en
Feedback
ADU.UZ | Rasmiy kanal

ADU.UZ | Rasmiy kanal

Open in Telegram

✔️Veb-sayt: www.adu.uz ✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz ✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb ✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz ✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz ©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adu_uz_bot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel ADU.UZ | Rasmiy kanal

Channel ADU.UZ | Rasmiy kanal (@adu_uz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 13 647 subscribers, ranking 14 750 in the Education category and 5 994 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 13 647 subscribers.

According to the latest data from 03 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 262 over the last 30 days and by 3 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 16.15%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 13.45% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 2 205 views. Within the first day, a publication typically gains 1 836 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 8.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
✔️Veb-sayt: www.adu.uz ✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz ✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb ✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz ✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz ©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adu_uz_bot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 04 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

13 647
Subscribers
+324 hours
+1297 days
+26230 days
Posts Archive
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Inson qadri amalda — mehr va e’tibor har bir xonadonda Inson manfaatlarini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar
+4
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Inson qadri amalda — mehr va e’tibor har bir xonadonda Inson manfaatlarini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash va kambag’allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun har bir mahallada o’zining amaliy ifodasini topmoqda. Bu jarayonda Andijon davlat universiteti ham ijtimoiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, aholi muammolarini joyiga chiqib o’rganish va ularga manzilli ko’mak ko’rsatish ishlarini davom ettirmoqda. Shu maqsadda Andijon davlat universiteti rektori, professor Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligidagi ishchi guruh Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Iftihor mahallasida istiqomat qiluvchi, kambag‘allik reyestriga kiritilgan hamda universitetga biriktirilgan ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida har bir oilaning yashash sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati, sog‘lig‘i, farzandlarining ta’lim olishi hamda ularni qiynayotgan muammolar batafsil o‘rganildi. Eng muhimi, fuqarolarning murojaat va takliflari diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, har bir oila kesimida manzilli yordam dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur doirasida fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, zarur hollarda moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, tibbiy ko‘mak tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅 Bugun 4-iyul, shanba. 🌎Bayramlardan dam olish kuni. 🇺🇸AQSh - Mustaqillik kuni. 🇺🇦Ukraina - Sud ekspertla
🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅 Bugun 4-iyul, shanba. 🌎Bayramlardan dam olish kuni. 🇺🇸AQSh - Mustaqillik kuni. 🇺🇦Ukraina - Sud ekspertlari kuni. 🇺🇦Ukraina - Ukraina Milliy politsiyasi kuni. ⏳Tarixiy voqealar: 1631-yil - Parijda birinchi ish bilan ta'minlash agentligi - manzillar byurosi ochildi. 1776-yil - AQShning Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolandi. 1832-yil - Sankt-Peterburgda Zoologiya muzeyi tashkil etildi. 1950-yil - “Ozod Yevropa” radiostansiyasi efirga chiqdi. 🎊Tavallud ayyomlar: 1753-yil 4-iyul - fransuz aeronavti, ilk bor havo sharida La Mansh bo‘g‘ozini uchib o‘tgan Jan-Per Fransua Blanshar. 1859-yil 4-iyul - fransuz tarixchisi, Vizantiya tarixiga oid asarlar muallifi Sharl Dil. 1884-yil 4-iyul - «Metro-Goldwyn-Mayer» kinokompaniyasi asoschisi Lui Meyer. 1930-yil 4-iyul - «Kavkaz asirasi», «Mimino» va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan arman aktyori Frunzik Mkrtchyan. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📢 DIQQAT, E"LON! Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📢 DIQQAT, E"LON!
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. 📱 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi. ❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi 📝 Oliy ta’lim, fan va
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 🔰 O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
🎓 Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar
Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi: 🌱 ekologiya va atrof-muhit; ♻️ yashil iqtisodiyot; 🌍 iqlim o‘zgarishi; ☀️ qayta tiklanuvchi energiya; 💧 suv resurslarini boshqarish; 🤖 mobil robototexnika; 🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); 🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi; 🏕 ekoturizm; 🚆 temir yo‘l muhandisligi.
🎓 Magistraturada yangi mutaxassisliklar
Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan: ▪️ xalqaro energetik siyosat; ▪️ xalqaro suv diplomatiyasi; ▪️ sirkulyar iqtisodiyot; ▪️ barqaror moliya; ▪️ rivojlanish iqtisodiyoti; ▪️ ekologiya huquqi; ▪️ xalqaro savdo huquqi; ▪️ nazariy va muhandislik fizikasi; ▪️ urbanistika; ▪️ barqaror shaharsozlik; ▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; ▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar. 📌 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: ➡️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. ✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. 🚫 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi. 👉🏻 Hujjatni yuklab olish
Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 🏢 Talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi 📝Hukumatning 2026-yil 30-iy
#Qonunchilik_yangiliklari
🏢 Talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
📝Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi 353-son qarori bilan talabalar turar joylarini (TTJ) davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va moliyalashtirish tartibi yangilandi. 🤝Endilikda tadbirkorlar davlat bilan hamkorlikda zamonaviy talabalar turar joylarini quradi, davlat esa ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. 📮Yangi tartibning asosiy jihatlari: ✅ DXSh asosidagi loyiha kamida 200 o‘rinli talabalar turar joyi uchun amalga oshiriladi. ❇️ DXSh har bir yotoq o‘rni uchun qurilish xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya ajratadi (belgilangan limit doirasida). ➖ Talabalar turar joyi uchun to‘lov miqdori davlat va xususiy sherik o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi. ➖ Davlat qabul komissiyasi orqali joylashtirilgan talabalar uchun yotoqxonani saqlash va foydalanish xarajatlarining 50 foizigacha davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi (belgilangan me'yor doirasida). ❗️ Agar yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar qolsa, ularga boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ham joylashtirilishi mumkin. 🪧Shuningdek: ✔️ Yotoqxona uchun ajratilgan yer maydonida bitimda belgilangan yotoq oʻrinlardan tashqari bo‘sh maydonlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga ruxsat beriladi. 🔹 Davlat subsidiyalari maxsus elektron platforma orqali talabalarning biometrik identifikatsiyasi asosida hisoblanadi. 🚫 2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat OTTlari buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan 50 o‘rinli yangi yotoqxonalar qurish amaliyoti bekor qilinadi. Avval boshlangan loyihalar esa amaldagi bitimlar muddati tugaguniga qadar davom ettiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul #Abituriyent2026
🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda
📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi; ✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.
🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari
🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani. 🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.
🌍 Xalqaro hamkorlik
Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa talabalarga: 🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish; 🔘 xorijda ta’lim olish; 🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish; 🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish; 🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.
💼 Professional sertifikatlar
✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi. ✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi. ✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.
💻 Zamonaviy ta’lim
Talabalar: ▪️ sun’iy intellekt (AI); ▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili); ▪️ raqamli audit; ▪️ axborot texnologiyalari auditi; ▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
🤝 Bandlik kafolati
Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar: ✅ Hisob palatasi; ✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; ✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; ✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi. 🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)
👥 Kvota — 200 nafar. Nomzodlardan: ☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat; ☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija; ☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi. 🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅 Bugun 3-iyul, juma. 🌎Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni. 🇰🇬Qirg‘iziston - Tibbiyot xodimlari
🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅 Bugun 3-iyul, juma. 🌎Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni. 🇰🇬Qirg‘iziston - Tibbiyot xodimlari kuni. 🇷🇺Rossiya - GAI xodimlari (Yo'l harakati politsiyasi) kuni. 🇸🇬Singapur - Yoshlar kuni. ⏳Tarixiy voqealar: 1890-yil - Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi. 1897-yil - Moskva badiiy teatri tashkil topdi. 1915-yil - Turkiyada birinchi qog'oz pul muomalaga chiqarildi. 1928-yil - Birinchi televizor sotuvga chiqarildi. 🎊Tavallud ayyomlar: 1875-yil 3-iyul - nemis jarrohi, ko'krak jarrohligining asoschilaridan biri Ferdinand Zauyerbrux. 1881-yil 3-iyul - rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi Natalya Goncharova. 1897-yil 3-iyul - amerikalik matematik Jessi Duglas. 1962-yil 3-iyul - amerikalik kinoaktyor, rejissyor, prodyuser, "Oltin globus" mukofotining uch karra sohibi Tom Kruz. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.
Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqaml
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. ⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Magistratura #Statistika Magistraturaga qabul boʻyicha arizalar statistikasi Magistraturaga 2026/2027-o‘quv yili
#Qabul2026 #Magistratura #Statistika
Magistraturaga qabul boʻyicha arizalar statistikasi
Magistraturaga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 2-iyul soat 18:05 holatiga ko‘ra jami 5 780 ta ariza kelib tushdi. Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Ёшлар бандлиги ва истиқболли ташаббуслар: Андижонда вилоят ҳокими битирувчилар билан очиқ мулоқот ўтказди Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar bandligi ustuvor masala: bitiruvchilar bilan ochiq muloqot An’anaviy “Payshanba — yoshlar kuni” doiras
+9
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar bandligi ustuvor masala: bitiruvchilar bilan ochiq muloqot An’anaviy “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida universitetning bitiruvchi talabalari faol ishtirok etib, yoshlar bandligi va ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga oid muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Ochiq muloqot davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bitiruvchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Uchrashuv yakunida viloyat hokimi oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga bitiruvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi. Mazkur ochiq muloqot bitiruvchi yoshlarning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashi, bandlik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

Repost from Edu.uz
🇺🇿 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun! Bugun Oʻzbekiston Respublikasi da
🇺🇿 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun! Bugun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi Davlat gerbi tasdiqlanganligiga 34 yil toʻldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅 Bugun 2-iyul, payshanba. 🇺🇳Xalqaro sport jurnalistlari kuni. 🇺🇿O'zbekiston - O'zbekiston Respublikasining
🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅 Bugun 2-iyul, payshanba. 🇺🇳Xalqaro sport jurnalistlari kuni. 🇺🇿O'zbekiston - O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun. 🇦🇿Ozarbayjon - Politsiya xodimlari kuni. 🇰🇿Qozog'iston - Diplomatik xizmat xodimlari kuni. ⏳Tarixiy voqealar: 1499-yil - Amerigo Vespuchchi Amazonka deltasini kashf qildi. 1900-yil - Parijda 2-Olimpiya o'yinlari ochildi. 1924-yil - Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi. 1992-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi. 🎊Tavallud ayyomlar: 1862-yil 2-iyul - ingliz fizigi, rentgen tahlili asoschisi, Nobel mukofoti sohibi Uilyam Genri Bragg. 1888-yil 2-iyul - amerikalik mikrobiolog, Nobel mukofoti sohibi Zelman Vaksman. 1928-yil 2-iyul - teatr va kino aktrisasi, Rossiya xalq artisti Tatyana Piletskaya. 1961-yil 2-iyul - mashhur fransuz aktyori, «Taksi» filmida bosh rol ijrochisi Sami Naseri. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

Repost from Edu.uz
#Oʻzbekiston2030_strategiyasi Yosh olimlar-Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining tayanchi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 1
+3
#Oʻzbekiston2030_strategiyasi Yosh olimlar-Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining tayanchi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 11-maqsadi yosh tadqiqotchilar ulushini oshirish hamda ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Mazkur maqsad mamlakatimizda ilm-fan sohasiga iste'dodli yoshlarni keng jalb etish, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 2030-yilgacha erishilishi rejalashtirilgan asosiy ko‘rsatkichlar:
• Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar soni — 12 ming nafarga yetkaziladi. • Umumiy tadqiqotchilar tarkibida 39 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ulushi 61 foizga oshiriladi.
Natijada, har 10 nafar tadqiqotchidan 6 nafari yosh olimlardan iborat bo‘ladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyun oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Instag
+8
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyun oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🎉🎉🎉🎉🎉 Bugun, 1-iyul Andijon davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph
🎉🎉🎉🎉🎉 Bugun, 1-iyul Andijon davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xodjamberdiyev Xurshidbek Egamberdiyevichning tavallud ayyomi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan hurmatli ustozimizni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ustozimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy tinchlik va baxt-saodat, ilmiy faoliyatlarida yuksak zafarlar tilaymiz. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 2025/2026 o‘quv yilining so‘nggi Kengash yig‘ilishida o‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, muhim masalalar muhok
+9
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 2025/2026 o‘quv yilining so‘nggi Kengash yig‘ilishida o‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, muhim masalalar muhokama etildi Bugun, 1-iyul kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida universitet rektori, professor Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2025/2026-o‘quv yilining yakuniy 11-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’ati qarorlari hamda buyruqlarining mazmun-mohiyati Kengash a’zolariga yetkazildi. Shuningdek, mazkur normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali ta’minlash, belgilangan topshiriqlar bajarilishini tizimli nazoratga olish hamda ularning mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng Kengash kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, universitetning reyting indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilgan faoliyat natijalari, Xotin-qizlar maslahat kengashining yillik hisoboti hamda universitet huzuridagi texnikumlarning 2025/2026-o‘quv yili yakunlari yuzasidan taqdim etilgan hisobotlar tinglanib, atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Kengash davomida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, universitet faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

Repost from Edu.uz
❗️Magistraturaga qabul boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 130-iyul kunlari davom etadi. Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Bakalavr diplomi; ▪️Chet tilini bilish sertifikati. 📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati. ❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: 1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari; 2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar); 3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✔️Andijon yoshlari uchun unutilmas bayram! ⚫️30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyat yoshlari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. ⚫️Tadbir avvalida ta’lim, ilm-fan, sport, tadbirkorlik va jamoatchilik hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh tashabbuskor yoshlar viloyat hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu e’tirof yoshlarning yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan sa’y-harakatlariga berilgan yuksak baho bo‘ldi. ⚫️Bayram davomida iste’dodli xonanadalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, zamonaviy shou dasturlari va yorqin sahna chiqishlari yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Samimiy va shukuhli muhitda o‘tgan tadbir yoshlarning qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning yana bir amaliy ifodasiga aylandi. #30iyun #yoshlarkuni Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube