Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Відкрити в Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Veb-sayt: nqaae.uz Instagram: instagram.com/nqaaeuz Facebook: facebook.com/nqaaeuz Aloqa bot: @nqaaeuzbot
Показати більше3 367
Підписники
+3124 години
+2367 днів
+34130 день
Архів дописів
Shahrisabz davlat pedagogika institutining 6 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasi asosida baholandi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Shahrisabz davlat pedagogika institutining 6 ta ta’lim dasturi baholandi. Shundan 4 ta ta’lim dasturi belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat: ➖ Dizayn: interyer dizayni; ➖ Menejment. Magistratura: ➖Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi); ➖Menejment.Quyidagi 2 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmadi:
➖Axborot tizimlari va texnologiyalari ➖Sun’iy intellekt.Mazkur ta’lim dasturlari 10 nafar (5 nafari xorijiy) ekspert tomonidan baholandi. Davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlarining sertifikatlari ushbu havolada. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining yangi ta’lim dasturlarii davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2 ta yang ta’lim dasturi belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat: ➖Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili; ➖Dizayn: interyer dizayni.Ta’lim dasturlari 2 nafar mahalliy va 2 nafar xorijiy ekspert tomonidan baholandi. Ushbu havolada davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlarining sertifikatlarini yuklab olish hamda hisobot yakunlari bilan tanishish mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.
Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:
➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;
➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;
➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.
Hurmatli ish beruvchilar!
So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.
Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Tanishing: mahalliy ekspertimiz
Dilfuza Egamberdiyeva — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari, professor hamda qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi bo‘yicha xalqaro ekspert.
Uning ilmiy va ekspertlik faoliyati qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi va barqaror agrotexnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva dunyoning nufuzli ilmiy markazlari:
➖Angliyaning Manchester universiteti (QS reytingida 35-o‘rin);
➖Finlyandiyaning Helsinki universiteti (117-o‘rin);
➖Niderlandiyaning Leyden universiteti (119-o‘rin)
➖Germaniyaning Gumboldt universiteti (130-o‘rin);
➖Italiyaning Florensiya universitetida faoliyat olib borgan (358-o‘rin).
Dilfuza Egamberdiyeva O‘zbekistondagi eng yuqori h-indeks (h-index 54) ko‘rsatkichiga ega olimalardan biri bo‘lib, uning ilmiy ishlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan.English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Tanishing: mahalliy ekspertimiz
Dilfuza Egamberdiyeva — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari, professor hamda qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi bo‘yicha xalqaro ekspert.
Uning ilmiy va ekspertlik faoliyati qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi va barqaror agrotexnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva dunyoning nufuzli ilmiy markazlari:
➖Angliyaning Manchester universiteti (QS reytingida 35-o‘rin);
➖Finlyandiyaning Helsinki universiteti (117-o‘rin);
➖Niderlandiyaning Leyden universiteti (119-o‘rin)
➖Germaniyaning Gumboldt universiteti (130-o‘rin);
➖Italiyaning Florensiya universitetida faoliyat olib borgan (358-o‘rin).
Dilfuza Egamberdiyeva O‘zbekistondagi eng yuqori h-indeks (h-index 54) ko‘rsatkichiga ega olimalardan biri bo‘lib, uning ilmiy ishlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan.English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yana 7 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 7 ta ta’lim dasturi ekspertlar xulosalari asosida belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.
Baholash jarayonlarida 7 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert ishtirok etib, ta’lim dasturlari xalqaro tajriba va milliy talablar asosida tahlil qilindi.
Bakalavriat – 6 ta ta’lim dasturi: ➖ Marketing; ➖ Sun’iy intellekt; ➖ Kiberxavfsizlik injiniringi; ➖ Barqaror transport; ➖ Aviatsiya muhandisligi; ➖ Iqtisodiyot. Magistratura – 1 ta ta’lim dasturi: ➖ Ma’lumotlar ilmi (Data Science).Quyidagi havola orqali maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlari sertifikatlarini yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud topgan kuni.
Hurmatli Prezident!
Sizning rahbarligingizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli yurtimizda ta’lim sifatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Zamonaviy ta’lim muhiti shakllantirilmoqda, ilm-fanni rivojlantirish, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, yuksak mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-quvvat va Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak, hurmatli Prezident!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Texnikumlarga qabul ko‘rsatkichi hududlar kesimida katta farq yuzaga kelgan
O‘tgan yilda texnikumlarga qabul rejasining bajarilish darajasi o‘rtacha 84,9 foizni tashkil etdi. Bunda umumiy ko‘rsatkichda hududlar kesimida sezilarli farqlar mavjud.
Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida qabul rejasi to‘liq 100 foiz bajarilgan. Buxoro va Andijonda bu ko‘rsatkich 96 foizni, Jizzaxda 93 foizni, Namanganda esa 92 foizni tashkil etgan.
Ayni paytda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qabul rejasining bajarilish darajasi 65 foiz, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida 70 foiz, Navoiy viloyatida esa 72 foiz bo‘lgan.
Eng yuqori va eng past natija o‘rtasidagi farq 35 foiz bandini tashkil etdi. Boshqacha aytganda, ayrim hududlarda qabul rejasi to‘liq bajarilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich qayd etilgan hududda har uchta o‘rindan qariyb bittasi bo‘sh qolgan.
Bu tafovut qabul parametrlarini belgilash, kasblarga bo‘lgan talab, kasbga yo‘naltirish ishlari hamda hududiy mehnat bozori ehtiyojlarini alohida tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Batafsil tahliliy material bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Oriental universitetining 9 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Oriental universitetining 9 ta taʼlim dasturi ekspertlar xulosalari asosida belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat – 4 ta: ➖Sunʼiy intellekt; ➖Sport faoliyati: taekvondo (WTF); ➖Biznesni boshqarish; ➖Maxsus pedagogika: surdopedagogika.
Magistratura – 4 ta: ➖Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim); ➖Biznesni boshqarish (MBA); ➖Oʻzbek tili va adabiyoti; ➖Maxsus pedagogika: logopediya.
Tayanch doktorantura (PhD) – 1 ta: ➖Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.Shu bilan birga, Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili taʼlim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topilmadi. Taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha yakuniy hisobotlar hamda ta’lim dasturlari sertifikatlari ushbu havolada. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Qo‘qon davlat universitetining 5 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasi asosida baholandi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Qo‘qon davlat universitetining 3 ta ta’lim dasturi ekspertlar xulosalariga asosan ijobiy baholandi hamda belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat – 1 ta: ➖Oliy hamshiralik ishi. Magistratura – 2 ta: ➖Menejment; ➖Falsafa.Shu bilan birga, akkreditatsiya natijalariga ko‘ra quyidagi ta’lim dasturlari belgilangan talab va mezonlarga muvofiq emas deb topildi:
Bakalavriat: ➖Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili. Magistratura: ➖Lingvistika: ingliz tili.Eslatma: Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha oliy ta’lim tashkiloti aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng qayta akkreditatsiyadan o‘tish uchun belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin. Ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonida 8 nafar ekspert, jumladan, 4 nafar xorijiy ekspert ishtirokida baholandi. Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha yakuniy hisobot ushbu havolada. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Toshkent davlat agrar universitetining 9 ta ta’lim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining 9 ta ta’lim dasturi ekspertlar xulosasiga ko‘ra ijobiy baholandi.
Bakalavriat – 7 ta: ➖Inson resurslarini boshqarish; ➖Veterinariya farmatsevtikasi; ➖Biologiya; ➖Qayta tiklanuvchi energiya manbalari; ➖Sun’iy intellekt; ➖Menejment; ➖Sport faoliyati: futbol. Magistratura – 2 ta: ➖Biologiya; ➖Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish.Ta’lim dasturlari 11 nafar, jumladan, 5 nafar xorijiy ekspert ishtirokida baholandi. Yangi ta'lim dasturlarining sertifikatlarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Toshkent davlat agrar universitetining 9 ta ta’lim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining 9 ta ta’lim dasturi ekspertlar xulosasiga ko‘ra ijobiy baholandi.
Bakalavriat – 7 ta: ➖Inson resurslarini boshqarish; ➖Veterinariya farmatsevtikasi; ➖Biologiya; ➖Qayta tiklanuvchi energiya manbalari; ➖Sun’iy intellekt; ➖Menejment; ➖Sport faoliyati: futbol. Magistratura – 2 ta: ➖Biologiya; ➖Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish.Ta’lim dasturlari 11 nafar, jumladan, 5 nafar xorijiy ekspert ishtirokida baholandi. Yangi ta'lim dasturlarining sertifikatlarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
📢 9–11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!
Texnikumlarda sizni 300 dan ortiq zamonaviy kasb va mutaxassisliklar kutmoqda.
📌 DIQQAT! 9-sinf bitiruvchilari uchun bugun hujjatlar qabulining oxirgi kuni
Texnikumni tanlasangiz, sizni quyidagi imkoniyatlar kutadi:
💵 Har oy BHMning 1 barobari miqdorida stipendiya - grandga o'qishga kirib dual ta’lim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilarga.
🏆 BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya — a’lo o‘qigan (85%+) va tanlov g‘oliblari uchun.
💸 1 milliard so‘mdan ortiq Prezident sovrini — WorldSkills xalqaro chempionatida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun.
🔵 “Work and Travel” dasturi orqali xorijda ishlab, daromad topish imkoniyati. 🔵Xorijiy tillar bo‘yicha 600 soatgacha chuqurlashtirilgan ta’lim. 🔵Mahalliy va xalqaro dasturlar orqali sertifikat olish imkoniyati. 🔵Startup va innovatsion loyihalarda ishtirok etib, amaliy tajriba orttirish. 🔵Ishga joylashganda ijtimoiy soliq 1% etib belgilangan.🏛 11-sinfni tugatib texnikumda o'qiganlarga universitetda 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyati. 📝 Qabul onlayn: my.edu.uz 📞 Murojaat uchun: 78 707-28-28 Ma’lumot uchun, 11-sinf bitiruvchilari uchun qabul 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar davom etadi. ⏰ Bugun hujjat topshiring — ertaga kasb egasi, malakali mutaxassis va muvaffaqiyatli inson bo‘ling!
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
+5
Davlat akkreditatsiyasi uchun yangi avlod ekspertlari tayyorlanmoqda
Bugun davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga jalb etilayotgan ekspertlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan seminar-treningga start berildi.
Ishtirokchilar xalqaro standartlar, zamonaviy akkreditatsiya metodologiyasi hamda tashqi baholashning amaliy mexanizmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
Treningda Oliy ta’limda sifatni ta’minlash agentliklarining xalqaro tarmog‘i INQAAHE boshqaruv kengashi direktori Olgun Cicek, Oʻzbekiston uchun kasbiy taʼlim va tayyorgarlik loyihasi VET4UZ ekspertlari hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Seminar-treningning ilk kunidan fotolavhalar.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Andijon davlat texnika institutining 5 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra, Andijon davlat texnika institutining 5 ta yangi taʼlim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat: ➖Biznesni boshqarish; ➖Axborot xavfsizligi; ➖Energetika muhandisligi; ➖Elektr muhandisligi. Magistratura: ➖Marketing.Akkreditatsiya jarayoni 5 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert tomonidan amalga oshirildi. Yangi ta'lim dasturlarining sertifikatlarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 5 ta yangi taʼlim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining jami 5 ta taʼlim dasturi ekspertlar xulosasiga ko‘ra ijobiy baholandi.
Bakalavriat taʼlim dasturlari: ➖Transport vositalari muhandisligi; ➖Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili; ➖Lingvistika: ingliz tili; ➖Psixologiya. Magistratura taʼlim dasturi: ➖Tabiiy resurslar huquqi.Taʼlim dasturlari 5 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert ishtirokida baholandi. Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan ta'lim dasturlarining sertifikatlarini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Buxoro davlat universitetining 10 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan oʻtkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra, Buxoro davlat universitetining 10 ta taʼlim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat – 4 ta: ➖Davolash ishi; ➖Tibbiy profilaktika ishi; ➖Davlat auditi; ➖Yurisprudensiya. Magistratura – 6 ta: ➖Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA); ➖Amaliy siyosatshunoslik; ➖Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari; ➖Davlat moliyaviy nazorati va auditi; ➖Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi; ➖Biznes huquqi.Mazkur taʼlim dasturlari faoliyati 9 nafar ekspert (4 nafari xorijiy) ishtirokida baholandi. Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta'lim dasturlarining sertifikatlarini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
#Hafta_raqami
Oʻzbekistondagi har 10 nafar talabaning 7 nafari ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda tahsil oladi
Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi tahlillariga koʻra, mamlakatdagi jami talabalarning 70,6 foizi yoki 1,1 milliondan ortigʻi ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarida tahsil olmoqda.
Shu bilan birga, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi ham eng yuqori.
Iltimoiy-gumanitar toifaga kiruvchi oliygohlarda bir nafar professor-oʻqituvchiga oʻrtacha 44,3 nafar talaba toʻgʻri keladi. Bu respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 14 nafarga koʻp.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Termizdagi 2 ta oliygohning 14 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan oʻtkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra, Termiz davlat universitetining 9 ta hamda Termiz davlat pedagogika institutining 5 ta taʼlim dasturi belgilangan talab va mezonlarga muvofiq deb topildi.
Termiz davlat universitetining taʼlim dasturlari:
Bakalavriat – 6 ta: ➖Filologiya va tillarni oʻqitish (pushtu tili); ➖Logistika; ➖Filologiya va tillarni oʻqitish (xitoy tili); ➖Sport faoliyati (tennis); ➖Sport faoliyati (taekvondo WTF); ➖Davlat va jamiyat boshqaruvi. Magistratura – 3 ta: ➖Tarix; ➖Iqtisodiyot; ➖Psixologiya.Termiz davlat pedagogika instituti taʼlim dasturlari:
Bakalavriat – 3 ta: ➖Sunʼiy intellekt; ➖Iqtisodiyot; ➖Axborot tizimlari va texnologiyalari. Magistratura – 2 ta: ➖Adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti); ➖Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (fizika va astronomiya).Akkreditatsiya jarayonlari 18 nafar (10 nafar xorijiy) ekspert ishtirokida amalga oshirildi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
+1
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi huzurida nufuzli xalqaro ekspertlardan iborat Xalqaro boshqaruv kengashi tuzildi
Kuni kecha Xalqaro boshqaruv kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kengash Milliy agentlikning oliy xalqaro strategik maslahat organi bo‘lib, uning asosiy vazifasi O‘zbekistonda ta’lim sifatini ta’minlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Kengash tarkibiga ta’lim sifati, akkreditatsiya, oliy va kasbiy ta’lim, ta’lim siyosati hamda boshqaruvi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan 15 nafar xalqaro ekspert va nufuzli tashkilotlar rahbarlari kiritilgan.
Yig‘ilish davomida:
➖ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish;
➖xalqaro standart va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish;
➖sifatni ta’minlash hamda akkreditatsiya tizimlarini rivojlantirish;
➖xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
➖O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Kengash a’zolari Milliy agentlikning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur strategiya xalqaro standartlarni izchil joriy etish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
