fa
Feedback
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

رفتن به کانال در Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Veb-sayt: nqaae.uz Instagram: instagram.com/nqaaeuz Facebook: facebook.com/nqaaeuz Aloqa bot: @nqaaeuzbot

نمایش بیشتر
3 885
مشترکین
+2324 ساعت
+677 روز
+33730 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '26
+320
در 128 کانال‌ها
اوت '26
+358
در 135 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+476
در 196 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+327
در 97 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+76
در 19 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+225
در 21 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+97
در 21 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+727
در 105 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+950
در 282 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+1 465
در 59 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '250
در 3 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+7
در 12 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
22 سپتامبر+5
21 سپتامبر+25
20 سپتامبر+1
19 سپتامبر+9
18 سپتامبر+32
17 سپتامبر+5
16 سپتامبر+1
15 سپتامبر+15
14 سپتامبر+69
13 سپتامبر+2
12 سپتامبر+2
11 سپتامبر+11
10 سپتامبر+7
09 سپتامبر+8
08 سپتامبر+16
07 سپتامبر+25
06 سپتامبر+14
05 سپتامبر+40
04 سپتامبر+10
03 سپتامبر+10
02 سپتامبر+11
01 سپتامبر+2
پست‌های کانال
2
Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori? Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shaklla
Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori? Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi. Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan. Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi: ➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash; ➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik; ➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik; ➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni; ➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti; ➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash. Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
1 211
3
Xitoyda 100% grant asosida malaka oshirish: 442 nafar nomzod orasidan eng kuchli 10 nafari tanlab olindi Xalqaro transmilliy
Xitoyda 100% grant asosida malaka oshirish: 442 nafar nomzod orasidan eng kuchli 10 nafari tanlab olindi Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi (ITEA) beg‘araz grant dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida tashkil etiladigan “Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” malaka oshirish dasturi uchun saralash jarayoni yakunlandi. Nomzodlar uchun uch bosqichli saralash jarayoni tashkil etildi. Dastlab nomzodlarning kasbiy faoliyati, keyingi bosqichda ularning motivatsion xatlari o‘rganildi. Yakuniy bosqichda esa eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar sun’iy intellekt tomonidan suhbatdan o‘tkazildi. Natijada ishtirokchilar orasidan eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar taʼlim sifati mutaxassisi saralab olindi. Eslatib o'tamiz, Malayziyaning Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi bilan joriy yilning aprel oyida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, uning doirasida xalqaro malaka oshirish dasturlarini tashkil etish keishilgan edi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
3 975
4
Portugaliya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Portugaliyaning Oliy ta’limni baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish agentligi (+2
Portugaliya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Portugaliyaning Oliy ta’limni baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish agentligi (A3ES) tashkiloti prezidenti Joau Saagua boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xalqaro akkreditatsiya yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish, malaka oshirish va job-shadowing dasturlarini amalga oshirish hamda xalqaro ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Yakunda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi imzolandi. A3ES biznes va iqtisodiyot, muhandislik va texnologiya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot, tabiiy fanlar, ijtimoiy va gumanitar fanlar, huquq, pedagogika, san’at va dizayn kabi sohalarda ta’lim dasturlarini baholaydi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
1 651
5
BSI: Qizlar tezroq ish topadi, yigitlarda esa maosh ko‘proq. Raqamlar yana nimani ko‘rsatmoqda? Bitiruvchilar sifati indeksi
BSI: Qizlar tezroq ish topadi, yigitlarda esa maosh ko‘proq. Raqamlar yana nimani ko‘rsatmoqda? Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilingan. Natijalar qiziq manzarani ko‘rsatmoqda. BSI natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan. Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha: yigitlarda bu ko‘rsatkich 6 mln so‘m, qizlarda esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan. Mehnat bozorida yuqori natija qayd etilgan TOP-5 sohalar tahlil qilinganda, quyidagilarni ko‘rish mumkin: Qizlarda: ➖Transport xizmatlari; ➖matematika va statistika; ➖ta’lim; ➖biznes va boshqaruv; ➖Gummanitar fanlar. Yigitlarda esa: ➖Biznes va boshqaruv; ➖sog‘liqni saqlash; ➖san’at; ➖matematika va statistika; ➖axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
4 252
6
Xalqaro tajriba, ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” ma
Xalqaro tajriba, ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z yakuniga yetdi. Ikki kun davomida ta’lim sifatini ta’minlash, akkreditatsiya va xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 📹Ikki kunlik tadbirdan lavhalar videoda. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
1 848
7
Jarayon 🔠 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kompleks
Jarayon 🔠 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari o'tmoqda. Akkreditatsiya doirasida filialning jami 31 ta ta’lim dasturi, shundan 25 ta oliy ta’lim va 6 ta oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturining faoliyati kompleks baholanmoqda. Baholash jarayoni universitetning so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo‘lgan 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. Kompleks baholash jarayoniga 25 nafar, jumladan, 19 nafar mahalliy va 6 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
2 012
8
O‘zbekistonda oliygohlarning Yevropa standartlari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi masalalari muhokama qilindi Abdul+3
O‘zbekistonda oliygohlarning Yevropa standartlari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi masalalari muhokama qilindi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oliygohlarning xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi va Yevropa sifat kafolati yondashuvlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etildi. Bunda A3ES Boshqaruv kengashi prezidenti João Sàágua, Bosh kotibi Raquel Santos va sifatni baholash bo‘yicha maslahatchisi Luís Gouveia ishtirok etib, Portugaliyadagi akkreditatsiya tizimi, Yevropa sifat kafolati standartlari va xalqaro akkreditatsiya amaliyoti haqida tajriba bilan o‘rtoqlashdi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
4 970
9
O‘zbekistonda oliygohlarning Yevropa standartlari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi masalalari muhokama qilindi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oliygohlarning xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi va Yevropa sifat kafolati yondashuvlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etildi. Bunda A3ES Boshqaruv kengashi prezidenti João Sàágua, Bosh kotibi Raquel Santos va sifatni baholash bo‘yicha maslahatchisi Luís Gouveia ishtirok etib, Portugaliyadagi akkreditatsiya tizimi, Yevropa sifat kafolati standartlari va xalqaro akkreditatsiya amaliyoti haqida tajriba bilan o‘rtoqlashdi.
1
10
🔠 Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “O‘zbekiston oliygohlarining Yevropa akkreditatsi
🔠 Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “O‘zbekiston oliygohlarining Yevropa akkreditatsiyasi sari yo‘li: PortugaliyaningA3ES tajribasi” mavzusidagi seminar o‘z ishini boshladi.
2 490
11
Toshkent davlat yuridik universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayoni boshlandi Akkreditatsiya doirasida universit+5
Toshkent davlat yuridik universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayoni boshlandi Akkreditatsiya doirasida universitetning jami 63 ta ta’lim dasturi, shundan 38 ta oliy ta’lim va 25 ta oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturining faoliyati kompleks baholanmoqda. Baholash jarayoni universitetning so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo‘lgan 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. Kompleks baholash jarayoniga 20 nafar, jumladan, 15 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan. Hozirga qadar universitetning 6 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
2 701
12
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchilari sifati e’tirof etildi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchilari sifati e’tirof etildi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o'tayotgan oliy ta’limda akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda mazkur ta'lim tashkiloti bitiruvchilarining sifati indeksi bo‘yicha TOP-20 oliygoh qatorida ekanligi alohida e'tirof etilib, maxsus sertifikat topshirildi. Shundan so'ng universitet rektori, professor To‘lqin Teshaboyev tomonidan yigi'lganlarga universitet faoliyati hamda tajribasiga doir taqdimot qilindi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
15 006
13
"Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ishimizga vijdonan va mas’uliyat bilan yondoshishimiz kerak. Chunki sifatsiz tayyorlangan har bir
"Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ishimizga vijdonan va mas’uliyat bilan yondoshishimiz kerak. Chunki sifatsiz tayyorlangan har bir bitiruvchi uchun har birimiz mas’ulmiz. Buning uchun tadbirkorlar, ish beruvchilar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydik. Bugungi tadbir bahonasida xorijiy mehmonlarimiz va ekspertlarimizning tajribasidan imkon qadar samarali foydalanishimiz kerak. Biz milliy tizimimizni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish yo‘lida izchil harakat qilyapmiz. Bu jarayonda ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro tajriba almashinuvi biz uchun juda muhim. Maqsad shunchaki standartlarga mos kelish emas, balki ta’lim sifatini amalda yaxshilaydigan, bitiruvchining kelajagi va ish beruvchining ehtiyojini hisobga oladigan tizimni barpo etish" — Baxtiyor Yo‘ldoshev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir ishtirokchilariga murojaat qildi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
11 007
14
🔠 Toshkentda oliy ta’limda akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir boshlandi Ayni paytda Toshkent davlat iq+5
🔠 Toshkentda oliy ta’limda akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir boshlandi Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba va ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi. Unda 200 dan ortiq davlat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari hamda Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan taklif etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida akkreditatsiyaning ta’lim sifatini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilinadi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
11 126
15
🔠 Sanoqli daqiqalarda “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi seminar o’z ishini b
🔠 Sanoqli daqiqalarda “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi seminar o’z ishini boshlaydi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o’tadigan mazkur tadbir oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba va ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlanadi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
1 905
16
A3ES press-reliz.docx
1
17
"Akkreditatsiya kadrlar tayyorlash jarayonini zamon talablari asosida baholash imkonini berdi" Davlat akkreditatsiyasi univer
"Akkreditatsiya kadrlar tayyorlash jarayonini zamon talablari asosida baholash imkonini berdi" Davlat akkreditatsiyasi universitet faoliyatini baholash bilan birga, ta’lim sifatini yanada takomillashtirish uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Termiz davlat universitetining akademik faoliyat bo‘yicha prorektori O‘ral Ahmedov davlat akkreditatsiyasi jarayoni, uning universitet faoliyatiga ta’siri va akkreditatsiyadan keyin erishilgan natijalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Videoda akkreditatsiya jarayoni qanday kechgani, universitet uchun eng muhim natijalar, akkreditatsiyadan keyin faoliyatda qanday o‘zgarishlar kuzatilgani, shuningdek, boshqa oliy ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyalar haqida so‘z boradi. 🎬 Videoni ushbu havolada tomosha qiling: https://youtu.be/il_TEMGQtqk English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
2 144
18
O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimi xalqaro hamjamiyat e’tiborida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash tizimining rivojlanishi to‘g‘risida maqola e’lon qildi. Agentlikning xalqaro siyosat va hamkorlik bo‘yicha direktori Shannon Stowers muallifligidagi ‟Sifatni birgalikda mustahkamlash: O‘zbekistonda oliy ta’limni qo‘llab-quvvatlash” sarlavhali maqolasida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining jadal rivojlanishi, xalqaro hamkorlikning kengayishi hamda ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlarining takomillashib borayotgani qayd etilgan. Maqolada Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Agentlik qisqa vaqt ichida xalqaro standartlarga asoslangan sifatni ta’minlash, baholash va akkreditatsiya jarayonlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishgani ta’kidlangan. Shuningdek, hamkorlik doirasida mutaxassislar salohiyatini oshirish va sifatni ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish kabi yo‘nalishlar qayd etilgan. Maqolada O‘zbekiston oliygohlarining xalqaro akkreditatsiyasiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani ham e'tirof etilgan. Maqolani ingliz tilida to‘liq o‘qish Maqolani o'zbek tilida to'liq o'qish English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
1 984
19
🇨🇳 Diqqat! Xitoyda grant asosida malaka oshirish imkoniyati Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Malayziya xalqaro m
🇨🇳 Diqqat! Xitoyda grant asosida malaka oshirish imkoniyati Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Malayziya xalqaro madaniy aloqalar markazi (ICCCM) bilan hamkorlikda oliygohlarda ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul xodimlarni "Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. Dastur Xitoyning Chengdu shahrida oktabr oyida bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida ishtirokchilar uchun: ➖Xitoyda oliy ta’limni rivojlantirish tarixi va milliy strategiyalar; ➖oliy ta’limni boshqarish tizimi va boshqaruv mexanizmlari; ➖ta’lim sohasida liderlik va xalqaro boshqaruv; ➖ta’lim tashkilotlariga amaliy tashriflar; ➖xalqaro tajriba almashinuvi va professional muloqotlar tashkil etiladi. Dasturda ishtirok etish mutlaqo BEPUL. ✈️Ishtirokchilarning aviaparvoz, yashash, ovqatlanish va dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq asosiy xarajatlari ICCCM tashkiloti tomonidan to‘liq qoplanadi. Kimlar ishtirok etishi mumkin? Oliygohlarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar. Ishtirokchilarni saralash jarayoni sun’iy intellekt bilan ingliz tilida suhbat yordamida ushbu havola orqali amalga oshiriladi. 🌏Bu shunchaki safar emas.Balki xalqaro tajribani bevosita o‘rganish, yangi professional bilim va aloqalarga ega bo‘lish hamda o‘z oliy ta’lim tashkilotingizga sifatni oshirishga xizmat qiladigan yangi yondashuvlarni olib kelish imkoniyati. Ta’lim sifati sohasida xalqaro tajriba oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
5 898
20
Bir yil. Bir maqsad. Sifatli ta’lim sari bir qadam Bugun Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etilganiga 1 yil
Bir yil. Bir maqsad. Sifatli ta’lim sari bir qadam Bugun Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etilganiga 1 yil to‘ldi. Bir yil — vaqt nuqtayi nazaridan qisqa davr. Ammo shu vaqt ichida ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida qator muhim ishlar amalga oshirildi. Raqamlashtirish, akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish, ta’lim dasturlari sifatini baholash, bitiruvchilar natijalarini tahlil qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish — bularning barchasi sifatli ta’lim uchun yagona tizimni shakllantirish maqsadiga xizmat qilmoqda. Bu bir yil — erishilgan natijalar sarhisobi emas, balki katta maqsadlar sari yo‘lning boshlanishi. Oldimizda yana ko‘p vazifalar, yangi marralar va eng muhimi — ta’lim sifatini yanada oshirishdek katta maqsad turibdi. 1 yillik faoliyatimizning eng muhim lahzalarini videorolikda muhrladik. Bir yil birga bo'lganingiz uchun rahmat! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
3 126