Abdulaziz Ahmad | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama
إظهار المزيد1 389
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-57 أيام
-2330 أيام
أرشيف المشاركات
Bu asar haqidagi fikrlarimni yozib qo‘yishim kerak, yillar o‘tib yana qayta o‘qisam, xulosalarimni solishtirish uchun ham zarur...
“Martin Iden”ni talabalikda o‘qigandim, jahon adabiyoti fanidan ustoz Uzoq Jo‘raqulov imtihonidan o‘tish uchun. Shunchaki omadi kelib qolgan yozuvchining ayanchli taqdiri deb hisoblaganman. Tamom. Imtihon ham bo‘lmagandi o‘shanda, ustozning vaqti yo‘q edi adashmasam...
Hozir ishga kelib ketishda 2 soat bo‘sh vaqtim bor, avtobus va metroda yuraman. Quloqchinda audiokitobini tingladim, turkcha radiospektaklini eshitdim, inglizcha kinosini ko‘rdim.
Ko‘p tarafdan o‘zimni ko‘rdim qahramonda. Hayotim, boshimdan o‘tgan voqealar gavdalandi ko‘z oldimda. Martindan farqim, yonimda onggiga burjua jamiyati sarqitlari singdirilgan Ruth emas, meni qo‘llab-quvvatlaydigan Sitora va oilam bor edi...
Dunyo - beshafqat. Deyarli barcha munosabatlar manfaatlar ustiga qurilgan. Xohlaysizmi yo‘qmi, bu haqiqatni qabul qilishga mahkumsiz. Asar 1900-yillarda yozilgan bo‘lsa ham, mavzu haligacha dolzarbligicha qolmoqda. Bundan keyin ham ahamiyatini yo‘qotmasa kerak...
Kamina ham ayni Martin Iden singari jamiyatga yot yo‘lga kirgan edim, “ishyoqmas”, “dangasa” maxluqotga aylangan edim atrofimdagilar nazdida. Lekin...
Doim qog‘oz-qalam orasida yurgan jismimni birdaniga og‘ir mehnatga otishim boshida sog‘ligimga yomon ta’sir qilgandi. Ahvolim yomonlashdi. Ayolim esa ishdan bo‘shashimni, uyda milliy ovqatlar pishirib sotishni tavsiya qildi.
7-8 oy uydan ovqat sotdik. O‘zbekistonga turkcha kitoblar jo‘natardik. Restorandagi og‘ir mehnat endi uyga ko‘chgan edi. Er-xotin ikkimizda ham stress oshib ketgan, emaklay boshlagan Mahdiga e’tibor berishga vaqt yo‘q, Sitora darslariga ulgurmasdi vahokazo. Shekspirmidi, dunyo ko‘zyoshlaringga tupurgan, unga faqat natija kerak deganida haq edi.
Mana shunday moddiy qiyinchiliklar va ichki bosimlar kuchaygan payti yaqinlarim ozgina qo‘llab, yordam berish o‘rniga “haqiqiy erkak qiladigan ishni qilsangchi”, “hozir o‘zbekcha kitoblar do‘konda chang bosib yotibdi, nashriyotlar zo‘rg‘a kun ko‘ryapti, turkcha kitobingni kim oladi?”, “endi kanal ochib, she’r-maqola yozib yurgan emishsanmi, yig‘ishtir, bo‘ladigan ishni qilsangchi...” deyishardi...
Vaqt o‘tdi. Tuzaldim. Ishga qaytdim. Hammasi ortda qoldi. Yaxshilar qo‘llab-quvvatlashi bilan kitob do‘konimiz rivojlandi, baliqchilikni puxta o‘rgandim, tilni o‘zlashtirdim, oyligim oshdi, ayolimning o‘qishi ham tugay deb qoldi...
Alam qilgani, o‘sha payt past nazar bilan qarab, qo‘l uchida ko‘rsatganlar bugun maslahat so‘rab yozishadi, javob bermasam, kibr bo‘lib ketibsan deb arazlashadimiyey, vaqtida haqiqiy erkaklikni o‘rgatmoqchi bo‘lganlardan biri yaqinda ish so‘rab ham yozdi, yoningga chaqir, deydi...
Anglaganim, qanday yashasa to‘g‘ri bo‘lishi haqida aniq qoida yo‘q. Kimdir belgilab bergan muvaffaqiyat yo‘li sizga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Hatto to‘g‘ri deb bilgan haqiqatingiz yakunda puch bo‘lib chiqishiyam normaldir.
Muhimi, to‘xtab qolmaslik, odamlarga emas, o‘z o‘zingizga g‘oyalaringiz to‘g‘riligini isbotlash, bu yo‘lda ter to‘kib, tajriba orttirishingiz...
Men Martin Iden kabi mehnatimni soxta jamiyatga yoqish uchun emas, shaxsiy rivojlanish va oilamga yaxshiroq sharoit yaratish uchun sarf etyapman. Martin Iden yakunda tushkunlikka taslim bo‘lgan bo‘lsa, men ortda qolgan qiyinchiliklardan yanada kuchliroq bo‘lib, toblanib chiqdim, deb o‘ylayman. Yutug‘im shunda...
Haqiqiy muvaffaqiyat - birovlarning qarsagi emas, o‘z prinsplaringizga sodiq qolgan holda bosib o‘tgan yo‘lingiz, xulosa va tajribalaringizdir. Odamlar qarashi, maqtovi, tanqidi... bari o‘tkinchi. Oxirigacha kurashish kerak. Yengilsangiz, hammasi tugaydi...
@Ijoddardi
Lekin yurak ham bor bo‘lsin-da, ish hal bo‘lib qolsa, shu ishni ham qilib ko‘rardim borku😂
Tabiiyki, sizlarga bu haqda aytmasdim, or qilardimmi, uyalardimmi, bilmadim. Hal bo‘lmagani uchun yozyapman :)
Ish tanlamasligim, qiyinchilikdan qo‘rqmasligim yoqadi o‘zimga. Maqtanish emas bu. Sitorayam ayni o‘zim:
Qishloqda o‘sganmizku, mehnatdan qochmaymiz. Bolalarni uxlatib, g‘iz etib “podyezd”larni supurib kelaman bir hayalga, sizgayam yordam beraman, deb qo‘yadi boyaqish.
Endiiii kallani joyiga qo‘yib, sitening rasmiga qarab, vahima bosib ketyapti. Yaxshiyam qabul qilishmadi. Hal bo‘lib qolganda bormi😂
@Ijoddardi
+2
#bugunimiz
Yana nimalar qilib yuribmizey... :)
Mahallamizda yigirma qavatli “Site” bor - qo‘riqlanadigan yopiq turar-joy majmuasi, fitness, bolalar maydonchasi, turargoh... hammasi ichida. Boylar yashaydigan “Apartman” xullas.
Shu yerdan ijara uy chiqdi, hamsoya opamiz topibdi. 3 xona, teppa tekin. Bo‘sh, lekin gaplashilsa, qo‘shnilar ichini to‘ldirishga yordam berarkan. Yana eng kam oylik ish haqi (550$) miqdorida maosh ham to‘lashadi!
Kamiga, kommunal to‘lovlar yo‘q. Istaganingizcha gaz, elektr yoqing, suv ishlating, bir so‘m bermaysiz. Evaziga esa...
“Kapıcılık” qilasiz. Yagona sharti shu. Ya’ni, kunda ikki mahal yigirma qavatdagi insonlar eshigi oldiga chiqarib qo‘ygan chiqindilarini to‘kasiz, haftada bir, yog‘ingarchilik mavsumda ikki marta zinalarni yuvasiz, keyin shu atrofdagi mayda-chuyda ishlar.
Sitora opasi bilan ishni va uyni gaplashishga ketdi. Men ishdaman. Ichim qizib, ustalardan dam badam bu qanday ish, vazifasiga nimalar kiradi, qiyinmi osonmi... deb maslahat so‘rayman.
“Sen 20 qavatdan qo‘rqma, ishi oson bo‘ladi, g‘ildirakli aravachani olasan, liftda qavatma-qavat yurib, chiqindilarni to‘playsan, ertalab bir mahal, kechda yana bir. Kunduzi baliqxonada ishlayverasan. Haftalik dam olishingda esa, zinalarni yuvasan. Grafikni to‘g‘rilasang bo‘ladi bemalol..” “Fursatni qochirma, bunday yog‘li ishlar ko‘p turmaydi, hash-pash deguncha birortasi tanish-bilishini joylashtiradi” “Bizning turklar yordam berishni sevadi. Ayniqsa, ramazon oylari, hayit bayramlarida. Oyliging bor, yashashing tekin, choy-chaqa ham berishadi, bundan tashqari, qurbon so‘yishganida go‘sht, pul-mul deganday. Mutlaqo bepul yashaysan, maoshingni yig‘asan” “Ko‘p tanishlarim 3-4 yil “kapıcılık” qilib, pulini biriktirib, yangi uyga ko‘chib o‘tishgan, mashina olishgan. Yaxshilab o‘ylab ko‘r, boshingga baxt qushi qo‘nibdi...”Men puldan ko‘ra, uyda bo‘lish, Sitora ilmiy ishini yozib, diplomini qo‘lga olvolgunicha bolalarga qarashda yordam berish payida edim. Baliqda ishlash uchun yo‘l bilan hisoblaganda kunlik 14+ soat tashqaridaman, tozalikni nari-borsa, 2-3 soatda qilib tashlayman, deb o‘ylardim. Ham bu yoqdagi maoshimning 70-80 foizi ijara uyga ketadi, undan ko‘ra tekin yashab, maosh olish maza edi-da :) Bu yoqdan ayolim men ham yordam beraman, bir o‘zingizni qoldirmayman deydi, men o‘zim eplayman, sen darsingni qilasan, deyman. Qo‘yingchi, Sitora yigirma qavatli majmua mas’ul xodimining yoniga yetib borgunicha men bilan tortishdi va yarim soatcha telegramdan chiqib ketdi. Javob kutishni boshladim. Ustalar “prikol” qiladi: ramazonda ro‘za tutsang tutmasang, qo‘shnilar yonida “Hamd bo‘lsin, bugungi ro‘zamizni ham tutdik!”, “Alhamdulillah, ko‘rsatgan kuningga shukr” de, tozalik qilayotganingda esa, telefoningda suralar eshitib yur. Tilidan shukr tushmas ekan, shunday og‘ir ishda bo‘lsa ham ro‘za tutarkan, qo‘li ishda, ko‘ngli Allohda ekan deb yanayam ko‘proq yordam berishadi... Vanihoyat, Sitora gaplashib chiqdi. “Lag‘mon “otmen”, chuchvara qilamiz” dediku. “To‘g‘ri, kapıcı'ga ehtiyojimiz bor, mos nomzod topolmayapmiz anchadan beri. Lekin yabancı'larni qabul qilolmaymiz, bu ish faqat turklar uchun, xorijliklar qabul qilinmaydi” deganmish. Ha do‘stlar, chet ellik bo‘lganingiz uchun: • rasmiy ishga kirolmaysiz(qiyin); • qurilish va men ishlaydigan kafe-restoranlarda ham turklardan kam maosh olasiz • Ijara uy tutishingiz muammo, hammayam xorijlikka uyini beravermaydi • hatto, mana shunaqa qooop qora farroshlik ishlariga ham hadeganda yabancı'larni qabul qilishmaydi. Bora-bora yabancı so‘ziga allergiyam qo‘zib boshlayapti. Xayrlisi, Xudo meni va oilamni bir balolardan asradi, menimcha! @Ijoddardi
“Mutolaa” loyihasi bor bo‘lsin, rosa xayrli loyiha qilishgan!
Kayfiyatimga mos kitoblarni o‘qiyapman. “Martin Eden”ni tugatdim, keyin “Begona”ni, “Evrilish”ni necha marta o‘qiganimni aniq bilmayman...
Quloqchinda eshitib ishlayapman, premium bo‘lmasa ham eshitsa bo‘ladi bu kitoblarni. Hali obuna sotib olib, boshqa kitoblarga ham o‘tish niyatim bor.
Siz qaysi kitobni o‘qiyapsiz?
@Ijoddardi
+3
Yomg‘irli Anqara, dam olishdagi men, halittan dadasining hidini biladigan Safina va kechikkan post...
Iznli kunim haqida endi yozyapman, qo‘lim tegmadi shu paytgacha. Maza kun bo‘lgandi...
Er-xotin yomg‘ir ostida sayr qilmaganimizga ham ancha bo‘libdi, shalobbo bo‘lib aylandik, bolalar yomg‘irlik ostida kolyaskada yurishdi.
Uyg‘ur oshxonasiga bordik, ancha sog‘ingan ekanmiz lag‘monini. Keyin kitoblarni O‘zbekistonga jo‘natish uchun yo‘lovchiga eltib berdik, Safinaning Turkiyada yashash ruxsatnomasi chiqmayapti, GÖÇ idorasiga borishgayam ulgurdik...
Kitob do‘konimiz uchun video oldik orada. Mahdini parkda o‘ynatdik, juda barakali kun bo‘ldi.
Hayotimiz shunaqa. Hafta davomida ishlar va muammolarni yig‘ib-yig‘ib, bir kunlik dam olishimga rejalashtiramiz. Qancha ko‘p ishga ulgursam, kayfiyatim shuncha yaxshi bo‘ladi...
P.s. Nimadirlar dedim lekin bu post yangi kiyimlarimni maqtash uchun edi. Sitora tanlab berdi kombinatsiyani😎
@Ijoddardi
#motivatsiya
O‘zingiz uchun yashang!
Ayolingiz bolasiga o‘zi qarasin...
@Ijoddardi
Agar sizni kitoblar, she'riyat va turli mavzularda fikrlashish qiziqtirsa, ushbu kanalga qo'shilib olishni tavsiya qilaman:
https://t.me/+fmvh7kuhq-g1ZTEy
+1
Bugun uyda shunday “gyo‘zallik” 🥳
Organik anorlik lokum. Kecha bergan motivatsiyalaringiz bilan Sitora tayyorlabdi, endi ish tezroq tugashini kutib o‘tiribman...
Eski uyimizda milliy ovqatlar pishirib sotardik. Yonida kompot va salatlari bepul qo‘shib berilardi. O‘zbek, qozoq, qirg‘izlar sevib yeyishardi...
Ayolim doim “Xudo bor qobiliyatni qo‘limga bergan. Siz reklama qilasiz” deb ko‘p aytardi. Ovqatlarga kelgan “otziv”lardan bunga ko‘p marta iqror bo‘lganman.
Restoranda ham bunday ta’m yo‘q, xuddi uyda ovqatlanganday maza qilib yemaklaringizni, deyishardi vatandoshlar.Xullas, anorli lokumni uyda tayyorlab ko‘ring. Ham foydali, ham tabiiy, vitaminlarga boy shirinlik. Yonida issiq choy bilan yomg‘irli kuz havosida zo‘r ketadi-da! @Ijoddardi
Ha do‘stlar, ayolga kerakli joyda motivatsiya bera olish ham san’at men sizga aytsam!
Tez orada ayolni buyuk ishlarga ruhlantirish kursimga qabul ochaman😂
@Ijoddardi
Tonggi soat 5 lar edi, to‘satdan uyg‘onib ketdim, qarasam, ayolim boshimda termulib turibdi...
Tinchlikmi, dedim xavotirlanib. Bolalar boya uxlashdi, rejimi almashib qoldimi bilmayman, endi dars qilaman, ozgina sizga qarab o‘tiray dedim...
Charchaganman. Ko‘zimni ocholmadim. Uxlashda davom etdim. Sitora esa gapirishni boshladi:
“Rahmat sizga, hammasi uchun! Kecha ertalab uyg‘ondik, yomg‘ir sharros quyayotgandi, bolalar bilan nonushta qildik, ovqat ham yemasdan vaqtli ishga ketgan ekansiz, xayolim sizda edi.
Issiqqina uyda o‘tiribman, xotirjam darsimni qilaman, muzlatkichda hamma narsa bor, ishlash haqida o‘ylamayman, ta’minlab qo‘ygansiz ortig‘i bilan, boringizga shukr...”
Javob bermadim, gapirishga holim yo‘q edi chunki. Sitora sekin narigi xonaga chiqib ketganini sezdim faqat, tonggacha dars tayyorlagan keyin.
Ertalab uyg‘ondimu, uydagilarni uyg‘otmasdan ishga ketdim. Endi qulog‘im tagida ayolimning gaplari aks-sado berib, g‘oyibdan kuch kelib, boshqacha motivatsiya bilan ishlab yotibman.
Umr yo‘ldoshing mehnatingni, harakatingni his qilishi, ko‘ra olishi va senga bular uchun rahmat ayta olishi boshqacha ekan. Ta’riflab berolmayman buni...
Alhamdulillah!
@Ijoddardi
Turkcha kitob desa xayoliga yengil-yelpi “sariq adabiyot” keladiganlar bo‘lsa, do‘konimizga bir kirib ko‘ring-da...
O‘zim filologiyada o‘qib, umrimda biror marta kitobi u yoqda tursin nominiyam eshitmagan mualliflarimni shu yerda tanidim. Mirzo Ulug‘bekning “Yulduzlar jadvali” asarini ilk marta turk tilida real qo‘limga ushlab ko‘rdim.
Amir Temur, Farobiy, Beruniy kitoblari, ularning asarlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘zni qamashtiradi. Kechadan beri ibn Sinoning kitoblarini e’lon qilyapman kanalda, ko‘pligidan haliyam tugamadi...
Kitob olmasangiz ham, kanalga obuna bo‘lmasangiz ham, shunchaki kitoblarga bir ko‘z yugurtirib keling-da. Zora turk adabiyoti haqidagi fikringiz o‘zgarsa😁
Do‘konimizga havola: @Turkkitap_uz
+3
Juda zich kunlarni yashayapmiz...
Menda baliq sezoni, Sitorada dissertatsiya, Mahdi va Safina... hayot shunaqa tezlashib ketganki, uyda er-xotin bamaylixotir o‘tirib suhbatlashishga vaqt yo‘q, doim telegramda yozishamiz asosiy masalalarni...
Kitob do‘konga ham o‘zim qarayapman, post qo‘yaman, qo‘limdan kelgancha mijozlarga javob beraman, buyurtmalar...
Ancha oldin Sitoraga ko‘p kuzgi kiyimlar olgandik, o‘tgan hafta qo‘yarda-qo‘ymay menga ham ust-bosh oldirtirdi. Lekin kiyishga qo‘l tegmaydi, yangi kiyimlar shkafda taxlanib turibdi...
Ko‘p hollarda ovqat pishirolmaydi ayolim, buyurtma beramiz, ishxonadan bir narsalar olib boraman yeyishga. Xuddi Anqaraga birinchi yil kelganimizdagiday qiyin o‘tyapti oxirgi yilimiz, nasib, diplomini qo‘lga olvolsa, yelkamizdan tog‘ ag‘dariladi hali...
Bolalar katta bo‘lib qolishdi, umr o‘tyapti, har qanday tig‘iz damlarda ham bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashga, tushunishga harakat qilib yashayapmiz. Alhamdulillah!
@Ijoddardi
Sitora opa maqtovga muhtoj emas, butun Xalq biladi Sitora opaga uylanib butun umrlik eng katta omadingizni ishlatib yuborganingizni😂🤭
Tuxumbarak yegim keldi, deb post qo‘yasan ishda o‘tirib. Uyga borsang, ayoling pishirib o‘tirgan bo‘ladi...
Mahdining qo‘liga bir siqim xamir tutqazib, Safinani o‘qlov bilan chalg‘itib, darslaridan ortib tayyorlabdi kamina uchun.
Sitoraga motivatsiya berish uchun bir maqtab qo‘yingizlar, men uncha gapga usta emasman :)
@Ijoddardi
Yomg‘ir aka 52 yoshga kirdi bugun, turkmanistonlik...
Ishga kechroq keldi, kecha uyda bayram qilishibdi, kayfi uncha tarqamagan, maza qilib gaplashyapmiz, mastlik - rostlik deganlariday, ichini to‘kib solyapti ertalabdan beri...
“Kelganimga bir yildan oshdi, Aziz”, deydi boshini changallab. Idish yuvishdan boshladim ishni, keyin baliq tozalashga o‘tdim, keyin salatchiga yordamchi, hozir bo‘lsa oshxonadaman. Qaysi bo‘limda ishchi yetishmasa, meni tashlashadi, ish tanlamayman, lekin butun ishxonadagi eng kam oylik meniki, boshliqqa shikoyat qilishga dux yo‘q, hujjatim yo‘qligi uchun boshqa ishgayam o‘tib ketolmayman... O‘zi nega keldim, haligacha tushunmayman. Qarzim yo‘q, 200 metr kvadrat yerim bor, uyim 5 xona, yevroremont, ariston bor, issiq-sovuq suv jo‘mrakdan oqadi, tomorqam ham katta, shaxsiy vulkanizatsiya ustaxonam bor, “arenda” emas, mol-hol, qo‘y-qo‘zi... Katta o‘g‘lim fermerda ishlaydi, qo‘shimcha yer olamiz undan, ekin-tikin qilib sotamiz, bug‘doy-mug‘doy ham bepul keladi uyga. Kichkina o‘g‘lim harbiy xizmatda. Uydagi hamma ish kampirim va o‘g‘limning zimmasida qolgan, men bu yerda yuribman...Achinaman, to‘g‘risi. Aka odamlarning gap-so‘ziga uchib, Turkiyada pulni yerdan supurib olaman, deb kelganlardan biri. Kamiga, orada bir hujjatsiz polisga tushib qolib, advokat tutib, hujjat qilib beraman degan firmaga ishonib, 2500$ xarajat qildi, “dokument” chiqmadi, pulga kuydi. Endi oylardir qarz to‘layapti... Uyingga ketsang bo‘lmaydimi bunday qiynalib yurguncha desam, kelganimga bir yildan oshdi, uyga bitta g‘isht qo‘yolganim yo‘q, odamlar nima deydi, bo‘ynimda qarz bilan qanday qaytaman qishloqqa, deb siqiladi. Xulosa o‘rnida demoqchimanki... hamayli, xulosa o‘zingizdan! @Ijoddardi
Bugun o‘zidan o‘zi tuxumbarak yegim kelib qolsa deng...
Turkiyaga ilk kelganimizda hujjatimdagi kamchiliklar sabab uyga bir haftaga borib kelgandim. Chiqish-kirish qilmasam bo‘lmasdi, qarz-havola bilan biletga zo‘rg‘a pul topganman. Ayolim bu yoqda qolgandi...
Qish edi, uydayam pul tortilgan paytlar, kayfiyat yo‘q, yoqimsiz sovuq, dadam bozorda kartoshka-piyoz sotardi...
O‘zbekistondagi so‘nggi kunlarimda dadam baliq yeysanmi deb qoldi, yo‘q dedim tortinib, uydagi vaziyatni ham ko‘rib turgandim. Ketdik, dedida ayam va kichkina singlimni olib baliqxonaga olib bordi.
Ovqatlanib bo‘lgach, hisob kelmadi. Dadam to‘lagandir-da dedim xotirjam. Ortga qaytarkan, tuxumbarakka kiramiz dedi. Yemayman dedim, unda “soboy” qivolamiz, Turkiyangga olib ketasan, dedi.
Yo‘l-yo‘lakay bir lagan tuxumbarak oldik, yana pul to‘lanmadi, xayr-xo‘shlashib chiqib ketdik. Men hayron. Puldan gap ochishga, nega deb savol berishga tortindim, betim chidamagandi rosti...
Kechasi tuxumbarak yeb, ertalab tong sahar Toshkentga chiqib ketganman. Ayam qolgan tuxumbarakni sumkamga solib bergandi kelinimga olib bor deb, uniyam yo‘lda o‘zim yeb qo‘yganman samolyotda ovqatga muammo qilishadi, deb...
Xullas... keyin bilsam, o‘sha borganimiz baliqxonayu tuxumbarakchi dadamning “tochka”lari ekan. Ularga kartoshka-piyoz tarqatarkan. Yegan-ichganimiz hammasi o‘shaning puliga hisoblangan, qarzga o‘tirganmiz xullas, dadam keyin kartoshka-piyoz bilan uzgan bo‘lsa kerak hammasini...
Imkonsiz vaziyatda ham ilojini topib, yo‘qdan bor qilish faqat ota-onalarimizga xos xususiyat menimcha. Ular har doim, har qanday sharoitda bizga borini berishadi. Ularning tabiati shunaqa! Men qachon shu darajaga yetarkanman, noma’lum...
Bugun kun bo‘yi o‘sha dadam qarzga olib bergan, Sitoraning haqini ham o‘zim yeb qo‘ygan tuxumbarakning ta’mi bezovta qilib yurdi. Ovqatni sog‘indimmi, uydagilarnimi, hech tushuna olmadim...
@Ijoddardi
Bir ekstra ishchi bor edi, kunduzi Anqara shahar hokimiyatida ishlab, kechda yordamga kelardi. Biz 12 soat ishlab oladigan pulimizni soat 18:00 dan 23:00 gacha ishlab topardi...
Yaqinda oylikka qancha qo‘shilganidan gap chiqdi, suhbat orasida maoshimni aytib qo‘yibman. Men sigara ichib kelaman dedi-da yarim soatcha yo‘qoldi odam.
Keyin boshliq meni xonasiga chaqirdi, yo‘lda haligi ekstrachi bilan qarshilashdik. Haqqingni halol et, uka, menga nega muncha zam berdingda, Azizning oyligiga shuncha qo‘shibsan deb rahbarga shikoyat qildim, dediku.
Men ancha gap eshitdim. U odam esa ishdan haydaldi. O‘rniga boshqa ekstrachilar kelishgan. Shu voqeadan keyin birov birovning maoshi bilan qiziqmaydi...
Xulosa: maoshingizni hech kimga aytmang. Ertaga boshingizga balo bo‘lishi mumkin :)
@Ijoddardi
Ertalab yangi baliqchi kelgandi, yoshroq turk yigit...
Ish ko‘p, hafta oxiri. Tuzukroq gaplashishga, tanishishga vaqt bo‘lmadi. Kechga tomon rostakamiga bezor bo‘ldi bechora, yugur-yugurdan charchadi...
Bosh ustamiz hadeb ish buyurib, yangi ishchiligi uchun uni qiynayvergani joniga tegdi va bizning yonimizda: “Namuncha ko‘p gapirmasa bu qariya, kim o‘zi bu, kim obkelgan, qayerdan kelib qolgan bu yerga?!” dediku.
Yonimda ustaboshining o‘g‘li Furkan bor edi, birdan tutoqib ketdi. “Sen nima deyapsan, otam bo‘ladi” deb yoqalashib ketdi ikkovi. Men ularni ajratish bilan ovvora.
Bir zumda boshliq xabar topdi, yetib keldi va yigitning haqini bermasdan ishdan haydadi.
Xulosa: Yangi ishga borganingizda maksimal tilingizni tiying, kamida shunday holga tushmaslik uchun!
@Ijoddardi
Repost from Shaxnoza Salimova
11-oktabr ham bir zumda yetib kelibdi. Ochigʻi payqamay ham qoldim.
Ertaga kechki payt 20:00 da yappa yangi guruhda 0 dan dars boshlaymiz, qatnashmoqchi boʻlsangiz tezroq menga yozing.
@Shaxnoza_filolog profilidaman, qizlar.
Kanalimga va kursimga qizlarni taklif qilinglar, savob ish qilish kerak...😁
https://t.me/Shaxnoz_filolog
