ADU.UZ | Rasmiy kanal
✔️Veb-sayt: www.adu.uz ✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz ✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb ✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz ✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz ©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала ADU.UZ | Rasmiy kanal
Канал ADU.UZ | Rasmiy kanal (@adu_uz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 13 647 подписчиков, занимая 14 750 место в категории Образование и 5 994 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 13 647 подписчиков.
Согласно последним данным от 03 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 262, а за последние 24 часа — 3, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 16.15%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 13.45% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 2 205 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 836 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 8.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“✔️Veb-sayt: www.adu.uz
✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz
©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 04 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. 📱 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi. ❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 🔰 O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
🎓 Bakalavriatda yangi yo‘nalishlarEndilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi: 🌱 ekologiya va atrof-muhit; ♻️ yashil iqtisodiyot; 🌍 iqlim o‘zgarishi; ☀️ qayta tiklanuvchi energiya; 💧 suv resurslarini boshqarish; 🤖 mobil robototexnika; 🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); 🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi; 🏕 ekoturizm; 🚆 temir yo‘l muhandisligi.
🎓 Magistraturada yangi mutaxassisliklarMagistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan: ▪️ xalqaro energetik siyosat; ▪️ xalqaro suv diplomatiyasi; ▪️ sirkulyar iqtisodiyot; ▪️ barqaror moliya; ▪️ rivojlanish iqtisodiyoti; ▪️ ekologiya huquqi; ▪️ xalqaro savdo huquqi; ▪️ nazariy va muhandislik fizikasi; ▪️ urbanistika; ▪️ barqaror shaharsozlik; ▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; ▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar. 📌 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: ➡️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. ✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. 🚫 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi. 👉🏻 Hujjatni yuklab olish
Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏢 Talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi📝Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi 353-son qarori bilan talabalar turar joylarini (TTJ) davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va moliyalashtirish tartibi yangilandi. 🤝Endilikda tadbirkorlar davlat bilan hamkorlikda zamonaviy talabalar turar joylarini quradi, davlat esa ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. 📮Yangi tartibning asosiy jihatlari: ✅ DXSh asosidagi loyiha kamida 200 o‘rinli talabalar turar joyi uchun amalga oshiriladi. ❇️ DXSh har bir yotoq o‘rni uchun qurilish xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya ajratadi (belgilangan limit doirasida). ➖ Talabalar turar joyi uchun to‘lov miqdori davlat va xususiy sherik o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi. ➖ Davlat qabul komissiyasi orqali joylashtirilgan talabalar uchun yotoqxonani saqlash va foydalanish xarajatlarining 50 foizigacha davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi (belgilangan me'yor doirasida). ❗️ Agar yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar qolsa, ularga boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ham joylashtirilishi mumkin. 🪧Shuningdek: ✔️ Yotoqxona uchun ajratilgan yer maydonida bitimda belgilangan yotoq oʻrinlardan tashqari bo‘sh maydonlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga ruxsat beriladi. 🔹 Davlat subsidiyalari maxsus elektron platforma orqali talabalarning biometrik identifikatsiyasi asosida hisoblanadi. 🚫 2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat OTTlari buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan 50 o‘rinli yangi yotoqxonalar qurish amaliyoti bekor qilinadi. Avval boshlangan loyihalar esa amaldagi bitimlar muddati tugaguniga qadar davom ettiriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash: ✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi; ✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.
🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani. 🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.
🌍 Xalqaro hamkorlikOliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa talabalarga: 🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish; 🔘 xorijda ta’lim olish; 🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish; 🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish; 🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.
💼 Professional sertifikatlar✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi. ✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi. ✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.
💻 Zamonaviy ta’limTalabalar: ▪️ sun’iy intellekt (AI); ▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili); ▪️ raqamli audit; ▪️ axborot texnologiyalari auditi; ▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
🤝 Bandlik kafolatiYuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar: ✅ Hisob palatasi; ✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; ✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; ✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi. 🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)👥 Kvota — 200 nafar. Nomzodlardan: ☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat; ☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija; ☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi. 🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Magistraturaga qabul boʻyicha arizalar statistikasiMagistraturaga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 2-iyul soat 18:05 holatiga ko‘ra jami 5 780 ta ariza kelib tushdi. Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
• Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar soni — 12 ming nafarga yetkaziladi. • Umumiy tadqiqotchilar tarkibida 39 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ulushi 61 foizga oshiriladi.Natijada, har 10 nafar tadqiqotchidan 6 nafari yosh olimlardan iborat bo‘ladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
