Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
前往频道在 Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Veb-sayt: nqaae.uz Instagram: instagram.com/nqaaeuz Facebook: facebook.com/nqaaeuz Aloqa bot: @nqaaeuzbot
显示更多3 943
订阅者
无数据24 小时
+277 天
+17730 天
帖子存档
O‘zbekiston oliygohlari uchun AMBA & BGA a’zoligi qanday imkoniyatlar beradi?
Bugun Buyuk Britaniyaning AMBA & BGA xalqaro tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan seminar o’z nihoyasiga yetdi.
Tadbir yakunida AMBA & BGA Biznes maktablari bilan hamkorlik bo‘yicha direktori Debbie Kemp tashkilotga a’zo bo‘lishning afzalliklari va dunyo miqyosidagi biznes maktabini barpo qilish haqida so’zlab berdi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+5
🔠Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ta’lim sifatini taʼminlash bo‘yicha seminar o‘z ishini boshladi
Buyuk Britaniyaning Association of MBAs va Business Graduates Association (AMBA & BGA) tashkilotlari hamkorligida “O‘zbekiston oliy ta’limida sifatni ta’minlashni mustahkamlash” mavzusida amaliy seminar (workshop) bo‘lib o‘tmoqda.
Unda oliygohlarda sifatni ta’minlash tizimlarini rivojlantirish, xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik jarayonlariga yordam berish borasida amaliy tajriba orttirish imkoni yaratiladi.
AMBA & BGA assotsiatsiyasi biznes va boshqaruv ta’limi sifatini ta’minlash sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi va bugungi kunda 460 dan ortiq biznes maktabini birlashtirgan xalqaro tarmoqqa ega.English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Oliygohingiz natijalarini raqamlar orqali tahlil qiling
Bitiruvchilaringiz qanchalik tez ishga joylashmoqda? Ularning o‘rtacha ish haqi qancha va bandligi qay darajada barqaror?
Endilikda oliy ta’lim tashkilotlari ushbu ko‘rsatkichlarni Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) platformasidagi shaxsiy kabinet orqali kuzatib borishlari mumkin.
Platformada quyidagilarni ko‘rish va tahlil qilish imkoniyati mavjud:
➖bitiruvchilarning bandlik darajasi va ishsizlar ulushi; ➖ ishga joylashish tezligi va o‘rtacha ish haqi; ➖ barqaror bandlik ko‘rsatkichlari; ➖ ta’lim sohalari kesimida natijalar; ➖ bitiruvchilarning jinsi, ta’lim turi va shakli bo‘yicha ko‘rsatkichlar.Ushbu ma’lumotlar oliygohlarga bitiruvchilar natijalarini baholash, ta’lim yo‘nalishlari kesimida mavjud holatni tahlil qilish hamda karyera markazlari faoliyati va ish beruvchilar bilan hamkorlikni takomillashtirishga yordam beradi. BSI platformasidagi shaxsiy kabinetdan foydalanish tartibi bilan videoda tanishing. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
British Management University'da kompleks davlat akkreditatsiyasi o‘tkazilmoqda
Mustaqil ekspertlar universitetning boshqaruv tizimi, ta’lim dasturlari va ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlarini joyida o‘rganmoqda.
Jami 14 ta ta’lim dasturi baholanmoqda: 9 ta bakalavriat, 4 ta magistratura va 1 ta “Foundation” dasturi.
Baholashga Germaniya, Buyuk Britaniya, Sloveniya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Shveysariya kabi davlatlardan 13 nafar xalqaro hamda 3 nafar mahalliy ekspert jalb etilgan. Ishchi guruhda talaba-ekspert ham bor.
Akkreditatsiya universitetga nima beradi? Videoda universitet rahbariyati va xalqaro ekspertlarning fikrlari.English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Diplom bor. Bilim-chi?
Diplom va a’lo baholar har doim ham sifatli ta’lim ko‘rsatkichi bo‘la oladimi? Universitet ta’lim sifati qanday baholanadi va oliygoh tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?Jurnalisti Kamola Ikramova "Nabz" podcastida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev hamda Berlin Humboldt universiteti professori Ahmad Xamidov bilan shu kabi muhim savollar yuzasidan suhbatlashdi. Podkast akkreditatsiya, ta’lim sifati va zamonaviy universitetlar oldidagi vazifalar haqida bo'ldi. 🎬 Suhbatni ushbu havolada tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=UZo8qJjNcFY ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+5
Scopus bo‘yicha O‘zbekistonda toifalar kesimida TOP-5 oliygohlar
Milliy reyting doirasida 2025-yilda Scopus ma’lumotlari asosida oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi va xalqaro iqtibos ta’siri tahlil qilindi.
Bunda oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi nafaqat nashrlar soni, balki ilmiy sifat va xalqaro iqtibos ta’siri nuqtayi nazaridan ham baholandi.
Tahlilga ko‘ra, har 100 nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan ilmiy nashrlar soni:
➖TOP–1000ga kirgan universitetlarda – 71,4 ta;
➖ijtimoiy-gumanitar oliygohlarda – 37,5 ta;
➖amaliy oliygohlarda – 33,2 ta;
➖tibbiyot oliygohlarida – 20,5 ta;
➖ijod (sport) oliygohlarida – 1,3 tani tashkil etgan.
Har bir oliy ta’lim tashkilotining natijalari tegishli ko‘rsatkichlar asosida umumlashtirilib, ballarda ifodalandi. Infografikalarda har bir oliygohning toifa bo‘yicha egallagan o‘rni bilan birga to‘plagan bali ham aks ettirilgan.Oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy nashrlar faolligiga oid batafsil sharh bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi.
Bundan ilgariroq Erkinjon Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Samarqand davlat tibbiyot universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi yakunlandi
Jarayonda jami 29 nafar ekspert, jumladan, 8 nafar xorijiy va 21 nafar mahalliy ekspert ishtirok etdi.
Akkreditatsiya jarayoni Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) xalqaro ekspertlari tomonidan bevosita kuzatib borildi va baholandi.
WFME ekspertlari Agentlikning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash amaliyotini real jarayon misolida, ya'ni, tashqi baholash, ekspertlar faoliyati, o‘zini o‘zi baholash hisobotlarini tahlil qilish, manfaatdor tomonlar bilan ishlash, qaror qabul qilishning mustaqilligi va shaffofligi kabi jarayonlarga e’tibor qaratgan holda o‘rgandi.
Ayni paytda Agentlikning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyatini WFME tomonidan xalqaro tan olish jarayoni davom etmoqda.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
#Hafta_raqami
Texnikumlarda pedagoglarning qariyb 60 foizi — 40 yoshgacha
Bugun kasbiy ta’lim tizimida yosh, zamonaviy yondashuvlarga ochiq pedagoglar ulushi yuqori ekanligini quyidagi raqamlarda ko'rish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi texnikumlarda 27 911 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Ularning 16 424 nafari, ya’ni 58,9 foizi 40 yoshgacha bo‘lgan pedagoglardir.
Shundan: ➖8 556 nafar — 30 yoshgacha; ➖7 868 nafar — 30–39 yosh.Bu ko‘rsatkich kasbiy ta’lim tizimida yosh mutaxassislar avlodining faol shakllanayotganini ko‘rsatadi. Hududlar kesimida esa 40 yoshgacha bo‘lgan pedagoglar ulushi Navoiy viloyatida — 67 foiz, Buxoro viloyatida — 66,7 foizni tashkil etmoqda. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimi AQShning Xalqaro sifatni ta’minlash hamjamiyatiga qo‘shildi
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi AQShning Oliy ta’limni akkreditatsiyalash kengashi (CHEA) huzuridagi Xalqaro sifatni ta’minlash guruhi (CIQG) to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi.
Bu Agentlikning xalqaro sifatni ta’minlash tizimiga integratsiyalashuvi, yetakchi xorijiy sifatni ta’minlash va akkreditatsiya tashkilotlari bilan institutsional hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Oliy ta’limni akkreditatsiyalash kengashi 3 000 ga yaqin diplom beruvchi kollej va universitetlarni hamda 60 dan ortiq institutsional va dasturiy akkreditatsiya tashkilotlarini birlashtiradi. Tashkilot AQShda oliy ta’lim akkreditatsiyasi, akademik sifat va akkreditatsiya tashkilotlarini tan olish masalalaridagi asosiy milliy institutlardan biri hisoblanadi.Joriy yilning o‘zida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi bir qator yirik xalqaro va mintaqaviy tarmoqlarga qo‘shildi:
INQAAHE
— 300 dan ortiq sifatni ta’minlash va akkreditatsiya tashkilotlarini birlashtiruvchi global tarmoq;
APQN
— 45 dan ortiq mamlakat va hududdan 200 dan ziyod tashkilotni birlashtiruvchi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy tarmog‘i;
CEENQA
— 28 mamlakatdan 46 ta tashkilotni birlashtiruvchi Markaziy va Sharqiy Yevropa tarmog‘i;
ENQA
— Yevropa oliy ta’limda sifatni ta’minlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+3
Xalqaro hamkorlik yanada kengaymoqda
Joriy yilning 28–30-sentabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida “Global chaqiriqlarga mahalliy yechimlar: barqaror kelajakni yaratishda oliy ta'limning o‘rni” mavzusida MENA-HELF 7-forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Nodir Ergashev panel muhokamalarida spiker sifatida ishtirok etdi.
Forum doirasida Germaniyaning TUM International GmbH va Birlashgan Arab Amirliklarining Ta'lim innovatsiyalari va individual bilim yechimlari markazi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolandi.
Bunga ko‘ra, ta’lim sifati va innovatsiyalar sohasida xalqaro tajriba almashish, hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va institutsional salohiyatni rivojlantirish hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilandi.Bundan tashqari, forum doirasida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA), Yevropa xalqaro ta’lim assotsiatsiyasi (EAIE) va Qatar Malakalar va akkreditatsiya milliy qo‘mitasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tashrif natijasida 2026–2027-yillarda Agentlikning akkreditatsiya jarayonlariga
50 nafar
xalqaro ekspertni jalb qilish, ikkita malaka oshirish dasturini yo‘lga qo‘yish hamda QAA akkreditatsiya tashkiloti bilan O‘zbekistonning 3 ta oliygohida akkreditatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Repost from Kun.uz | Расмий канал
«Дипломнинг ўзи етарлими?»: битирувчининг меҳнат бозоридаги натижаси қандай баҳоланмоқда?
Олий таълимни тамомлаб, диплом олиш — жараённинг якуни эмас. Битирувчининг ишга жойлашиши, даромади ва бандлиги барқарорлиги ҳам таълим натижасини баҳолашда муҳим. Шу боис абитуриент ва ота-оналар учун ҳам муҳим савол бор: қайси ОТМ битирувчиси меҳнат бозорида кўпроқ имкониятга эга?
«Битирувчи сифати индекси» нимани кўрсатади? Битирувчининг ишга жойлашиши унинг ўз мутахассислиги бўйича ишлаётганини ҳам англатадими? Университетларда берилаётган билим ва кўникмалар иш берувчилар талабига қанчалик мос?Kun.uz таълим соҳаси вакиллари билан ушбу мавзу юзасидан суҳбатлашди. 📹ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
🟢Tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash tizimi xalqaro baholashdan o‘tmoqda
Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) ekspertlari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyatini baholamoqda.
Shu maqsadda ayni damda ekspertlar Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan davlat akkreditatsiyasi jarayonini kuzatmoqda.
Baholashda quyidagilarga e’tibor qaratilmoqda:
— tashqi baholashning qanday tashkil etilishi; — akkreditatsiya ekspertlarini tanlash va tayyorlash; — qaror qabul qilishning mustaqilligi va shaffofligi; — akkreditatsiyadan keyingi monitoring.WFME baholashining markazida — Agentlikning akkreditatsiya tizimi qanchalik ishonchli ishlashi. Ijobiy qaror qabul qilinsa, Agentlikning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyati WFME mezonlariga muvofiqligi xalqaro darajada tasdiqlanadi. WFMEning rasmiy ro‘yxatida 50 dan ortiq tan olingan akkreditatsiya agentligi mavjud. Ular qatorida AQSh, Kanada, Yaponiya va Germaniya agentliklari ham bor. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga bir qator yangi vazifalar yuklatildi
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga bir qator yangi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak.
Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib borilishi belgilangan.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🟢Ayni damda Britaniya menejment universitetida Kembridj universiteti olimlari, xorijiy ekspertlar va yosh tadqiqotchilar ishtirokida "Ilmiy yo‘l: g‘oyadan tadqiqotga" mavzusida ochiq ilmiy seminar o’z ishini boshladi.
Seminarda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi qariyb 80 ta oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasidan 500 ga yaqin ariza kelib tushgan bo’lib, saralash natijasida 70 nafar yosh olim, doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrant saralab olingan.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Bugun bizga bilim bergan, fikrlashni, izlanishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan insonlarni e’zozlaydigan kun.
Ustozning mehnati dars jadvali yoki auditoriya bilan cheklanmaydi. Har bir dars ortida bir insonning kelajagi, bir kasbga bo‘lgan qiziqishi, bir orzuning shakllanishi turadi.
Sifatli ta’lim avvalo, fidoyi va malakali ustozdan boshlanadi.
Bugun ta’limning barcha bo‘g‘inlarida yosh avlodga bilim va tarbiya berayotgan, o‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yangilikka intilayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sizning mehnatingiz – bugunning ta’limi, ertangi jamiyat va kelajak avlod uchun qo‘yilayotgan eng muhim sarmoyalardan biridir.
Aziz ustozlar!
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va shogirdlaringizning yutuqlaridan g'ururlanish baxtini tilaymiz.
Har bir bergan bilimingiz, har bir aytgan so‘zingiz va har bir qo‘llab-quvvatlashingiz kelajakda o‘z samarasini topsin!
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! 💐
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+2
Jahon Banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuvda ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, raqamli va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha qanday choralar ko‘rildi?
2026-yilgi Umummilliy talabalar so‘rovnomasi asosida ta’lim muhitiga oid tahliliy sharh tayyorlandi.
Umumiy natijalarda ijobiy baholar ustun bo‘lsa-da, talabalar ishga joylashishga ko‘maklashish, baholashning adolatliligi, raqamli xizmatlar, auditoriya va laboratoriyalar hamda yashash sharoitlariga oid muammolarni ham ko‘targan.
Talabalar fikrini o‘rganish ishlari doirasida quyidagi choralar ko‘rildi:
Salbiy natijalar qayd etilgan oliygohlarga 162 ta ogohlantirish yuborilib, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini baholash uchun ‟Bitiruvchilar sifati indeksi — BSI” ishlab chiqilib, raqobatni rivojlantirish orqali talabalarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirildi. Oliygohlar xodimlari uchun xorijiy tashkilotlarda maqsadli stajirovkalar yo‘lga qo‘yildi.Bu choralar barcha muammolar to‘liq hal etilganini anglatmaydi. Ularning samarasi uzoq muddatli istiqbolda talabalar imkoniyatlaridagi amaliy o‘zgarishlarda ko‘rinadi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Ekspertlar safida talaba
Talabalarning muammolarini o'rganishga harakat qilyapman— talaba-ekspert Husan Tog'ayev Ayni damda Britaniya menejment universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari o‘tkazilmoqda. 13 nafar xalqaro va 3 nafar mahalliy ekspertdan iborat ishchi guruh tarkibiga talaba ham jalb etilgan. Biz yosh ekspertimizdan mazkur jarayondagi ishtiroki haqida so‘radik. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, Agentlikning Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari guruhi rahbari Farrux Yo'ldoshev ta’lim sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlarini takomillashtirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Farrux Yo'ldoshev minglab foydalanuvchilari foydalanib kelayotgan raqamli platformalarga asos solgan. Jumladan, uning bevosita rahbarligida "Online Admission", "Milliy dastur", "PIIMA Jobs", "OneDesk" kabi raqamli platformalar yaratilgan. "Bitiruvchilar sifati indeksi" va "Akkreditatsiya" platformalari joriy qilinib, ta’lim sifatini baholash jarayonlarini yanada shaffof bo‘lishiga xizmat qilib kelmoqda.Agentlik jamoasi hamkasbimiz qatorida barcha davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatlarida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
