cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Javohir Izzatulloh | blog

Oʻtmishi nursiz, ertasi mavhum. Zohiri gʻamsiz, botini mahzun. Pushmonlari cheksiz, umidlari ham uzundan-uzun... Murojaat uchun: @javohirga_murojaat_bot (xayriya bo'yicha murojaatlar qabul qilinmaydi)

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 615
مشترکین
-324 ساعت
-207 روز
-4530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Sizni tavozuli qila olmagan ilm johillikdir. © Adham Sharqoviy, Nabaviy tarbiya
نمایش همه...
20🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qanday qilib ishga kirish suhbatidan muvaffaqiyatli o'tish mumkin? 🎙 29-iyun — shanba kuni soat 14:30 da «Najot Ta'lim» Farg'ona filialida "HR va texnik suhbatdan muvaffaqqiyatli o'tish" mavzusida tashkil etilayotgan maxsus suhbatda bu savolga javob olishingiz mumkin. Spikerlar: • Ali Zairov — «Najot Ta'lim» HR bo'limi rahbari • Muhammadxon Najimov — Dasturlash yo'nalishi bo'yicha texnik suhbatlarni oluvchi mutaxassis 🙋‍♂️ Kim uchun: Barcha uchun ochiq 🆓 Qatnashish: Bepul 📍 Manzil: «Najot Ta'lim» Farg'ona filiali 👉 Ishtirok etish
نمایش همه...
👍 8🔥 1
"Millat tarixi har bir oila tarixidan boshlanadi." 4 yil avval oilaviy shajaramizni tuzishni boshlaganman. Yettinchi otamiz ma'lum. U kishi Namangandagi Nanay qishlog'iga Sayram tomonlardan ko'chib kelgan bo'lgani uchun u kishining otalari haqida ma'lumotimiz yo'q. Shajara tuzishda familyecho(dot)com saytidan foydalanaman. Bir nechtasini o'rganib chiqib shuni tanlaganman. Yengil, sodda, qulay bo'lganligi va shajarani pdf formatda yuklab olish imkonini bergani uchun shuni tanlaganman. Hozirgacha men shajarada to'plagan insonlar soni 2,000 dan oshdi. Shajaraning beshdan bir qismini eni plakat hajmidagi rulon qog'ozga chiqarib ko'rganimda 5 metrni tashkil qildi. Bunga ba'zi darajagacha bo'lgan kelin-kuyovlar ham kiradi. Shajara tuzish tugagach, kitob yozishni boshlashni reja qilganman. Muqaddimasini 3-4 yil avval yozib ham qo'ygandim. Kitob bitgach, jarayon haqida katta maqola yozib sizlarga ham havola etaman, inshaalloh. Xudo xohlasa, oilamiz va urug'imiz uchun qimmatli manba bo'lishidan umidvorman. Sizchi? O'z tarixingizni, ajdodlaringizni bilasizmi? Shajara tuzib ko'rganmisiz? Qaysi dasturdan foydalanasiz?
نمایش همه...
👍 25🔥 9🎉 3
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkatjonov Muhammadrizo Azizbek og'li DTSP(Bolalar miya falaji) kasalligi bilan kurashmoqda.Kasallik tug'ruq travmasi natijasida miyyaga qon quyilganligi va hozirda mustaqil o'tirolmasligi, yura olmasligi sababli doimiy davolatishga muhtoj. Kasallikdan tuzalguncha davolanish muddati uzoq va narxi qimmat turadi. Hozirda xitoylik doktorlar tomonida 4 oylik uzluksiz davolatish yotqizilgan. Bolakayning otasi va onasi hozirda talaba kontrakt asosida oqiydi va otasi daromadi uncha kop bolmagan sohada faoliyat yuritadi onasi ishlamaydi bola parvarishida Hozirgi paytda bolani davolatish va dori-darmoni uchun 15-20 ming AQSh dollari miqdorida mablag kerak. Yetarli mablag' yig'ilizhi siz va bizga bog'liq. Bolakayning yurib ketishi va tengqurlari qatoriga qotoriga qo'shilib, sog'lom farzand bolishi uchun hissamizni qo‘shaylik. Sacovatli insonlarni savob ishga chaqirib qolamiz Uzcard 5614681812870925 Viza card 4231200012920426 Humo card 9860160102070226 Humo card 9860010114773582 Kartalar otasi Akramov Azizbek nomida Tel raqami:+998996569006
نمایش همه...
👍 2😢 1
Repost from Robbit akademiyasi
Robbit akademiyasida bepul ochiq darslar bo‘lib o‘tdi 🤩 Ushbu suratlarda Robbitda ochiq darsda qatnashib, o‘z taassurotlarini yuzida ifoda etgan bolalarni ko'rishingiz mumkin. 🙃 Siz ham shunday kulgilarni o‘z farzandingizda ko'rishni istaysizmi? Unda bepul ochiq darslarga ro‘yxatdan o‘ting. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 📞 78-777-3-777 #bepul #dars
نمایش همه...
👍 10🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yoshlik uchun uzr ko'p. "Bolalikda g'o'r edim", "yoshlik – beboshlik" va hokazo. Kattalar uchunchi? Kattalikka qanday uzr bor... 📌 @javharuz 📌
نمایش همه...
10😢 6👍 3
Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuv Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Nig'matovich hamrohligida poytaxtimizdagi “U-Enter” innovatsion tadbirkorlik markazida mehmon bo'lib, innovatsion loyihalarda faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik yoshlar bilan muloqot o'tkazdi. Uchrashuv "Innovatsion kelajak yoshlari bilan suhbat" mavzusida bo'ldi. O'zbekistonlik yoshlardan bir nechtasi yurtimizda qilinayotgan loyihalar haqida so'zlab berishdi. Najot Ta'lim nomidan men ham qatnashdim. Vaqt cheklovi sababli hammamizda nutq qilish imkoni bo'lmadi. Tadbirning mahalliy tashkilotchisi KOICAga bizga ehtirom ko'rsatib taklif qilishgani uchun tashakkur bildiraman. Taassurotlar ajoyib bo'ldi. Uchrashuvga norasmiy kiyimda kelish so'ralgan edi. Bir mamlakat prezidenti va hukumatning eng oliy rahbarlari bilan bir zalda o'tirgan bo'lsam-da, uchrashuv davomida o'zimni har tomonlama juda qulay his qildim. Anchadan beri karischa gapirishga ehtiyoj tug'ilmayotgan edi, Koreyaga yana borganday bo'ldim. Qisqacha aytganda, Koreyada o'qib, ishlab, yashab qaytgan odam sifatida ushbu mamlakat prezidenti bilan ko'rishishim men uchun Koreyadagi faoliyatimning o'zgacha bir ajoyib hosilasi bo'ldi. Prezident bilan xayrlashish chog'ida qisqa muloqot qilib u kishiga O'zbekistonga kelgani uchun tashakkur bildirdim. Chunki bu hamkorlik ishlari O'zbekistonga juda katta foyda keltiradi deb hisoblayman. Selfi ham tushib oldim. Kelajak uchun esdalik bo'lsin deb surat va videolarni shu yerga muhrlab qo'yaman. Men istagan rakurslardan olingan ajoyib foto-suratlar va video-kadrlar uchun Koreya OAVdan juda minnatdorman. ) 📌 @javharuz 📌
نمایش همه...
👍 31 4🤩 2🔥 1
📌 @javharuz 📌
نمایش همه...
27.77 MB
17.04 MB
👍 20🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
📌 @javharuz 📌
نمایش همه...
🔥 16👍 4
Repost from Najot Ta'lim
🔥 «Najot Ta'lim» markazi O'quv bo'limi rahbari Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuvda qatnashdi! Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Nig'matovich hamrohligida poytaxtimizdagi “U-Enter” innovatsion tadbirkorlik markazida mehmon bo'lib, innovatsion loyihalarda faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik yoshlar bilan muloqot o'tkazdi. Tadbirda «Najot Ta'lim» nomidan markazimiz O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh Shokirjon o'g'li ham shaxsan ishtirok etdi. "Innovatsion kelajak yoshlari bilan suhbat" mavzusidagi uchrashuvda vatandoshlarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so'zlab berishdi. O'z o'rnida Janubiy Koreya Prezidenti ham hozirgi zamonda innovatsion loyihalar rivojlanishning asosiy lokomotivi ekanini aytib, o'zbekistonlik ilg'or yoshlarni Janubiy Koreyada ko'rishdan mamnun bo'lishini ta'kidladi. Uchrashuv taassurotlari haqida so'zlay turib, "Koreyada o'qib, yashab qaytgan odam sifatida ushbu mamlakat prezidenti bilan ko'rishishim men uchun Koreyadagi faoliyatimning o'zgacha bir ajoyib hosilasi bo'ldi", deydi Javohir Izzatulloh. @najottalim
نمایش همه...
🔥 28👍 12 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.