fa
Feedback
Abdulaziz Ahmad | Blog

Abdulaziz Ahmad | Blog

رفتن به کانال در Telegram

• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama

نمایش بیشتر
1 481
مشترکین
-124 ساعت
-47 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
Repost from Türk Kitap
🍿 Metro Kitap Fuarı'dan reportaj! Turkiyaga kelib, metrodan chiqaverishda shu do‘konni ko‘rganimdan beri o‘ylayman, nega o‘zimizdagi eng gavjum Alisher Navoiy bekatida ham shunaqa g‘oya qilinmagan ekan-a? Deyarli hamma nashriyotning kitoblari bor. Do‘konga borishga vaqti yo‘qlar shartta yo‘l-yo‘lakay olib ketaveradi istalgan kitobini. Bir emas ikkita do‘kon! Sovg‘alar deysizmi, konstovarmi, bolalar adabiyoti, turk va jahon adabiyoti durdonalari... kitobxon uchun kerak bo‘lgan deyarli hamma narsani topish mumkin! Tez ko‘rib yuboriladigan joyi, bu videoga like bosib, yaqinlaringizga ulashib, You Tube sahifamizga obuna bo‘lsangiz, Sabahattin Ali oilasi bilan 11 yil yashagan binoda tashkil etilgan kitob do‘konidan tayyorlagan reportajimni ham bo‘lishaman... 🔗 https://www.youtube.com/watch?v=eZcknXj-xEM @turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

Repost from Türk Kitap
Bu esa ana shunday banklarga tegishli nashriyotlarning kitob do‘konlaridan reportaj! Bu yerdagi ma’lumotlarni o‘qib chiqqach, desertga You Tube sahifamizga joylangan ilk videolarni ko‘rib, layk bosib, fikrlaringizni yozib keting. Rahmat!😊 ▶️ Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları (İş Kültür) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/nOetD0wRZiQ?si=G9gIqzDNLcDMJMx3 ▶️ Yapı Kredi Yayınları (YKY) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/NBmo4q6s_GA?si=TYZsm5HNj9j0AqiY @turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

Repost from Türk Kitap
Bu esa ana shunday banklarga tegishli nashriyotlarning kitob do‘konlaridan reportaj! Yuqoridagi ma’lumotlarni o‘qib chiqqach, desertga You Tube sahifamizga joylangan ilk videolarni ko‘rib, layk bosib, fikrlaringizni yozib keting. Rahmat!😊 ▶️ Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları (İş Kültür) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/nOetD0wRZiQ?si=G9gIqzDNLcDMJMx3 ▶️ Yapı Kredi Yayınları (YKY) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/NBmo4q6s_GA?si=TYZsm5HNj9j0AqiY @turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

Turkiyada oila masalasi ancha achinarli, balki menga shunday tuyuladimi, bilmadim... Ajrashganlar ko‘p. Uchinchi yo to‘rtinch
Turkiyada oila masalasi ancha achinarli, balki menga shunday tuyuladimi, bilmadim... Ajrashganlar ko‘p. Uchinchi yo to‘rtinchi marta oila qurgan tanishlarim ham yetarlicha. Uyda ayoli, bola-chaqasi bo‘lib, “maneta” deb jazmanlari bilan yuradiganlari qancha... Aksar yoshlari oila qurishni yoqlashmaydi. Nima kerak boshog‘riq, maza qilib yuribman deb mas’uliyatni zimmasiga olishmagan. Qirqqa kirib ham uylanmagan akalarni ko‘rdim... Yana bir toifasi, uylanaman, lekin farzand kerak emas, deyishadi. Qizlari esa, figuram buziladi deb bolani umuman yoqtirishmaydi. Ko‘chada bolamiz bilan yursak, kuchugini quchoqlavolib, burnini jiyirib qaragan qizlar bo‘lgan hatto... Chekish o‘ta normal, ota o‘g‘lidan sigara olib chekadi, ona qizi bilan bir tortim sigara ustida gurung qiladi. Oilaviy ovqatlanganidan so‘ng tashqariga chiqib sigaret chekishadi va hokazo... Kassir qizimiz bir haftadir yillik izinda, Botumiga sayohatga ketibdi. Yigiti bilan. Hali unashtirilmagan, faqat uydagilarining xabari bor ekan, bo‘ldi. Eshitib, miyam “portladi”... Ko‘cha-ko‘yda mushtday yigit-qizlarning har balo qilib yurganini ko‘rib men uyalib ketaman. Ochiq gap, bu yerda farzand katta qilishdan, ertaga o‘zimning bolalarim ham ulardan biri bo‘lib qolishidan qo‘rqaman... Tik Tok'ka mukkasidan ketgan, totalizator qimor o‘yinlari bilan pul topadigan, ishyoqmas, tanti, umrida birorta kitobni oxirigacha o‘qimagan yoshlardan nafratlanaman... To‘g‘ri, musulmon davlat, ilm-fan rivojlangan, besh mahal to‘rt tomondan azon ovozi yangraydi, kutubxonalar ko‘p, har qadamda kitob do‘konlari... lekin bu kamlik qilarkan yot g‘oyalarga qarshi kurashish uchun! Balki qariyotgandirman, hamma narsaga pozitiv ko‘z bilan qarashga intilaman hamisha, ammo, lekin, biroq... Xulosa o‘rnida demoqchimanki, hamayli, xulosa o‘zingizdan. Bu mavzuda “prikol” qilolmadim! @Ijoddardi

Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga. Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga... Topib aytilgan! Ko‘z tegmasin, xalqimiz ancha bag‘rikeng, futbolchilarimizni to‘g‘ri tushunib, oxirigacha yonida turishyapti... @Ijoddardi

"Zafarning egasi ko'p, mag'lubiyat esa yetim", deganlariday Turkiyalik futbolchilarni aeraportda hech kim kutib olmadi. Urugvaylik o'yinchilar ham musobaqa bilan xayrlashganiga davlatlari xususiy samolyotlarini bekor qilib, "o'zlaring bilet topib kelinglar", deyishibdi. @hamidovazamira

Repost from Türk Kitap
Qadrli kitobxonlar, sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi manzillarimizni bir yerga jamladik. Endi istalgan platformadan bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling! Quyidagi linklar orqali kanallarimizga ulanib oling va do’stlaringizni ham taklif qiling: 📱 Telegram https://t.me/Turkkitap_uz 📱 Instagram https://www.instagram.com 📱 Threads https://www.threads.com 📱 Facebook https://www.facebook.com @Turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

Repost from Türk Kitap
Turk tilini endi o‘rganayotganlar uchun hamyonbop kitoblar! 🔵 Muqovalari yumshoq 💰 Har biri 40 ming so‘mdan 📭 Yetkazib berish bepul! ✉️ Murojaat: @sitora_qarshiyeva @Turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

Arkadaşlaar, merhabalar! Bu dargoh siz uchun foydali va sevimli blog bo'lib qolishiga ishonaman! Bu yerda siz - turkcha-o'zbe
+1
Arkadaşlaar, merhabalar! Bu dargoh siz uchun foydali va sevimli blog bo'lib qolishiga ishonaman! Bu yerda siz - turkcha-o'zbekcha she'riy tarjimalar - til o'rganish haqida foydali postlar - turk tili orqali uyda o'tirib moliyaviy mustaqillikka erishgan ijodkor talaba hayotini kuzatib borasiz! - til jozibasini kashf qilasiz! Tilni sevaman, sizga ham sevdiraman! Kuzda B2, C1 sertifikat qo'limda bo'lsin desangiz - 29-iyun kuni boshlanadigan onlayn kursga qabul ochilgan. - farg'onalik bo'lsangiz, oflayn kurslarga vaucherlar ham mavjud. Turk tili olamiga marhamat📍 https://t.me/+y_yoeZev6Sc5MGRi https://t.me/+y_yoeZev6Sc5MGRi

Zaxiradagi o'yinchiman😂😂😂

O‘zbekiston o‘ynayotganidan beri ashaddiy futbol muxlisiga aylanganman... Kolumbiya va Portugaliya bilan o‘yinlarni turkcha s
O‘zbekiston o‘ynayotganidan beri ashaddiy futbol muxlisiga aylanganman... Kolumbiya va Portugaliya bilan o‘yinlarni turkcha sharh bilan ko‘rdim uyda. Keyin o‘zbekcha sharhlarini topib yuklab oldim, qayta ko‘rib yuribman hisobni bilsam ham. Buyam mayli, Portugaliya bilan bo‘lgan kechagi uchrashuvni “Sport” telekanalida ustoz Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlagan ekan. Uniyam topib, yuklab, takror ko‘rib tugatdim. Ishxonada o‘zimni futbolchidek his qilib yuribman. Go‘yo restoran - stadion, ofitsiantlar himoyachi va darvozabon, buyurtma - to‘p, tinmay oshxonaga oshirishmoqda. Men esa hujumdaman. Qabul qilib olib, baliqni tozalab, pishirib, xo‘randaga jo‘natishim kerak. Gol uraman xullas 😂 Siz nima ish qilasiz va kasbingizni futbolga qiyoslasak, qaysi pozitsiyada o‘ynardingiz? @Ijoddardi

Gollar, yengilganimiz, hatto Ronaldo ham o‘z yo‘liga! Kechadan beri shu aka xayolimdan ketmaydi, ishqilib o‘z ayoli bo‘lsin-da yonidagi😂 @Ijoddardi

O‘zbekistondagilarga maza! Soat 12 dan o‘tdi, bir uxlab tursa, hammasi joyiga tushadi. Bizda esa soat eeendi 10 bo‘ldi, kamiga Mahdi ustimda sakrab yotibdi, Safina ko‘tar deb yig‘layapti, ayasi osh bilan ovora, yutamiz deb o‘ylab palovxonto‘rani boshlavorgandi opa :) Maylida, bundanam yomoni bo‘lishi mumkin edi, cheksiz va ta’riflab bo‘lmas hissiyotlar uchun rahmat, yigitlar! @Ijoddardi

O‘tkir Yusupovni qaytaringlarrr, Sergeyev ertaroq tushsin...

“Za to”, kimmmsan Ronoldo hakamga bizning futbolchimiz ustidan shikoyat qildi, iltimos, golini qabul qilmaaa, qoida buzildiii, deb. Mazzzzza!😁

Negativlar haqida oxirgi post... Instagram va telegramda heyt yozgan, yutkazganimizni prikol qilib post qo‘ygan, kalaka qilganlarning profilini ko‘rib chiqdim erinmasdan, deyarli hammmasi uyida, TV orqali tomosha qilgan “arzon” odamlar... Yaxshiyam falon ming dollar sarflab viza/bilet olib bormagan ekan o‘yinga. “Sassiq ko‘rpa”dan chiqmasdan tomosha qilganiga shuncha ayyuhannos solishyapti, borsa bilmadim nimalar deyishardi... Ishlaydigan restoranimiz reytingi ancha baland. Ovqatlar qimmat. Asosan aristokratlar kelib ovqatlanishadi. Onda sonda kimdir ayb topmasa, hech kim g‘ing demasdi... Yaqinda boshliq chegirma e’lon qildi, narxlar ancha arzonladi va kunlik xo‘randalar oqimi 2-3 baravarga oshdi. Ishonsangiz, bugun pishirgan taomlarimizga har kuni o‘nlab shikoyatlar kelyapti... Yana bir misol. Turkiyaga endi kelgan vaqtimiz bir kargochi kitobni jo‘natolmaysan O‘zbekistonga, bojxona o‘tkazmaydi, yaxshisi, hamma qatori kiyim-kechak sotinglar, dedi. Biz esa eng arzon do‘konlarni, chegirmalarni topdik, kanalda postlar joyladik. Kargochiga ko‘rsatsak, agar boshog‘riq kerak bo‘lsa, bularni sotinglar. Arzon narsa oladiganlar odatda injiq bo‘ladi. Undan ko‘ra, O‘zbekistonda yo‘q brendlarning qimmat mahsulotlarini jo‘natinglar, har kuni savdo bo‘lmaydi, lekin qulog‘ing tinch yurasan, boylarning ortiqcha mashmashaga, sen bilan pachakilashib o‘tirishga vaqti bo‘lmaydi, degandi. Yana bir misol. “Germaniya hayoti” blogi egasi Behruz aka yaqinda konsultatsiya xizmatini yo‘lga qo‘ydi. 200 yo 250 ming so‘m narx belgiladi adashmasam. Vaholanki, u odamning tajribasi, beradigan ma’lumoti 50-100$ gayam arziydi! Ko‘pchilik qo‘llab-quvvatladi, ayrimlar esa muncha qimmat, u pulga sendan konsultatsiya olgandan ko‘ra oilamga 2 kilo go‘sht olib yediraman deb yozgandi... Postni uzaytirib, gapni ko‘paytirmoqchi emasman. Borgan sari o‘sha kargochimizning fikri haqligi isbotini topyapti. Ilohim, arzon odam bo‘lib qolishdan O‘zi asrasin, o‘zimni, oilamni, yaqinlarimni. Saxiy, ko‘ngli va qo‘li ochiq boy insonlardan qilsin barchamizni! @Ijoddardi

Kecha ishdan chiqib, uyga borgach, uyqu kelmaydi-da... Soat 3 gacha o‘tiribman, 5 da futbol boshlanadi. Uxlasam uyg‘onolmayman dedim. Takror ko‘rish jonlining zavqini bermaydida... O‘zi yoshligimdan futbolga qiziqmaganman. 90 minut oxirigacha ko‘rmaganman deyarli biror o‘yinni, ichim siqilib ketardi... Oilamizda ukam futbol jinnisi. Kichkinaligidan Drogba, David Luiz, Torres yozuvli formalari bo‘lardi. Eslolganlarim bular. Original butsasi, koptogi, gidra yana allambalolari bo‘lardi. Uxlamasdan futbol ko‘rib chiqardi. Nima zaril derdim... Bu safar esa... men ham intiq kutdim o‘yinni. Uxlab qolibman 3-4 larda. Uyg‘onsam, 7. Match oxirlagan, hisob 2:1. Qo‘shimcha daqiqalarda yana bitta gol urishdi, 3:1 :( Shartta orqaga qaytardimda, boshdan ko‘rib boshladim uchrashuvni. Ishga ketgunimcha tugatdim. Orada instagram va ayrim kanallarga kirsam, har xil negativ izohlarga ko‘zim tushdi. “Tashqaridan dushman kerakmas, o‘zimiz o‘zimizga yetib ortamiz” deb “istoriya” qo‘ydim... Natija ahamiyatsiz, baribir xursandman, FIFA reytingida 13-o‘rinda turadigan jamoa bilan salkam tengma-teng “tashashdik”. Bitta bo‘lsayam gol urdik. Jahon chempionatida o‘z jamoamiz o‘ynashi, gol ursak ko‘nglimizda qanday hislar bo‘lishini yashab ko‘rdik. Shu kunlarga yetkazganiga shukr! Bugun umrimda ilk marta 90 daqiqalik o‘yinni to‘liq tomosha qiloldim. Yana hayajon bilan, zerikmasdan! Bu ilk jahon chempionatimiz, tarix yozildi. Bir necha kundan so‘ng ko‘p yigitlar havas qilib kelgan futbol qiroli yurti bo‘lmish Portugaliyaga qarshi to‘p surishadi. Bundan ham ko‘p narsa kutmayman, o‘yinni ko‘rishni zavqi yetarli! Ishxonada turklar muhimi gol urdinglarku, biz ham 24 yil deganda chempionatga chiqib, hali bittayam gol urolmadik deb hazil qilishdi. Boshqacha his, yashasin sport, yashasin futbol, yigitlarga omad yor bo‘lsin! @Ijoddardi

Kecha “Claude” bilan shaxsiy rivojlanish haqida uzoq gaplashdik... Negadir “ChatGPT” va “Gemini”dan ko‘ra aniqroq, mantiqliroq javob berayotgandek bu AI. Tahlillariyam reallikka yaqin... Baliqchiligim, ayolim talaba, blogimiz, onlayn kitob do‘konimiz borligi, bir muddat uyda milliy ovqatlar pishirib sotganimiz va oshxona uchun ham kanal ochib, Anqaradagi o‘zbeklar diasporasiga kirib borganimiz, lekin hech biridan aytarli daromad qilolmaganimiz va rivojlantirolmaganimizni aytib tavsiya berishini so‘radim. Maqtadi. Bir-biridan umuman yiroq bo‘lgan har xil sohalarni sinab ko‘rib, mahsulotimizni sota olganimizni e’tirof etdi. Lekin daraxt bir joyda ko‘karadi deganlaridek, bir yo‘nalishni uzoq davom ettirmaganimiz uchun aniq natija bo‘lmaganini tanqid qildi. Kitob kanalimizda “Turkiyaga yo‘l” degan PDF kitob sotuvini yo‘lga qo‘yishni tavsiya qildi. Turkiyaga ishga, o‘qishga, sayohatga kelmoqchi bo‘lganlarga ma’lumot, yo‘l xaritasi, foydali maslahatlar jamlanmasi bo‘larkan. Yana blogda Turkiya hayoti, ish va o‘qish, xarajatlar, ijara haqlari haqida davomli podkastlar qilishni maslahat berdi. Shundoq ham bu mavzularda ko‘p gapirganman, gapiraman, lekin yanayam uch yillik tajribalarimizdan kelib chiqib, fikr va xulosalarimni ulashmoqchiman. Qaysi mavzular qiziqligini yozsangiz, ma’lumot beraman. Aytgancha, PDF kitobga ehtiyoj bormi, men ishonmayapman uni kimdir sotib olishiga? :) @Ijoddardi

Siz bolalarimizni yaxshi ko’rasiz, men esa sizlarni rasmga olishni!.. 🩷🩷🩷 @sitoraqarshiyeva
+1
Siz bolalarimizni yaxshi ko’rasiz, men esa sizlarni rasmga olishni!.. 🩷🩷🩷 @sitoraqarshiyeva

Bugunga yetadi, kelasi safar Kalamar bilan Karidesni ko‘rsataman😂 Hazil, albatta. Odatda ishxonadan kam video ulashaman. Birinchidan, mumkin emas, ikkinchidan, ko‘rsatgim kelmaydi bunaqa narsalarni sizlarga. Kanal kundalikku, kelajakka faqat yaxshi xotiralar, chiroyli postlar qolishini xohlayman. Yillar o‘tib qayta o‘qiganimda ko‘nglim ko‘tarilsin, kayfiyatim yaxshilansin... @Ijoddardi