Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
Открыть в Telegram
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Больше1 370
Подписчики
-324 часа
+37 дней
-4130 день
Архив постов
+2
🍃🍃🍃🍃🍃
◼️ Юртимизда кенг нишонланаётган Халқлар дўстлиги куни муносабати билан Навоий вилояти Татар-бошқирд миллий маданий маркази раҳбари Диляра Тухфатуллина «Халқлар дўстлиги» кўкрак нишони билан тақдирланди!
Диляра Темуровна кўп йиллардан буён вилоятимизда миллатлараро тотувликни мустаҳкамлаш, татар ва бошқирд халқларининг бой маданиятини асраб-авайлаш ҳамда халқлар ўртасида дўстлик ришталарини ривожлантиришга муносиб ҳисса қўшиб келмоқда.
Ушбу муносиб эътироф билан Диляра Тухфатуллинани самимий муборакбод этиш билан бир қаторда, мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик ва хайрли фаолиятида улкан муваффақиятлар тилаймиз!
Юртимиздаги тинчлик, аҳиллик ва дўстлик ришталари абадий бўлсин!
👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🧠Veb Sayt |✈️ Telegram| 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
🏫 Maktabgacha ta’lim tizimida takomillashtirilgan “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi tasdiqlandi
➖ “Ilk qadam” dasturi ilg‘or xalqaro tajribalar, zamonaviy ilm-fan va milliy qadriyatlarimiz uyg‘unligida yaratildi. Eng asosiysi — endi ta’lim jarayoni butunlay bolaning qiziqishi, yoshi va ehtiyojlariga moslashgan holda, o‘yin orqali tashkil etiladi.
🌟 Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari:
👦 Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim: Mashg‘ulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri izlanish, tadqiqot va o‘yinlarga asoslanadi; 🧠 XXI asr ko‘nikmalari: Bolalarda tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik va ijodkorlik rivojlantiriladi; 👥 Inklyuzivlik: Barcha bolalar uchun teng va qulay ta’lim muhiti yaratiladi; 🌱 Qadriyatlar va ekologiya: Umuminsoniy va milliy qadriyatlar, shuningdek, tabiatga mehr uyg‘otiladi; 🛡 Xavfsizlik: Sog‘lom turmush tarzi va xavfsiz hayot qoidalari o‘rgatiladi.📝Shuningdek, pedagoglar uchun yangi metodik qo‘llanmalar, bolajonlar uchun qiziqarli didaktik materiallar hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha maxsus tavsiyalar ham ishlab chiqilmoqda. 📌 “Ilk qadam” — farzandingizning sifatli ta'lim olishi uchun mustahkam metodik asos. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🟢Endilikda Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida 1246 qisqa raqami orqali xabar berish mumkin.
➖Agar siz:
➡️bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zoʻravonlik;
➡️beparvolik yoki shafqatsiz munosabat;
➡️bolaning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi holatlarga guvoh boʻlsangiz, 1246 qisqa raqamli call-markazga qoʻngʻiroq qiling.
❗️Murojaat qilgan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
⏰Hozirda 1246 qisqa raqamli Call-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.
➡️Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan pedagoglar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 1 yil davomida ishlay olmasligi haqida xabar bergan edik.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#sohaga_doir_hujjatlar
📣 Yangi oʻquv yilidan boshlab tegishli sertifikatga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 15 foiz ustama toʻlanadi
✅ Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish;
➖ huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish;
➖ xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi.
➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etiladi;
➖ malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi;
👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;
👉 2026-yildan boshlab:
➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi;
➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi.
👉 Qaror bilan tasdiqlangan “Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan:
➖ malaka imtihonida ishtirok etishda talabgordan roʻyxatdan oʻtish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
➖ Ijtimoiy reestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.
❗️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:
🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
👉 Qarorning toʻliq matni
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+9
📚 Har bir bola maktabga ishonch bilan borishga haqli!
⭐️ Keling, birgalikda ko‘proq bolalarning maktab sari ishonch bilan qadam tashlashiga yordam beraylik!
Instagram | Facebook | YouTube | Telegram | insonuchun.uz
👺😑😞💚👺💓👱♂️🫱🙎♀️😞👺
💓👺🫱💓👺
😟 “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi ishtirokchilarining fikrlari bilan tanishamiz:
🔵Nozima Axmedova, Zarafshon shahri, rus tili (milliy maktablarda) fani o‘qituvchisi.
🔵Sarvinoz Shomurodova, Xatirchi tumani, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi;
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
👺😑😞💚👺💓👱♂️🫱🙎♀️😞👺
💓👺🫱💓👺
⚡️ “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi test sinovlarida qiziltepalik kimyo fani o‘qituvchisi Matluba Djumayeva 40 ta savolning barchasiga toʻgʻri javob berib, rekord natija qayd etdi.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
👺😑😞💚👺💓👱♂️🫱🙎♀️😞👺
💓👺🫱💓👺
✅ Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
👉 Quyida tanlov ishtirokchilarining fikrlari bilan tanishing:
➖ Maftuna Tuxtamishova, Navoiy shahri, o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi;
➖ Feruz Qurolboyev, Nurota tumani, tarbiya fani oʻqituvchisi
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
💚🤳🤌🫥👱♂️👩🦲
🔴🔴
📚 Navoiyda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining kitobxonlik sinovlariga start berildi!
Bugun Navoiy shahridagi “Kelajak markazi” binosida fidoyi va izlanuvchan ustozlarimiz oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqichi doirasida kitobxonlik boʻyicha test sinovlari boshlandi.
Sinov jarayonlari boshlanishi oldidan Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Rano Xayitova soʻzga chiqib, taʼlim fidoyilariga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi hamda ushbu masʼuliyatli bosqichda barcha ishtirokchi ustozlarga omad va zafarlar tiladi.
📖Kitobxon oʻqituvchi — kelajak bunyodkoridir. Bugungi test sinovlari nafaqat bilimlarni sinash, balki kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
💚🤳🤌🫥👱♂️👩🦲
📷“Bir safda, bir maqsadda, bir suratda!”
Bugun mamlakatimiz boʻylab kechayotgan “Yil oʻqituvchisi” nufuzli tanlovining 3-bosqichi doirasidagi kitobxonlik test sinovlari oldidan Navoiy viloyatining eng sara, bilimdon va fidoyi ustozlari bir joyga jamlanishdi.
Ushbu yagona tasvirga muhrlangan har bir tabassum va nigoh ortida yillik mashaqqatli mehnat, yuksak masʼuliyat hamda kelajak avlodga boʻlgan cheksiz sadoqat mujassam.
Bugun shirin orzular, ulkan gʻoyalar va katta ishonch egalari yagona safda turib, bilimlar bellashuviga hozirlik koʻrmoqda. Barcha jonkuyar ustozlarimizga bugungi hal qiluvchi sinovlarda yuksak zafarlar va omad yor boʻlishini tilaymiz!
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
💚🤳🤌🫥👱♂️👩🦲
✅ Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi doirasida 📖kitobxonlik boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.
🗂 Navoiy viloyatidagi test sinovlari Navoiy shahridagi “Kelajak markazi” binosida boʻlib oʻtadi.
🌐Manzil: Navoiy shahar, Aloqa ko‘chasi 6-uy
📍Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.
⏰ Test sinovlari barcha hududlarda soat 09:00 da boshlanadi.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
🎉🎉🎉🎉🎉
BUGUN — XALQLAR D‘OSTLIGI KUNI!
🇺🇿🇹🇯🇹🇷🇹🇲🇰🇿🇰🇬🇷🇺🇰🇷🇨🇳
🪶Qadrli hamkasblar, muhtaram pedagoglar va ta’lim fidoyilari!
Sizlarni va sizlar orqali ko‘p millatli viloyatimizning barcha ma’rifat posbonlarini eng ezgu va bag‘rikeng bayramlardan biri — Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Ta’lim va tarbiya — bu insoniyatni birlashtiradigan, turli madaniyat va tillarni bir-biriga yaqinlashtiradigan eng mustahkam ko‘prikdir. Navoiy viloyatida shakllangan o‘ziga xos ko‘p millatli muhit farzandlarimizga nafaqat fan asoslarini, balki asriy qadriyatlarimiz bo‘lmish o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va tinch-totuv yashash ko‘nikmalarini ham o‘rgatib kelmoqda.
Bugun viloyatimizdagi umumta’lim maktablari va ta’lim maskanlarida o‘quv jarayonlari bir nechta tilda olib borilayotgani xalqimizning madaniy xilma-xilligini saqlashga xizmat qilmoqda. Siz kabi fidoyi pedagoglar tufayli sinf xonalarimizda turli millat va elat vakillari bo‘lgan o‘quvchilarimiz yagona va ahil oiladek bilim olmoqda, birgalikda yuksak marralarni zabt etmoqda. O‘qituvchilarimizning bag‘rikengligi va kasbiy mahorati esa bu ko‘p millatli ta’lim muhitining asosiy ustunidir. Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat va mustahkam birdamlik tuyg‘ularini singdirishda mahoratli pedagoglarimizning mehnati beqiyos.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha pedagoglarimizga va ta’lim fidoyilariga mashaqqatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilayman. Oʻquvchilarimizning yutuqlari ko‘payaversin, bag‘rikeng va ahil pedagoglar jamoasining mustahkam birdamligi viloyatimiz ta’limini yangi bosqichlarga olib chiqaversin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🥰 Hurmat bilan,
Uktamjon MARDANOV,
Navoiy viloyati pedagogik
mahorat markazi direktori
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
#Yil_oʻqituvchisi
#diqqat_eʼlon
✅ Xabar qilinganidek, ertaga mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi doirasida kitobxonlik boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.
👉 Quyida test o'tkaziladigan manzillar bilan tanishishingiz mumkin:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Manzil: Nukus shahri Y.Alako‘z ko‘chasi 54-uy Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida
📍 Andijon viloyati Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy Mo‘ljal: viloyat Malaka oshirish instituti
📍 Buxoro viloyati Buxoro shahar Bilim va malakalarni baholash test markazi Manzil: Buxoro shahar Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy Mo‘ljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);
📍 Jizzax viloyati Jizzax shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi, To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy; Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi.
📍 Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi 2-uy Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.
📍 Navoiy viloyati Navoiy shahar “Kelajak markazi” binosi Manzil: Navoiy shahar, Aloqa ko‘chasi 6-uy Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.
📍 Namangan viloyati Namangan shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy Mo‘ljal: Chorsu.
📍 Samarqand viloyati Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy Mo'ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
📍 Surxondaryo viloyati Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 14-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabi Manzil: Termiz shahar "A.Jomiy" MFY, So'fi Olloyor ko'chasi, 4/54-uy. Mo'ljal: "TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO" buyum bozori.
📍 Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” binosi Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i
📍 Toshkent viloyati Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.
📍 Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A. Mo‘ljal “Chery” avtosaloni.
📍 Xorazm viloyati Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi) Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy. Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi
📍 Toshkent shahri Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.👉 Ma'lumot uchun: test sinovlari barcha hududlarda 30-iyul kuni soat 09:00 da boshlanadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
👩👩👧👦 Ko‘p funksional inklyuziv-resurs Markazi — Inklyuziv korreksion maktab o‘quvchilarni qabul qiladi.
Ushbu maktab — turli ehtiyoj va imkoniyatlarga ega bolalarning birgalikda ta’lim olishi, rivojlanishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun inklyuziv muassasa hisoblanadi.
Maktabda boshlang‘ich inklyuziv sinflar tashkil etilib, ularda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘z tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim oladi.
Shu bilan birga, bolaning individual rivojlanish yo‘nalishiga qarab quyidagi kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi:
✅ Individual yondashuv;
✅ Psixolog, logoped va maxsus pedagog xizmatlari;
✅ Korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar;
✅ Reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv;
✅ Kasb-hunarga yo‘naltirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
✅ Ota-onalar uchun maslahat va amaliy ko‘mak berish.
Bizning asosiy maqsad — ta’lim va xizmatlarni har bir bolaning ehtiyojiga moslashtirishdir.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
