Abdulaziz Ahmad | Blog
Ir al canal en Telegram
• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama
Mostrar más1 418
Suscriptores
+224 horas
+17 días
-430 días
Archivo de publicaciones
Ozib-yozib bir reklama kelib qoldi, uslubimiz yaqin, ancha manfaatli postlari bor ekan. A’zo bo‘lsangiz, xursand qilasiz. Rahmat!
Oddiylikning murakkab ko‘rinishlari haqidagi o‘y va tasavvurlar jamlangan xona — @yozuvxona
Rasmdagi ikki qorako‘z Anqarada yashayotganiga 25-sentabr kuni to‘liq uch yil bo‘libdi. Aniqrog‘i avval men, Sitora o‘n kundan keyin orqamdan kelgandi...
“Abdulaziz xotinining orqasidan ketibdi”, degan gap-so‘zga qolmaslik uchun emas, albatta. Men avval kelib, joylashib, ish va kvartira topishim kerak edi :)
Xullas, mana shu uch yillik munosabati bilan xulosalarimni yozib, bir aqllilik qilsam:
• Bu davrda ishlash koeffitsientim karrasiga oshdi. Kunda 12 soat ish, bir soat ishga kelish, bir soat uyga qaytish, kunlik 14 soatimni ishga bag‘ishlashni o‘rgandim. Agar shu holatimda eski 8 soatlik rasmiy ishimga qaytsam, har qachongidan ko‘proq qadriga yetsam kerak :)
• Vaqtida oylik olishga moslashdim. Har oyning 5-sanasi maosh kuni, 15-si avans, umuman kechikmaydi. Agar shu vaziyatimda eski ishimga qaytsam, avvalgidek 1-2 oylab maosh kechikishlariga ortiq sabr qilolmasam kerak...
• Farzand tarbiyasi bo‘yicha to‘liq shu yerda tushunchalarim shakllandi. Agar o‘zimizda bo‘lsam, jamiyat va mentalitet ta’sirida bunchalik mehribon ota bo‘lolmasdim, deb o‘ylayman. Yanayam bilmadim...
• Jamoat transporti qulayligiga, ijara uyda yashashning rohatiga moslashdim. Avvalgidek kreditga bo‘lsayam mashina, uy olish fikrlarim yo‘qolib ketgan. Qachon Xudo berib, imkoniyatim yetsa olaman bularni, qarzga umuman yaqinlashmayman...
• Ish tanlamaslikni o‘rgatdi Turkiya. Avval restoranda ofitsiantlik qilish fikri bo‘lgan bir-ikki marta, lekin kursdoshlar kelib qolsachi, hamkasblar ko‘rib qolsa nima degan odam bo‘laman degan g‘urur ustunlik qilardi. Hozir ummmuman farqi yo‘q, hamma ishni qilib ketaveraman. Mehnatning aybi yo‘q...
• Audiokitob o‘qishga mukkamdan ketganman. O‘zbek va turk tillaridagi ovozli asarlar, radiospektakllar jonu dilim, “Martin Iden” eng sevganim. O‘zbekistonda 8 soat ishlab mutolaaga vaqt topolmasdim masalan, chorasini qilsa, buyam bo‘larkan...
• Moliyaviy savodxonligim oshdi, pulni hisob-kitob qilish, sarflash, saqlash bo‘yicha tajribalar to‘pladim, oylik 15 million daromadi bo‘la turib, banklardan mikroqarzga botgan Abdulazizdan kam pul topsayam qarz bo‘lmaslik, pulini tejab sarflash darajasiga olib keldi musofirlik.
• Til o‘rganish ko‘nikmalarimni kashf qildim. Nega turk tilini ertaroq o‘rganib, shu o‘lgur sertifikatni olib qo‘ymagan ekanman deb afsuslandim. Qiyin, o‘rganishim imkonsiz, mening miyam yangi tilni qabul qilmaydi degan qarash bo‘lardi, yo‘q, boshimga tushsa bulbuldek sayrarkanman...
• Xo‘jako‘rsinga poyga o‘ynab, baxtli ko‘rinishdan ko‘ra, chinakamiga baxtli bo‘lib yashashni o‘rgandim. Odamlarning fikri umuman ahamiyatsiz. Nima deb o‘ylashlari zarracha qiziqtirmaydi.
• Foydali bo‘lishni o‘rgandik. Uyda milliy ovqat pishirib sotganimizu, O‘zbekistonga turkcha kitoblar jo‘natayotganimiz... kimgadir nafing tegsa bo‘ladigan hissiyotni bir tatib, voz kecholmay qolganmiz. Ayni damda bu yerda turib ko‘pchilikka foydamiz tegayotgandek nazarimda...
P.s. Xayolimga kelganlari, aytishni xohlaganlarim bular. Yana qancha sanalmagan jihatlar bor. Nima bo‘lganda ham, oxiridan suyuntirsin, yuzimiz va yo‘limizni O‘zi yorug‘ qilsin. O‘rgangan ilm, tajriba hamda xulosalar zoye ketmasin ilohim. Uch yilligimiz bilan! :)
@Ijoddardi
Nonushta. Televizorda “soyuzfilm” ishlagan oltin baliqcha multfilmi. Magistr ayol va baliqchi er suhbati:
- Noshukur xotin, hech orzulari bitmaydi bu ayol zotining. Qancha bo‘lsa kam...
- Kampir ideal obraz! Imkoniyatdan foydalanyapti, yaxshiroq hayotga intilyapti, yerto‘lada teshik tog‘orasi bilan qachongacha yashaydi...
- Yonidagi choliniyam o‘ylashi kerakda. Bechoraning ahvolini qara. O‘zi yaxshi odamlarga yashash qiyin shunaqa!
- Qarigunicha sharoit qilish kerak edi unda. SSSR propagandasi bu. Kambag‘allik yaxshi, boylikka intilish yomon, oddiy bo‘lib, teshik tog‘orada yuraveringlar degan “mesaj” berilyapti tomoshabinga...
Multfilm davom etadi. Baliqchi chol dengizga borib, “ey oltin baliqcha, endi kampirim qirolicha bo‘lishni xohlayapti, uyimizniyam qasr qilib berarkansan...” desa, ayolim:
- O‘zingga sog‘lik, kuch-quvvat so‘ra. Yoki xotining uchun nima so‘rasang, o‘zinggayam bir narsalar ol-da, kampirdan orqada qolib ketma. Ja norozi bo‘lsang, hayotimdan kampirim yo‘qolib qolsin de, maza qilib yasha keyin!
- Yaxshi ko‘rarkanda, mayli o‘zim oddiy baliqchi bo‘lib, kambag‘al holimda qolib ketsam ham kampirimning orzulari amalga oshsin deyapti...
- Yaxshi ko‘rgan odam dardini dengizga doston qilib, baliqqa xotinini yomonlab o‘tirmaydi. Baliq tila tilagingni deb turgan bo‘lsa, ochiqcha so‘rashga or qilib, avval kampirini yomonlab, keyin dardini aytyapti, toje mne!
- Ovqatingni yeda, ko‘p gapirma!😂
@Ijoddardi
Uylangandan keyin hayotim go‘zal bo‘lishi kerak, yomon yashashni o‘zim ham eplay olaman, deb yurardim bo‘ydoqligimda...
Talabaligim Toshkentning klapa va tarakan bosgan ijara uylarida kechgan. Hatto bir marta dadam qishloqdan mehmonga kelib, nima bu ahvol, bomjlarga o‘xshab yasharkansan, degani esimda :)
Xullas, mana shu travmalar sababmi, oila qurganimdan keyin Toshkentning markazida, yaxshi sharoitdagi uyda yashashga maksimal harakat qilganman.
Bundan uch yil oldin ijaraga 450$ to‘lardik poytaxtda. Oxirgi payt hatto oyligim kechikishni boshlab, ijarani to‘lolmasdan, ukamdan yordam olib uzganman to‘lovlarni...
To‘ydan 3-4 oy o‘tib, Anqaraga keldik. Ijara uy qidirishlar, kalamush bosgan eski binolar, mehmonxonalarda yashadik. Eski uyimiz devorlari qanday pang bo‘lishini, pashshadan turib bo‘lmasligini eski kuzatuvchilar yaxshi eslasa kerak...
Biz Anqarada rostakamiga ulg‘aydik, bir-birimizni yaqindan tanidik. Sabr qilishni o‘rgandik. Bir xonali uyda milliy ovqatlar pishirib sotganimizu, qahraton qishda Mahdining qo‘l-u burni qizarib o‘qishga qatnaganimiz esimda...
Yaxshi-yomon kunlardan o‘tib, shu yergacha yetib keldik. Bugun orzularimizda yashayapmiz. Ichsak choyimiz, yursak yo‘limiz bor, baxtlimiz.
Ko‘rgan har bir kunimizga, yashagan har bir yaxshi-yomon onimizga shukr, xulosa va tajribalarimiz bir dunyo, hech biri behuda ketmadi, bundan ham go‘zal bo‘lishiga ishonaman. Alhamdulillah!
@Ijoddardi
Repost from Zamira O'zturk kutubxonasi 📕📗📘📙
Xayriya e'loni
Azizlar, bir obunachimizning otalari operatsiya qilinishlari kerak ekan.
Xayr-ehson qilmoqchi bo‘lganlar uchun obunachimizning hisob raqamlarini qoldiraman.
Alloh barcha bemorlarga komil shifo bersin. 🤲
8600 1204 8693 3149
RUZIMATOV ABDUMUTALIB
@hamidovazamira
Sun’iy intellekt baribir jonli ijroga teng kelmaydi a, eski kunlar esimga tushdi...
Videodagi Yusuf Eltoyev akamiz, ayni hozirgiday kuz payti bir shig‘ir yozgandim, aka gitarada bastalagandi. Hozir mashhur qo‘shiqchi bo‘lib ketgan :)
Adashmasam, hali o‘qishim tugamagandi o‘shanda, “Factor books”da SMMchi edim, Shavkat aka ham hozirgiday katta odam bo‘lib ketmagan, kamina ham ertasidan bexabar poytaxtda, osmonlarda uchib yurardim...
Yillar barchamizni har yerga uloqtirdi. Faqat onda-sonda eslanadigan xotira qoldi u kunlardan. Shuning ham boriga shukr...
* * * Yuuuuuraman. Xazonlar aro Pista kabi chaqib vaqtimni. O‘rlab turar Tinmay bo‘g‘zimdan Tutunlari dardimning… Suuuuuuraman. Ming xil xayollar, O‘ylarim ham g‘alat, betartib. Uzun yengim Qo‘yadi gohi Yuragimning yoshini artib. Tuuuuuuraman. Kichik bekatda Dunyodayin yuragim bilan. SHE’R yozaman Qahratonda ham Sarlavhasin qo’yib “Baxt”, “Ko‘klam”...@Ijoddardi
“Mehnat” degan shig‘irimdan qadrdon akalar sun’iy intellektda qo‘shiq qilishibdi...
Anchadan beri gaplashmagan, ko‘rishmagan jigarlar bilan bahonada yozishganimiz quvontirsa, bir tomondan xuddi she’rim gazetada bosilganiday xursand bo‘ldim.
Sezon, baliq ko‘p, o‘zim yozgan so‘zlardan bo‘lgan qo‘shiq jo‘rligida ishlayapman, maza, sizga ham ulashyapman...
@Ijoddardi
Ishxonada ekstra garson(ofitsiant)lar bor, kechki 6 larda kelib, 11 gacha ishlashadi...
Kunduzi rasmiy ishlari bor, ichki va tashqi ishlar vazirligi, kadastr qo‘mitasi va hokazo joylarda faoliyat yuritishadi.
Oylik daromadlari to‘plam 150 ming (36 million so‘m) atrofida ekan. Gaplashib hayron qoldim, yetmaydi, qarzlar ko‘p, majburman, deyishadi...
Ular o‘qigan qancha yil, me’mur bo‘lish, bunday ishga kirish uchun necha imtihonlardan o‘tishgan, kichkina bo‘lsa ham bitta kursining egasi. Lekin...
Ustaboshimiz esa hech qayerda o‘qimagan, 35-40 yildan beri ovqat pishiradi. Daromadi ham ularchalik emas, qo‘shimcha ishiyam yo‘q...
Lekin qarzni yomon ko‘radi, hech kim bilan oldi-berdisi yo‘q. Yoshi 60 dan oshgan, goho farzandlarimga pul tashlab ber deb telefonini beradi, doim oshiqcha 100 ming (24 million so‘m) liradan ko‘p pul bo‘ladi hisobida...
Yaqinda o‘g‘li oddiyroq mashina olayotgan ekan, ustayam pul qo‘shibdida, Honda Civic' rusumli inomarka olishdi. Bugun esa “hoşuma gitti” deb oltin tasbeh ko‘tarib kelibdi, naq 75 ming (18 million so‘m) liraga olganmish.
Qiziq paradoks, me’mur garsonlarga havas qilay desang, umri ishxonada o‘tib, qancha topsayam qarzda yuribdi. Usta esa qarzi yo‘q, puli bor, lekin yoshi 60 dan o‘tib, oshxonada qora mehnat qilyapti...
Xullas, qanday yashash kerakligi bo‘yicha aniq qonun-qoida yo‘q. Oxirgi manzil bitta, hamma har xil yo‘llar bilan boradi. Xususiy ish, davlat ishi, maosh... shunchaki vosita. To‘g‘ri yo‘ldan, halol luqmasidan adashtirmasin!
@Ijoddardi
“Kürk Mantolu Madonna”, “Sırça Köşk”, “İçimizdeki Şeytan” va boshqa asarlari, she’rlarini o‘qigandimu, lekin yozuvchi bunchalik alg‘ov-dalg‘ov yashaganini xayolimgayam keltirmagan ekanman...
Bu voqeani o‘rganganimdan keyin uning kitoblarini, she’rlarini yana qayta o‘qishni boshladim, to‘g‘risi, endi boshqacha ta’sir qilyapti!
Videoning tiniq variantini ham ulashyapman. Instagram ishlatadiganlar uchun havola pastda, o‘tib qo‘llab-quvvatlasangiz xursand bo‘laman!
• https://www.instagram.com/reel/DdnDwbtqssU/?stkn=OXMxMmJqazhvOG1t
Like comment repost... ayamasdan bosib tashlayvering, video uzunligi uchun ko‘pchilikka yetib borishida yordamingiz kerak. Rahmat!@Ijoddardi
Video tayyor boʻldi, instagramga chiqarib qoʻydim, endi uxlasam
boʻladi…
Soat 4 dan oʻtdi, ertalab 9 da ishga ketishim kerak, lekin charchamadim, maaazza, yengil nafas olyapman borku, anchadan beri oʻylab yurgan videomni bitirdim-da!
Aslida, bir nechta manzillarga borib, videoga olib, storytelling formatida gapirib, keyin montaj qilmoqchi edim. Lekin unga vaqt kerak, hali-beri e’lon qilmasdim videoni.
Tinchgina “ozvuchka” qilib qoʻya qoldim, jiddiy va sirli mavzu, shaxsan oʻzim Sabahattin Alining bunday fojiali hayoti bor deb umuman oʻylamagandim…
Video instagramda “probniy”da turibdi, qiziq boʻlsa, sizlarga ham ulashaman! 😁
@Ijoddardi
Bugun bo‘sh qoldim deguncha instagramga reels olish uchun tayyorlandim, ma’lumotlar to‘pladim, bilganimni yanayam aniqlashtirdim...
Endi vaqt topib, videoga olish uchun kerakli manzilga borib kelsam bo‘lgani, hammangiz taniydigan, kitoblarini o‘qigan yozuvchi haqida ko‘pchilik o‘zbeklar bilmaydigan ma’lumotlarni ulashaman, nasib!
Faqat taxminimcha, video montajlari bilan ikki daqiqadan oshadigandek. Yuqoridagi video qisqaligi uchun tez “rek”ka chiqib, 70 ming+ ko‘rilgandi.
Bu uncha ko‘p “prosmotr” yig‘mas, lekin tayyorlashni ich-ichimdan xohlayapman. Qo‘llab yuborishlaringizga ishonaman!
Menga kuch va ishtiyoq tilash uchun istalgan reaksiyani bosib keting...
@Ijoddardi
Kecha ishdan chiqib, suvga pul tashlash uchun suvmatik qidirib sarson bo‘ldim. Yarim kechasi 1 ga yaqin uyga kelsam, eshik tagida ovqat turgan ekan...
Sitora buyurtma bergandir, deb uyga olib kirdim. “Burger King”dan 6 ta burger, uchta kola, kartoshka frilari bilan, katta-katta paketda edi. Sitora ovqat aytmagan.
Aloqa markazi ishlamadi, ish vaqtidan tashqari bo‘lgani uchun uzib tashlayverdi, gudok ham ketmadi. Mas’ullar bilan nomiga emas rostakamiga harakat qilib bog‘lana olmadim.
Buyurtma 20:30 da berilgan ekan, taxminan 21:00 da uyga kelgan bo‘lsayam, 3-4 soatdan beri eshik tagida turgandi. Ancha sovib qolgan...
Buyurtmachining ham telefon raqami yozilmagan, faqat ismi va familiyasining bosh harfi bor. Keyin uy manzili, bizdan narigi ko‘chada yasharkan.
Bechora kuryer adashgan ko‘rinadi. Yana shuncha narsayaaa dedikda, achib qolmasin deb er-xotin yeb oldik. Sog‘lom ovqatlanish ham tagiga oldi shunday qilib :)
Bir vijdonim qiynaladi, bir men olmasam baribir achib qolardiku deyman. Xullas, yo‘q joydan uyga kelib qolgan uch kishilik burgerlarni kola va kartoshkasi bilan ikki kishi paqqos tushirdik kecha.
Endi Sitora eshikda yo‘l qarab o‘tiribdi, kuryer mobodo kecha adashgan ekanman, eshik tagidan ovqat oldingizmi deb kelib qolsa, pulini to‘lab yuboramiz. Juda g‘alati va kutilmagan voqea bo‘ldi...
@Ijoddardi
Kecha ishdan chiqib, suvga pul tashlash uchun suvmatik qidirib sarson bo‘ldim. Yarim kechasi 1 ga yaqin uyga kelsam, eshik tagida ovqat turgan ekan...
Sitora buyurtma bergandir, deb uyga olib kirdim. “Burger King”dan 6 ta burger, uchta kola, kartoshka frilari bilan, katta-katta paketda edi. Sitora ovqat aytmagan.
Aloqa markazi ishlamadi, ish vaqtidan tashqari bo‘lgani uchun uzib tashlayverdi, gudok ham ketmadi. Mas’ullar bilan nomiga emas rostakamiga harakat qilib bog‘lana olmadim.
Buyurtma 20:30 da berilgan ekan, taxminan 21:00 da uyga kelgan bo‘lsayam, 3-4 soatdan beri eshik tagida turgandi. Ancha sovib qolgan...
Buyurtmachining ham telefon raqami yozilmagan, faqat ismi va familiyasining bosh harfi bor. Keyin uy manzili, bizdan narigi ko‘chada yasharkan.
Bechora kuryer adashgan ko‘rinadi. Yana shuncha narsayaaa dedikda, achib qolmasin deb er-xotin yeb oldik. Sog‘lom ovqatlanish ham tagiga oldi shunday qilib :)
Bir vijdonim qiynaladi, bir men olmasam baribir achib qolardiku deyman. Xullas, yo‘q joydan uyga kelib qolgan uch kishilik burgerlarni kola va kartoshkasi bilan ikki kishi paqqos tushirdik kecha.
Endi Sitora eshikda yo‘l qarab o‘tiribdi, kuryer mobodo kecha adashgan ekanman, eshik tagidan ovqat oldingizmi deb kelib qolsa, pulini to‘lab yuboramiz. Juda g‘alati va kutilmagan voqea bo‘ldi...
@Ijoddardi
Unga ayfon olsam, olcha rangidan xohlagandim deb arazlab oldi. O‘zim besh yildan beri olcha yemaganimni qanday tushuntirsam ekan? :)
@Ijoddardi
#Bugunimiz
- Mahdiga kurtka olishimiz kerak...
- Borku, o‘tkan yili kattaroq “razmerda” olgan qalin sarafanlik kiyimi mos kelib qolgan!
- Unda Safinaga olamiz...
- Bor, chaqaloqlik kurtkasi zotan katta edi, tikuvchiga olib borib, to‘g‘rilattirib keldim, mana, qarang qanday turibdi...
- Unda senga olamiz!
- Avval o‘zingizga olmasangiz, men bir dona paypoq ham sotib olmayman...
@Ijoddardi
Yo‘q aytinglarda, bundan ortiq nima kerak erkak kishiga😁
Pulmi, mashina, uy-joy, boylik, mansab, obro‘-e’tibor... mana shu rasmdagi halovat bo‘lmasa, hammasi bir tiyn, ishonavering!
Eng avval oiladagi xotirjamlikni ta’minlasangiz, qolgani asta-sekin bo‘laverarkan Xudoning izni bilan, vaqti-soati kelib. Alhamdulillah!
@Ijoddardi
Mahdi shu qizni qo‘lidan tortib, uyga olib ketamiz deb janjal qilganini hisobga olmaganda, kechagi kun chiroyli yakunlandi...
Otasi unday emasku, kimga tortdi ekan bu bola😏
@Ijoddardi
Anqaradagi mushuklarga havas qilmay iloj yo‘q...
Mahallamizda ko‘cha mushuklariga suv, ovqat tarqatadigan insonlar bor. Do‘kondan maxsus yemagini ataylab sotib olishadi va har kuni ma’lum bir soatda yo‘l chetlaridagi idishlarga qo‘yib chiqishadi.
Bularning kosa-tovoqlari ham ko‘zni quvnatadi. Top-toza, bizning uyda yo‘q “stilniy” idishlarni ko‘rasiz ularda...
Non yemaydi, ishxonada baliq beraman, xommi pishganmi farqi yo‘q, bir hidlab ketvoradi. Kolbasayam berib ko‘rganman, oyog‘i bilan o‘ynab qumga bulab tashlab ketgandi...
Aksariyati top-toza, egasi yo‘qligi sezilmaydiyam. Hatto Anqara mushugi degan maxsus turiyam bor, barcha shahar insonlarining mushuklarga mehri boshqacha!
P.s. Gruziyada kuchuklarga shunday hurmat-izzatni ko‘rganmiz. U yoqda itlar shohona yashashadi...
@Ijoddardi
Har dam olish kunim tig‘iz o‘tardi, bir haftalik rejalarning hammasini iznimga to‘g‘rilardik...
Kecha haqiqatan ham dam oldim, soat 11 gacha uxlab, choy ichdikda, ko‘chaga chiqdik. Dikmen vadisiga bormaganimizga ancha bo‘lgandi, tabiatni sog‘ingandik...
Kuzda daraxtlar bargi to‘kilgan, butun vodiy sarg‘ish-qizg‘ish tusga kirgandir desak, hali ozgina erta ekan, yomg‘ir, toza havo, deyarli hech kim yo‘q...
Aylandik, bolalar parkda o‘ynadi, rasmlarga tushdik, shahar shovqinidan uzoq daraxtlar qo‘ynida gaplashdik er-xotin, rejalar qildik, kontentlar oldik, kechgacha hordiq chiqardik xullas.
Nasib, yana yo‘limiz tushsa, vodiyni sizlarga ham ko‘rsataman, kecha telefon quvvati tugab, ko‘p video ololmadim. Bog‘ kuz manzarasiga kirsin, chiroyli kontent qilib beraman, so‘z!
@Ijoddardi
Instagramga video joyladim, matnli postni o‘qishga eringanlar va Anqaraning kuzgi manzarasini ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus
Imkoningiz bo‘lsa, instagram ishlatadiganlar shu havola orqali videoni boshdan oxirigacha ko‘rib, layk bosib, izohlar bilan qo‘llab yuboringizlar. Rahmat!
@Ijoddardi
