Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
رفتن به کانال در Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Veb-sayt: nqaae.uz Instagram: instagram.com/nqaaeuz Facebook: facebook.com/nqaaeuz Aloqa bot: @nqaaeuzbot
نمایش بیشتر3 885
مشترکین
+2324 ساعت
+677 روز
+33730 روز
آرشیو پست ها
Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?
Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.
Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.
Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi: ➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash; ➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik; ➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik; ➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni; ➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti; ➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash.Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Xitoyda 100% grant asosida malaka oshirish: 442 nafar nomzod orasidan eng kuchli 10 nafari tanlab olindi
Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi (ITEA) beg‘araz grant dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida tashkil etiladigan “Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” malaka oshirish dasturi uchun saralash jarayoni yakunlandi.
Nomzodlar uchun uch bosqichli saralash jarayoni tashkil etildi. Dastlab nomzodlarning kasbiy faoliyati, keyingi bosqichda ularning motivatsion xatlari o‘rganildi. Yakuniy bosqichda esa eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar sun’iy intellekt tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.
Natijada ishtirokchilar orasidan eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar taʼlim sifati mutaxassisi saralab olindi.
Eslatib o'tamiz, Malayziyaning Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi bilan joriy yilning aprel oyida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, uning doirasida xalqaro malaka oshirish dasturlarini tashkil etish keishilgan edi.English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+2
Portugaliya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Portugaliyaning Oliy ta’limni baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish agentligi (A3ES) tashkiloti prezidenti Joau Saagua boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xalqaro akkreditatsiya yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish, malaka oshirish va job-shadowing dasturlarini amalga oshirish hamda xalqaro ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Yakunda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi imzolandi.
A3ES biznes va iqtisodiyot, muhandislik va texnologiya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot, tabiiy fanlar, ijtimoiy va gumanitar fanlar, huquq, pedagogika, san’at va dizayn kabi sohalarda ta’lim dasturlarini baholaydi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
BSI: Qizlar tezroq ish topadi, yigitlarda esa maosh ko‘proq. Raqamlar yana nimani ko‘rsatmoqda?
Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilingan.
Natijalar qiziq manzarani ko‘rsatmoqda.
BSI natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan.
Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha: yigitlarda bu ko‘rsatkich 6 mln so‘m, qizlarda esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan.
Mehnat bozorida yuqori natija qayd etilgan TOP-5 sohalar tahlil qilinganda, quyidagilarni ko‘rish mumkin:
Qizlarda: ➖Transport xizmatlari; ➖matematika va statistika; ➖ta’lim; ➖biznes va boshqaruv; ➖Gummanitar fanlar.
Yigitlarda esa: ➖Biznes va boshqaruv; ➖sog‘liqni saqlash; ➖san’at; ➖matematika va statistika; ➖axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Xalqaro tajriba, ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar
“Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z yakuniga yetdi.
Ikki kun davomida ta’lim sifatini ta’minlash, akkreditatsiya va xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
📹Ikki kunlik tadbirdan lavhalar videoda.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Jarayon
🔠 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari o'tmoqda.
Akkreditatsiya doirasida filialning jami 31 ta ta’lim dasturi, shundan 25 ta oliy ta’lim va 6 ta oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturining faoliyati kompleks baholanmoqda.
Baholash jarayoni universitetning so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo‘lgan 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kompleks baholash jarayoniga 25 nafar, jumladan, 19 nafar mahalliy va 6 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+3
O‘zbekistonda oliygohlarning Yevropa standartlari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi masalalari muhokama qilindi
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oliygohlarning xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi va Yevropa sifat kafolati yondashuvlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Bunda A3ES Boshqaruv kengashi prezidenti João Sàágua, Bosh kotibi Raquel Santos va sifatni baholash bo‘yicha maslahatchisi Luís Gouveia ishtirok etib, Portugaliyadagi akkreditatsiya tizimi, Yevropa sifat kafolati standartlari va xalqaro akkreditatsiya amaliyoti haqida tajriba bilan o‘rtoqlashdi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
O‘zbekistonda oliygohlarning Yevropa standartlari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi masalalari muhokama qilindi
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oliygohlarning xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi va Yevropa sifat kafolati yondashuvlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Bunda A3ES Boshqaruv kengashi prezidenti João Sàágua, Bosh kotibi Raquel Santos va sifatni baholash bo‘yicha maslahatchisi Luís Gouveia ishtirok etib, Portugaliyadagi akkreditatsiya tizimi, Yevropa sifat kafolati standartlari va xalqaro akkreditatsiya amaliyoti haqida tajriba bilan o‘rtoqlashdi.
🔠 Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “O‘zbekiston oliygohlarining Yevropa akkreditatsiyasi sari yo‘li: PortugaliyaningA3ES tajribasi” mavzusidagi seminar o‘z ishini boshladi.
+5
Toshkent davlat yuridik universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayoni boshlandi
Akkreditatsiya doirasida universitetning jami 63 ta ta’lim dasturi, shundan 38 ta oliy ta’lim va 25 ta oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturining faoliyati kompleks baholanmoqda.
Baholash jarayoni universitetning so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo‘lgan 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kompleks baholash jarayoniga 20 nafar, jumladan, 15 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan.
Hozirga qadar universitetning 6 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchilari sifati e’tirof etildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o'tayotgan oliy ta’limda akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda mazkur ta'lim tashkiloti bitiruvchilarining sifati indeksi bo‘yicha TOP-20 oliygoh qatorida ekanligi alohida e'tirof etilib, maxsus sertifikat topshirildi.
Shundan so'ng universitet rektori, professor To‘lqin Teshaboyev tomonidan yigi'lganlarga universitet faoliyati hamda tajribasiga doir taqdimot qilindi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
"Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ishimizga vijdonan va mas’uliyat bilan yondoshishimiz kerak. Chunki sifatsiz tayyorlangan har bir bitiruvchi uchun har birimiz mas’ulmiz. Buning uchun tadbirkorlar, ish beruvchilar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydik. Bugungi tadbir bahonasida xorijiy mehmonlarimiz va ekspertlarimizning tajribasidan imkon qadar samarali foydalanishimiz kerak. Biz milliy tizimimizni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish yo‘lida izchil harakat qilyapmiz. Bu jarayonda ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro tajriba almashinuvi biz uchun juda muhim. Maqsad shunchaki standartlarga mos kelish emas, balki ta’lim sifatini amalda yaxshilaydigan, bitiruvchining kelajagi va ish beruvchining ehtiyojini hisobga oladigan tizimni barpo etish"— Baxtiyor Yo‘ldoshev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir ishtirokchilariga murojaat qildi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+5
🔠 Toshkentda oliy ta’limda akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir boshlandi
Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba va ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.
Unda 200 dan ortiq davlat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari hamda Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan taklif etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida akkreditatsiyaning ta’lim sifatini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilinadi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🔠 Sanoqli daqiqalarda “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi seminar o’z ishini boshlaydi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o’tadigan mazkur tadbir oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba va ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlanadi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
"Akkreditatsiya kadrlar tayyorlash jarayonini zamon talablari asosida baholash imkonini berdi"
Davlat akkreditatsiyasi universitet faoliyatini baholash bilan birga, ta’lim sifatini yanada takomillashtirish uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?Termiz davlat universitetining akademik faoliyat bo‘yicha prorektori O‘ral Ahmedov davlat akkreditatsiyasi jarayoni, uning universitet faoliyatiga ta’siri va akkreditatsiyadan keyin erishilgan natijalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Videoda akkreditatsiya jarayoni qanday kechgani, universitet uchun eng muhim natijalar, akkreditatsiyadan keyin faoliyatda qanday o‘zgarishlar kuzatilgani, shuningdek, boshqa oliy ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyalar haqida so‘z boradi. 🎬 Videoni ushbu havolada tomosha qiling: https://youtu.be/il_TEMGQtqk English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimi xalqaro hamjamiyat e’tiborida
Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash tizimining rivojlanishi to‘g‘risida maqola e’lon qildi.
Agentlikning xalqaro siyosat va hamkorlik bo‘yicha direktori Shannon Stowers muallifligidagi ‟Sifatni birgalikda mustahkamlash: O‘zbekistonda oliy ta’limni qo‘llab-quvvatlash” sarlavhali maqolasida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining jadal rivojlanishi, xalqaro hamkorlikning kengayishi hamda ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlarining takomillashib borayotgani qayd etilgan.
Maqolada Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Agentlik qisqa vaqt ichida xalqaro standartlarga asoslangan sifatni ta’minlash, baholash va akkreditatsiya jarayonlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishgani ta’kidlangan.
Shuningdek, hamkorlik doirasida mutaxassislar salohiyatini oshirish va sifatni ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish kabi yo‘nalishlar qayd etilgan.
Maqolada O‘zbekiston oliygohlarining xalqaro akkreditatsiyasiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani ham e'tirof etilgan.
Maqolani ingliz tilida to‘liq o‘qish
Maqolani o'zbek tilida to'liq o'qish
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🇨🇳 Diqqat! Xitoyda grant asosida malaka oshirish imkoniyati
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Malayziya xalqaro madaniy aloqalar markazi (ICCCM) bilan hamkorlikda oliygohlarda ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul xodimlarni "Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.
Dastur Xitoyning Chengdu shahrida oktabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Dastur doirasida ishtirokchilar uchun:
➖Xitoyda oliy ta’limni rivojlantirish tarixi va milliy strategiyalar;
➖oliy ta’limni boshqarish tizimi va boshqaruv mexanizmlari;
➖ta’lim sohasida liderlik va xalqaro boshqaruv;
➖ta’lim tashkilotlariga amaliy tashriflar;
➖xalqaro tajriba almashinuvi va professional muloqotlar tashkil etiladi.
Dasturda ishtirok etish mutlaqo BEPUL.
✈️Ishtirokchilarning aviaparvoz, yashash, ovqatlanish va dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq asosiy xarajatlari ICCCM tashkiloti tomonidan to‘liq qoplanadi.Kimlar ishtirok etishi mumkin? Oliygohlarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar. Ishtirokchilarni saralash jarayoni sun’iy intellekt bilan ingliz tilida suhbat yordamida ushbu havola orqali amalga oshiriladi. 🌏Bu shunchaki safar emas.Balki xalqaro tajribani bevosita o‘rganish, yangi professional bilim va aloqalarga ega bo‘lish hamda o‘z oliy ta’lim tashkilotingizga sifatni oshirishga xizmat qiladigan yangi yondashuvlarni olib kelish imkoniyati. Ta’lim sifati sohasida xalqaro tajriba oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Bir yil. Bir maqsad. Sifatli ta’lim sari bir qadam
Bugun Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etilganiga 1 yil to‘ldi.
Bir yil — vaqt nuqtayi nazaridan qisqa davr. Ammo shu vaqt ichida ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida qator muhim ishlar amalga oshirildi.
Raqamlashtirish, akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish, ta’lim dasturlari sifatini baholash, bitiruvchilar natijalarini tahlil qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish — bularning barchasi sifatli ta’lim uchun yagona tizimni shakllantirish maqsadiga xizmat qilmoqda.
Bu bir yil — erishilgan natijalar sarhisobi emas, balki katta maqsadlar sari yo‘lning boshlanishi.
Oldimizda yana ko‘p vazifalar, yangi marralar va eng muhimi — ta’lim sifatini yanada oshirishdek katta maqsad turibdi.
1 yillik faoliyatimizning eng muhim lahzalarini videorolikda muhrladik.
Bir yil birga bo'lganingiz uchun rahmat!
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
