uz
Feedback
Birburchak

Birburchak

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kitoblar va ularning atrofidagi shaxsiy fikrlarim… Hamkorlik uchun: @MKurbanof

Ko'proq ko'rsatish
8 000
Obunachilar
-1724 soatlar
-827 kunlar
-17930 kunlar
Postlar arxiv
Bugun shanba! Demak, bu kunda nimadir maqtanilishi lozim. Biz esa kitobga oshno qalb sifatida “Baqaloq”, “Turnalar” va “Yosh
Bugun shanba! Demak, bu kunda nimadir maqtanilishi lozim. Biz esa kitobga oshno qalb sifatida “Baqaloq”, “Turnalar” va “Yosh Verterning iztiroblari”ni xarid qilganimiz bilan maqtanmoqchimiz.
Qani maqtanchoq kazo-kazolar, izohlar sizga muntazir. Hafta davomida kutubxonangizga qoʻshilgan yangi mehmonlar bilan bizni tanishtirishingiz mumkin.
➡️@qora_yigit

#videotaqriz Siz bu yozuvchini taniysizmi? Kitoblarini bir o‘qib ko‘rishingizni tavsiya qilaman. Ayniqsa "Aziza" mukofotidan keyin. ➡️@qora_yigit

Emili Brontening “Boʻronli da’von” romanini oʻqishni salkam bir yil orqaga surdim. Negaligini oʻzim ham bilmayman. Nihoyat oʻ
Emili Brontening “Boʻronli da’von” romanini oʻqishni salkam bir yil orqaga surdim. Negaligini oʻzim ham bilmayman. Nihoyat oʻqishga kirishdim-u ichiga shoʻngʻib ketdim. Birdaniga voqealar ichiga bunaqa shoʻngʻib ketaman deb oʻylamagandim. Asarni nima sababdandir sokinroq, koʻproq tuygʻular urgʻulangan kitob deb oʻylarkanman. Adashibman… Oramizda “Boʻronli da’von”ni oʻqib chiqqanlar bormi? Sizning roman haqida fikringiz qanaqa? ➡️@qora_yigit

Yana bir bobgina. Keyin uxlayaman)

👍Youtubega maxsus son chiqadi. Bu safargi video Mustaqillik kunimizga bagʻishlanadi. Bu bagʻishlov esa Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” va Olim Toshboyevning “Ultontoz” romanisiz boʻlarmidi? Video chiqquncha bu ikki kitob haqidagi fikrlarimni bir oʻqib koʻring: ▪️“Otamdan qolgan dalalar” ▪️“Ultontoz Videoni esa bayram kunlarida koʻrishingiz mumkin. Kuting… ➡️@qora_yigit

Qadringni bilmagan insonning farishtasi bo'lsang, qanotlaring sasisan ham bezovta bo'ladi... ➡️@qora_yigit

Kuz kirib kelishi bilan hamma bir yil avval o‘ziga kiritgan investitsiya mevasini totadi. Ya’ni qalin kiyimlari cho‘ntagidan
Kuz kirib kelishi bilan hamma bir yil avval o‘ziga kiritgan investitsiya mevasini totadi. Ya’ni qalin kiyimlari cho‘ntagidan pul topib olishni boshlaydi. Shunga qo‘shimcha qilgan holda, qog‘oz kitoblar elektron kitoblardan yaxshiroq ekanini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Chunki siz hech qachon elektron kitobdan pul topib olmaysiz 😁 ➡️@qora_yigit

Shu va shunga oʻxshash ba’zi sun’iy toʻsiqlar olib tashlansa oʻzbek kitob bozori hozirgidan ancha jonlanib qolgan boʻlardi nazarimda. Videodagi kabi muammolar va oʻtgan oy yangiliklari bilan batafsil tanishing: ➡️https://youtu.be/rav1qqNZmKE
Xoʻsh, sizningcha yana qaysi kamchiliklar yurtimizda kitobxonlik jonlanishida, nashriyotlar rivojlanishiga halaqit beryapti? Izohlarda dil izhori qilib keting 😉
➡️@qora_yigit

Agar kir yuvish mashinasi aslida haqiqiy vaqt mashinasi bo'lib u kirlarni yuvmasdan balki ularni avvalgi holiga qaytarsa-chi? ➡️@qora_yigit

Kechagi tanqidiyroq mazmundagi videodan keyin Falaq nashr “Yosh yigitga nasihat” kitobini yuboribdi. Nima deb oʻylaysiz, bu n
Kechagi tanqidiyroq mazmundagi videodan keyin Falaq nashr “Yosh yigitga nasihat” kitobini yuboribdi. Nima deb oʻylaysiz, bu nimagadir ishorami? 🙃 ➡️@qora_yigit

#videotaqriz #youtube “Assasin”ni oʻqib koʻrdim. Fikrimcha u 12-16 yoshlilarga mos kitob. Oʻsmirlar uchun deb baholanganda ham oʻrtacha darajadagi asar. Shu va shunga oʻxshash IYUL oyi yangiliklari bilan youtubedagi 26 daqiqalik videoda batafsil tanishing: ➡️ https://youtu.be/rav1qqNZmKE Sizningcha IYUL oyida chiqqan eng yaxshi kitob qaysi? Fikringizni yozing. ➡️@qora_yigit

#finished Jerom Selinjer – "Javdarzordagi xaloskor" Bu kitob ilk bor nashr etilganidan beri millionlab o'smirlar va kattalarn
#finished Jerom Selinjer – "Javdarzordagi xaloskor" Bu kitob ilk bor nashr etilganidan beri millionlab o'smirlar va kattalarning sevimli asariga, o'ziga xos isyoniga aylanib ulgurgan. Yana juda ko'p boshqa mashhur romanlarning ham bosh qahramonlari sevib, qayta-qayta o'qiydigan kitobi aynan shu asarligiga e'tibor qaratganman. Xo'sh, nega bu asar bunchalik mashhur? Uning siri nimada? Keling, birgalikda tahlil qilib ko'ramiz. Asar bosh qahramoni 16 yoshli Xolden Kolfild. U biz o'rganib qolgan odatiy "ijobiy qahramon" emas. U maktabdan haydalgan, asabiy, tez jahl qiladigan, o'qishni va ayniqsa qoidalarni yomon ko'radigan yigitcha. Ammo uning hozirgi zamon uchun juda noyob xislati bor. U mutlaqo samimiy va rostgo'y. Xolden kattalar dunyosiga xos bo'lgan "soxtalik"dan qattiq nafratlanadi. U odamlarning o'zini yaxshi qilib ko'rsatishi, boylik va amal ortidan quvishi, yuzaki muomalalarini ko'rib ich-ichidan azoblanadi. Uning Nyu-York ko'chalari bo'ylab uch kunlik sargardonligini aslida shunchaki sayr emas, soxta dunyoda o'zligini va haqiqatni izlash safari desak bo'ladi. Xolden o'zining yagona ezgu orzusini singlisi Fibiga so'zlab beradi. Uning tasavvurida cheksiz javdar maydoni bor. Bu maydonda kichkina bolalar o'ynab yuribdi. Maydonning bir tomoni esa xavfli va tubsiz jarlik. Xoldenning yagona orzusi shu jarlik yoqasida turib, o'yinga berilib ketgan va jarlikka yaqinlashib qolgan bolalarni ushlab qolish, ya'ni "Javdarzordagi xaloskor" bo'lish. Buning ortida qandaydir ramz bo'lishi kerak. Shunday emasmi? Xo'sh, bu nima degani o'zi? Nazarimda bolalar o'ynayotgan javdarzor bolalik, beg'uborlik, poklik va samimiyat olami. Jarlik esa shafqatsiz, soxta, nihoyatda dag'al va murakkab bo'lgan kattalar dunyosi. Xolden bolalarni "katta bo'lishdan", ya'ni o'sha soxta dunyoga qulab tushishdan, o'zlarining beg'uborligini yo'qotishidan asrab qolmoqchi bo'ladi. Bu uning kattalar hayotiga qadam qo'yishdan qanchalik qo'rqayotgani va shu bilan birga, bolalikning sofligini qanchalik qadrlashini ko'rsatadi. Bundan tashqari muallif asarda insonning olomon ichidagi yolg'izligini har qanday turdagi o'quvchi tushunadigan ohangda tasvirlaydi. Yigitcha millionlab odamlar yashaydigan katta shaharda o'zini yolg'iz his qilishi, dardini bo'lishishga, kim bilandir shunchaki dildan suhbatlashishga intilishi-yu lekin hech kimdan bu samimiyatni topa olmasligi ayni shu hayotda yashab turgan kitobxonni asar ichida yashatadi. "Javdarzordagi xaloskor" sizni biroz mung'aytirishi, ichingizdagi sofdil bolachani mo'ltiratishi, o'ylantirishi yoki kuldirishi mumkin. Sizni qaysi holatlarga solishi ikkinchi darajali narsa. Asosiysi esa u sizni ana o'sha beg'ubor, hali javdarzor chekkasidagi jarlikka qulamagan, ichingizdagi bolacha bilan uchrashtirishidir. Ana kitobning doimo sevimli ekanining sababi nima... ➡️@qora_yigit

Fitinggggg! 90 bet yes)

Repost from N/a
#iqtibos 🗣️ Karib dengizi havzasida britaniyalik plantatorlar qullarga Bibliyaning tahrirlangan maxsus nusxasini berishgan; undan qullikni bekor qilish tarafdorlari quldorlik tizimiga qarshi dalil sifatida foydalangan barcha qismlar olib tashlangan. 📚"Gʻarbni Gʻarb qilgan 10 yolgʻon" Subhadra Das ⚡️ UFQ nashriyoti

Ba'zan xotin haqli, men esa nohaq. Ba'zida men nohaq, xotin esa haqli bo'lishi mumkin... ➡️@qora_yigit

Har oyda hech bo'lmaganda bir dona klassika o'qish kerak. Agar o'sha bir donasi Onore de Balzakdan bo'lsa yana ham yaxshi. Ya
Har oyda hech bo'lmaganda bir dona klassika o'qish kerak. Agar o'sha bir donasi Onore de Balzakdan bo'lsa yana ham yaxshi. Yangi haftani "Sag'ri teri tilsimi" bilan boshladim. Xo'sh, sizda nima gaplar? ➡️@qora_yigit

#videotaqriz Yakshanba oqshomi uchun tavsiya. Frida Makfaddenning 1-2 soatda bemalol oʻqisa boʻladigan “Oʻlim hujrasi”ni bir oʻqib koʻring. ➡️@qora_yigit

Video xabar00:18

Repost from Biyroncha
Oynur va dadasining kitoblar bilan do‘stligi haqida O‘zbekiston 24 da alohida ko‘rsatuv chiqibdi😁🥰 @biyron_cha

Bugun yakshanba! Hamma oʻzini sevadigan kun… Men ham oʻzimni qanchalar sevishimni Danil Graninning “Qoʻrquv” va Osamu Dazaini
Bugun yakshanba! Hamma oʻzini sevadigan kun… Men ham oʻzimni qanchalar sevishimni Danil Graninning “Qoʻrquv” va Osamu Dazaining “Botayotgan quyosh” kitoblarini xarid qilganimni maqtanib ma’lum qilishni munosib koʻrdim.
Sizlarda nim gaplar qadrli kazo-kazolarim?
➡️@qora_yigit