es
Feedback
Birburchak

Birburchak

Ir al canal en Telegram

Kitoblar va ularning atrofidagi shaxsiy fikrlarim… Hamkorlik uchun: @MKurbanof

Mostrar más
8 039
Suscriptores
-2424 horas
-2407 días
-13330 días
Archivo de publicaciones
Har doimgidek shanba va yakshanbalik an’analarga amal qilamiz 🤓 💥Bizda "Huzur" va "Ayub" nashriyotidan kelgan mehmonchalar
Har doimgidek shanba va yakshanbalik an’analarga amal qilamiz 🤓
💥Bizda "Huzur" va "Ayub" nashriyotidan kelgan mehmonchalar bor.
"Ularga qo‘yib bering" hamda "Ishq va iymon" sifati va mavzulari bilan ham o‘quvchini qiziqtirib qo‘yarkan.
👍
Har ikki nashriyotga omad va rahmat!
➡️@qora_yigit

Katta kompaniyalarimizda futbolni yaxshi tushunadiganlari yoʻq shekilli a? Butun boshli Jahon Chempionatiga homiylik qilarmish-da reklama roligida “Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlang” deb yotibdi hammasi. Kimdir bularni juda zoʻr oʻynasak ham chempionat yarimlamay chiqib ketamiz, undan keyin yana 15-20 kun yana qaysi yuz bilan shu rolikni aylantiramiz demaganmikan a? Homiylikka shuncha katta pul tikib ensa qotiradigan reklamani ha deb aylantirish qanchalik toʻgri? Milliy jamoamiz esa chempionatni tark etib tantanalar bilan uyga qaytganiga bir oy boʻlaman deyapti)))

#videotaqriz #youtube Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani uzoq yillik “sargardonlik”dan soʻng nihoyat sifatli nashr etilibdi. Eng qizigʻi faqat buyum sifatida emas, uning matnining ham sifati oshirilgani aytilmoqda. Negaki shu paytgacha istalgan nashrihot mualliflik huquqiga amal qilmasdan yozuvchining kitoblarini nashr qilavergan va aksari bir-birining kitobidan nusxa koʻchirib bosgan. Natijada esa asarni ba’zi joylarida evrilishlar, tuzatishlar va tushib qolish kuzatilgan. Bu nashrida esa “Otamdan qolgan dalalar” Togʻay Murodning yakuniy versiyasiga moslar tahrirlab, toʻldirib nashr qilingani aytilmoqda. Videoni toʻliq koʻrish: ➡️ https://youtu.be/IqIh_m6Mhb4 Shu kabi qiziq ma’lumotlar va IYUN oyida nashr qilingan yangi kitoblar bilan mana shu “Oy yangiliklari” rukni orqali tanishishingiz mumkin. ➡️@qora_yigit

Dam olish kuni ❌ Maqtanish kuni ✅ Nasim kutubdan sovgʻalarni koʻz-koʻz qilish esimdan chiqibdi-ku. “Farida”, “Hayot ila raqs”
Dam olish kuni ❌ Maqtanish kuni ✅ Nasim kutubdan sovgʻalarni koʻz-koʻz qilish esimdan chiqibdi-ku. “Farida”, “Hayot ila raqs”, va “Salohiddin Ayubiy”…
Unutmang, hayotda faqat gʻoliblar yutadi. Auuuf 🤭
➡️@qora_yigit

📌Bu kitoblar bilan oldindan qisqacha tanishtirib qoʻyay…
Erta-indin sotuvga chiqsa tanlovingizda yordami tegadi. ➡️@qora_yigit

Yurtga yov bostirib keldi. Elning alplari, Alpomishlari bandi qilindi. Bilagiga kishan, bo'g'ziga pichoq tortildi... Ana shun
Yurtga yov bostirib keldi. Elning alplari, Alpomishlari bandi qilindi. Bilagiga kishan, bo'g'ziga pichoq tortildi... Ana shunda yurt kuni o'zidan chiqqan qurtlarga, "ultontozlar"ga qoldi. Ular har qayoqdan qandga yopishgan qumursqadek, mo'rmalahday yopirildi. Elning o'zagini, dini-yu urf-odatini ilma-teshik qildi. Yeb bitirdi. O'rnini tezagi bilan to'ldirdi. Olim Toshboyevning "Ultontoz" romani ana shunaqa beti qoralar haqida so'zlaydi. So'zlaydi ham emas xuddi Tog'ay Muroddek nazmiy nasrga soladi. Asar ham tili bilan, ham ko'targan mavzusi bilan men uchun katta kashfiyot bo'ldi. Bu kitobga 2-3 yildan beri qiziqib izlab yurardim nihoyat mutolaasi shu kunlarga nasib etgan ekan. Tavsiya qilaman, jigarlar. Jahon adabiyoti-yu dunyo klassikasi o'z yo'liga, lekin o'zbek adabiyotining bundaychikin asarlarini ham albatta o'qishimiz kerak. ➡️@qora_yigit

Oshxona emas joyim yuragingda… ©️Mbappe

Marokash yutib qoʻysa a?

#finished F.S.Fitsjerald - "Buyuk Getsbi" Klassik "Amerika orzusi" tushunchasi har bir inson kelib chiqishidan qat'i nazar me
#finished F.S.Fitsjerald - "Buyuk Getsbi" Klassik "Amerika orzusi" tushunchasi har bir inson kelib chiqishidan qat'i nazar mehnat va sadoqat orqali baxt-saodatga, farovonlikka erisha oladi, degan g'oyaga asoslanadi. Romanda esa ana o'sha "Amerika orzusi" va uning zamonaviy jamiyatda qanday buzilib ketgani markaziy ustunlardan biri. Getsbi hayoti va uning atrofidagi voqeliklar aynan shu "buzilgan" orzularni ichkaridan ko'rsatadi. Klassik "Amerika orzusi" o'zi tug'ilgan sof g'oyadan uzoqlashib, moddiyatga, ko'z-ko'z qilishga aylanib qolgani, asl mazmunini yo'qotib faqatgina tashqi yaltiroqlikdan iborat bo'lib qolgani tushuntiriladi. Romandagi meni eng ko'p o'ylantirgan narsalardan biri Dezining uyi yonida yonib turgan yashil chiroq bo'ldi. Getsbi har kecha shu chiroqqa termulib, unga qo'l cho'zadi, chiroqni ko'rganda sevgilisi yodiga keladi. Dezi bilan birga o'tgan o'tmishi, yo'qotilgan sevgisini qaytarish istagi yoki umidi sifatida nur taratib turgandek tuyildi menga. Lekin yana bir tomoni bu chiroq shu qadar uzoqda joylashganki, unga yetib bo'lmaydi. Faqat uzoqlardan tomoshqa qilish, termulish mumkin. Umuminsoniy fojiamiz ham shu aslida. Doimo oldinga, kelajakka intilamiz, lekin aslida o'tmishga qaytishga, retro hislarni qayta tuyishga urinamiz. Muallif esa bu urinishlarning naqadar behuda ekanini Getsbi fojiasida jamlaydi. Roman geografiyasi ham e'tiborimni tortdi. Long-Aylenddagi ikki hudud Uest-Egg va Ist-Egg jamiyatning ikki xil boylik turini ifodalaydi. Ist-Eggda "irsiy boylik" egalari Tom va Dezi Byukenenlar kabi boylikni tug'ilishidan meros olgan "eski boylar" yashaydi. Uest-Eggda esa Getsbi kabi boylikka o'z kuchi bilan erishgan, ammo jamiyat tomonidan hech qachon to'liq qabul qilinmaydigan "yangi pul" egalari joylashgan. Bu tabaqalanish Amerika jamiyatidagi teng huquqlilik haqidagi rasmiy g'oyaning aslida qanchalik soxta ekanligini ko'rsatadi. Getsbi qancha boy bo'lmasin, u hech qachon Tom kabi "tug'ma aristokrat"lar doirasiga to'liq kira olmaydi. Bu orqali muallif jamiyatdagi yashirin, ammo mustahkam sinfiy devorlarni ko'rsatib qo'yadi. "Buyuk Getsbi" kitobxonga orzu va real hayot o'rtasidagi tafovutni, moddiy boylik yaratadigan cheklovlarni, o'tmishga yopishib qolishning xavfini va har qanday jamiyatda yashirin bo'lsa-da adolatsizlik mavjud ekanini mavzulashtirilgan darslik kabi birin-ketin tushuntirib beradi. Orzular haqiqat bilan uyg'unlashmas ekan insonni baxtga emas, fojiaga olib kelishi, bunday vaziyatda jar yoqasiga kelib qolsang, har qancha moddiyat bo'lsa ham seni qutqara olmasligi romatika, yumor va sirlilik qorishmasida kitobxonga tutqaziladi. Aynan shular sababidan roman deyarli yuz yil o'tgach ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Hali ham insonlar sevib o'qishmoqda chunki odamzod tabiati, uning orzu-umidlari, zaif jihatlari va kamchiliklari hech qachon o'zgarmaydi... ➡️@qora_yigit

Hali sotuvda yoʻq kitoblarning senda boʻlishi qanday hissiyot ekanini sizlarga qanday tushuntirsam a? ➡️@qora_yigit
Hali sotuvda yoʻq kitoblarning senda boʻlishi qanday hissiyot ekanini sizlarga qanday tushuntirsam a? ➡️@qora_yigit

Birovga ishonim reja tuzgan odam ahmoq odam. Hech kim vaziyatingni oʻzingdek his qilmaydi. Eslab qol..!

Youtubedagi 48-video 💙 Odatda, yoz oylari o‘zbek kitob bozori uchun "o‘lik" mavsum hisoblanardi va bu oylarda kitoblar nashri kamayardi yoki kuzgacha butkul to‘xtab qolardi. IYUN oyida yangi nashr etilgan kitoblar haqida video qilarkanman bu qarashlar o‘zgarayotgandek, jonlanayotgandek ko‘rindi. Quvonarli holat. "Oy yangiliklari"ga biroz vaqtingizni ajrating va yangiliklar bilan tanishing. Videoni koʻrish: ➡️ https://youtu.be/IqIh_m6Mhb4
👍Ushbu videoni tayyorlashda hamkorlik qilgani uchun Book.uz kitob doʻkoniga hamda Tirilish, Huzur, Sahifa, Inson va Bukhara books nashriyotlariga tashakkur.
➡️@qora_yigit

Burinchi kitomiz “Jinoyat va jazo” boʻladi 😁

Katta orzularimdan biri ushalish arafasida turibdi..! Xudoning qo'llovi va bir-necha do'stlarimiz bilan birgalikda nashriyot
Katta orzularimdan biri ushalish arafasida turibdi..! Xudoning qo'llovi va bir-necha do'stlarimiz bilan birgalikda nashriyot ochyapmiz. Ayni paytda yuridik jarayonlar yakunlanib mualliflik huquqida bo'yicha muzokaralar olib boryapmiz. Nasib etsa tez kunlarda yangiliklarimiz bilan bo'lishamiz.
👍 Siz kazo-kazolarning sevimli nashriyotlaridan biriga aylanishga harakat qilamiz. Duo va qo'llovlaringizdan umidvormiz.
➡️@qora_yigit

Hamma haqiqatni oʻz manfaati yoʻlida ishlatadi…

#videotaqriz Tarixdagi eng qiziq "agar…"lardan birini aytaymi? Agar Shayboniyxon Samarqandni bosib olmaganida, Bobur Hindistonga ketmagan bo‘lardi. Biz o‘rgangan Hindiston va Movarounnahr tarixi ham butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Turk tarixchi olimi Abdulqodir Majidning "Shayboniylar davlati" kitobi esa ana o‘sha "agarlar"ning katta sababkorlaridan bo‘lgan davlatchilik haqida fikr yuritadi. ➡️@qora_yigit

Kinolarda ham ayni kitoblardagidek gʻoyalar, ramz va ishoralar boʻladi. Buni ba’zida payqab, ba’zan esa payqamay qolamiz. Men
Kinolarda ham ayni kitoblardagidek gʻoyalar, ramz va ishoralar boʻladi. Buni ba’zida payqab, ba’zan esa payqamay qolamiz. Men esa siz kinolarning ana shunday sir-sinoatini ochib beradigan kanal topib keldim: @Sebs_Channel

🚨 Eshitdik-da..! Qisqa muddatda dunyoga dong'i ketgan "Hamnet"ni "Yelkan" nashriyoti o'zbek tilida nashr etadi. ➡️@qora_yigi
🚨 Eshitdik-da..! Qisqa muddatda dunyoga dong'i ketgan "Hamnet"ni "Yelkan" nashriyoti o'zbek tilida nashr etadi. ➡️@qora_yigit

Tushlarim almoyi-jalmoyi; Savdoyi tiriklik ko‘ksimda. Ko‘ksimga teparlar har doim Paytini toparlar, voh, qoyil Qaddimni tutam
Tushlarim almoyi-jalmoyi; Savdoyi tiriklik ko‘ksimda. Ko‘ksimga teparlar har doim Paytini toparlar, voh, qoyil Qaddimni tutaman o‘ksinib. Sahroga solaman o‘zimni, Umrimni o‘lchayman qadamlab. Qadahlab ichinglar ko‘zimni, Qadahlab ichinglar o‘zimni, Bir hovuch jon talab odamlar. Atrof kuz. Bir qizcha yonimda, Yodimni oladi opichlab. Omochlab ishq ekar jonimga, Jonini ekadi bag‘rimga, Iziga ulanar o‘pich, lab... Aljirab kelaman hushimga, Tushimdan izlayman bir ta’bir. Boshimga qo‘nmasa ishq qushi, Nadir u tiriklik? Tushuntir... Va bexos aljirab takbirni... Tushundim! ©️ Muhiddin Nido ➡️@qora_yigit

Qaynona vafotidan oldin oilaviy brilliantlarni sirli tarzda 12 ta stuldan biriga bekitib qo‘yganini aytib qoldi. Bunday katta
Qaynona vafotidan oldin oilaviy brilliantlarni sirli tarzda 12 ta stuldan biriga bekitib qo‘yganini aytib qoldi. Bunday katta boylikning isini olgan hamma "12 stul"ni qidirib yo‘lga tushdi. Tomoshamisan tomosha bo‘lyapti-da o‘ziyam. Landovur Ippolit Matveyevichning qanday qilib ayyor firibgar Benderni bu xazinaga sherik qilib qo‘ygan joyiga keldim. Odam kulgidan o‘zini tiyishi juda qiyin bo‘lgan kitob ekan. Ha, hajmi biroz katta lekin qandaydir silliq va tez o‘qiladigan asar. Shu'la-yu yog‘dulardan, har xil siqilishlardan toliqqan bo‘lsangiz "12 stul"ning biriga, qabatimga o‘tiring-da men bilan birga sarguzashtlar olamiga ravona bo‘ling. Xazinani birgalikda topamiz. Ulushingizni albatta beraman... ➡️@qora_yigit