Muallim Muhammad
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad • Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman. • Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz. • Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi. Admin: @MuhammadUralovv
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Muallim Muhammad
کانال Muallim Muhammad (@muallimmuhammad) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 11 775 مشترک است و جایگاه 16 807 را در دسته آموزش و رتبه 6 663 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 11 775 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 03 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 2 709 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 867 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 35.75% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 15.76% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 4 215 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 858 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 90 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
““Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad
• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.
Admin: @MuhammadUralovv”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 04 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 04 سپتامبر | +8 | |||
| 03 سپتامبر | +867 | |||
| 02 سپتامبر | +7 | |||
| 01 سپتامبر | +29 |
Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz, so‘zsiz to‘liq berilur. Zumar surasi, 10-oyat
Ana o‘shalar sabr qilganliklari sababli jannatdagi baland koshona bilan mukofotlanurlar va unda salom hamda omonlik bilan kutib olinurlar. Furqon surasi, 75-oyatSabr nima? Hissiyot va nafsni aql hamda shariat mezonlariga bo‘ysundirish, o‘zini boshqara olish kuchi. Alloh taolo barcha deyarli barcha amallar uchun ma’lum miqdorda savob belgiladi, sabrning savobi esa cheksiz. Sabr qachon qilinadi? Mashaqqatda! Bolalar sho‘xligiga chidaganingizda, bir mavzuni qayta-qayta turlicha tushuntirganingizda, ularning xatolarini kechirganingizda, injiqliklariga chidaganingizda, charchasangiz ham darsga sifatli tayyorlanganingizda, natijani uzoq vaqt mehnat qilib kuta olganingizda siz sabr qilyapsiz. Bu orqali Alloh taologa sevimli bo‘lyapsiz. Biz ustozlarda bunga imkoniyat (mashaqqat) ko‘proq. Foydalanaylik. Sevimli banda, ustoz va inson bo‘laylik. O‘quv yilingiz xayrli bo‘lsin!
| 2 | Birinchi darsni qanday o’taman 2-qism
Ertaga birinchi darslarimni boshlayman. Shaxsan o’zim nimalar qilaman?
1. Ismlarni yodlayman
Darsimga kiradigan barcha bolalar ismlarini rasmiga qarab yodlab olaman. Hamma ustozlar “o’zingizni tanishtiring” deb qayta-qayta so’rayveradigan kunda men ularni tanib darsga kiraman. Noodatiylik hissini beradi sizga nisbatan.
2. Tartib-qoidalar
Bolalarni 4-5 guruhga bo’lib, sinfimizda nimalar qilish mumkin va mumkin emasligini muhokama qilib yozdiraman. Keyin barchasini o’qib, mos keladiganini olaman, qolganiga o’zimnikini qo’shaman. Bolalar o’zlari qoidalarni tuzishdagi ishtiroki tufayli amal qilishlari oson bo’ladi.
3. Jazo va mukofotlar
Belgilangan qoidalarga amal qilmasa nima jazo beriladiyu, qilinsa nima mukofotlar bor? Buni ham guruhlar miqyosida muhokama qilamiz. Yakuniy xulosani ulardan eshitgan holda o’zim beraman. Ham o’yin, ham guruhda ishlash, ham fikrlashga undash, ham tartib joyiga keladi.
4. Tarix nega kerak?
Bu mavzuda dars o’tib beraman. 5-6 ta muhim sabablar keltiraman. Bolalar tarix o’qimasa nima yo’qotishi mumkinligini anglataman. Buni butun fanga bir marta o’taman. Har bir mavzuga ham so’rab qolishsa, “fanni tushuntirganman, mavzu esa fanning bir bo’lagi” deb javob berib ketaman.
5. Qayerga boramiz?
Bir yillik yo’lni ko’rsataman. Nimalar qilamiz? Nimalarni o’rganamiz? Qanaqa inson bo’lib chiqamiz bu xonadan?
6. O’zimni tanishtiraman
Yo’q, ism-familiyam va qiziqishlarimni emas. Xarakterimni va men bilan qanday muomala qilsa ishlash osonligini o’rgataman.
Masalan: “Jahlim tez chiqishi mumkin, shu vaqtda talashmang. Ozgina vaqtdan keyin oldimga yolg’iz kelib, xato qilgan bo’lsam tushuntirsangiz, kechirim so’rashdan uyalmayman” deyman.
7. Ulardan kutuvlarim
Maqsadim ilm va xarakter shakllantirish ekanligini, qadriyatlarimizga amal qilishlarini, ulardan yuqori kutuvlarim borligini va buning sabablarini tushuntiraman. Ustoz-shogird an’anasini tushuntiraman va bunga amal qilishlarini kutishimni aytaman.
Xato qilish xonamda tabiiy qabul qilinishini, uyalish va kibrni tashqarida qoldirishlarini, xato qilsa tan olishlarini, mardlik va himmatni ulardan kutishimni uqtiraman.
8. Kimni aytgani bo’ladi?
Meni ham sizni ham xohlaganingiz bo’lmaydi. Sizni ta’lim va tarbiyangiz uchun nima yaxshi bo’lsa shu bo’ladi. Men aytganim xato bo’lsa mantiqiy asos keltira olsangiz o’zgartiramiz deyman.
@MuallimMuhammad | 3 754 |
| 3 | @professionalstart_bot
Kecha kechqurun darslarimizning birinchisini boshlab berdim. Kechqurun 11 gacha ustozlar bilan mazza qilib dars o’tdik.
Ustozlar ajoyib fikrlar bildirishdi, ancha foyda olishdi. Qo’shilganidan xursand bo’lishdi.
Keyingi darslarni jamoamiz a’zolari davom ettirishadi xudo xohlasa. | 2 806 |
| 4 | @professionalstart_bot
Kecha kechqurun darslarimizning birinchisini boshlab berdim. Kechqurun 11 gacha ustozlar bilan mazza qilib dars o’tdik.
Ustozlar ajoyib fikrlar bildirishdi, ancha foyda olishdi. Qo’shilganidan xursand bo’lishdi.
Keyingi darslarni jamoamiz a’zolari davom ettirishadi xudo xohlasa. | 16 |
| 5 | 5 soatdan keyin ilk darslarimizni boshlaymiz. Siz ham qo’shilishga ulgurdingizmi? | 2 378 |
| 6 | Ish e’lonlari chiqarayotganda talablari ichiga “stressga chidamlilik”ni qo’shgan maktablarda yo oylik kechikadi yoki rahbariyat keraksiz bosimlarni ko’p bersa kerak deb o’ylab qolaman😅
Bo’lmasa biz ustozlar kamdan-kam bolalar bilan erkin ishlab stressga tushsak kerak. | 3 719 |
| 7 | Birinchi dars — yil taqdiri: uni qanday o‘tkazasiz?
70–80% talabalar o‘qituvchi haqida ilk taassurotni 5–15 daqiqada shakllantiradi.
1 ta salbiy taassurotni tuzatish uchun 20 marta ijobiy aloqa kerak bo‘ladi.
65–70% o‘quvchilar yil davomida o‘qituvchini shu taassurot asosida baholaydi.
Xulosa: Ilk darsingiz = eng muhim darsingiz!
Muhimligini bilamiz, ammo birinchi darsni qanday o‘tkazishni aniq bilmaymiz.
Shu sabab men, “Zamonaviy Pedagog” kursi asoschisi, Muhammad Uralov, siz uchun maxsus qo‘llanma tayyorladim.
Qo‘llanmada — birinchi darsni samarali o‘tkazish bo‘yicha aniq, amaliy va oddiy ko‘rsatmalar berilgan.
Ustozlar guruhiga ulashib qo'yishni unutmang.
@MuallimMuhammad | 4 928 |
| 8 | O'zimizning ayblarimizga chidayapmiz. Balki sezmayapmiz ham. Balki, uning ayblariga ham shuni qo'llarmiz?
Aziz aka Rahimovning shu iqtiboslarini nafaqat oila a’zo va do’stlarimizga balki o’quvchilarimizga ham qo’llasakchi? | 3 719 |
| 9 | Yopiq guruhga qanday qo’shilsam bo’ladi?
Izohlarda ko’pchilik ustozlar shuni so’rashibdi.
1. Avvalo botga kirib start tugmasini bosasiz.
2. Bot sizdan 4 ta kanalga obuna bo’lishingizni so’raydi, har biriga a’zo bo’lishingiz shart.
3. 4 ta kanalga a’zo bo’lganingizdan so’ng. Bot sizga link jo’natadi. Shu linkni ustozlarga jo’natasiz. Kamida 5 ta ustoz siz yuborgan bot orqali yuqoridagi 4 ta kanalga obuna bo’lsagina, keyin sizga yopiq guruhga link beriladi.
Faqatgina o’zingiz 4 ta kanalga a’zo bo’lishingiz yoki undan keyin 5 ustozga yuborib qo’yishingiz yetarli bo’lmaydi.
Shartlar to’liq bajarilgandan keyingina guruhga link ololasiz ustozlar.
Hammangizga omad, sizlarni ertangi darsimizda kutib qolamiz. Tezroq harakat qiling biz 200 ga yaqinlashib qoldik) | 3 834 |
| 10 | Ertaga boshlaymiz!
Darslarimizni ertadan o’zim boshlab beraman. Bu darsdan keyin birinchi dars va haftangiz butun yilingizga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
Bu darslikni 200 atrofida ustozlarga jonli o’tib bo’ldim. Endi faoliyatini boshlayotganga ham, katta tajribali ustozlarga ham juda manfaatli bo’ldi.
Sizchi? Yopiq guruhga qo’shilishga ulgurdingizmi? | 3 814 |
| 11 | ⚡️ «Professional Start» loyihasida qatnashing va yangi o’quv yilini o’zgacha ishonch bilan boshlang!
Sizni Zamonaviy Pedagog kursi ustozlaridan BEPUL 1 haftalik jonli darslar kutmoqda!
Loyiha davomida siz:
— 4 nafar spikerdan pedagogika bo’yicha amaliy darslar
— 1 hafta davomida jonli mashg’ulotlar
— Darsda darhol qo’llashingiz mumkin bo’lgan tayyor metodik qo’llanmalar
— Zamonaviy Pedagog kursi uchun maxsus vaucherlar
— 20 nafar ishtirokchiga pedagogik kitoblar sovg’asi
🎁 Siz ham qatnashing va asosiy sovg’alarimizni qo’lga kiriting!
Yangi o’quv yilini kuchli boshlang — o’zgacha ishonch bilan!
Bunday imkoniyatni boy bermang 👇
@professionalstart_bot
@professionalstart_bot
@professionalstart_bot | 5 634 |
| 12 | Ko’pchilik ustozlarimiz hali tayyormasmiz, shu bo’yicha dard o’taylik deyishipti.
Buni chiroyliroq tashkil qilish yo’lini o’yladik. Zamonaviy pedagogda dars beradigan 4 ta ustozimiz 1 tadan dars o’tib beradigan bo’ldi sizlarga.
Darslar yopiq telegram guruhda tashkil etiladi, unga qo’shilishni kichik sharti bo’ladi. Uni ertaga e’lon qilamiz)
Hech qanday pulli to’lov qilinmaydi, yopiq guruhga qo’shilish. | 4 991 |
| 13 | Yosh ustozlarga maslahat!
Yaxshi daromadli ustoz bo’lmoqchi bo’lsangiz, pedagogikasi kuchli rus tilidagi boshlang’ich ustoz bo’ling.
Yoki shunchaki til biladigan boshlang’ich ustoz bo’ling.
Maktab direktorlaridan ham yuqori maosh ololasiz, agar yaxshi ustoz bo’lsangiz.
Maktablar talashishyapti hozir ularni.
@MuallimMuhammad | 1 231 |
| 14 | Birinchi dars, birinchi taasurot muhim.
Buni yaxshi tashkil qilish orqali butun yilni samarali o’tkazish mumkin.
Maktabimiz uchun tayyorlagan “maktabning ilk kunlarini qanday boshlash kerak?” darsini sizga ham o’tib beraymi?
Siz o’zi ilk darslarga tayyormisiz?
@MuallimMuhammad | 5 385 |
| 15 | Bugun “Maktabdagi ilk darslar qanday boshlanishi kerak?” mavzusida trening tayyorlanayotgan edim.
Bir tushunchaga misol qidirib hamma bolalarini o’zi salomlashib kutib oladigan direktor aka esimga tushib qoldi. Youtube kirib qidirdim, kun.uz reportaj tayyorlagan ekan. Ko’rib juda ta’sirlandim, mazza qildim.
Keyin izoh qismiga kirdim, izoh qismida bir akamiz reportajdan ham ajoyib izoh yozib qo’ygan ekanlar, ko’zimdan yosh chiqib ketdi.
Bolalarni har biri bilan qo’l berib, quchoqlashib, hol-ahvol so’rayotgan ustozga “Sizni jannat ahli shunday kutib olsin” deb yozib qo’yibdilar. Qanday go’zal jumla!
@MuallimMuhammad | 4 793 |
| 16 | Orangizda shu vakansiyalarga mos ustozlar bo’lsa, topshiring.
Birga ishlash nasib qilib qolar balki) | 3 940 |
| 17 | ✨ Mudarris Maktabi quyidagi filiallarimiz bo‘yicha ishga qabul davom etayotganini ma’lum qiladi:
Sergeli filiali:
– Ingliz tili o‘qituvchisi;
– Xitoy tili o‘qituvchisi;
– Arab tili o‘qituvchisi;
– IT o‘qituvchisi.
Qo‘yliq filiali:
– Boshlang‘ich rus sinflari o‘qituvchisi;
– Robototexnika o‘qituvchisi;
– Psixolog;
– SAT o‘qituvchisi.
Katta Qa’ni filiali:
– Boshlang‘ich o‘zbek sinflari o‘qituvchisi;
– Mental arifmetika o‘qituvchisi;
– Arab tili o‘qituvchisi;
– Robototexnika o‘qituvchisi.
Ibn Sino filiali:
– Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi;
– “Pochemuchka guruhi o‘qituvchisi”.
Agar siz ham Mudarris Maktabi jamoasining bir qismi bo‘lishni istasangiz, quyidagi havola orqali ma’lumotlaringizni qoldiring:
🔗 https://forms.gle/KxvMiaYvRTAf23XB8
Mudarris Maktabi
Ta’limni tarbiya asosida beramiz. | 4 824 |
| 18 | Agar sen shunchalik aqlli bo’lsang, nega baxtli emassan? | 3 966 |
| 19 | O’zi yaxshiroq biladi!
Oxirgi 3-4 kundaan beri qattiqroq shamollaganman. Deyarli ikki kun faqat uxladim, tayinli ovqat yemadim. Ishtaha ham bo’lmadi.
Ichimda, tuzalishim uchun kuchli-kuchli yeyishim kerak, bo’lmasa tuzalolmayman degan fikr aylanaverdi. Yoshiligimdan shunday deyishardi.
Keyin ozgina izlanib ko’rdim, nega ko’p uxlayapman? Ovqat yeyolmayapman? Bu yaxshimi? Aslida nima qilishim kerak?
Javob esa shunday:
Ko’proq uxlashing tabiiy va foydali jarayon, sen uxlaganingda tanadagi barcha energiya manbalari imunitetga yuboriladi va bu orqali virus tezroq yengib o’tilinadi.
Uyg’oq bo’lsang, fikrlashga, yurishga, gapirishga va hkz ga energiya taqsimot bo’lib ketadi. Shuning uchun miyamiz tanamizni tabiiy uxlatib qo’yadi.
Ovqat ham shunday. Og’ir ovqatlar hazm qilinishi energiyaning 10-20% ini o’g’irlab qo’yadi. Ham bu ovqatlaring hozir viruslarni oziqlantirib qo’yishi ham mumkin. Shuning uchun miya tabiiy ishtahani ham bo’g’adi.
Asosan suv va yengilroq ovqatlar yetarli bo’lib turadi. Tana o’zida bor zahirani ishlatadi, ishlatilganini tuzalgandan keyin qayta g’amlab oladi.
To’g’risi, hayratdaman, tanamiz shunchalik mukammal va murakkab yaratilganki, o’rganavergan sari qoyil qolaveraman.
Ko’p jarayonlarni esa tabiiy o’z holiga qo’yishimiz aslida bizni yechimga olib borishi mumkin. Buni aniqlashga ham ilm kerak ekanda, ustozlar)
@MuallimMuhammad | 5 334 |
| 20 | Vakansiya yopildi!
Oxirgi 1 oydan oshiq vaqtda 10 ga yaqin xususiy maktablar bilan muzokaralar bilan o’tkazdim. Ajoyib takliflar kelib tushdi. Ta’lim bozorida menga bildirilgan ishonchdan xursand bo’ldim.
Barcha taklif egalariga rahmat aytaman.
Tanlov Mudarris maktabi bilan yakunlandi. 4 ta filial, 3000 ga yaqin o’quvchisi bor maktabga akademik direktor sifatida faoliyatimni davom ettiradigan bo’ldim.
Mudarris jamoasi bilan hamkorlikda maktab ta’limini yuqori bosqichga olib chiqishga va ustozlar jamoasi ishlashi uchun eng qulay maktablardan biriga aylantirishga harakatni boshlaymiz.
O’zi hayrli qilgan bo’lsin, duolaringizda eslab qo’ying) | 4 170 |
