Abdulaziz Ahmad | Blog
Открыть в Telegram
• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama
Больше1 416
Подписчики
+424 часа
Нет данных7 дней
-3830 день
Архив постов
Uydagilar, qishloqdagilar meni mashhur bloger deb bilishadi. Sharmanda qilmangizlar, xoʻpmi🤧
Bir ovoz ham harna deyishyapti, Fayoz Xitoydan kelib, hamma ishini tashlab ovoz yigʻib yurganmish. Yordam berib yuboraylik, yaxshilar…
@Ijoddardi
Fayoz Oʻzbekistonga borgandi, 1-sentyabrda Xitoyga qaytadi, qishloqda qishda loy, yozda chang koʻchamiz ochiq budjetga tushibdi vanihoyat, yoʻlimiz asfalt boʻlishi uchun yutib chiqish kerak ekan :)
Oʻqishga qaytgunicha sal boʻlsayam foydam tegsin deb qoʻshni qishloqlarga, bozorlarga ikki-uch doʻstlari bilan borib, ovoz yigʻyapti ekan. Albatta, ma’lum haq evaziga!
Agar siz ham bizning koʻchamiz asfalt boʻlishi uchun hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, @Fayoz_Akhmedov ga yozing, 15 yuanga sotib olarkanmiz har bir ovozingizni.
Oldindan rahmat, befarq boʻlmagan va yordam qoʻlini choʻzgan barchaga ortigʻi bilan qaytaramiz Xudo xohlasa!
@Ijoddardi
Shunchalar ajoyib, shinam yashaysizlarki, pulingiz tugab qolgan vaziyatlarga havasi keladi kishini❣️ Alloh sizlardan rozi boʻlsin, Oʻzi suyuntirsin.
#ibratli
Oylikkacha qanday yetib olishni o‘ylab o‘tirganingda ayoling mayda-chuyda qaytim pullarni yig‘ib yurganini aytib, qo‘lingga 782 lira tutqazadi...
Ha do‘stlar, erkak baxtli bo‘lishi uchun ko‘p narsa kerak emas aslida!
@Ijoddardi
Xo‘o‘o‘p, o‘zim o‘ylab yurgan, amalga oshish ehtimoli 70-80% yuqori variantni bo‘lishsam...
Ayolimning o‘qishi tugasa, avtomatik men va bolalar o‘turma iznisiz qolamiz. Hatto o‘ziga ham kimlik berilmaydi. Noqonuniy yashashga to‘g‘ri keladi.
Qachonki men ishlash ruxsatnomasi olsam, “Çalışma İzni” bilan Sitora va bolalarga kimlik beriladi. Talaba bo‘lmasa ham...
Doktoranturani davom ettirishga kelsak, sal ora bermoqchimiz, magistraturani bitirib, diplomini olvolsa bo‘lgani, shuning o‘zi katta yutuq ayni vaziyatimizda...
Turkiyadan boshqa davlatga, balki Yevropaga ko‘chishni ko‘p o‘yladik, hisob-kitob qildik, haligacha Germaniya xayolimizning bir chetida turadi, lekin...
Turkiyaga faqat er-xotin ikkimiz kelganmiz, birga o‘tdik hamma qiyinchilikdan. Endi ikki bola bilan oilaviy migratsiya juda qiyin masala, bo‘lib ham Yevropaga!
O‘zbekistonga qaytish... bilmadim, negadir shu fikr qarshisida har doim miyam tormozlanadi. Vatanimizni yaxshi ko‘ramiz, o‘ta sog‘inganmiz, ammo...
Vaqtida berilmayotgan oyligini kutib yurgan, o‘z haqini ololmayotgan hamkasblar bilan gaplashaman, maktabda ko‘proq dars soati uchun ur-to‘polon qilayotgan ayrim kursdoshlar, kreditga botib ketgan tanishlar, sifatli bog‘cha-maktablarning oylik to‘lovi daromadga to‘g‘ri kelmasligi, xo‘jako‘rsinga poygada yashash...Shuncha odam yashab, eplab yuribdi, to‘g‘ri. Men... zotan eplolmaganim uchun hammasini tashlab, qora ishga rozi bo‘lib Turkiyaga kelganman. Yana eski kunlarga tushib qolishdan, o‘zim xohlab-xohlamasdan oqimga qo‘shilib ketishdan qo‘rqaman... Balki rasmiy ishga qaytmasman, ehtimol shu yerda ishlash ruxsatnomasi olib, oshpazlikda davom etarman. Kim biladi, kutilmagan joydan Xudo berib, umuman o‘ylamagan ishlarni boshlab yuborarmiz hali. Vaqt ko‘rsataveradi, hozircha mening “plan”im shu, Xudoning rejalarini yashasak ko‘raveramiz... @Ijoddardi
Sitora o’qimay, ishlamay dam olsin, sayohatlarga chiqsin! Bechara charchagan juda… ⭐
Yoshligimda sochimning ustini qoldirib, ikki yonini kalta qilib oldirganim uchun dadam orqaga qaytarib, sochimni kalga oldirtirgandi, bu qiliq qaydan chiqdi deb :)
Turk ota-bolalar suhbati:
1. - Yotoqxonadagi yostiq-ko‘rpalarga ham sigaret chekyapsanmi sen, o‘rningda besh daqiqa yotaman dedim, ko‘nglim aynidi.
- Kim senga xonamga kir dedi?
- Xonangda shamol bor edida, boshqa uylar issiq, ozgina dam olay degandim.
- Nima qilay, o‘rganib qolganman.
- Bomojlar uyiyam bunchalik sasimasa kerak, ana, balkonga chiq, ertalabgacha chekishing mumkin.
- Bo‘pti bo‘pti! Allah-Allah...
2. - Dada, tatuirovka chizdirmoqchiman, pul ber
- Esingni yedingmi, uyga kiritmaymana bunaqa qiliq qilsang.
- Hamma jo‘ralarim qildiryaptiku, nega ularning otasi indamaydi?!
- Ularni qo‘y. Gunoh bu. Tahorat va namozing qabul bo‘lmaydi keyin...
- Qiziq gapirasaney, tahorat olmasam, namoz o‘qimaymanku men...
- Kelajakdachi?!
- Tamom ya! Allah-Allah...
P.s. Shu suhbat o‘zimizda qanday bo‘lishini tasavvur qilolasizmi?... :)
@Ijoddardi
+1
O‘g‘lingning qizingga suv ichirayotgani, uni o‘ynatayotgani haqiqiy romantika, ta’riflab bo‘lmaydi bu hisni...
P.s. Shu qo‘shiq fonida o‘qing:
Самое-самое светлое чувство,
Самое-самое светлое чувство,
Ты — как искусство, ты — как искусство,
Ты — яркий свет...
@Ijoddardi
+1
O‘g‘lingning qizingga suv ichirayotgani, uni o‘ynatayotgani haqiqiy romantika, ta’riflab bo‘lmaydi bu hisni...
P.s. Shu qo‘shiq fonida o‘qing:
Самое-самое светлое чувство,
Самое-самое светлое чувство,
Ты — как искусство, ты — как искусство,
Ты — яркий свет...
@Ijoddardi
Odatiy sug‘ur kunlaridan biri, yakshanba ekan, ishga ketyapman...
Ko‘chada asosan menga o‘xshagan ishchilar, avtobus/metro bo‘sh, tirbandlik yo‘q. Mahdi orqamdan yig‘lab qolganini hisobga olmaganda, kayfiyatim yaxshi...
Quloqchinda Behruz Bozorov bilan podkast qo‘yilgan. Umuman, so‘nggi kunlar odatga aylantirdim foydali ma’ruza va suhbatlar tinglashni. Avval serial ko‘rardim, keyinroq “Mutolaa”dan obuna sotib olib, audiokitob eshitmoqchiman...
Ishga bir soat borish, bir soat qaytish, umumiy haftasiga 12-13 soat vaqtim yo‘lda o‘tarkan. Telefon o‘yinlarini yoqtirmayman, ashula eshitish manfaat bermaydi, eng yaxshisi podkast va audiokitoblar...
Miyamni chalg‘itib, band qilishim kerak. Yo‘qsa har xil bo‘lmag‘ur fikrlar kelaveradi yo‘l davomida: Nima qilib yuribman o‘zi, shu menga kerakmi, oxiri nima bo‘larkan, oyligim kam emasmi, shartta ishdan bo‘shavorsammi, O‘zbekistonga qaytsakmi yoki va hokazo...
Aslida, hech qayerda oson hayot yo‘q, lekin yashash bunchalik qiyin deb o‘ylamagandim to‘g‘risi. Har charchaganimda dadamni o‘ylayapman, qanday chidagan, “hiq” etmasdan to‘rt bolani ulg‘aytirgan ekan a? Har soniyang kurash, daqiqang sinov, qadaming mehnat, har kuning tanlov va qaror qabul qilish qarshisidagi ikkilanishlar!
Yaxshiyam foydali podkastlar bor, yaxshiyam Xudo yozish “kasali”ni yuqtirgan, yaxshiyam blogim bor, o‘zimni chalg‘itib, miyamni bo‘shatib turaman!
Odatiy sug‘ur kunlaridan biri, yakshanba ekan, Mahdi orqamdan yig‘lab qolganini hisobga olmaganda, kayfiyatim yaxshi...
@Ijoddardi
Repost from Bek Olimjon
Bu post er va bo’lajak erlar uchun
Er sifatida oilangiz hayoti sifatiga juda ijobiy ta’sir qiladigan narsalardani biri bu uyga idish yuvish mashinasini o’rnatish.
Atrofingizdagilar qarshilik qilishi mumkin. Qanchalik qarshilik qilishmasin, xato fikrlar ular.
Nega qarshilik qilishadi deb hayron bo'lmang, bu aniq reallik.
Idish yuvish mashinasi kelin ishini yengillashtiradigan imkoniyat bu va buni amalga oshirish shart.
Bu kelinni kuniga kamida 1 soat vaqtini tejaydi.
Bolaga vaqt ajrata oladi. Kitob o’qib bera oladi. Hayot sifati yaxshilanadi. Ijobiy tomonlari juda ko'p azizlar.
Qarshilik qiluvchilar uchun esa mana bu argumentni ishlating.
"Qo’l bilan idish yuvish, mashina bilan yuvishdan ko’ra 8-10 baravar ko’p suv talab etadi." Bu fakt, shunchaki gap emas.
Suv esa ne’mat. Qo’l bilan yuvish bu suvni isrof qilish.
Bek Olimjon
15.11.25
Norvegiya
Gohida ayolingiz javob bermayapti, o‘qimayapti, deb menga yozadi ko‘pchilik...
Tushuning, u erining kanalini o‘qishga zo‘rg‘a vaqt topadi. Ertalabki postlarni endi o‘qib, menga prikol qilib o‘tiribdi ana :)
Hozir yana onlayn bo‘lmay qoldi. Xudo biladi, yo bolalar uyg‘ondi/yig‘lab qoldi; yoki meni rasmimga “xayrli jumalar” deb klip taxlagani ketdi, boyaqish. Yana prikol qiladi bir soatlar o‘tib. Agar ulgursa... :)
@Ijoddardi
O‘zimniki kamdek, hamma menga dasturxon qilaveradi negadir...
Keyin miyamdan chiqarib tashlash uchun kanalga post qo‘yib o‘tiraman. Menga nima, deb ketolmayman. Maylida, hammamizni O‘zi isloh qilsin...
Rasmda bugungi nonushtamiz, sog‘lom, to‘yimli, vitaminlarga boy, hamyonbop. Shakar, murabbo ratsionda yo‘q anchadan beri, imkon qadar tabiiy usulda ovqatlanyapmiz. Muzlatkichda ham faqat kerakli narsalar bor, chokotella, murabbolarning bankalari ortiqcha joy egallab turmayapti...
Barchaga, ayniqsa yosh bolali oilalarga tavsiya qilaman, kun davomida tetik bo‘lishingiz yeydigan narsangizga chambarchas bog‘liq ekan!
@Ijoddardi
Ozardan molingni, turkdan ahli ayolingni, chechenlardan joningni qo‘ri, degan gap eshitgandim...
Mehribon, samimiy, yordamsevar turklar ko‘p atrofimda. Lekin niyati buzuq, ayollarga suyagi yo‘q, shilqimlari ham talayginaligini yaqinda payqadim.
Qariya ustamiz bor, 60 dan oshgan, hademay ishdan ketadi, qo‘limdan ancha ish kelib qolgani uchun o‘rniga o‘zim qolib, oyligimni ko‘tartirvolaman, deb yurgandim.
Tunov kun bilsam, boboy Anqarada ishlaydigan turkmanistonlik kampirchalar bilan gaplashib yurarkan, bir paytning o‘zida 2-3 tasi bilan hatto. Bir ayolning shar’iy nikohli eri bo‘la turib bu bilan gaplashadi, eridan nolib, ajrashish yo‘llarini o‘rganyapti. Bobo bo‘lsa unga o‘zini variant qilib ko‘rsatib kelarkan :)
Uchalasi ham “Beyim” deb chaqirarkan. Har juma kunlari alohida videoxabar jo‘natishadi xayrli jumalar deb, ustaning masjidda tushgan rasmlariga klip tayyorlab. Men buni keksa desam...
Jahlim chiqqani, qishloqda ayoli borda buning, kap-katta bolalari bor uyli-joyli. Bo‘ydoq, kimsasiz bo‘lsa ham to‘g‘ri tushunardim...
Krossovka va sportivkachalarni kiyvolib, qo‘lidan kamdan kam tushadigan tarog‘i bilan sochni orqaga tarab turkmanistonlik ayollarning boshini aylantirishiga xo‘p degandim. Lekin...
Uch nafar farzandli, 5-6 oycha oldin eri olamdan o‘tgan beva ayol bor ishxonada, yoshi 40 lar atrofida. Ko‘p ustalar uning yonida girdikapalak bo‘lib qoldi yaqin oralar, yordam berishadimiyey, sovg‘alar qiladimiyey. Hali marhumning tuprog‘i sovumagan munday olib qarasang...
Beva ayol ham hech kimning ra’yini qaytarmaydi, hammaga yaxshi gapiradi, yordamini qabul qiladi va hokazo. Ishlamay desa ijara uyda, uch farzandning xarajati, o‘qishi, to‘y qilaman deb turibdi...
Ustamiz o‘z oilasi, turkman ayollardan ortib, beva turk ayolga ham befarq emas ekanda. Haligi girdikapalak boshqa ustalar bilan janjal ham qilishdi hatto, xullas krinj, g‘alati bo‘larkan juda...
Chalkash. Qora ishdagi turklarni yaqindan endi-endi tanib boshladim va tobora asabim qo‘zib, savol va shubhalarim ortib ketyapti...
Bu namozxon, har gapida Qur’ondan gapiradigan, bo‘sh bo‘ldim deguncha tasbehini chiqarib, zikr chekib o‘tiradigan ustamiz ahvoli. Endi tasavvur qilavering...
Birovning aybini ochish fikridan yiroqman. Zotan ism aytmadim umuman. Shunchaki musulmon davlat bo‘lsa ham ehtiyot bo‘lishni, mana shu jihatlarni hisobga olishni eslatmoqchiman. Hamma chiroyli gapiradigan yordamsevar turk ham yaxshi niyatda bo‘lavermaydi...
Bularni ko‘rdimu, oilamga yaxshi sharoit qilish, ayolimga mahrni kattaroq to‘lash, qo‘limdan kelgancha o‘qitish, farzandlarimni ham ilmli qilish qanchalar muhimligini tushundim. Toki Xudo ko‘rsatmasin, to‘satdan o‘lib-netib qolsam, qiynalishmasin, yonida shunday shoqollar o‘ralashmasin, zorlik ko‘rmasin, e’tibortalab bo‘lib qolishmasin...
@Ijoddardi
Anchadan beri ovqatlanish mavzusi uyda aktual...
Ayolim “to‘kilayotganini” sezdim to‘satdan. Birdan to‘rtta tishi og‘ridi, 1 oydan oshiq stomatologga qatnadik, ikkita tishini olishdi, ikkitasini plomba qildi...
Terisi rangsizlashganini sezdim. Sochi siyraklashdi, tinmay to‘kilardi. You tube'dan ma’lumot qidirdim, chatgpt' bilan gaplashardim bo‘sh qoldim deguncha.
Ikki bola, uy ishlari, darslar, kitob do‘konimiz, mijozlar, stresslar... hammasi yig‘ilib, organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ekan.
Kamiga farzandli bo‘lgach, ayollar o‘zini tiklash uchun vitaminlar iste’mol qilarkanmiyey, Sitora bo‘lsa hozir imkoniyatimiz yo‘q, qiynalib qolamiz deb aytmagan umuman, o‘zimdan bilib mendan ham sado chiqmagan...
Koreyada o‘qiydigan kursdoshimizga yozdik darrov, vaziyatni tushuntirdik, eng sifatli vitamin, kollagen, biotinlardan tavsiya qil dedik, o‘zimni aybdor his qilardim unga har qaraganimda...
Keyin yana sun’iy intellektdan o‘sha preparatlar Turkiyada topiladimi, Koreyadan yetib kelishi vaqt oladi, tezroq sotib olmoqchiman, deb so‘radim. U esa avval shifokor ko‘rigiga borishni tavsiya qildi, bolalarga va o‘z tanasiga zarari bo‘larkan...
Shifoxonadan “randevu” qidirdik, zo‘rg‘a uch kun keyinga navbat berishdi. Borsak, doktor u preparatlarni, har qanday vitamin va kuchli dozadagi dori vositalarini taqiqladi, o‘rniga tabiiy mahsulotlar, ko‘kat, baliq, dukkakli, oqsilga boy narsalarni yozib berdi.
To‘g‘ri marketga yo‘l oldik, naq ikki sumka tabiiy vitaminlar oldik: bodom, yong‘oq, mayiz, kaju, qovoq urug‘i, turshak, hurmo, baliq, ko‘katlar va hokazo...
Kollagen-biotinlarga ajratgan summam ortig‘i bilan sarflandi, lekin afsuslanmadim, chunki tabiiy, organizmiga salbiy ta’siri yo‘q vitaminlardan olgandik.
P.s. Sitora sog‘lom turmush tarzini boshlaganidan beri qandaydir tetikman, cho‘ntagimda har doim pista/bodom bo‘ladi, uyda ham ermak qilib yuribman. Maza! O‘zining yeyishga vaqti bo‘lyaptimi, o‘zgarish sezdimi sal bo‘lsayam, xabarim yo‘q to‘g‘risi😂
@Ijoddardi
