buzib yo‘l ochishgan (Surxondaryo/Sho‘rchi). Endi bu kitobdan keyin bunday ishlarni cho‘chqalarga hamtovoq "ultontozlar" qilganini, qilganda ham ongli va maqsadli bajarganini yaxshi bilaman.
Ana shu kabi biladiganlaringiz anchagina bo‘lgani uchun ham bu asarni shunchaki tarixiy yoki maishiy asar demagan bo‘lardim. Uni millatning o‘tmishi va bugunini tutashtirib turuvchi, har bir davrda uyg‘oq bo‘lishga, "ultontozlar"dan ehtiyot bo‘lishga chorlovchi badiiy-falsafiy ogohlantirish desa bo‘ladi.
Asar bizga shuni anglatadiki, har qanday mustabid tizim yoki adolatsizlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga jamiyatning loqaydligi, jim turishi yo‘l ochib beradi. Yurtga Ultontozlarning hukmron bo‘lishiga Alpomishlarning "uyqusi" sabab.
Bundan tashqari biz o‘tgan asrda boshimizdan kechirgan qatag‘onlar, sovet tuzumining inson shaxsini maydalashga qaratilgan qora mashinasi qanday ishlaganini, qanday qilib "o‘zimiznikilar"dan ultontozlar yasalganini ko‘ramiz.
Olim Toshboyevning "Ultontoz" romani faqat o‘tmishni eslatish bilan chegaralanmaydi. Bugungi zamon o‘quvchisiga ertangi kun uchun hushyorlik darsini o‘tadi. Yurtimizda hamisha Alpomishlar g‘olib bo‘lishi, munosiblar munosib joyda turishi uchun har birimiz o‘z ichimizdagi kichik bo‘lsa-da ultontozlik illatlariga qarshi kurashishimiz kerakligi haqidagi g‘oya asarning eng asosiy maqsadi.
Agar siz milliy ruh, falsafiy tahlil va mifologik qorishiqa qurilgan jiddiy adabiyot tarafdori bo‘lsangiz, bu asar o‘qishingiz va javoningizda turishi shart bo‘lgan kitoblardan biri ekanligiga shubham yo‘q. Agar ishonmasangiz o‘zingiz o‘qib ko‘ring...
➡️@qora_yigit | 1 236 |
| 10 | 1816-yilda Shveysariyada, Jeneva ko‘li bo‘yida yozuvchilarning ijodiy uchrashuvi bo'ladi. Shunda mavzu qo'rqinchli hikoyalarga borib taqalganida “kim eng qo‘rqinchli hikoya yozoladi?” degan bahs yuzaga keladi.
“Frankenshteyn” asari g‘oyasi ana o'sha kechda tug'iladi va muallif uni darhol yozishga kirishadi. Eng qizig'i o'sha paytda asar muallifi Meri Shelli 18 yoshda edi. Kitob esa oradan 2 yil o'tib, yozuvchi 20 yoshligida ilk bor nashr qilinadi.
Lekin negadir avval boshda asarda muallif nomi ko'rsatilmagan. Shuning uchun ko'pchilik uni Meri Shellining eri, shoir Persi Shelli yozgan deb o‘ylagan. Kitobning keyingi nashrlarida esa muallif degan joyida Meri Shelli nomi turardi.
Ayol yozuvchining shunday daxshatni va mehr to'la qalbga ega mahluqni bitta asarga sig'dira olganiga qoyil qolmay iloj yo'q. Kitobni yarmidan oshirib qo'ydim. Yozuvchi zotining tasavvur olami naqadar keng va ufqsiz ekaniga tasanno aytmay iloj yo'q!
➡️@qora_yigit | 1 336 |
| 11 | 🎁 KITOBLAR TANLOVI! | 5 ta g‘olib! Imkoniyat ko'proq!
🤷♂️Qoidasi oddiy: @oltinkitobbbb va @qora_yigit kanallariga obuna bo'lib, postning ostidagi QATNASHAMAN tugmasini bosib qo'ysangiz bo'ldi :)
🗓20-iyul kuni soat 20:00 da random bot tasodifiy tarzda 5 nafar g'oliblarni aniqlab beradi.
😍 Va ular 2 tadan kitobga ega bo'lishadi!
❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz.
🚀 Xabarni kitobxon tanishlarga yuborib qo'ying. Barchaga omad! | 1 648 |
| 12 | Turkiyaning eng uzun tuni…
Bundan roppa-rosa 10 yil avval, 2016-yilning ayni shu kun, shu oqshomining, ayni shu soatigacha Turkiya odatiy yoz kechasini qarshi olayotgandi. Kimdir uyida oilasi bilan o‘tirar, kimdir ko‘chada, kimdir ishda, kimdir esa ertangi kun rejalarini tuzayotgandi.
Ammo soat 20:30 dan keyin butun mamlakat taqdiri o‘zgarib ketdi. Avvaliga Istanbulda ko‘priklar yopib qo‘yildi. Bosfor ustidan o‘tadigan yo‘llarda harbiy texnikalar to‘sig‘i paydo bo‘ldi. Odamlar nima bo‘layotganini tushunishga ulgurmay, Anqara osmonida qiruvchi samolyotlar nihoyatda pastlab, yerlab ucha boshladi. Shu mamlakatning harbiylari davlatni egallash harakatiga tushib qolishgandi…
Keyin tanklar ko‘chalarga chiqdi. Davlat idoralari, telekanallar, aeroportlar va strategik nuqtalar atrofida qurollangan harbiylar ko‘zga tashlana boshladi. Yo‘q, bu oddiy harbiy mashg‘ulot emas edi. Bu haqiqiy davlat to‘ntarishining ilk qadamlari edi…
Tun yarimlab qolganida esa davlatning markaziy telekanali ya’ni TRT binosiga bostirib kirishdi. Efirda mamlakat boshqaruvi qo‘lga olingani haqidagi bayonot majburlab o‘qitildi. Shu lahzalarda millionlab turk vatandoshlari yuragi hapriqib ketganini, deyarli hammaning qalbini bir xil: "Endi nima bo‘ladi? Turkiyaning, Turkiyamizning ahvoli nima kechadi? Tong qanday otadi? Otadimi o‘zi bu tong" degan savollar timdalaganini aytishadi…
Oradan ko‘p o‘tmay Rajab Toyyib Erdo‘g‘on video orqali xalqqa murojaat qildi. U odamlarni ko‘chalarga, maydonlarga, aeroportlarga chiqishga chaqiradi. Va o‘sha daqiqadan boshlab Turkiya tarixiga o‘yib yozilgan hodisalardan biri yuz berdi: oddiy odamlar tanklar qarshisiga chiqdi. Ular qo‘lida qurol emas, bayroq tutishgandi.
Zirhli texnika-yu tanklar qarshisiga ikki narsa bilan vatan tuyg‘usi va vatan bayrog‘i bilan tikkama-tikka chiqishadi. Ba’zilari ko‘priklarda, ba’zilari aeroportlarda, ba’zilari parlament atrofida jonli devor bo‘lib turadi. Xalqni himoya qilishi kerak bo‘lganlardan xalq o‘z hukumatini himoya qiladi…
Anqarada Turkiya parlamenti hujumga uchradi. Deputatlar binoni tark etish o‘rniga, parlament ichida qolishni tanladi. Samolyot tovushlari, portlashlar, o‘q ovozlari na’ra tortib bir savolni takrorlayotgandek edi: "Bu mamlakatning egasi kim?" Bu savolning javobi esa bomdod namozi paytida aniq-tiniq yangradi. Bu mamlakatning egasi xalq!
Bu tun qiymati qimmat tun bo‘ldi. Yuzlab insonlar hayotdan ko‘z yumdi, minglab insonlar yaralandi. Ko‘chalar Turkiya bayrog‘i va turk vatandoshi qoni bilan qip-qizil tusga kirdi. Bu qizil ummon dolg‘alarida kimdir farzandini, kimdir otasini, kimdir umr yo‘ldoshini, kimdir do‘st-u jigarini yo‘qotdi…
O‘sha kecha Turkiyada faqat binolar emas, ko‘plab oilalarning taqdiri ham larzaga keldi. Ammo bu yo‘qotishlar shunchaki sob bo‘lmadi. Xalq birlashib maqsadiga yetti. Vatani, bayrog‘i o‘z qo‘lida qoldi. To‘ntarishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
15-iyul Turkiya va turk vatandoshi xotirasida shunchaki siyosiy sana emas. Bu sanani bir tun ichida xalqning yuragida qo‘rquv, jasorat, yo‘qotish va birlik jamlangan sana desa bo‘ladi. Yana bu sanani tank oldida turgan, uning temir tishlari ostiga o‘zini otgan oddiy insonlarning, parlament podvalida qolgan deputatlarning, aeroportga yugurgan yoshlarning, "bu Vatan meniki" degan millionlab qalblarning kechasi edi.
Ba’zi tunlar tong otishi bilan darrov tarqamaydi. Bunday kunlar xalq, millat xotirasida saqlanib qoladi. Shunday ekan 15-iyulni hech ikkilanishsiz Turkiyaning eng uzun tuni deyish mumkin…
Iloyo barcha millatlarning o‘z erki va o‘z bayrog‘i o‘z qo‘lida bo‘lsin. Har ikkisida oyoq ostida ezg‘ilanmasin. Hurmat bilan Muhiddin.
➡️@qora_yigit | 1 523 |
| 13 | #videotaqriz
Hech qanday uzoq tayyorgarlik ko'rmasdan, hech qanday ortiqcha tasvirlarsiz. Kitobni ochgandan tap etib to'g'ridan-to'g'ri voqeaning markaziga, “D boʻlimi” ichiga tushib qolasiz.
➡️@qora_yigit | 1 625 |
| 14 | AnimatedSticker.tgs | 1 813 |
| 15 | Har safar shu rasmga ko‘zim tushsa o‘zimni ko‘rgandek bo‘laman.
Ko‘pimiz yotishga-da joy qolmagan bo‘lsa ham yana uyiga quchoq-quchoq kitoblar tashib kelaveradigan olmaxonga o‘xshaymiz.
Har kim stressini har xil yo‘l bilan bartaraf etadi. Bizga o‘xshaganlarning esa alohida olami bor. Ular kitob xarid qilib qayg‘ularini yengillatishadi.
Nima dedingiz, qabiladoshlar? 🔥
➡️@qora_yigit | 2 028 |
| 16 | #finished
Ilya Ilf, Yevgeniy Petrov – "12 stul"
Tasavvur qiling, har kungi zerikarli tashvishlarga o'ralashib, bir maromda umr kechiryapsiz. Bir kuni esa siz ichkuyovi boʻlib yurgan qaynonangiz joni uzilayotgan bir paytda, oilaviy gavharlarni bir paytlar musodara boʻlgan uyidagi 12 ta stulning biriga tikib yuborganini aytib qoladi.
Badavlat hayotga alvido aytib, choʻntakda oʻlishga ham yetadigan miringiz yoʻq. Shunday xarob ahvolingizda qoningiz qaynamaydimi? Ko'z oldingizda yorqin kelajak va bemaqsad hayotingizni butunlay o'zgartirib yuboradigan xazina gavdalanganda qaynona ham oʻn beshta kam ona axir deb ich-ichdan iqror boʻlishingiz juda tabiiy. Xuddi Ippolit Matveyevich singari.
Ilya Ilf va Yevgeniy Petrovning "12 stul" romani aynan mana shu nuqtadan boshlanadi. Lekin keling, avval bir narsani kelishib olaylik: bu kitob shunchaki xazina qidirgan ikki oʻrisning sarguzashtlari haqidagi yengil mutolaa deb qabul qilmaysiz. Axir bu kitobni insoniyatning eng qadimiy va har doim ong-shuurida shay turadigan ochko'zlik dardiga tutilgan ulkan, o'ta tiniq oyna desak boʻladi.
Roman markazida bir-biriga mutlaqo ziddiyatli ikki qahramon turadi. Biri Ippolit Matveyevich. U qachonlardir davr-u davron surgan, ammo endilikda xizmatchiga aylanib qolgan sobiq zodagon. Ikkinchisi esa sarguzashttalab, har qanday vaziyatdan quruq chiqishning ming bir yo'lini biladigan, qalovini topib qorni yondiradigan Ostap Bender.
Ippolit uchun bu stullar boylik va o'tmishdagi dabdabali hayotiga qaytish yo'li. Ostap uchun esa shunchaki o'yin, zehni va epchilligini sinovdan o'tkazish uchun navbatdagi “imtihon”. Bu ikki qahramonning farqi ham aslida ularning ijtimoiy kelib chiqishida emas, balki boylikka va uning yoʻlidagi sarguzashtlarga boʻlgan turlicha qarashidadir.
Kitobni o'qiyotib shuni tushundimki, mualliflar aslida stullarni emas, butun boshli jamiyatni "titkilayotganini" ekan. Stullar esa shunchaki ramz. Har bir topilgan, ammo ichi bo'sh chiqqan stul yirtilganda, uning ortidan insonning puch orzulari, mayda kishilarning dardi va jamiyatdagi soxta qadriyatlar fosh bo'laveradi.
Har bir stul topilish sarguzashti, undagi kulgili voqealar ortida Sovet jamiyatining qaysidir muammosi, illati tanqid qilinadi. Kulgi orqali koʻzgu tutiladi. Yana bir qiziq jihati asarda bir-necha bor Oʻzbekiston haqida ham gapiriladi. Hayriyatki ijobiy qarashlar bilan…
Bu asar o'quvchiga beradigan eng katta “narsa”laridan biri shablonli fikrlashdan uzoqlashishga yordam beradi. Asarning tili shu qadar boy, o'tkir va kinoyaliki, har bir jumlada tilning qanchalik kuchli qurol ekanini his qilasiz. Asar insonni zerikish botqogʻidan yulqib olib, badiiy didini zilol suvlarga chayqaydi. Bu oʻrinda tarjimon va kitobning oʻzbekcha matnga aylanishida hissa qoʻshganlarning ham oʻrni katta albatta.
Bundan tashqari kitob oʻz ustimizdan kulish, oʻzimizni kinoyalash qobiliyatini ham sayqallaydi nazarimda. Biz hammamiz hayotimizda qandaydir ramziy "stullar" orqasidan quvamiz. Asar o'sha stullar aslida shunchaki o'tin, hayotning qadri esa umuman boshqa narsalarda ekanini eslatadi.
"12 stul""ni xazina qidirib o'zini yo'qotganlar fojiasi va ayni shu fojia ustiga qurilgan jonli komediya desak boʻladi. Shunday ekan bu kitobni darhol oching, Ostap bilan birga yo'lga chiqing, ammo bilingki: eng katta xazina sullarning ichida emas, balki asarning oʻzidadir.
"Muz koʻchdi, janobi maslahatchi toʻralar!" Endi navbat sizga…
➡️@qora_yigit | 2 028 |
| 17 | Oxirgi vaqtlarda uch katta asarning turli tarjimonlar va nashriyotlar tomonidan nashr etilganiga guvoh bo'ldim.
Temir tovon, Dengiz bo'risi, Usta va Margarita...
Bu tendensiyaga sizning munosabatingiz qanday? Bu kitoblarning qaysi variantini o'qishni tanla(r)dingiz va nima uchun?
➡️@qora_yigit | 1 851 |
| 18 | Boshqa bir sabab bilan dori ichayotgandim. U dori esa rosa uyquchi qilib qoʻyarkan odamni. Ketdim, uxlaymaneey) | 1 012 |
| 19 | Видеосообщение | 2 085 |
| 20 | Har doimgidek shanba va yakshanbalik an’analarga amal qilamiz 🤓
💥Bizda "Huzur" va "Ayub" nashriyotidan kelgan mehmonchalar bor.
"Ularga qo‘yib bering" hamda "Ishq va iymon" sifati va mavzulari bilan ham o‘quvchini qiziqtirib qo‘yarkan.
👍Har ikki nashriyotga omad va rahmat!
➡️@qora_yigit | 2 247 |
