Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Open in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Veb-sayt: nqaae.uz Instagram: instagram.com/nqaaeuz Facebook: facebook.com/nqaaeuz Aloqa bot: @nqaaeuzbot
Show more3 727
Subscribers
+1424 hours
+757 days
+30930 days
Posts Archive
🎓 Olmosmi yoki ko‘mir? Tanlov o‘zingizniki!
Ko'pincha talabalar yangi o‘quv yilini birdaniga katta maqsadlar bilan boshlab, hech qancha vaqt o'tmay shashtlari so'nib qoladi.
Yangi o‘quv yili mukammal bo‘lish uchun emas, kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lish uchun berilgan yangi imkoniyat.
Shoshilmang. o‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring. Ba’zan bitta maqsad kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishning o‘zi kifoya.
Har kuni bitta bo'lsa ham yangi bilim va yangi ko‘nikma egallab, bir qadam oldinga yurishga harakat qiling. Ko'rasiz, vaqt o‘tishi bilan ana shu kichik qadamlar sizni katta natijalarga olib keladi.
Yangi o‘quv yilingiz sifatli bilim, foydali tajriba va yangi imkoniyatlarga boy bo‘lsin, aziz talabalar!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh
Bitiruvchilar sifati indeksi natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliygoh aniqlandi.
TOP-20 oliygoh ularning toifalari kesimida shakllantirilgan: 11 ta — ijtimoiy-gumanitar; 5 ta — amaliy; 2 ta — tibbiyot; 2 ta — ijod va sport.Mazkur oliygohlar to'liq ro'yxati yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+7
Xorijiy talabalarni jalb etish darajasi bo‘yicha oliygohlar reytingi shakllantirildi
Reyting amaliy, ijtimoiy-gumanitar, ijod-sport hamda tibbiyot toifalari kesimida ishlab chiqildi.
Xorijiy talabalar fuqaroligi davlatlar guruhlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
➖ 16 175 nafar (65,6%) – boshqa davlatlar fuqarolari;
➖ 7 323 nafar (29,7%) – Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari;
➖ 1 149 nafar (4,7%) – Jahon banki tasnifiga ko‘ra yuqori daromadli davlatlar fuqarolariga to‘g‘ri kelgan.
Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy talabalarni jalb etish darajasi bo‘yicha reytingi bilan quyidagi infografikada, ushbu reyting natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy sharh bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida 50 dan ortiq davlatdan 24 647 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining 4 ta bakalavriat ta’lim dasturi O‘zbekistonda tan olindi
Buyuk Britaniyaning Qirollik Qishloq Xo'jaligi Universiteti hamkorligida ta'sis etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining Toshkentdagi ta’lim dasturlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tan olinadi.
Universitetda quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha akkreditatsiya natijalari tan olindi: ➖ Agroiqtisodiyot; ➖ Agrologistika; ➖ Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish; ➖ Aqlli barqaror qishloq xo‘jaligi.Universitet bitiruvchilari Buyuk Britaniyaning Royal Agricultural University (RAU) diplomini qo‘lga kiritadi. Universitet haqidagi batafsil ma'lumot mazkur havolada. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Respublika bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi o‘rtacha 2 oy 27 kunni tashkil qilgan
Ishga joylashish tezligi eng tez va past oliygohlar bilan tanishing.
Bitiruvchilar sifati indeksining muhim ko‘rsatkichlaridan biri ishga joylashish tezligi sanaladi. U bitiruvchining diplom olgan kunidan boshlab ishga joylashguniga qadar qancha vaqt ketganini ko‘rsatadi.
Shunday qilib Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich – 2 oy 27 kunni tashkil qilgan.
Mulkchilik shakliga ko‘ra: ▫️ Nodavlat oliygohlar – 2 oy 10 kun; ▫️ Davlat oliygohlar – 2 oy 29 kun; ▫️ Xorijiy universitetlar filiallari – 3 oy 20 kun.Ammo oliygohlar kesimida natijalar ancha farq qiladi. Bitiruvchilari eng tez ishga joylashgan oliygohlar: ➖ Qarshi xalqaro universiteti – 1 oy 4 kun; ➖Toshkent shahridagi Vebster universiteti – 1 oy 8 kun; ➖Nordik xalqaro universiteti – 1 oy 14 kun; ➖G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali – 1 oy 17 kun; ➖Andijon davlat universiteti – 1 oy 18 kun. Ishga joylashish muddati uzoqroq bo’lgan oliygohlar: ➖S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali – 5 oy 21 kun; ➖O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali – 6 oy 1 kun; ➖I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali – 5 oy 21 kun; ➖ISFT instituti – 5 oy 13 kun; ➖Toshkent farmatsevtika instituti – 5 oy 10 kun. Eslatib o’tamiz, "Bitiruvchilar sifati indeksi"ni baholashda ma’lumotlar 10 ta davlat axborot tizimi, jumladan, HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqa axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalanilgan holda avtomatik shakllantirilgan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!
Bugun biz Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu sana O‘zbekiston tarixida yangi davrning boshlanishi, mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot, bunyodkorlik va ulkan imkoniyatlar sari dadil qadam qo‘ygan kun sifatida alohida ahamiyatga ega.
Mustaqillik bu nafaqat o‘z kelajagimizni o‘zimiz belgilash huquqi. Bu, avvalo, ana shu kelajak uchun mas’uliyat hissidir.
Bugun biz kelajagimizni birgalikda bilim, mehnat, taraqqiyotga intilish va mamlakatimiz imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch bilan bunyod etmoqdamiz. Bu jarayonda, ayniqsa, sifatli ta’lim muhim o‘rin tutadi. Zero, aynan ta’lim erkin fikrlaydigan, professional va mas’uliyatli avlodni shakllantiradi.
O‘zbekistonimiz bundan buyon ham izchil taraqqiyot yo‘lidan dadil borib, har bir inson uchun yanada keng imkoniyatlar yaratsin.
Yurtimizga tinchlik va farovonlik, xalqimizga xotirjamlik va ertangi kunga ishonch, barchamizga esa O‘zbekiston kelajagi yo‘lida fidokorona mehnat qilish uchun kuch-g‘ayrat tilaymiz.
Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!
Mustaqilligimiz, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi abadiy bo‘lsin!
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+3
“Yangi O‘zbekiston” universiteti Buyuk Britaniyaninng Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) institutsional akkreditatsiyasidan o‘tdi
Mazkur jarayonda universitetning sifatni ta’minlash tizimi Yevropa oliy ta’lim hududida sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar (ESG)ning 10 ta indikatori asosida baholandi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti Markaziy Osiyoda QAA akkreditatsiyasidan o‘tgan uchinchi universitet hisoblanadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi universitet jamoasini yuksak natija bilan qutlaydi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+4
“Avgust kengashi”da kasbiy ta’limda yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari belgilab olindi
Texnikumlarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi doirasida “Zamonaviy kasbiy ta’lim — sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” mavzusida “Avgust kengashi” seminar-treningi tashkil etildi.
Tadbirda xalqaro tashkilotlar, xorijiy ekspertlar, ish beruvchilar hamda kasbiy ta’lim tizimi vakillari ishtirok etdi.
Yig'ilishda kasbiy ta’lim sifatini ta’minlash va baholash, ta’lim dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, xalqaro tajribani joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, 2026/2027 o‘quv yilida 2 060 ta ta’lim dasturini va 90 ta texnikumni davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish vazifasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Xodimlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ushbu yuksak e’tirofga Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimlari ham sazovor bo‘ldi:
Nodir Ergashev – Agentlik direktorning birinchi o'rinbosari; Sardor Raximboyev – Agentlik direktori o'rinbosari; Abduvohid Sultonov – Oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari sifatini baholash guruhi rahbari; Ruxsora Abduraxmonova – Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlik guruhi rahbari; Shaxlo Raximova – Kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tashkilotlari sifatini baholash guruhi Bosh inspektori; Abdulaziz Abdujabborov – Yetakchi mutaxassis.Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Qarshi davlat universitetining ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi
Qarshi davlat universitetining 12 ta ta’lim dasturi 11 nafar xorijiy va 11 nafar mahalliy ekspert ishtirokida baholandi hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Bakalavriat – 10 ta: ➖ Stomatologiya; ➖ Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; ➖ Oliy hamshiralik ishi; ➖ Psixologiya; ➖ Bank ishi; ➖ Buxgalteriya hisobi; ➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar; ➖ Biznesni boshqarish; ➖ Amaliy matematika; ➖ Ijtimoiy ish. Magistratura – 2 ta: ➖ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim); ➖ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).Universitet haqidagi batafsil ma'lumot ushbu havolada. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
"Bitiruvchilar sifati indeksi" natijalariga bag'ishlangan matbuot anjumanidan lavhalar
Kecha Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan "Bitiruvchilar sifati indeksi" natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda indeksning asosiy natijalari, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi ko‘rsatkichlari hamda mazkur ma’lumotlarning ta’lim sifatini baholashdagi ahamiyati taqdim etildi.
Matbuot anjumani jarayonlari videolavhamizda.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🔠
“Agentlikning asosiy vazifasi — ta’lim tashkilotlarini shunchaki tekshirish emas. Asosiy maqsad — ta’lim sifati qanday ta’minlanayotganini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ta’lim sifatini doimiy takomillashtirishga xizmat qiladigan tizimni yaratish.”Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo'ldoshev Agentlikning vazifalari va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari haqida jurnalistlarga ma'lumot berilmoqda. #matbuot_anjumani
🔠
Indeks inson omilisiz shakllantirildi
"Bitiruvchilar sifati indeksi"ni hisoblashda ma’lumotlar 10 ta davlat axborot tizimi bilan integratsiya qilingan holda avtomatik shakllantirildi.
Jumladan:
HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqa axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalanildi.
Bu yondashuv inson omilini minimallashtirish, ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini obyektiv baholash imkonini beradi.
#matbuot_anjumani
🔠
“Bitiruvchilar sifati indeksini joriy etishdan asosiy maqsad — abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tanlashda ishonchli va obyektiv mezon taqdim etish. Abituriyent endi oliygoh haqida qaror qabul qilayotganda nafaqat ta’lim jarayoniga, balki shu oliygoh bitiruvchilarining mehnat bozoridagi real natijalariga ham e’tibor qaratishi mumkin. Shu ma’noda, BSI kelgusida oliygoh tanlashda abituriyentlar uchun muhim yo‘lboshchi va indikator bo‘lib xizmat qilishi kerak.”Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo'ldoshev #matbuot_anjumani
🔠
Bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi eng yuqori bo‘lgan oliygohlar e'lon qilindi
Matbuot anjumani davomida Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalarini aks ettiruvchi platforma taqdimoti o‘tkazildi.
2025-yilning iyul va 2026-iyun holatiga ko'ra
bitiruvchilarning respublika miqyosidagi o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi.
Ta’lim yo‘nalishlari kesimida esa o‘rtacha daromad:
➖Ijod (sport) yo‘nalishlari — 6,33 mln so‘m;
➖Amaliy fanlar — 5,5 mln so‘m;
➖Ijtimoiy-gumanitar fanlar — 4,61 mln so‘m;
➖Tibbiyot fanlari — 4,43 mln so‘m.
Bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi eng yuqori bo‘lgan ta’lim tashkilotlari orasida:
➖Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali — 23,4 mln so‘m
➖Toshkent shahridagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m
➖Toshkent xalqaro Vestminster universiteti — 12,5 mln so‘m
➖Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 10,6 mln so‘m
➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10,3 mln so‘m
➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9,4 mln so‘m
➖Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish instituti — 9,3 mln so‘m
➖G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali — 9,0 mln so‘m
➖Toshkent davlat yuridik universiteti — 8,4 mln so‘m
➖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 8,1 mln so‘m
Bunda rasmiy qayd etilgan daromadlar nazarda tutiladi. Indeksni hisoblashda bitiruvchining daromadi u istiqomat qilayotgan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan solishtiriladi.
#matbuot_anjumani
🔠
"Bitiruvchilar sifati indeksi" bo'yicha eng yuqori o‘rtacha natija Navoiy viloyatida qayd etildi
Hududlar bo'yicha bitiruvchilar sifati indeksi ballari e'lon qilindi.
Bitiruvchilar soni eng ko‘p bo‘lgan Toshkent shahrida indeksning o‘rtacha qiymati 60 ballni tashkil etgan.
Eng yuqori o‘rtacha natija esa Navoiy viloyatida 62,5 ball darajasida qayd etilgan.
Keyingi yuqori natijalar:
➖Surxondaryo viloyatida 62,1 ball
➖Buxoro viloyatida 59 ball;
➖Qashqadaryo viloyatida 58,5 ball;
➖Namangan viloyatida 58,3 ball qayd etilgan.
Eng past o‘rtacha indeks Qoraqalpog‘iston Respublikasida 49,5 ballni tashkil etgan.
#matbuot_anjumani
🔠
"Bitiruvchilar sifati indeksi": diplomdan ishgacha
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan "Bitiruvchilar sifati indeksi" natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.
Tahlil doirasida 170 ta oliy ta’lim tashkilotining 249 432 nafar bitiruvchisining mehnat bozoridagi natijalari o‘rganilgan.
Ishga joylashish tezligi, bandlik barqarorligi, daromad darajasi va bandlik shakli tahlil qilindi.
Matbuot anjumani davomida eng muhim raqamlar va ma’lumotlarni taqdim etib boramiz.
Bizni Jonli efirda kuzating: Facebook
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universitetining 28 ta ta’lim dasturi O‘zbekistonda tan olindi
Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universiteti (Buyuk Britaniya)ning 28 ta ta’lim dasturi bo‘yicha akkreditatsiya natijalari O‘zbekistonda tan olindi.
Bakalavriat — 11 ta ta’lim dasturi: ➖ Xalqaro umumta’lim dasturi ➖ Biznes boshqaruvi ➖ Biznes boshqaruvi va marketing ➖ Biznes boshqaruvi va moliya ➖ Tijoriy huquq ➖ Xalqaro munosabatlar va huquq ➖ Biznesda axborot tizimlari ➖ Kompyuter ilmlari ➖ Iqtisodiyot va moliya ➖ Iqtisodiyot va ma’lumotlar ilmi ➖ Moliya
Magistratura — 17 ta ta’lim dasturi: ➖ Xalqaro tijoriy huquq ➖ Kreativ sanoat menejmenti ➖ Inson resurslarini boshqarish va iste’dodni rivojlantirish ➖ Ta’lim va pedagogik texnologiyalar ➖ Ta’lim va pedagogik texnologiyalar (TESOL) ➖ Xalqaro biznes boshqaruvi ➖ Xalqaro biznes boshqaruvi (Ijodiy madaniy turizm yo‘nalishi) ➖ Xalqaro biznes boshqaruvi (Tadbirkorlik va innovatsiyalar yo‘nalishi) ➖ MBA dasturi (Umumiy menejment yo‘nalishi) ➖ MBA dasturi (Ma’lumotlar tahlili yo‘nalishi) ➖ MBA dasturi (Marketing yo‘nalishi) ➖ MBA dasturi (Inson resurslarini boshqarish yo‘nalishi) ➖ MBA (Moliya yo‘nalishi) ➖ Amaliy iqtisodiyot ➖ Biznes tahlili va analitika ➖ Jamoat salomatligi ➖ Ijtimoiy fanlarda ilmiy tadqiqot usullariToshkent shahridagi Xalqaro Westminster universiteti bitiruvchilariga Buyuk Britaniyaning University of Westminster (London) diplomi beriladi. Universitet haqidagi batafsil ma’lumot bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Maxsus davlat akkreditatsiyasiga kiritilgan har 10 dasturning 6 tasi bakalavriatga to’g’ri keladi
Maxsus davlat akkreditatsiyasiga kiritilgan 474 ta ta’lim dasturining 301 tasi, ya’ni 63,5 foizi bakalavriat bosqichiga to‘g‘ri keladi.
Magistratura dasturlari 119 tani, doktorantura dasturlari esa 18 tani tashkil etgan.
Umumiy arizalarning 88,6 foizi oliy ta’lim dasturlariga tegishli.
Oliy ta’limda eng ko‘p dasturlar quyidagi sohalarda taqdim etilgan: — biznes, boshqaruv va huquq — 85 ta; — muhandislik, ishlov berish va qurilish — 70 ta; — san’at va gumanitar fanlar — 58 ta; — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — 57 ta. Ushbu to‘rt soha oliy ta’lim dasturlarining 64,3 foizini tashkil etadi.Maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga oid to‘liq tahlil bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
